Umuman olganda, odamning nechtagacha «Men»i bo‘lishi mumkin? Keling, yuqorida keltirilgan ba’zi «Men»larni sanab o‘tamiz.
1. «Sub’ektiv (nohaqlik) Men» – bu da’vogarlik darajasi, yutuqlar motivatsiyasi, o‘zini yuzaga chiqarishga intilish, shuningdek, o‘z qobiliyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish. Bunday «Men»ning yana bir turi sifatida tug‘ma qirra – boshqalar harakatini noto‘g‘ri tushuntirish, shaxsiy sifat va layoqatlarini oshirib ko‘rsatishdan iborat «sevimli Men» namoyon bo‘ladi.
XULOSA
Shunday qilib, etnik guruhlar va millatlar muammolarini o'rganishga murojaat qilib, biz ikki holatdan chiqdik. Birinchisi kontseptual muammoga tegishli. Mahalliy ilm-fanda etnosfera sohasida ishlab chiqilgan an'anaviy kontseptual apparat ba'zi jihatlari bilan hozirgi voqelikka mos kelmaydi. Qo'llaniladigan tushunchalarning noaniq talqini va fanlararo xususiyati etnik muammolarni o'rganishni qiyinlashtiradi. Ikkinchi holat metodologiya bilan bog'liq. Gap shundaki, bu sohada kechayotgan jarayonlarni yetarlicha aks ettiruvchi nazariyaning yo‘qligi etnik jarayonlarni o‘rganishni qiyinlashtiradi. To'g'ri, yuqorida ta'kidlanganidek, ma'lum tadqiqot tajribasi to'plangan, garchi ushbu muammoni o'rganayotgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar orasida hali ham yagona uslubiy yondashuv va ishlab chiqilgan umumiy konsepsiya mavjud emas. Ana shunday holatlarni hisobga olib, asarda qo‘llaniladigan tushunchalarning tarixiy-falsafiy jihatlarini o‘rganish va ochib berishning nazariy-uslubiy asoslari, muallif qarashlari va tadqiqot yondashuvlarini belgilashga e’tibor qaratildi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, unga aylanadi. Shaxs taraqqiyoti bo‘ysunadigan qonunlarga doir turli nuqtai nazarlar mavjud. Turli xil shaxs nazariyalari ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har birida shaxs taraqqiyoti muammosi o‘ziga xos holatda ko‘rib chiqiladi. Psixologik tahlil nazariyasi rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda ehtiyojlarni qondirishning ma’lum himoya mexanizmlari va usullarining ishlanmasi sifatida tushuntiradi. Xususiyatlar nazariyasiga ko‘ra, shaxs xususiyatlari hayoti davomida shakllanadi, ularning hosil bo‘lish, o‘zgarish va barqarorlashtirish jarayonlari nobiologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ta’limot nazariyasiga ko‘ra, shaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o‘zaro ta’sirlashuvi ma’lum usullarining shakllanishi sifatida o‘rganiladi. Umuminsoniy va boshqa noyob hodisalar bilan bog‘liq nazariyalar «Men»ning vujudga kelish jarayoni sifatida tushuntiradilar.
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzili shiga qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko'rsatadigan va faqat ehtirosda, ich ki qiyofada, qobiliyatlarda va boshqalarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo'lgan guruhlarda, guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o'zini namoyon etishini ham qo'shish shart. Individuallik tarzida shaxsni tadqiq etish natijasida olingan ma'lumotlar individlararo munosabatiar subyekti sifatida shaxsning ta'rifiga bevosita ko'chirilishi mwmkin emas: individual tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shafcllanayot gan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvo sita ifodasi hisoblangan faoliyatning xususiyati, qadriyatlari va maq sadlariga bog'liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixoiogiyasidagi eng murak kab va munozarali masalalardan biridir. G'arb psixologiyasining ayrim maktablarida shaxsda ikki omil biologik hamda ijtimoiy omillar ta'wri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik tuzilma borligini alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o'rin egallaydi. Inson shaxsining o'zi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga bo'linadi, degan fikr ham tfgari suriladi. Shaxs tuzilishining ichki tuzi lishisifatida «endopsixika» bamisoli kishining asab psixik tuzilishiga o'xshash bo'lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qism lar va funksiyalarning o'zaro ichki bog’liqligini ifoda etadi.