I bob. Inflyatsiyaning mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari


- rasm. O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə13/14
tarix23.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#147508
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi M.Sobirov

1- rasm. O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi,
o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan %
Metodologiyadagi o‘zgarishlar: Respublikamiz aholisining iste’mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16-18 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir hil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko‘p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya’ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilishini hisobga olib, metodologiyaga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo‘lsa, iste’mol savatida ushbu vazn qo‘llanila boshlandi. Ya’ni, yangi metodologiyaga ko‘ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o‘zgarishlari ham hisobga olina boshlangan. 2018 yilning dekabr oyida mamlakat iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 2,1 %ga oshdi. Umumiy hisobda 2018 yil davomida iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 14,3 %ni tashkil etdi.


2- rasm. O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasi (narxlar o‘sishi %da)
2018 yil davomida INIning o`rtacha oylik o`sish sur`ati 1,1%ni tashkil etib, iqtisodiyotga inflyatsion bosim sentyabr oyidan boshlab kuchayib borgan. Jumladan, 2018 yilning oxirgi to`rt oyi davomida tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari o`sish darajasi 7,6 %ni tashkil etdi.
2017 yil davomidagi INI o`rtacha oylik o`sish sur`ati ham 1,1 % darajasini tashkil etgan. 2017 yilning sentyabr-dekabr oylarida iste`mol sektoridagi umumiy inflyatsiya darajasi ko`rsatkichi 7,6 %ni tashkil etgan.
2019 yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 %ni tashkil etdi.Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi.2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan.
2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 %lik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tavofut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 % ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan).Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar o‘sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.O‘tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.Narxlarning o‘zgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga ma’lum darajada qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.
2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.
Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o‘tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo‘ldi.
Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o‘sishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).
Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.
2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi.
Kredit portfeli umumiy o‘sish sur’atining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning o‘sish dinamikasi turlicha bo‘ldi.
Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi iste’mol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori o‘sish sur’ati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli o‘sishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ularga bo‘lgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi:

  • iste’mol kreditlar bozori nisbatan yangi bo‘lganligi uchun uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan yuqori talab;

  • iste’molchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi;

  • eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin bo‘lmasligi to‘g‘risidagi fikrlarning saqlanib qolishi.

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4foizga oshishiga sabab bo‘ldi.Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga bo‘lgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020 yilning yanvar oyida importning yillik o‘sish sur’ati 23 foizgacha (2019 yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi. Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Bunda ta’sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi.Iste’mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma’lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin.Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta’sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi.Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma’lum darajada bosim yaratadi.Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘izston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatadi.Yana bir bor ta’kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta’minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori o‘sishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish, xususan
tartibgasolinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga ta’minlanadi:

  • umumiy fiskal balans taqchillik, O‘TTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini ta’minlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) to‘liq mos bo‘lishini ta’minlash;

  • banklar kredit portfelining mo‘tadil o‘sish sur’ati, ya’ni YaIMning nominal hajmi o‘sish sur’atidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bo‘lishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish;


XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi. Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi. Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir. Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur.Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir.Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir.
Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:
- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI





  1. O’zbekiston Respublikasi Prizdenti Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prizdenti Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Inflyatsiya va unga qarshi siyosat to‘g‘risida”gi qonuni, T.: “O‘zbekiston”, 2017

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma [Matn]. –
    T.: «Ma’naviyat», 2019. – 312 bet.

  5. O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-son sonli Qarori

  6. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2002.

  7. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2010.

  8. Rashidov O.Yu. va boshqalar Pul, kredit va banklar, Toshkent 2008 y.

  9. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar. T.: “IQTISOD-MOLIYA” 2012 y

  10. Toymuxamedov I.R. «Bank ishi» ma`ruza matni, TDIU. 2010 y

  11. Tojiev R.R., Yakubova Sh. «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari» ma`ruza matni. TDIU.2010 y

  12. X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.

  13. G.X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 243 bet.

  14. Karimov I.A “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida

uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”, T.: “O‘zbekiston”, 2009.

  1. Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot

  2. G’.E. Zaxidov, M.T. Asqarova, Z.A. Djumayev, L.F. Amirov, H.A. Hakimov

  3. Karimov I.A.O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida O’zbekiston,1995.

  4. To’xliyev N., Xaqberdiyev Q., Xolmatov N. O’zbekiston iqtisodiyoti asoslari.O’quv qo’llanma T.O’zME.2006.

  5. Абакумова О.Г. Макроэкономика: конспект лекций. М.: Приор, 2010г.

  6. Ахмедов Д.Қ. Ишмуҳаммедов А.Э., Жумаев Қ.Х., Джумаев З.А. Макроиқтисодиёт. Ўқув қулланма. Т.: “Ўзбекистон ёзувчилар уюшмасининг Адабиёт жамғармаси нашриёт”, 2004. -240 бет.

  7. Вечканов Г.С., ВечкановаГ.Р. Макроэкономика; Учебникдлявузов ,4еизд., дополненное.-СПб.: Питер, 2010.- 350 с.

  8. Dornbush R. "Macroeconomics" - Boston. Mcgraw-Hill, 2001.,- 574p.

  9. 1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasini o`rganish va keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etishga bag`ishlangan ilmiy-ommabop qo`llanma [Matn]. – Т.: «Ma`naviyat», 2019. – 312 bet

  10. Graude P., Polan M. Is Inflation Always and Everywhere a Monetary Phenomenon? Discussion Paper. №2841 CEPR. 2001. June. – Р. 26-29.

  11. Catao L., Terrones M. Fiscal Deficits and Inflation // Working Paper. 65. IMF. – Р. 63 - 67.

  12. Hess G., Morris C. The Long-Ruh Costs of Moderate Inflation // Federal Reserve Bank of Kansas City Economic Review. 1996. Second Quarter. – P. 71-88.

  13. Пивоварова М.А. Международная научно-практическая конференция: “Инфляция и экономический рост: теория и практика” // Деньги и кредит. – Москва, 2006. - №7. – С. 60.

  14. Brouwer G. de, Evicsson N.R. Modeling Inflation in Australia. Journal of Business and Economic Statistics. 1998. Vol. 16. – Р. 24 - 29.

  15. Hogan S., Johnson M., Lafleche T. Core Inflation // Bank of Canada Technical Report, 2001. №89.

  16. Кудрин А. Инфляция: российские и мировые тенденции // Вопросы экономики. – Москва, 2007. - №10. – С. 4 - 26.

  17. X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin