Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik ruhshunos E. Bern va nemis ruhshunosi K. Levin). Ushbu psixologik nazariyainsonning hayotda ma’lum, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollarushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib hisoblanadi.
Bunday nazariyaning ma’lum bo‘lgan turlaridan biri amerikalik ruhshunos Erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, odam boshqa rollardan ko‘proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va katta odam roli.
Bola roli katta odamning o‘zini boladek his etishda davom etishida va bola sifatida tutishida namoyon bo‘ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, e’tibor va g‘amho‘rlik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning boshqalar uchun mas’uliyatni, ularga g‘amho‘rlikni o‘z elkasiga olishida, boshqalarga o‘rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo‘ladi.
Ota-ona roli odam o‘zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o‘zlarini bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo‘lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash tamoyillarini qo‘llagan holda, K. Levin individ va muhit o‘rtasidagi mutanosiblik buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi.
K. Levin konsepsiyasida boshlang‘ich holat sifatida individning «hayotiy bo‘shlig‘i» ichida ma’lum yo‘nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo‘lgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.o‘.) hosil bo‘ladigan va o‘zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi.Ob’ektlarning bu sifati hulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan hulq-atvorningmotivatsiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yo‘ldagi to‘siqlar va h.k.lar jamlangan psixologik «bo‘shlig‘ini» o‘z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo‘lib hisoblanadi.