“Arslon” nomli besh pardali pyessasi 1925 - yilda yozilgan. Asar Buxoro amirligidagi dehqonnlarning og’ir hayoti va qismatini tasvirlaydi. Asarning barcha personojlari o’qimagan savodsiz kishilar. Hatto voqealar jarayonida o’qimishli, hech bo’lmasa, xat tanigan kishilar sifatida namoyon bo’luvchi imom, qudrat singarilar ham chin ma’rifatdan yiroq jaholat bandalari. Dramaturg Arsol, Botir, Tulg’un, ayniqsa kampir, Nor hola, Tursun singarilarni, garchand kambag’al kishilar bo’lsa-da, yuqori tabaqa vakillaridan ma’nan yuksak, mehr oqibatli ko’ngli toza, birovga hasad qilmaydigan bag’ri keng kishilar qilib tasvirlasa-da, voqelar zamirida ularning xoru – haqir, qashshoq ahvollariga ma’rifatsizlik ham sabab, degan g’oya yashiringan. Zero, jaholat zulmatiga g’arq turkistonda real ahvolning o’zi shunday edi. “Arslon”da ham har qanday zo’ravonlik oxir – oqibatda shu zo’rovonlikning amalga oshiruvchisini halokatga mahkum etishi g’oyasi Mansurboyning dastlab ma’naviy halokati, so’ng esa jismoniy halokati misolida o’zining yuksak badiiy in’ikosini topgan. Mansurboy jisman halokat bo’lishidan ilgariroq o’zining ma’naviy qiyofasini yo’qotgan, yirtqichlanib – hayvonlashib inson degan nomga nomunosib bo’lib qolgan edi. Dramaturg Mansurboylar va ularning tarafdorlarini yana shuning uchun o’limga maxkum etadiki, taraqiyot qonunlari arslonlar tomonida. Mansurboylari hayotning o’ziyoq halokatga mahkum etgan. To’g’ri arslon inqilobchi emas, sotsialis emas, ammo jamiyatdagi mavjud ahvolning o’zi yuzaga kelagan murakkab zidiyatlar o’zgarishlarni talab qilmoqda. Drammada tasvirlangan dehqon vakillarning ayanchli yo’lsiz qolgan ahvolining o’ziyoq bizda eskicha yashab bo’lmasligi, zulmga asoslangan tuzimda fojiyalarning tugamasligi yangicha turmush uchun kurshish kerakligi haqida tushuncha hosil qilamiz. Arslon bir kunmas – bir kun bu zulm – zo’rliklarning intiho topajagligini anglab yetadi. “Bularnig o’ylagani nima ekan, bilmadim. Bozorma - bor, shaharma – shahar, qishloqni – qishloq taladilar. Elni ezdilar ming tanoblab yer, o’nlab uy, yuzlab ot – aroba yig’dilar. Hali ham ko’zlari to’ymaydir. Hali ham talamoqchi bo’lib turadilar. Bu ishlara oz ekanda. Hech kimga yomonlik istamagan bizlarga qarab ham tishlarini g’ichirlata boshladilar. U murdor tishlarni bir kun emas – bir kun qattiq bir toshga uchrab sinab ketishidan sira qorqmaydilar." Tabiat kashfiyotlarining gultoji bo’lmish insonga topilishini istamay suratiga kirganlarning alal - oqibat halokat kemasida g’arq bo’lishiga, jaholat ko’chalarida hech narsani ko’rmay adashgan, adasha – adasha hayot haqiqatlarini anglab yetayotgan arslonlarning bir kunmas, bir kun ma’rifat va kurash lagiridagilar tomoniga o’tishiga olib kelishiga tamomila ishonadi. “Chunki zo’ravonlik-la erishiladigann har qanday natija chin natija bo’laolmaydi, chunki bunday yo’l asos e’tibori bilan axloqqa ixlofdir”. Bir tomonning mahrumiyat va mag’lubiyatlari, ikkinchi bir tomonnning zafar va tantanalari barcha asarlarida ochiqdan ochiq ifodalanmagan, balki tomoshabin voqealar rivojida o’zi anglab terg’ilab olishi zarur bo’lgan haqiqatdir. “Arslon” ijtimoiy tengsizlokning ikki qutbida turgan jamiyatdagi jami boyliklar egalari va shu boyliklardan mahrum qilingan mazlumlar o’rtasidagi ziddiyat asosiga qurilganki ushbu konfilikitdayoq, ijtimoiy munosabatlarning nechog’li murakkabligi, ayni jamiyatda esa adolatsizlikka asoslanganligi, an shu adolatsizlik tufaylidir. Bir guruh zolimlarning o’zlarining mahkumlari deb bilgan katta ko’pchilik bo’lish oddiy xalqni istaganlaricha haqorotlashlari, ezib tepkilashlari mumkun, hatto qalbi bilan-da o’ynashlarida zuhur etadigan dramatik pafors namoyon. Huddi anashu shunday dramatic konfilikt “Arslonni” drama deb atashiga asosdir. Kuchli dramatizm ayni paytda asrning har bir zarrasigacha suyujetidan tortib gap qurilishlariyu so’zlarigacha qamrab olganki, biz buni nafaqat ushbu fasilda keyiingi boblarda ham o’rni- o’rni bilan ochib boramiz.
Arslonning asar boshidagi manalogidayoq dramatik pafus namoyon: ”Ter to’kamiz, ishlaymiz-da, yashaymiz. Mansur boylar kabi odamlarni aldab so’ymaymiz. Iymom oqsoqollariga o’xshab suyg’uchilarning oyog’larini o’pmaymiz, bolaga yuk bo’lib tushmaymiz. Kimsaga hasad qilmaymiz, kimsaning kundoshi bo’lmaymiz, kimsaga yomonlik qilmaymiz” . Arslonning so’zaridan ayon bo’lyaptiki, Mansurboylar odamlarni aldash yo’li bilan bepichoq so’yadilar, imom – oqsoqollar esa shu manfur, razil kimsalarning oyoqlarini o’padilar. To’lg’undan qizning boyga uzatilishi xabarini eshitgan Arslon achchig’lanadi, dam g’azablanadi, dam suygulisiga tasalli beradi. “Bularning o’ylagani nima ekan bilmadim” degan o’ychanlik ham aks ettirilgan. Mansurboy asarda noinsof, adolatsiz, manfatparast shaxs timsolida uchraydi . Botir esa fe’li tezligi adolatsizlik oldida esankirab qolishi bilan Arslondan farq qiladi.
Imom, sofi, bek, Mansurboy tilida esa arabcha forscga so’zlar diniy atamalar ko’plab qo’llanilgan.
“Mansurboy Alhamdulilllah, xudoga shukur. Domullo vojib taollo dunyoyimizni tuzatib berdi. Endi oxiratimizni ham o’zi yaxshilab bersa, so’ngra armon qolmaydir.
Imom. Inshooolloh oxiratimiz ma’mur bo’lur. Menga qarang, oxir kitob deganning yolg’oni bo’lmaydir. Bir mulla bilan bir taboq oni birga yegan kishi bilohisob va billoazob uchmoqga kuradir deb kitob aytadir. Xudo hohlasa uchmoqning eng yaxshi joylari sizniki bo’ladir”.
Yuqoridagi parchada yaqqol ko’zga tashlanib turadigan birinchi holat har ikkala suhbatdoshning o’z bilimdonliklarini, xudo joyliklarini pokdomonliklarini bir – birlariga ko’rsatishga intiladilar. Ammo matndan anglab olingan birgina parcha ularning harakteri haqida asos bo’la olmaydi. Boshqalar bilan munosabatda, hatto boshqa bir situatsiyada ayni qahramonlarning o’zaro munosabatida ularning haqiqiya basharalari namayon bo’la boradi. Boy kambag’al aholi bialan muloqat qilar ekan, og’zidan bodi kirib shodi chiqadi, “it, kofir, ahmoq, ko’rnamak” singari so’kinch so’zlarni tahqirlovchi, kamsituvchi ma’noli leksemalarni qatorlashtirib tashlaydi. O’z manfaati shaxsiyasi uchun arsloni goh “o’g’lim” desa, goh To’lg’unni “ qizim” deydi. Vaziyatga qarab libosini o’zgartirib turish, ayyorlik suxbatdoshining mavqeyi, boyligi o’z manfaatiga zarar yo foyda keltirishiga qarab ga ohangini o’zgartirib turish boyning haqiqiy basjarasidir. Bu uning nutqi orqali reallashadi. Bundan tashqari imom juda qo’rqoq va zanchalish . Bu uning nutqidagi ‘’o’rgilay’’ ‘’aylanay’’ ‘’voy bobom’’, sadag’a ngiz ketay ‘’singari so’zlarni ishlatadi. Botir barvasta qomatdor kuchli yigit ekanligi, hamda vazmin xarakterligini anglab oldik.
Boy ( yana qattiq kulib) Qarg’a qo’ndirg’ali butoq topolmaysan, sen xotunni qanday qilib olasan. Bu o’rinda qo’llanilgan ‘’qarg’a qo’ndirg’ali butoq topolmaslik ‘’drama qahramoning og’ir moddiy ahvolini anlatish uchun qo’llanilgan bo’lib , bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan. Bu o’rinda aynan qarg’a obrazining o’zi ham qiyin va og’ir vaziyat ma’nosini kuchaytirib kelyapti. Amirning achchig’lari kelganda uni yetmish besh tayoq urib riqobdan haydaganlar.
Ko’rib chiqqanimizdek, Fitrat dramalaridagi iborlar asar qahramonlarining ruhiy holati, hatti – harakati, shuningdek fe’l – atvorini ham ifoda qilishda salmoq ahamiyat kasb etgan. Biz ko’rib chiqqan tasnifdan tashqari Fitrat o’z dramalarida tilde mavjud yana shunday turg’un birikmalardan foydalanganki, bular bazan narsa - buyum yoki voqea – hodisaning ham xususiyatini obrazini ifodalab kelgan. Yarim chaqaga qimmat – ahamiyatsiz; bir chaqali bahosi yo’q – ahamiyatsiz, keraksiz; miyyaga sig’mas – aql bavor qilmaydigan, g’ayritabiiy; sichqon sig’magan – kichina kabi iboralar ham keltiradi.
Dramada qahramonlar nutqida matallar ham unimli foydalanilgan, ular qahramon xarakterining jonli, tasvirning obrazili hamda muhitning, tasvirlanayotgan vaziyatning hayotiy va haqqoniy bolishiga ko’mak bergan. Sichqonning o’limi - mushukning to’yi. Biz kabi oppoq yurakli toza yigitlar
to’rt tomondan ezilib turamiz. Manabular ot chopib yurarlar. Parvolariga kelmaydur. Ushbu dramadan olingan parchadagi qahramon holatini, vaziyatini yorqin aks etishda obrazli vosita bo’lib xizmat qilgan.
dimog’i chog’ bo’lmoq - xursand bo’lmoq;
dodiga yetmoq dardini anglamoq, arzini eshitmoq;
og’ziga qarab – o’ylab turib;
yuragi yorilmoq - qattiq cho’chitib qo’qitmoq;
joniga tegmoq – bezmoq;
pichoq borib suyakka tegdi – ortiq chidab bo’lmaydi;
bo’tadek bozlamoq – zor bo’lib kutmoq, intiq bo’lmoq;
boshiga ish tushmoq – qiyin vaziyatga qolmoq;
bu iboralar personojlarning ruhiy holatini tasvirlashda kitobxon tasavvurini yanada kengaytirish va tasvirni yanada tiniqlashtirish maqsadida foydalanilgan.
Nor hola. Nafasingizdan o’rgilay, domlajon hay sadag’angiz ketay hay. Ushbu o’rinda ham kutilmagan xushxabardan boshi ko’kka yetgan kampir ruhiy holati uning nutqida qatnashgan iboralar orqali ravshan ko’rsatib berilgan. Shuningdek asarda qahramonlik sahnalari ham bor. Boturning boy va imomga hukmi Arslon tomonidan Mansurboy va Qudratning o’ldirilish voqealarida qaramonlik pafosi hukmron. Arslonni dramatik konfliktni asos qilib olgan holda drama deb ta’riflasa-da, unda pafosning boshqa turlarini uchratish mumkin.
Ikkinchi pardadagi dramatik va tragic holatlardan so’ng ikkinchi parda Mansurboy va imomning suhbati bilan tugaydi. Anashunday atayin kiritilgan “sekinlatish”, “yengillatish” sahnasida bir necha ko’mik holat bor. Bu tomshabinga dam berishga mo’ljallangan. Imom Arsonlnning yerini aldab olish maqsadida boyga Arslonning onasi ayniqsa bibiga sakkiz olchin chit berishni maslahat beradi. Boy buromad daragini eshitib bir uchib tushadi: “Sakkiz olchin chit nega beray?”
Imom. Shunday qilib, kampirni aldaymiz-da.
Mansurboy. Jim turing-ey… Sakkiz olchin chit bering- a … Sakkiz olchin chit qancha turadir? Pulsiz qolgach o’zlari ham sotarlar” .
Dinu iymondan lof urib o’tirgan boyning xasisligi, bir parcha lattaning daragini eshitib kapalagi uchib ketishi tomoshabinda zaharxanda kulgi uyg’otadi. Boy va imomga o’xshaganlar dinu iymondan xar qancha lof urmasinlar, o’zlarini o’zgalar va o’zlarining nazarlarida oxiratdan qorqmaydigan hunohsiz deb hisoblamasinlar, qo’rqoq va iymoni sust kimsalar ekanliklarini dalillovchi muhim epizoddir. Ikkinchi pardaning ohiri uchunchi pardoning boshlarida susayib borgan drammatizm uchinchi pardaning ikkinchi ko’rinishidan (Arslonning bek xuzuriga keltirilishidan ) yana avj ola boshlaydi va dantragik holatlar almashinib turadi.
Beshinchi parda komizimga eng boy pardadir. Boy xotinlarining jodugar haqidagi suhbatlari, Zaynab oyim va imomning xufyona uchrashuvlari, imomning quchig’ida o’tirgan oyimning boy bilan qilgan so’z o’yinlari, qabiha Zaynab oymning olamon tomonidan tutuib keltirilishi, g’azablangan boyning gunoxkor qolib, gunohsizlarga udag’aylanishi tomoshabinni goh kuldiradi, goh nafratlantiradi.
Dramatik pafus nafaqat harakat holat qahramonlarning nutqida, balki muallif remarkalarida ham bo’rtirib balqib turibdi. Tursun bor - yo’g’udan ayrilgan chog’ida oqsoqol undan dallollik haqi so’rar ekan. “Ezilib bitgan “ Botir o’z holi - ruhiyati haqida Arslonga so’zlar ekan, “havosiz bir zindondan yangigina chiqgan kishilarning hirsi bilan sof havoni yuta boshlar” , Arslon bor pulini onasi orqali Botur iolasiga yuborar ekan, onasining to’y haqidagi so’rog’iga “nafasini zo’rlik bilan ichga chekib” singari muallif izohlari fikrimiz dalilidir. Shunisi e’tiborliki muallif o’quvchi tomoshabinni charchatib ham qo’ymaydi.
Arslon turmushning ming bir azobu - uqubatlari ichida o’sib rivojlanib boradi. Anashu jarayonda u boylarning shavqatsizligini ham, domla imomlarning hiylagorligiyu hushomadgo’yligini ham boy honimlarnig maishat parasat – axloqsizligini ham o’z ko’zi bilan ko’radi. Arslon jamiyatni yaxshilash, yangilash zarurligini an glaydigan inqilobchi yohud islohotchi darajasiga ko’tarilmaydi, zotan, yirik realisit Fitratni revalutsiyoner darajasiga ko’tarishni o’z oldiga maqsad qilib ham qo’ymagan. O’qimagan, dunyo ko’rmaga, oddiy bir dehqon yigitning yuqori tabaqa vakillari o’z dushmani ekanligini anglab yetishi va qo’liga, oddiy bo’lsa-da qurol olishi, oddiy yo’l bilan b’lsa-da jamiyatni anashunday tekinxo’rlardan tozalashga urinishining o’zi katta gap. Asarning deyarli hamma sahnalarida anashu ikki sinf vakillarining to’qnashuvlar o’z ifodasini topgan, bu to’qnashuv, hech bo’lmasa, qahramonlarning manaloglarida in’ikos etadi. Ushbu pyessada Fitratning psixologik dalilash sanatkori ekanligi ham yaqqol namayon bo’ladi. Chunki Arslon dastla Botirni boyni o’ldirish fikridan va yo’lidan qaytarishga uringan bo’lsa, zindondagi ho’rliklar, yerdan, hovli-joydan mosuvolik, onasining, o’rtog’i Botirning o’limi.. uning o’zini boyga va boyning o’g’li Qudratga qarshi pichoq ko’tarishga majbur etadi. Ana shu xususiyatiga ko’ra, “Arslon”ni sosial - psixologik drama deb ta’riflash mumkin.
Fitrat dramalari poetikasini tadqiq etish shunday xulosaga olib keldiki, muayyan ijodkorning o’zigagina xos bo’lgan badiiy uslubi, eng avvalo shu ijodkor yuragini to’lqinlantirkan muammolar va g’oyalarda uning mavzu tanlash va shunga mos syujet topishida, shu hayotiy yuksak badiyat bilan talqin eta olishida, yirik ijtimoiy – siyosiy ziddiyatlarni hayot haqiqatiga sodiq qolib tasvirlashida namoyonn bo’lar ekan. Fitrat ijodi, shu jumladan, dramaturgiyasi - azim bir daryo. Bir quloch o’tish bilan bu ulkan narhni bor bo’yi bilan qamrab olish mumkun emas.
Asarda Arslon atrofdagi haqsizliklarni ko’rib chiday olmay jabirdidalarga yordam beradi va o’zi ko’p ziyon chekadi. Do’sti uchun o’rtaga tushib qamaladi. Hamqishloqlari uning hovli – joyini sotib qutqarib oladilar. Xullas, u qamoqdan qaytib kelgada sevgan qizini boy xotinlikka olgan, endi joni uzilgan onasi Tursunbibining esa iyagini bog’lar edilar. Asar Arslonning boydan o’ch olish voqealari bilan yakunlanadi.
Xulosa
Fitrat dramalarida milliy ozodlik adolat va vatanparvalik tushunchasi juda yorqin ruh va obrazlarda o’z aksini topgan. Adib g’oyasi asar mazmunini ochishda qahramonlar tilida ularning fe’l - atvori va harakteri dunyoqarashi madaniy saviyasi kabi unsurlarni ko’rsatish muhim vositalardan bo’lgan. Yozuvchi qahramonlar nutqini uning tasvirlangan voqealardagi va individual xarakter xususiyatlariga qarab ishlab chiqilgan. Asarning xalq orasiga tez va oson kirib borishi hamda xalq ruhiga ta’sir etishi maqsadida soda va ravaon ifodalardan, badiiy tili leksikasi, xalq jonli tilida mavjud xos ko’chma ma’noli so’zlar shuningdek, frazeologizmalrdan unumli foydalangan. Dramalarda frazemalardan mohirona foydalanish adib mahoratini yaqqol ko’rstagan va asar badiiyatini ta’minlagan. Muallif dramalarida frzeologizmladan tashqari matal, maqol kabi boshqa turg’un birikmalardan ham unumli foydallanganki, ular tasvirning jonli, xalqchil va yuqumliligini ta’min etgan. Drama muhabbat istiroblarini va adolat uchun kurashish jarayonlarini ko’rsatadi. Sinfiylik nazariyasiga qat’iy amal qilish, boylarni butgul qoralab kambag’allarni nuqul ulug’lash talab qilingan bir sharoitda Fitrat bu mafkuraviy ko’rsatmalarga amal qilmadi. Realistik san’atkor sifatida o’z e’tiqodiga sodiq qoldi. Ziddiyatlarni sinflar aro emas shaxslar aro bo’ladigan hayotiy qarama – qarshilik sifatda ko’rsatadi. Bek Yasavulboshi, Darg’a singari amaldorlardagi xislatlar ham sinfiy mansubiyat sifatida emas, hayotdagi jonli odamlar tabiati tarzida talqin qilindi. Fitrat elni yurtni ozod va obod ko’rish dardini dramaturgiyada ham to’kib soldi. Fitratni qo’liga qalam olishga undagan kuch - shu ezilgann xalqqa nisbatan mehr, hamdardlik, undagi jasoratni ulug’lash ayni zamonda kurashning benihon ojiz yo’lidan borish unumsizigini aytish xalqni shundan ogohlantirish istagi edi. Fitrat o’z dramalarida o’zi yashagan makon va zamon chegaralaridan tashqarida kechgan voqealarni asos qilib olgan. Bu bevosita dramaturg yashagan ijtimoiy - siyosiy muhit shu davrda hukm surgan mafkura bilan va ayni paytda ramziylik bilan bog’liq. Fitrat pyesalariga xos yana bir eng muhim xususiyat asarning boshi va oxrida ramziylikka urg’u berilishidadir. Bunday urg’u berish asar g’oyasining yorqin ifodasi uchun xizmat qildirilgan va’ni Fitrat uslubiga xos bo’lgan alohida usul sifatida ko’zga tashlanadi. Dramatik tur janrlari aniq chegralanmagan va nomlanmagan bu masalada har xillik hukm surgan 20 - yillar sharoitida Fitrat o’z pyessalarining janrini belgilashda juda ehtiyotkorlik bilan ish ko’rgan. Bu jarayonda u ham dramaturg, ham jahon dramaturgiyasini nodir bilimdoni va muhlisi ham adabiyotshunos olim sifatida o’z iqdidorini namoyish eta bilgan.
Dramaturg hayot past - balandlarini nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat inson va tarixning o’zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqinida chuqur yoritib bergan. Yoshlar orasida vatanparvarlik g’oyasini ilgari surgan.
Dostları ilə paylaş: |