I bob. Ingliz va o’zbek maqollari haqida nazariy qarashlar



Yüklə 439,5 Kb.
tarix23.02.2023
ölçüsü439,5 Kb.
#85290
Kirish


Kirish………………………………………………………………………………4
I bob. Ingliz va o’zbek maqollari haqida nazariy qarashlar………………….11
1.1. Maqollar va ularning umuminsoniy xususiyatlari……………………………11
1.1.1. Maqollarning xalq og’zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan o’xshash va
farqli jihatlari……………………………………………………………………18
1.2. O’zbek xalq maqollarining o’zbek folklorshunosligida o’rganilishi…………24
1.3. Ingliz xalq maqollarining ingliz folklorshunos olimlari tomonidan tadqiq
etilishi……………………………………………………………………………33
I bob bo’yicha xulosa……………………..……………………………................40
II bob. Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari……42
2.1. Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda til
va madaniyatning o’zaro bog’liqligini tasvirlash………………………………..42
2.2.Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning mavzu jihatidan bir-biriga o’xshash
tomonlari………...………………………………………………………………52
2.3.Ingliz va o’zbek maqollarida mentalitet va milliy xarakterning ifodalanishi…61
II bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………67
III bob. Ingliz va o’zbek maqollarining semantik xususiyatlari……………69
3.1. Mehnat va mehnatsevarlik haqidagi ingliz va o’zbek maqollarining semantik
tahlili…………………...…………………………………………………………69
3.2. Yaxshilik va yomonlik mavzusiga oid bo’lgan o’zbek va ingliz tillaridagi
maqollarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlari …………………………………74
3.3. Inson xususiyatlarini ko’rsatuvchi hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va
o’zbek maqollarining tahlili……………………………………………………82
3
III bob bo’yicha xulosa…………………………………………………………88
Xulosa….…………………………………………………………………………90
Ilova……………………………………………………………………………..94
Adabiyotlar ro’yhati…………...……………………………………….............100
4
KIRISH
Bugun O’zbekiston Respublikasi barcha rivojlangan davlatlar tan olgan va
dunyo hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lgan mustaqil davlatlardan biridir.
Respublikamizda bo’layotgan jamiyatning barcha sohasidagi yangiliklar
O’zbekistonimizning yanada gullab yashnashiga olib bormoqda. Yurtimizda
ayniqsa ta’lim jarayoniga katta e’tibor berilayotgani yoshlar ta’lim-tarbiyasiga
o’zining ijobiy hissasini qo’shmoqda. Ayni vaqtda, O’zbekistonda chet tillariga,
ayniqsa ingliz tiliga, bo’lgan qiziqish va talabning ortib borishi natijasida ta’lim
tizimida chet tillarini o’qitish bo’yicha yangi qaror va farmonlarning ijrosi
davlatimiz miqyosida olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:
“Қайд этиб ўтилсинки, мамлакатда Ўзбекистон Республикасининг «Таълим
тўғрисида»ги Қонунини ҳамда Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини амалга
ошириш доирасида чет тилларга ўқитишнинг комплекс тизими, яъни уйғун
камол топган, ўқимишли, замонавий фикрловчи ёш авлодни
шакллантиришга, республиканинг жаҳон ҳамжамиятига янада
интеграциялашувига йўналтирилган тизим яратилди. …. Таълим тизимининг
барча босқичларида чет тилларни узлуксиз ўрганишни ташкил қилиш,
шунингдек, ўқитувчилар малакасини ошириш ҳамда замонавий ўқув-услубий
материаллар билан таъминлаш янада такомиллаштирилишини тақозо этади.”
(Каримов 2012, N-1875-сонли қарори).
Muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, bugungi kunda
mamlakatimiz uchun malakali kadrlar, shu jumladan malakali tarjimonlar, malakali
chet tili o’qituvchilari davlatimiz uchun juda zarurdir. Shuning uchun “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” asosida maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlari
uchun yangi milliy dasturlar, darsliklar, uslubiy qo’lanmalar yaratildi va
yaratilmoqda.
5
Qiyosiy tilshunoslik chet tili o’qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi.
Shu sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o’rganish va ularni
tahlil qilish tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.
Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va
folklorshunoslikda maqollarni chuqurroq o’rganish bugungi kun qiyosiy
tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Uning muhim xususiyati shundaki, u
fanlararo xarakterga ega bo’lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.
Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarni o’rganish tilshunoslikda alohida soha
sifatida paydo bo’ldi.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Maqollar xalq o’g’zaki ijodining
katta ahamiyat kasb etadigan janrlaridan biri bo’lib, bugungi kunda maqollarni
qiyosiy tilshunoslikda chuqur o’rganish orqali tilshunoslikning yangi qirralari
ochib berilyapti.Mavzuning eng muhim dolzarb jihatlaridan biri shundaki, bir
tomonda xorijiy tillarga qiziqishning o’sishi bo’lsa, ikkinchi tomondan ingliz va
o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini har
ikkla tilda qiyosiy o’rganish va ularni o’xshash va farqli tomonlarini
umumlashtirishdir. Ayniqsa, o’zbek va ingliz maqollarini qiyosiy o’rganish
asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks
etganini ifodalab, xalqlarning mentalitetidagi o’zaro o’xshash va farqli
tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani o’rganish uchun ingliz va o’zbek
xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy mentalitet
va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim.
Tadqiqot obyekti sifatida K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning
“Proverbs. Maqollar. Пословицы” kitobidagi 2000 ga yaqin ingliz va o’zbek
tillaridagi maqollar olindi.
Tadqiqot predmeti esa ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning
lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini kognitiv, lingovamadaniy va
pragmatik jihatdan tadqiq etishdir.
6
Tadqiqot maqsadi o’zbek va ingliz tillaridagi maqollarning grammatik,
semantik, uslubiy yo’sinda ko’plab ilmiy ishlar qilingan bo’lishiga qaramay, ingliz
va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlari
qiyosiy, lingovamadaniy va pragmatik jihatdan hali to’la-to’kis yoritib
berilmagan. Shunga ko’ra, mazkur tadqiqotda, ingliz va o’zbek tillaridagi
maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini qiyosiy,
lingovamadaniy va mavzuviy jihatdan tadqiq etish asosiy maqsad qilib olindi.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb
topildi:
1. Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning nazariy masalalari, qonuniyatlari va
tamoyillarini aniqlab olish;
2. “Maqol” terminining folklorshunoslik va tilshunoslikda bog’liq holda
qo’llanilish xususiyatlarini aniqlash;
3. Maqollarni xalq og’zaki ijodining boshqa janrlaridan farqli va o’xshash
jihatlarinikeltirish;
4. Ingliz va o’zbek maqollarining har ikki tilda qay darajada o’rganilganligini
aniqlash;
5. O’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda
til va madaniyatning o’zaro bog’liqligini tasvirlash;
6. Ingliz va o’zbek xalq mentalitetini ifodalovchi maqollarning qiyosiy
tahlillarini qilgan holda, o’zbek va ingliz tillaridagi o’xshashlik va farqli
jihatlarni o’rganish;
7. Ingliz va o’zbek tillaridagi nutqda o’ta faol bo’lgan maqollarni tematik
guruhlarga ajratib, ularning semantik tahlillarini olib borish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
1. Maqollar ham folklorshunoslikda ham tilshunoslikda o’rganiluvchi
paremiologiya sohasining asosiy qatlami bo’lib, u ongning o’ziga xos
kognitiv mikrostrukturasini tashkil etadi. O’z semantikasida madaniyatning
bir bo’lagini aks ettiruvchi til birligi-lingvokulturema va axbarotni
7
saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida
namoyon bo’ladi;
2. Ingliz va o’zbek maqollarida milliy mentalitetni ifodalovchi ayrim maqollar
ingliz va o’zbek tillarida o’zining farqli jihatlarini ko’rsatadi. Ya’ni
lingvokulturologik jihatdan tahlil qilingan ayrim o’zbek va ingliz xalq
maqollari ba’zan ikki xalq tomonidan bir xil, ba’zan umuman boshqacha
ifoda bilan o’zining xususiyatlarini ochib beradi;
3. Ingliz va o’zbek maqollarida xalqning o’tmishidan bugungi kunigacha
bo’lgan barcha o’zbek va ingliz millatiga xos urf-odatlar o’z aksini topgan
va xalq o’g’zaki ijodining namunalari sifatida maqollar bu vazifani
bajarishda yetakchilik qiladi;
4. Har ikki tildagi maqollarni qiyosiy tahlil qilish jarayonida xalqning
mentaliteti va milliy xarakteri asosiy yetakchi hisoblanadi. Shu o’rinda
ingliz va o’zbek xalqining o’ziga xos mentaliteti va urf-odatlaridan kelib
chiqqan holda tildagi maqollar ixcham va ifodali tarzda xalqlarning milliy
o’zligini ko’rsata oladi;
5. Ingliz maqollarini o’zbek tiliga yoki o’zbek maqollarini ingliz tiliga tarjima
qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan
ma’no mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ishda asosiy
manba sifatida K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar.
Пословицы” kitobidan foydalanilgan. Unda ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 6000
ga yaqin maqollarning ekvivalentlari keltirib o’tilgan bo’lib, ishda aynan shu
manbadan olingan o’zbek va ingliz tillaridagi eng faol mavzudagi maqollarning
lingvokulturologik va semantik tahlillari qilingan. Bundan tashqari o’zbek
tilshunos olimlaridan To’ra Mirzayev, Asqar Musaqulov, Bahodir Sarimsoqovlar
tomonidan tuzilgan “O’zbek xalq maqollari” ning oxirgi nashridan o’zbek xalq
maqollari keltirilgan. Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmеdovlarning
«Hikmatnoma”,“Ma`nolar xazinasi” kitoblaridan o’zbek xalq maqollarining
semantik xususiyatlarining ifodalanishi va K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov,
8
O.Safarov “O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi” kabi manbalardan o’zbek xalq
maqollarining nazariy asoslari keltirib o’tilgan. Ushbu manbalardan foydalanilgan
holda, maqollarning leksik-grammatik, leksik-semantik tabiati va stilistik
xususiyatlarini, ularning paydo bo’lish manbalari va shakllanish xususiyatlari
atroflicha ochib berilgan.
Ingliz olimlarining maqollarga doir yaratilgan eng mukammal kitoblari to’liq
o’rganilib chiqilgan holda, asosan, Honek, R.ning ” A proverb in mind: the
cognitive science of proverbial wit and wisdom.” asaridan ingliz maqollarining
nazariy asoslari, professor Mayderning “Proverbs: A Handbook “ kitobidan ingliz
tilidagi eng mashxur maqollarning semantik tahlillaridan foydalanilgan. Arora,
S.ning “The Perception of Proverbiality” asaridan ingliz maqollarida badiiy
san’atlarning ishlatilish o’rinlari keltirilgan. Jon Simpson va Jennifer Spiklarning
“The Oxford dictionary of Proverbs” ning 5- nashridan foydalanilgan.
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. O’zbekiston
Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning fan, ta’lim-tarbiya va madaniyat
sohasidagi strategik yo’nalishlarini aniqlash, zamonaviy davlat ta’lim standartlarini
tayyorlash va har tomonlama barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgan qonunlar,
boshqaruv hamda me’yoriy hujjatlar tadqiqotimizning bosh metodologik asosini
tashkil etadi.
Dissertatsiyada asosiy manba sifatida K.M.Karomatova va H.S.Karomatov-
larning “Proverbs. Maqollar. Пословицы” kitobidan foydalanilgan. Unda ingliz,
o’zbek va rus tillaridagi 6000 ga yaqin maqollarning ekvivalentlari keltirib
o’tilgan bo’lib, ishda aynan shu manbadan olingan o’zbek va ingliz tillaridagi eng
faol mavzudagi maqollarning lingvokulturologik va semantik tahlillari qilingan.
Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmеdovlarning «Hikmatnoma” ,“Ma`nolar xazinasi”
kitoblaridan o’zbek xalq maqollarining semantik xususiyatlarining ifodalanishi va
K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov “O’zbek xalq og’zaki poetik
ijodi” kabi manbalardan o’zbek xalq maqollarining nazariy asoslari keltirib
o’tilgan. Ushbu manbalardan foydalanilgan holda, maqollarning leksik-
9
grammatik, leksik-semantik tabiati va stilistik xususiyatlarini, ularning paydo
bo’lish manbalari va shakllanish xususiyatlari atroflicha ochib berilgan.
Ingliz olimlarining maqollarga doir yaratilgan eng mukammal kitoblari to’liq
o’rganilib chiqilgan holda, asosan, Honek R.ning ” A proverb in mind: the
cognitive science of proverbial wit and wisdom.” Asaridan ingliz maqollarining
nazariy asoslari, professor Mayderning “Proverbs: A Handbook “ kitobidan ingliz
tilidagi eng mashxur maqollarning semantik tahlillaridan foydalanilgan. Arora
S.ning “The Perception of Proverbiality” asaridan ingliz maqollarida badiiy
san’atlarning ishlatilish o’rinlari keltirilgan.
Mazkur ilmiy ishda kontekstual tavsiflash, qiyosiy va statistik shuningdek
semantik va lingvokulturologik tahlil metodlari qo’llanilgan. Shu bilan birga,
konseptual tahlil va kross-madaniy tahlil metodlardan ham foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotimiz
madaniyatlararo kommunikatsiya asoslari, kognitiv tilshunoslik,
lingvomadaniyatshunsolik va qiyosiy tilshunoslikdagi nazariya hamda metodlarga
asoslandi. Tadqiqot natijalari umumiy tilshunoslik, til va jamiyat, til va
tafakkurning o’zaro ta’siri, kognitiv bilish jarayonida tilning o’rni va ahamiyati
kabi muammolarni ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Tadqiqot uchun to’plangan til materiallari va ularning tahlilidan umumiy
tilshunoslik, sotsiolingvistika va psixolingvistika, leksikologiya, kognitiv
tilshunoslik kurslari bo’yicha ma’ruzalar o’qitishda, filologiya fakultetlari
talabalari uchun esa o’quv qo’llanmalari, darsliklar, lug’atlar tuzish uchun ham
nazariy ham amaliy ahamiyatga ega.
Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan izohlanadi:
– ishda ilk bor ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning linvokulturologik va
semantik jihatlari tematik guruhlarga bo’lingan holda chuqur qiyosiy tahlil etildi;
10
– ingliz va o’zbek tillaridagi hali uncha ko’p tadqiq etilmagan, ya’ni diniy
mavzudagi maqollarning qiyosiy tahlili qilindi;
_ o’zbek va ingliz tillaridagi mehnatsevarlik, yaxshilik va yomonlik va hayvon
obrazlari qatnashgan bir qancha maqollarning o’zbek va ingliz tillaridagi o’xshash
va farqli jihatlari atroflicha tahlil qilindi;
– tadqiqotda har ikki tildagi mavjud ayrim maqollarning ijtimoiy-madaniy,
kognitiv-psixologik va fiziologik xususiyatlarini aniqlash yordamida ularning
shakllanish asoslari ko’rsatildi.
Dissertatsiyaning tuzulishi va hajmi. Dissertatsiya 90 betdan iborat bo’lib,
kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.
Dissertatsiyaning kirish qismida ishning dolzarbligi,metodologik asosi va
tadqiq usullari, muammoning o’rganilish darajasi, tadqiqot obyekti va predmeti,
tadqiqot maqsadi va vazifalari, dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, tadqiqot
manbalari shuningdek, ishning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha, aniq va
mukammal ma’lumot beriladi.
Ish uch bobdan iborat bo’lib, har bob 3 qismni o’z ichiga oladi. Har bobdan
so’ng xulosalar keltirilgan va umumiy xulosa ish so’nggida berilgan.
Barcha foydalanilgan manbalar adabiyotlar ro’yhatida keltirilgan.

BIRINCHI BOB
INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR.
1.1. Maqollar va ularning umuminsoniy xususiyatlari.
Millatni o’zligini ko’rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini
ifodalovchi omillardan biri bu xalq og’zaki ijodidir. Xalq o’g’zaki ijodining eng
muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda
o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim
janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq
qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ilmiy ishimizning ushbu bobida o’zbek va ingliz maqollarining
umuminsoniy xususiyatlari va ularning xalq og’zaki ijodining boshqa janrlariga
nisbatan o’xshash va farqli jihatlarini ko’rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek
o’zbek va ingliz xalq maqollarining tilshunoslikda o’rganilish jihatlarini keltirib,
bu soha bo’yicha faoliyat ko’rsatgan olimlarning nazariyalari bilan yaqindan
tanishib chiqamiz.
Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan
xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir
janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz
mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish eta oladigan bunday badiiyat
qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining
bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va
jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy,ma'naviy-ma'rifiy,axloqiy-estetik va
falsafiy qarashlari,qisqasi, O'zi va O'zligi to'la namoyon bo'lganidir.[ 61;3]
Shu sababli maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli
so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda foydalanibgina qolmay balki badiiy,
tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotlarda ham doimiy
ravishda qo'llanilib kelingan va bugungi kunda ham juda faoldir.
Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida og’zaki badiiy
ijodning kеng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq-
12
odob qoidalari dеb atash mumkin. Zеro,maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy
tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy,ma`naviy-madaniy,axloqiy-falsafiy
qarashlarining g’oyat ixcham, lo’nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug’ilgan
hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma`lum bir sharoit taqozosi
tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug’iladigan xulosaning axloqiy bahosi
sifatidagi hukm bo’lib yuzaga kеladi. Ular insonlarning turli sohalardagi
faoliyatlari jarayonida uzoq muddatli sinovlardan o’tgan turmush tajribalarining
hosilasi, barqaror va o’zgarmas, to’g’ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga
kеlganligini ko’rsatadi.
Xalq paremik ijodiyoti o'ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish tamoyillariga
ega. Uning bu xususiyatlarini folklorshunoslikning paremiologiya sohasi o'rganadi.
Maqollar ustida izlanishlar olib borar ekanmiz, shu o’rinda paremiologiya
sohasiga murojaat qilishimiz shart. Paremia grekcha so'z bo'lib, hikmat, naql,
hikmatomuz obrazli ibora ma'nolarini anglatadi. Xalq parameki ijodiyoti
namunalarini to'plash va yozib olish hamda kitobat qilish bilan esa
paremiografiya shug’ullanadi.
Folklorda maqol janri hikmatga yo'g’rilganligi, g’oyat ixcham, lo'nda va
obrazli ifodalanishi bilan xalq paremik ijodining bir qismini tashkil etadi. Biroq
maqol janri bugungi kungacha alohida adabiy tur sifatida e`tirof etilmay, goh
xalq nasri, goh xalq poeziyasi tarkibida mavhum holda kichik tur tarzida ko`rib
kelinmoqda.
Maqol xalqning ko’p asrlar mobaynida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayotda to’plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham,
chuqur mazmunga ega bo’lgan og’zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi
arabcha – qavlun –gapirmoq, aytmoq so’zidan olingan bo’lib, aytilib
yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo’llaniladi. Barcha tomonidan deyarli bir
xilda aytilib, bir xilda tushuniladigan ibora, ifodalar,asosan, maqol janrini tashkil
qiladi. [55;91]
13
Demak, xalq maqollari ommaning muayyan voqea, hodisalar haqidagi xulosalarini,
hukm va tavsiyalarini o’zida mukammal tarzda mujassamlashtirgan o’ziga xos
badiiy shaklga ega bo’lgan ifoda va iboralardan iboratdir.
O’zbek xalq maqollari ko’pincha maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql,
hikmat, foyda, hikmatli so’z, tanbеh, mashoyixlar so’zi, donolar yoki
donishmandlar so’zi, oqinlar so’zi va otalar so’zi atamalari bilan el orasida
mashxur. Ko’pincha ilmiy taomilda maqol atamasi istе’moldadir.
Maqollar o’z tabiatiga ko’ra xalqaro janr hisoblanadi. Dunyoda o’z
maqollariga ega bo’lmagan xalqning o’zi yo’q. Chunki har bir xalq hayotiy
tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi.Shuning uchun ham turli
xalqlar og’zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir-biriga yaqin hamda
hamohang maqollar ko’p uchraydi.Chunki har bir xalq hayoti va tarixida juda ko’p
o’xshashliklar, umumiyliklar mavjud. [55;91]
Ingliz tilida maqol atamasi asosan “proverb” so’zi orqali ifodalanadi.
Ba’zan ko’plab adabiyotlarda : adages, dictums, maxims, mottoes, precepts,
saws, truisms so’zlari orqali ham maqol tushunchasini berishimiz mumkin.
O’zbek xalq maqollari singari ingliz xalq maqollari ham ingliz folklorning eng
keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ko’pincha tuzilishi, folklorda o’rganilishi va
yana boshqa jihatlari bilan o’zbek maqollariga o’xshash holda umumiy jihatlarni
ko’rsatadi.
Xalq maqollariga murojaat etganda, ulardagi tarixiylikni hisobga olish
lozim. Chunki bugungi kunda nutqimizda ishlatilayotgan maqollarning ko’pchiligi
o’tmishda yaratilganligi bilan xalq psixologiyasi, dunyoqarashidagi
cheklanganliklar va ziddiyatlar aniq ifodasini topgan. Binobarin, xalq maqollarini
to’plash, ularning tabiatdagi turli davrlarga xos qatlamlarini izchil sinfiylik
nazaridan o’rganish lozim. Masalan o’zbek xalq maqollaridan biri “Boy boyga
boqar, suv soyga oqar” maqolini jamiyatning qaysi davrida va qanday sinf
vakillari tomonidan aytilganligini anglash bir qarashda qiyin. Agar maqol
14
mehnatkash xalqning nutqida qo’llanilgan bo’lsa, u shu sinf manfaatlariga xizmat
qiladi yoki aksincha.Yoki ingliz maqollaridan “A fool’s bolt is soon shot”
maqolini ko’rib chiqsak. Maqolning tarjimasi- ahmoqning kamon o’qi tezda
otilar.O’zbekcha muqobil varianti “Ahmoqning boshiga aql yopishtirib
qo’ysang, qo’li bilan ko’chirib tashlaydi”. Agar tarjimadan kelib chiqadigan
bo’lsak maqolni uzoq o’tmishda yaratilganligiga shubhamiz yo’q, albatta. Chunki
unda ishlatilgan “bolt” ya’ni “kamon o’qi” o’tmishda, urush davrlarida
yaratilgani sezilib turadi. Demak, maqollardagi konkret sinfiy funksiya ularning
nutqda qo’llanish o’rniga qarab belgilanadi. Ammo maqollar qaysi davrda
yaratilishidan qat’iy nazar, ular yana nutqqa qaytib faollashishi mumkin. Biz bu
fikrimiz bilan “Boy boyga boqar, suv soyga oqar” yoki “A fool’s bolt is soon
shot” maqollarini bugungi kunda nutqimizda faol emas demoqchimasmiz. Biz bu
holatda maqollarning kelib chiqishi yoki yaratilishi ma’lum bir davrga, holatga
bog’liq bo’lishini aytmoqchimiz xolos.
Ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar bilan shartlangan holda maqollar mazmunida
turli darajadagi o’zgarishlar – torayish yoki kengayishlar yuz beradi. Mana shu
faktning o’ziyoq maqolning jamiyat hayoti, xalq turmushi bilan bevosita
bog’lanishda ekanligini ko’rsatadi.[55;93]
Demak, maqollar xalq hayotini, uning o’tmishdagi iqtisodiy,siyosiy va madaniy
turmush darajasini o’rganishda asosiy vazifani o’taydi. Haqiqatdan ham maqollar
turli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, xalqning etik va estetik normalarini,
etiqodiy tasavvurlarini, maishiy turmushi va mehnat tarzini, sevgi va nafratini, orzu
va intilishlarini obyektiv baholaydi. Mashhur rus yozuvchisi L.N.Tolstoy “Har bir
maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman” degan edi va bu
yuqorida keltirgan barcha fikrlarimizni tasdiqlay oladi.
Maqollarning yana bir muhim jihatlaridan biri ulardagi ibratlilik. Maqollarda
har doim ibratli fikr aytiladi. Lekin har qanday ibratli fikr maqol
bo’lavermaganidek, ibratli fikrlarning maqollarga aylanishi uchun bir qancha
shartlar mavjud. Ular quyidagicha:
15
• Maqolga aylanuvchi ibratli fikr xalqning uzoq yillar mobaynidagi
hayotiy tajribasida sinalgan bo’lishidadir. Hayotiy tajribada sinalgan
har qanday fikr kishini ishontira oladi;
• Maqolda ifodalangan ibratli fikr alohida shaxsgagina emas, balki
umuminsoniy xarakter kasb etishida;
• Sinalgan umuminsoniy fikr ixcham, mukammal badiiy shaklga ega
bo’lishi shartdir.[ 55;93]
Aynan shu sabablar oqibatida xalq maqollari juda ham sekinlik bilan yaratilish va
unutilish xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va
madaniy strukturasi, bu strukturaning barqarorlik yoki beqarorlik darajasi bilan
bog’liq holda amalga oshadi.
Maqollardagi pand-nasihat xarakteri ularni yanada jonli va kuchli
ta’sirchanligini oshiradi. Masalan: Inglizcha “A bad execuse is better than none”
o’zbek tiliga –xohlamasdan kechirim so’rash , umuman so’ramagandan yaxshi deb
tarjima qilinadi. O’zbekcha muqobil variant sifatida “Yaxshi gap bilan ilon inidan
chiqar, Yomon gap bilan musulmon dinidan” maqolini keltiramiz. Ko’rinib
turganidek, ushbu maqollar pand-nasihat mazmunidagi ma’noni beradi. Ya’ni,
shaxsga har doim shirin so’zli va yaxshi kalomli bo’lish kerakligini
anglatadi.Maqolning har ikki tildagi variantlari ham bir xil ma’noni beradi.
Maqollarni o’rganish jarayonida uning tuzulishi, qanday ko’rinishdagi
sintaktik butunliklar orqali tashkil topgani muhim omildir. Maqollar tuzilishiga
ko’ra, bir va bir nеcha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik
butunlikdan iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko’pincha darak
gap yo’sinida bo’ladi. Aynan shu tomonlari bilan o’zbek va ingliz xalq maqollari
juda o’xshashdir. Quyidagi maqollar orqali fikrimizni isbotlashga harakat qilamiz.
The absent is always in the wrong- O'zi yo'qning — ko'zi yo'q.
There is no accounting for tastes -Har kim suygan oshini ichadi.
Actions speak louder than words-Gap bilguncha — ish bil.
16
Advise none to marry or go to war-Har kimning niyati o'zining
yo'ldoshi.
Aksariyat maqollar ikki qismdan tashkil topgan bo’lib, bir qismi tasviriy
mohiyatga ega, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir:
After dinner sit a while,
After supper walk a mile.
Qorning ochmasdan ovqat yegin,
Qorning to'ymasdan qo'l artgin.
Art is long, life is short.
Ilmsiz — bir yashar,
Ilmli — ming yashar.
O’zbek tilida ba’zan 4 komponentli maqollar ham uchrab turadi. Biroq ingliz
maqollari orasida 4 komponentli maqollar kam uchraydi.
Zamon seni o'qitar,
Tayoq bilan so'kitar.
Sabog'ingni bilmasang,
Do'konda bo'z to'qitar.[56;5]
Bir qismli maqollarga nisbatan ko’p qismli maqollar nisbatan tеz o’zgarishga
moyilroqdir. Sababi ba`zi holatlarda maqol aytuvchining unda ifodalanayotgan
ma`noni to’laligicha tushunib yеtmasligi yoki eshitganini eslay olmasligi natijasida
o’zicha qo’shimcha so’zlar yoki izohlar qo’shishi tufayli maqolning mazmuniga
yoki tuzilishiga jiddiy zarar yеtkazilishi mumkin.Bunday vaziyatda o’sha maqolda
asosiy fikrni tashuvchi so’zlardan birining tushirib qoldirilishi mumkin. Binobarin,
maqollarni aytish va tinglash ham alohida e`tibor va ma`suliyatni taqozo etadi.Aks
holda bеparvolik tufayli maqolning asl ma`nosiga putur yеtkazilib, kеlajak
avlodga noto’g’ri talqinda o’tib qolishi va asl ma’nosiga nisbatan zid ma`noda
qo’llanilishi mumkin.
17
Maqollar shakliga ko’ra,nasriy hamda she’riy tuzulishga ega bo’ladi.
All asses wag their ears- Ahmoq aql o'rgatar.
Barking dogs seldom bite- Qopag'on it tishini ko'rsatmas
kabi maqollar nasriy tuzilishdagi maqollar hisoblanadi.
O’zbek xalq maqollari ichida she’riy shakldagi maqollar ingliz maqollariga
nisbatan ko’p uchraydi. She’riy shakldagi maqollarda o’ziga xos vazn, qofiya va
ohangdorlik mavjud.
Oltovlon ola bo’lsa,
Og’zidagin oldirar.
To’rtovlon tugal bo’lsa,
Tepadagin endirar. [ 55;97]
She’riy tuzulishdagi maqollarda ritmik-sintaktik parallelizmlar,alliteratsiya,qofiya
va boshqa ko’pgina poetik vositalar ifodalanadigan ibratli fikrni jarangdor,
ohangdor,libos bilan bezantirsa, ayrim hollarda oddiy so’zlarning takrorlari yoki
radiflar ham qofiya vazifasini o’taydi.
Masalan:
Yomonga bo’ldim yo’ldosh,
Ishimga bo’lmadi qo’ldosh.
Yaxshiga bo’ldim yo’ldosh,
Ishimga bo’ldi qo’ldosh.[55,97]
Bu hodisa ko’proq o’zbek maqollari uchun xosdir. Asosan o’zbek maqollarining
katta ko’pchiligida alliteratsiya, qofiya kabi poetik vositalarning ishtiroki ko’p
kuzatiladi.
18
1.1.1. Maqollarning xalq og’zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan
o’xshash va farqli jihatlari
Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug`ilgan va xalq
donoligini ifodalaydigan qisqa, ko`pincha she’riy formadagi hikmatli so`zlar,
chuqur ma’noli iboralar bo’lib, o’ta ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og`zaki
ijodidagi boshqa janrlardan farq qiladi.
A.M.Gor’kiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. «Eng ulug`
donolik so`zining soddaligidir»-deb yozadi u. Maqollar va qo`shiqlar har vaqt
qisqa bo`ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va
sezgilar mavjud bo`ladi. [16; 114] Bu yerda olim maqol va qo’shiqlarning shakliy
ko’rinishlariga, sermazmunligiga baho berib, ularni o’zaro tenglashtiryapti. Lekin
biz bu bilan qo’shiq va maqol xuddi bir xil xususiyatga ega janr deb
hisoblamasligimiz kerak.
Qo’shiq, yor-yor, o’lan kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari
fonida ifodalansa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo’nda
ifodalanadi. Demak, lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab, maqollarda
hukmdan kechinmaga qarab intilish yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo’lmish xalq
dostonlari, ertaklari, afsona va rivoyatlari, latifalar, rang- barang obrazlarning xatti-
harakati, kechinmalari orqali aks ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar
orqali aks ettiradi. Demak, maqolda voqealarning kechishi emas,balki ulardagi
xulosa va hukm ifodalanadi. Binobarin, epik janrlarda yo’nalish harakat va
holatdan hukmga tomon yo’nalgan bo’lsa, maqollarda hukmdan harakat va holat
tomon yo’nalganlik boshchilik qiladi.[55;91]
Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa ma’lum bo’ladiki, hajman
ixcham bo’lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni ulkan dostonlarga jo
bo’luvchi voqealarni o’z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, har bir maqolning
mazmunidagi real voqelikdagi faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar yaratilishi
mumkin.
19
Xalq og’zaki ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda
voqelikni aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, topishmoq
kabi janrlar mavjud bo’lib,bu janrlar orasidagi o’xshash jihatlarning ko’pligi
tufayli,ular orasidagi farqlarni anglash biroz muammo tug’dirishi
mumkin.[55;92]Bugungi kunda barcha xalqlarning folklorida bu muammolarga
duch kelishimiz mumkin. Xuddi o’zbek tilidagi singari ingliz tilidagi maqollarda
ham shu masalaga duch kelamiz. Ya’ni, ingliz tilida maqol “proverb“, matal
“saying”, va topishmoq “riddle” lar bir – biriga yaqin xalq og’zaki janrlari
hisoblanadi. O’zbek xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va
topishmoqlardan quyidagi xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular
quyidagicha:
1.Maqolda fikr aniq, tugal xulosa, lo’nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda esa
tugal fikr ifodalanmaydi.Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, biroq
voqelikni aks ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash bilan
maqollardan keskin farqlanib turadi. [55;92]
Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib turadi. Ammo maqol
va matal o’rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq.
Xalq og`zaki ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo`laniladi. Bu ikki
terminning farqini bilish kerak.Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko`chma
ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turidir. Matal o`z ma’nosini
boshqa ma’noga ko`chirgan so`z birikmalaridan iborat bo`ladi. [55;92 ]
Masalan,Aql -ko’rga, ko’z soqovga –til maqolini tahlil qiladigan bo’lsak, ko’r
odam aqlli bo’lsa yo’lini topadi ya’ni dono kishi har doim o’z yo’lini topa oladi
kabi hukm surilgan. Lekin “Temirni qizig`ida bos “ deyilganda aniq va tugal
hukm yo’q. Bu matal bo`lib, ko`chma ma’noda, ya’ni ishni o`z vaqtida bajarish
zarur ma’nosida kelayapti. U atigi obrazli ifoda sifatida qotib qolgan.
Yoki “Tepdim- terakka chiqdim” topishmog’ini ko’rib chiqadigan bo’lsak, unda
“uzangi” predmeti jumboqlangan.Topishmoqda hech qanday ibratlilik yoki hukm
20
ifodalangani yo’q. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, topishmoqlar va
maqollar o’rtasida shakliy yaqinlikdan boshqa hech qanday yaqinlik yo’q.
Ingliz xalq maqollarida ham huddi shunday holatni kuzatish mumkin.
Masalan, “There is no place like home” maqolida o’z tug’ulib o’sgan uying
oltindan ham afzal, qadrli ekanligi ifodalanadi. Maqolda tugal hukm va aniq xulosa
mavjud.
Ingliz matallaridan biri “Build one’s house upon the sand “ ni tahlil qilsak
“qum ustiga uy qurmoq” ma’nosini beradi. Agar uni ko’chma ma’noda tahlil
qiladigan bo’lsak, “birovning ko’nglini puch yong’oq bilan to’lg’azmoq”
ma’nosini anglatadi. Ko’rib turganingizdek, matallar maqollar kabi tugal hukmni
ifodalamaydi.
Yoki topishmoqlardan “It’s running night and day,but it never runs away”
topishmog’ida kecha kunduz tinmay ishlaydigan narsa ya’ni “soat” so’ralyapti.
Topishmoqda soatni tinmay ishlashi ifodalangan va hech qanday hukm yoki
xulosa ko’rsatilmagan.
2.Maqollarda muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin qutbiylikda ifodalash
yetakchilik qiladi.Shuning uchun ham maqolda voqelik yo izchil ijobiy, yo keskin
salbiy jihatdan baholanadi. Fikr keskin qutbiylikda ifodalanganligi uchun ham har
bir maqolda ikki mantiqiy markaz mavjud. Bu markazlar mazmunan bir- birlariga
yo o’xshatiladi, yo taqqoslanadi, yoki butunlay zid qo’yiladi.[55;92]
Masalan, “Ko’p gapirma, ko’p ishla “ inglizcha “ Speak less but do more”
maqolida zid qo’yish orqali yaxshi va yomon xislatlar ifodalanyapti.
3.Maqollar o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llana olish imkoniga ega bo’lsa,
matallar faqat ko’chma ma’noda qo’llanadilar.[55;92]
Turmushda ro‘y bergan voqea-hodisalar natijasida paydo bo‘lgan
vaziyatdan kelib chiqqan holda biron shaxs biron maqolni o‘z fikrini tasdiqlash
maqsadida keltirishi mumkin. Ammo mazkur maqolning o‘z yoki ko‘chma
ma’noda qo‘llanganligini ro‘y berilayotgan voqeani aniq ko‘z oldimizga keltirish
21
orqali ifodalaymiz.. Masalan, «Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang
yuz hayda» maqolini ko’rib chiqsak. Agar dehqon qaysi bir sabab bilan kuzda yer
haydamagan bo‘lsa-yu, bahorda qayta-qayta ekin maydonini haydagani bilan
yaxshi hosil olmasa, yuqorida aytilgan maqol o‘z ma’nosida qo‘llangan bo‘ladi.
Ammo biron shaxs tomonidan biron tadbirning amalga oshirilishi kechiktirilsa va
keyingi harakatlar natija bermasa «Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang
yuz hayda» maqoli misol sifatida qo‘llanilishi mumkin.Bu holatda u ko‘chma
ma’noni anglatadi. Lekin ko’pincha maqollar mazmuniga ko‘ra ko‘chma ma’noda
ko‘proq qo‘llaniladi. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas»,
«Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas», «Burgaga achchiq qilib ko‘rpani
kuydirma», «Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin» kabi hikmatli so‘zlar
ko‘pincha ko‘chma ma’nolarda ishlatiladi. Ingliz tilidagi maqollarni o‘rganish, bu
janr namunalari mazmunan deyarli o’zbek tilidagi maqollar bilan bir xil ekanligini
ko’rsatadi. Ammo bunday yaqinlikni bir xalq ikkinchi xalqdan maqolni
o‘zlashtirganligi bilan izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bizningcha, bunday yaqinlikni
oddiy turmush tarzining o‘xshashligi, insonlar hayotidagi munosabatlarning
yaqinligi va, umuman, hayotning ko‘p holatlarida bir xil vaziyat hosil qilishi bilan
izohlagan ma’qulroq bo’ladi. Masalan:
O’zbekcha” It hurar karvon o’tar “, inglizcha “The dogs bark, but caravan goes
on” yoki “When the cat is away, the mice will play” inglizcha “Mushuk yo’q
bo’lsa sichqon bayram qiladi” yoki boshqa ma’nodoshi “Otning o’limi –itning
bayrami” misollarini keltirishimiz mumkin.
Matallar ham shakl va mazmun jihatdan maqollarga juda o‘xshash janr
hisoblanadi. Matallarning matni, hajmi, badiiyligi jihatdan maqollarga yaqinligini
juda ko‘p olimlar tomonidan tasdiqlangan. Hatto ko’pchilik adabiyotlarda matal
atamasi maqol bilan almashgan holda qo‘llanilishi ham ko‘zga tashlanadi. Odatda
matallar so‘zlovchi nutqining ta’sirchanligini oshiradi, shaklan go‘zallashtiradi.
Biroq maqol bilan matalni janr jihatdan o‘ziga xos shunday xususiyatlari borki,
ularni hamisha bir-biridan farqlagan holda tasavvur qilish mumkin.Yuqorida

29
Keyinchalik To’ra Mirzayev, Asqar Musoqulov va Bahodir Sarimsoqovlar


tomonidan 2005- yilda ilgarigi to’plamlarga nisbatan ancha mukammalroq
formada ishlab chiqildi. Kitobda 70 dan ziyod mavzudagi maqollar alfabit tartibi
bo’yicha tuzib chiqilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 80-yillarning oxirlarida O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti
xodimlari tomonidan 13 mingga yaqin maqollar alifbo bo‘yicha tartiblashtirilgan
holda nashr ettirildi. Bu misol ham o‘zbek xalqining naqadar ulkan va bebaho
madaniy merosga ega ekanligini ko’rsatadi. Hech ikkilanmasdan alohida aytib
o’tish lozimki, bunday ulkan xazinaga dunyodagi kamdan-kam xalqlar ega bo‘lishi
mumkin. Hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bironta shoir tabiat inson qattiq
ehtirosga berilgan paytida o‘nlab qo‘shiq to‘qib tashlashi mumkin. Ammo bitta
maqolning badiiy jihatdan mukammal tarzda shakllanishi va xalq qalbidan joy
olishi uchun o‘nlab yoki yuzlab yillar kerak bo’ladi.
Maqollarning o’rganilish tarixi va to’plash jarayonlari haqida gap ketganda
ularni tasnifi haqida ham fikr yuritishimiz kerak. O’zbek folklorshunos olimlari
tomonidan maqollarni tasnif qilishning asosan quyidagi ko’rinishlari mavjud:
• Alifbе tartibida. Unga ko’ra mavjud material maqol to’plamida alfavit
tartibiga solinadi.Uning afzalligi shundaki, foydalanuvchi to’plamdan
maqolni tezroq topa olishi mumkin.Ammo kamchiligi unda maqollarning
mavzu jihatdan berilmaganligi tufayli foydalanuvchiga ko’proq qiyinchilik
tug’dirishi mumkin.
• Mavzular tartibida. Tasnifning bu turi oldingisidan ancha murakkab va
mukammalligi bilan ajralib turadi. Chunki bu turda material muayyan mavzu
guruhlariga ajratiladi, har bir mavzudagi material esa o’z ichida alfavit
tartibi bo’yicha beriladi. Ushbu tartib bo’yicha tuzilgan maqol to’plamlari
foydalanish jihatidan qulayligi, eng muhimi, muayyan xalq maqollari
fondining mavzu doirasini ko’rsatib berishi bilan ham amaliy, ham nazariy
ahamiyat kasb etadi.
30
• To’g’ri yoki ko’chma ma`no tashishiga ko’ra. Maqollarning semantik
tabiati davrlar o’tishi bilan o’zgarib turadi: oldin o’z ma’nosida qo’llanilgan
maqollar keyinchalik faqat ko’chma ma’no kasb etishi mumkin. Shunga
ko’ra maqollar 2 xil: a) o’z ma’nosida qo’llanuvchi;
b) o’z va ko’chma ma’noda qo’llaniluvchi;
e) faqat ko’chma ma’noda qo’llaniluvchi.
Umuman, bu turdagi tasnifga ko’ra davrlar o’tishi bilan xalq maqollari
tabiatida yuz bergan semantik o’zgarishlarni aniqlashga, binobarin har bir
maqolning qay darajada davr talablariga javob bera olishini belgilashga
imkon beradi.
• Qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga-xronologiyasiga ko’ra.Maqollar-
juda qadimiy, ayni vaqtda hamisha zamonaviy janr. Uning qadimiyligi xalq
tarixi qadar uzoq. Xalq maqollarida muayyan xalq boshidan kechirgan turli
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o’z aksini topadi. Shunga ko’ra maqollarni qay
davrda yaratilganini bilib olish mumkin.
• Tuzulishiga ko’ra. Bunday tasnifda maqollar tarkibidagi mantiqiy
markazlar miqdoriga qarab bir nechta guruhlarga ajratiladi. Yani:
1. 1 komponentli
2. 2 komponentli
3. 4 komponentli va undan ortiq holatda ham uchrashi mumkin.
O’zbek maqollari ilk bora shunday ko’rinishda tasnif qilingan. Biroq hozirda
maqollarning yana bir tasnif turi ya’ni:
• Sinonimlik yoki antonimlik mohiyatiga ko’ra ham tasnif qilinmoqda.
Bunday tasnif turida maqollar asosan o’z ichida sinonim yoki antonim holatida va
alfavit tartibida beriladi.
Hozircha o’zbеk maqolshunosligida alifbе tartibi va mavzusiga ko’ra tasnif qilish
ananasiga ikki jildlik “O’zbеk xalq maqollari” (1987) va ko’p jildlik «O’zbеk xalq
ijodi” ruknida «O’zbеk xalq maqollari” (1989) va «O’zbеk xalq maqollari” (2003)
31
hamda etimologiyasiga ko’ra Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmеdovlarning
«Hikmatnoma” (1990) va “Ma`nolar xazinasi” (2003) “O’zbek xalq maqollari”
(2005) to’plamlarini tuzishda amal qilingan.
O’zbek xalq maqollarida badiiy san’atlarning juda ko’p ishtiroki kuzatiladi.
Shu o’rinda o’zbek olimlaridan K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, va O.
Safarovlar maqollarda eng ko’p uchraydigan badiiy vositalarni quyidagicha
ifodalaydi.
1.Tazod (zid qo’yish). Olimlarning fikricha o’zbek maqollarida eng ko’p
uchraydigan vositalardan biri tazod (zid qo’yish) hisoblanadi. Buning bosh
sabablaridan biri, unda maqolda aks etgan voqeaning tabiatidagi ziddiyatni aks
ettirish orqali tomonlardan biri yo tasdiqlanadi, yo inkor etiladi.Odatda
maqollardagi tazod usulida voqelikning turli-tuman xossalari: hajmi, rangi, bo’yi,
uzunligi, masofa kabi jihatlar qarama –qarshi qo’yiladi.
Masalan: Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib.
Xullas, tazod san’ati xalq maqollarida keng qo’llanilganligi sababli maqollarni
tematik tasnif etishda har bir obrazning ijobiy v salbiy jihatlarini teng hisobga
oladi. Masalan: Yaxshilik va yomonlik, do’stlik va dushmanlik,mehnatsevarlik va
dangasalik kai mavzular.
2.Metafora (istiora). Xalq maqollarida ko’p uchraydigan yana bir badiiy-tasviriy
vositalardan biri metaforadir. U badiiy adabiyotlarda qisqacha o’xshatish deb ham
yuritiladi. Maqollarda istioraviy ko’chimlar asosan yetakchi semantik vazifani
bajaradilar.
Masalan: “Et bilan tirnoqni ajratib bo’lmas” maqolidagi “et va tirnoq” so’zlari
yaqin qarindosh-urug’,og’a-ini o’rtasidagi yaqinlikka ishora qiladi.
Folklorshunos olimlarning fikricha, maqoldagi asosiy mazmunni keng bayon etish,
uning mohiyatini atroflicha sharhlashga maqol tabiatidagi lo’ndalik va ixchamlik
32
yo’l bermaydi.Shuning uchun ham mazkur janrda metaforik yasvir juda qo’l
keladi.
3.Mubolag’a san’ati. Maqollarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar
kuchaytirilib, xalq idealiga mos kelmaydigan xislatlar salbiy jihatdan bo’rttirib
tasvirlanadi. Bunday holatlarda biz maqollarda mubolag’a san’ati qo’llanilganini
ko’ramiz. Masalan: “nafsi buzuq hayitda o’lar” da xalq idealiga mos kelmaydigan
ochko’zlik, nafsi buzuqlik qoralanadi. Bu esa shunchaki oddiy baholash emas,
balki xalqning g’oyaviy-estetik bahosi sifatida keltiriladi. Xalq idealida qoralangan
narsa hech qachon ijtimoiy hayotda yashamasligi lozim.
4.Jonlantirish.O’zbek xalq maqollaridagi jonlantirish usuli juda muhim
vositalardan biridir.“O’tin ayirgan bolta maydonda qolar “ maqolini tahlil
qilsak, bu yerda gap jonsiz predmet “bolta” haqida so’z ketyapti. Aslida bolta
biror narsani kesish, o’tin yorish uchun yaratilgan predmetdir. U o’z-o’zidan o’tin
yorolmaydi. Mohiyat jihatidan bolta – adolatsiz, odam ayiradigan shaxslarga qarata
ishlatiladi. Maqoldagi ahloqiy-falsafiy mazmun “o’tin ayiradigan bolta”obrazi
orqali ifodalangan.[55;99]
Xullas, o’zbek xalq maqollarida badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-
barang bo’lib, ular asar mazmunini reallashtirish va maqolning izchil g’oyaviy
vazifasini bajarishga imkon beradi. Bu o’rinda maqollar ustida olib borilayotgan
izlanishlar xalq madaniy merosini yanada boyitish va mustahkamlash uchun
hizmat qiladi. O’zbek folklorshunoslaro tomonidan qilingan ishlar g’oyat tahsinga
sazovordir.
33
1.3. Ingliz xalq maqollarining ingliz folklorshunos olimlari tomonidan tadqiq
etilishi.
Ingliz xalq maqollari ham xuddi o’zbek xalq maqollari singari g’oyat
mukammal va xalq o’gzaki ijodining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi.
Ishimizning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda ingliz xalq maqollarini ingliz
tilshunosligida o’rganilish tarixi juda muhim. Bu sohada ish olib borgan olimlar, va
ularning qilgan ishlarini o’rganish mavzuyimizni yanada mustahkamlab beradi.
Shu o’rinda quyida ingliz olimlari tomonidan qilingan ishlarni keltirib o’tamiz.
Odatda tili va madaniyati bir xil bo’lgan millatlarning maqollari ham bir-
biriga yaqin bo’ladi. Ingliz va butun butun G’arbiy Yevropa davlatlarining xalq
o’g’zaki ijodi va aynan maqollarning tarqalishida, maqollar kitobi deb atalmish
“Bible” ya’ni Biblyaning o’rni katta. Kitob ingliz xalq maqollarini o’zida jamlagan
bo’lib, aynan qadimgi davrdagi ajdodlar tomonidan aytilgan maqollar keltirilgan.
Ko’plab ingliz olimlari tomonidan maqolga quyidagicha izohlar keltiriladi.
Mashhur ingliz filklorshunosi, professor Mayder maqolni quyidagicha izohlaydi:
“Proverbs are used in a wide range of situations and no limits to the use of the
proverb. They can be used to: “strengthen our arguments, express certain
generalizations, influence or manipulate other people, rationalize our own
shortcomings, question certain behavioral patterns, satirize social ills, poke fun at
ridiculous situations”. [60;11]
Musavi M.ning ta’kidlashicha maqollarni o’rganishda hamisha
bahslashishlar ko’p bo’lgan va maqollar uchun yagona bir izoh berishning iloji
yo’qligini ta’kidlaydi.U olimlar tomonidan maqol haqida aytilagan barcha ta’riflar
va izohlar to’g’ri ekanligiga qo’shiladi.
Rouland maqollarni quyidagicha keltiradi: “stick in the mind”, “build up
vocabulary”, “illustrate admirably the phraseology and idiomatic expressions of
the foreign tongue”, “contribute gradually to a surer feeling for the foreign tongue”
and proverbs “consume very little time”.[60;89-90]
Jozef Reymond maqollarni quyidagicha izohlaydi :
34
“ Proverbs are not only melodic and witty, possessed with rhythm and
imagery; proverbs also reflect “patterns of thought”. Ya’ni maqollar ixcham va
ritmik tuzilgan bo’lib, nafaqat donolikni ifodalab qolmay, balki inson o’y
fikrlarining aksidir.
Shirli L. Arora o’zining “The Perception of Proverbiality” asarida
maqollarni qadim xalq tilidan yetib kelgan va xalqning ananaviy urf-odatlarini
avlodlarga ko’rsatuvchi timsol sifatida keltiradi. U olimlar fikriga qo’shilgan holda
Taylor va Seytellarning maqollar haqidagi qarashlarini o’z asarida keltirib o’tadi.
“Most definitions, to be sure, reflect the scholar's concern for proverbs as an
analytical category; they are attempts to answer the question, as Seitel puts it,
"How does one recognize that which he is going to study?" Even in Archer
Taylor's oft-quoted-and sometimes criticized-statement to the effect that "an
incommunicable quality tells us this sentence is proverbial and that one is not," the
"us" is, by implication, the community of proverb scholars, for Taylor goes on to
remark that "those who do not speak a language can never recognize all its
proverbs, and similarly much that is truly proverbial escapes us in Elizabethan and
older English." Still, traditionality--whether considered in terms of age or
currency--tends to be central to the delineation of the proverb as an ethnic genre
also.” [41;2-4]
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki, maqollar xalqning
donoligini ifodalovchi va hamisha avlodlarga meros qoluvchi janrdir.
Maqollarning mualliflari bo’lmaganidek, ularning qachon va qay paytda paydo
bo’lgani ham aniq emas.
Archer Teylor o’zining asarlaridan birida ya’ni "The Origins of the
Proverb" deb nomlangan bobida shunday fikrlarni keltirgan:
"the acceptance or rejection by tradition which follows immediately upon
the creation of the proverb is a factor in its making quite as important as the first
act of invention”.
"the acceptance or rejection by the hearer," for it is with the individual
hearer that "tradition" begins and - with each successive performance - will be
35
either extended or cut short. By exploring in greater detail the mechanisms
underlying the perception of proverbiality, we will be enlarging our understanding
of an aspect of the proverb that is indeed "quite as important as the first act of
invention." [73;3]
Ingliz olimlari tomonidan maqollarning har xil xususiyatlari ko’rib
chiqilgan va takliflar keltirilgan. Maqollar bo’yicha ko’p izlanishlar olib borgan
olimlardan biri sifatida Norrikni aytib o’tishimiz mumkin. Uning maqollar
bo’yicha qilgan eng sara isharidan biri turli xil olimlarning fikrlarini to’plab,o’zaro
qiyoslab,aniqroq xulosalarga kelganidir. U maqollarning o’ziga xos xususiyatlari
haqida to’xtalar ekan, ular haqida aniqroq tushunchalarga kelish kerakligini aytib
o’tadi. Bular quyidagicha:
Proverbs are self-contained (Maqollar tayyor strukturli gaplar). Seyler
maqollardagi mustaqil va o’ziga xos tuzulishni ta’kidlab o’tadi. Uning
fikricha maqollar garmmatik jihatdan o’zgarmas strukturaga ega bo’lib,
maqollardagi so’zlarning o’rnini bir- biri bilan alamashtirib bo’lmaydi.
Norik bu fikrlarga qo’shilgan holda shunday deydi: "Seiler introduces this
definitional criterion solely to distinguish proverbs from proverbial phrases”.
[64;23] Demak, Norik Seylerni fikrini ma’qullagan holda shu qarorga
keladiki, maqollar grammatik jihatdan qattiq strukturaga ega bo’lib, ularda
ishlatilgan iboralar bunga misol bo’la oladi. Chunki maqollarda ko’pincha
iboralar ishlatilishi ham ulardagi ma’lum qolip shakllanganini ko’rsatadi va
ibora bilan maqol o’rtasidagi farqlarni ham aytib o’tadi.
• Proverbs are (propositional) statement ( Maqollar axborotlardir). Norik
maqollar mavjud voqea yoki hodisaning axborotchisi deydi va olimlardan
biri keltirgan fikrni beradi.”Abrahams is perhaps more precise in requiring
the proverb to be a full statement.”
• Proverbs are (grammatical) sentences (Maqollar (grammatik)
gaplardir). Maqollar grammatik strukturaga ega gaplardir va uning bu
xususiyatlarini o’rganish ham ingliz olimlari e’tiboridan chetda qolmagan.
Teylorning fikricha maqollar xuddi gaplardek tugal bo’lishi shart. Bundan
36
tashqari Abrahams, Honek va Mayderlar ham ushbu fikrlarni qo’llab
quvvatlaganlar. Masalan: “Barking dogs never bite” maqolini grammatik
jihatdan tahlil qilsak “ Barking dogs” ega vazifasini, “bite” kesim vazifasini,
“never” ravish bo’lib kelgan. Gap hozirgi oddiy zamonda, aktiv nisbatda
ifodalangan. Ega ko’plikdagi ot va oldidan sifat vazifasini bajarayotgan
gerundiy orqali ifodalangan.
• Proverbs are tradition (Maqollar ananaviydir).Maqollarning o’ziga xos
jihatlardan yana biri maqollardagi ananaviylikdir. Bu haqda Norik
quyidagicha fikr bildiradi: “The traditional nature of proverbs correlates
closely with their status as items of folkloric”.
Maqollar nazariyasi haqida o’z izlanishlarini olib borgan olimlardan biri Trench
bo’lib, u maqollardagi 3 narsani “shortness, sense, salt “ ya’ni “qisqalik,
hissiyot,ta’m” ni juda muhim deb hisoblaydi. Bularni quyida qisqacha keltiramiz:
1. Shortness (Qisqalik): Trench maqollardagi qisqalik eng muhim omil deb
aytadi. Yaxshi maqol hamisha qisqa, yurakdan aytilib yurakka yetib borishi
lozim deydi. U ba’zan 2,3, yoki undan ortiq so’z bilan ifodalangan bo’lishi
ham mumkin. Maqollar odatiga ko’ra ixcham shaklga ega, biroq olam-olam
ma’no anglatishi zarur degan fikrlarni keltiradi.
2. Sense (Hissiyot): Trenchning ta’kidlashicha maqollarda hissiyot maqolni
obrazliligini oshirib beradi.
3. Salt (Tam): "a proverb must have salt, that is, besides its good sense it must
in its manner and outward form being pointed and pungent, having a sting in
it, a barb which shall not suffer it to drop lightly from the memory".[74;67-
70.]
Trench va Norikni fikrlariga mutlaqo qo’shilgan holda ularning asl mohiyatini
tushunishga harakat qilamiz. Aslida maqollar ustida ish olib borish jarayonida
maqollarning ayni ichki tuzilish jihatlarini to’liq o’rganib chiqish bu ishimizning
muhim poydevori bo’la oladi. Maqollarni semantik va lingvokulturologik jihatdan
tahlil qilish jarayonida aynan shu nazariyalarga yondoshsak ishimiz o’z natijasini
bera oladi.
37
Ingliz xalq maqollari ustida izlanishlar olib borayotgan bir paytda professor
Mayderning xizmatlarini alohida ta’kidlash zarur. Chunki u maqollar ustida juda
ko’p izlanishlar olib borgan va nazariy asarlarni yozishga erisha olgan olimlardan
biridir. U o’z asarlarida maqollarning eng muhim ahamiyatli tomonlarini
to’laligicha izohlashga harakat qilgan. Va o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrga
keladi:
“Of the various verbal folklore genres (i.e., fairy tales, legends, tall tales,
jokes, and riddles), proverbs are the most concise but not necessarily the simplest
form. The vast scholarship on proverbs is ample proof that they are anything but
mundane matters in human communication. Proverbs fulfill the human need to
summarize experiences and observations into nuggets of wisdom that provide
ready-made comments on personal relationships and social affairs. There are
proverbs for every imaginable context, and they are thus as contradictory as life
itself. [60;111]
Bundan tashqari u bir qancha misollar orqali, masalan “Absence makes the heart
grow fonder” , “Out of sight, out of mind” yoki “Look before you leap” va “He
who hesitates is lost” kabi maqollarda nafaqat falsafiy mantiqning bo’g’liqligini
balki ma’lum sharoitni ifodalash uchun tanlab aytilgan maqol shu sharoitning
mazmunini xulosaviy ifodalashi shartligini ko’rsatadi.
Shu bilan birgalikda u maqollarning bugungi zamonaviy dunyomizdagi
ahamiyati haqida ham so’z yuritadi:
“Contrary to some isolated opinions, proverbs have not lost their usefulness
in modern society. They serve people well in oral speech and the written word,
coming to mind almost automatically as prefabricated verbal units. While the
frequency of their employment might well vary among people and contexts,
proverbs are a significant rhetorical force in various modes of communication,
from friendly chats, powerful political speeches, and religious sermons to lyrical
poetry, best-seller novels, and the influential mass media. Proverbs are in fact
everywhere, and it is exactly their ubiquity that has led scholars from many
disciplines to study them from classical times to the modern age. [60; 111]
38
Mayderning paremiologiya sohasi bo’yicha qilgan xizmatlarini quyida u
yaratgan asarlar orqali ko’rish mumkin. Jumladan: International Bibliography of
Explanatory Essays on Individual Proverbs and Proverbial Expressions (1977),
Proverbs in Literature: An International Bibliography (1978), The Wisdom of
Many: Essays on the Proverb (1981), Proverbs Are Never Out of Season: Popular
Wisdom in the Modern Age (1983), Investigations of Proverbs, Proverbial
Expressions, Quotations and Cliches: A Bibliography of Explanatory Essays which
Appeared in "Notes and Queries”(1984), Twisted Wisdom: Modern Anti-Proverbs
(1999), Proverbs: A Handbook ( 2004), "Proverbs Speak Louder Than Words".
Folk Wisdom in Art, Culture, Folklore, History, Literature, and Mass Media.(
2008), Proverbs and the Social Sciences: An Annotated International Bibliography
International Bibliography of Paremiology and Phraseology (2009).
Ingliz folklorshunos olimlaridan biri sifatida Honekning maqollar ustida olib
borgan chuqur izlanishlarini keltirmay ilojimiz yo’q. Honek maqollarning tarixi
haqida so’z yuritib, ularning jamiyatning har bir sohasida faol tarzda
foydalanilishini aytadi.
“Paremiology, the study of proverbs, is practiced by many different kinds of
people including cultural anthropologists, psychologists, folklorists, linguists,
sociologists, educators, psychiatrists, historians, students of religion, literature
buffs, and even lawyers, advertising executives, management consultants, and an
occasional proverb aficionado. All these sentences imply the importance of
proverbs. [53;12]
Honek maqollarni jamiyatning barcha sohasida folklorchi olimlardan
tortib to siyosatchilar, hatto huquqshunoslar ishida ham ahamiyatga ega ekanligi
aytadi. Shunga ko’ra maqollarning turli xil maqsad va vazifalari, istiqbollari,
taxmin va farazlari, uslublari va nazariy xulosalari mavjudligini ta’kidlaydi.Uning
fikricha maqollar aniq va tugal nazariyaga ega emas.Lekin Honek o’zining “A
proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom” asarida
maqollarning o’ziga xos 7 ta muhim xususiyatini ko’rsatadi:
39
• Personal: The proverb is treated from a subjective viewpoint based purely
on personal experience and understanding.
• Formal: This is a scientific approach that primarily uses the methods and
concepts of linguistics, logic, and semiotics to define, classify and semiotics
to define, classify and otherwise analyze proverbs.
• Religious: Religious teaching and wisdom are examined in texts.
• Literary: Proverbs in prose and poetry re analyzed in terms of their literary
value and what they tell us about the writer, their times, and so forth.
• Practical: The many uses of the proverb in intelligence testing,
psychotherapy and other areas are examined.
• Cultural: This is a scientific approach to the proverb that treats it as a
multifunction from of folk literature that arises from and is embedded in a
sociocultural context.
• Cognitive: this is a scientific approach based on cognitive science that
attempts to explain how individuals use and understand proverbs. [ 53;14]
Ko’rib turganingizdek, maqollar uchun berilgan har bir nazariyaning maqollarni
tadqiq qilishda o’ziga xos ahamiyati bor.
Xuddi o’zbek maqollari singari ingliz maqollarida ham turli xil badiiy
vositalarning maqollardagi faol ishtirokini kuzatishimiz mumkin. Maqollardagi
badiiy vositalarning ishtirokini ingliz olimlaridan Arora o’zining bir qator
maqolalarida keltirib o’tadi.
Maqollardagi alliteratsiyaning mavjudligi:
No fool like an old fool.
Maqollardagi ritmning mavjudligi:
A friend to everybody is a friend to nobody
Inversiyaning mavjudligi:
Better is a neighbor nearby than a brother far away.
Tazod sanatining ishlatilishi:
Fools never know when they are well.

42
IKKINCHI BOB


O’ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING LINGVOKULTUROLOGIK
XUSUSIYATLARI
2.1. O’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil
qilishda til va madaniyatning o’zaro bog’liqligini tasvirlash.
Bugungi kunda, maqollar ustida qizg’in izlanishlar olib borilayotgan bir
paytda, maqollarning har taraflama jihatlarini o’rganish paremiologiya sohasining
asosiy vazifalaridan biridir. Maqollarni qiyosiy jihatlarini o’rganish asnosida
ularning lingvokulturologik jihatlariga to’xtalmay ilojimiz yo’q. Bu orqali tadqiq
etayotgan tillarimizdagi maqollarning bir-biriga o’xshash va farqli tomonlarini, shu
til egasi bo’lmish xalqning o’ziga yarasha madaniyati va o’ziga xos mentalitetini
ko’rsatishga harakat qilamiz.
Ushbu bobimizda o’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik
jihatlarini tahlil qilishda til va madaniyatning o’zaro bog’liqligini tasvirlash,
o’zbek va ingliz tillaridagi maqollarning mavzu jihatidan bir-biriga o’xshash
tomonlarini ko’rib chiqish va ulardagi mentalitet va milliy xarakterning
ifodalanishi kabi masalalarga chuqurroq yondashishiga harakat qilamiz.
Til har bir millatning madaniyatini, qadriyatlarini va e’tiqodini, umuman
xalqning o’ziga xos jihatlarini ifodalashda eng muhim omildir. Tilshunos
olimlardan Nida biror xalqni tilini o’rganishda uning madaniyatini ham o’rganish
muhim ekanligini aytadi. Uning ta’kidlashicha til va madaniyat bir-biriga bog’liq
ravishda rivojlangan o’xshash sistemadir. U buni quyidagicha izohlaydi:
“Cultural factors are deeply interwoven with the language, and thus are
morphologically and structurally reflected in the forms of the language.” [75;55-
75]
43
Mashhur tilshunos Sapir shuni ta’kidlab aytadiki, tildagi so’z boyligi
insoniyatning jismoniy va ijtimoiy atmosferasi orqali vujudga kelgan. Va bu
nazariya asosida tilni madaniyatning bir qismi sifatida keltirishimiz mumkin.
Umuman madaniy faktorlar misolida tilshunos Teliya ma’lum xalqqa va
uning tarixiga tegishli bilimlar, an’ana va qadriyatlar, kundalik odatlar va boshqa
madaniy ko’rsatkichlarni insoniyatning fundamental asoslari va ular orqali dunyoni
anglashini tushuntirib o’tadi. Shuningdek, uning fikricha, har bir madaniyatning
asosida yotuvchi til hech qachon madaniyatdan ayro o’rganilmasligi va insoniyat
tildan madaniyatning har bir nuqtasini ifodalashda foydalanishini aytib o’tadi.
V. Teliya tilshunos va folklorshunos olim sifatida madaniyatni til bilan
bo’g’liqligida paremiologiya sohasini rolini alohida ta’kidlab o’tadi. Uning
aytishicha, til butun bir madaniyatni o’zida ifodalar ekan, shubxasiz paremiologoya
sohasi ham tilning egasi bo’lmish xalqning madaniyatini juda chiroyli va chuqur
ifodalay oladi.Bunday holatni o’zaro til va madaniyatning qorishib ketgan sohasi
ya’ni lingvokulturologiya asoslay oladi. Teliya buni shunday ataydi:
“ if language contributes to the formation of a collective cultural identity, also
paremiology, due its wide spectrum of different forms of usage and due to the fact
that it often includes elements which have a strong relationship with the culture of
a specific country (part of the body, animals, and colors), can be considered as a
domain of linguistics which seems to adequately illustrate the correlation between
culture and language. This suggests a new direction of research for proverb studies,
called “linguo-cultural investigation”, or the analysis of proverbs for cultural data
as represented in linguistic meanings”[75; 55-75]
Demak, xalq madaniyatini ko’rsatishda maqollar eng faol vositalardan biri
sifatida bugungi kunda tilshunoslikda lingvokulturologik izlanishlar jarayonining
muhim mavzularidan biriga aylanmoqda. Ko’plab izlanishlarning asosiy obyekti
sifatida ishlanilyapti.
44
Teliya maqollarni “direct cultural signs” deb ataydi va bu orqali u maqollar
butunlay xalqning madaniyatini ko’rsatuvchi omillar ekanligiga ishonadi. Har bir
maqol, uning fikricha, xalqning turmush tarzini qisqa va lo’nda umuman olganda
to’laligicha ifodalay oladigan ko’zgu deb hisoblaydi. U bu haqda o’z ishlaridan
birida shunday deb o’tadi:
“After having described the interaction between language, culture and
proverbs, it seems also important to mention the ways in which culture is
implemented through language. Each culture has a set of proverbs that could be
defined as basic, when they enter the lexicon and the language, it is possible they
act as “direct cultural signs”. On the other hand, when linguistic symbols interpret
these cultural patterns, then these symbols transform themselves into bodies of
those cultural patterns; in this case, language units acquire the status of
standard.”[75;55-75]
Demak, xalqning tilida mavjud bo’lgan har bir so’z tilda ifodalanar ekan,
ma’lum xalqning maqollari o’sha xalq tilida keltirilgan so’zlardan shu xalq
vakillari tomonidan shu xalqning o’ziga xos xususiyatlari bilan, yasalish usuli
bilangina ifodalanadi.
Ko’plab olimlar Henl P. (1958), Sepir E. (1958), G.G Morian (1986), Kramsh
C.(1993) madaniyat va tilning bo’g’liqligi kabi masalalarga o’z ishlarida to’xtalib
o’tganlar.Maqollarning lingvokulturologik sifatlariga to’xtalgan holda olimlardan
Nida quyidagilarni bayon etadi:
“ one of the most challenging aspects of investigating proverbs of a language
is the fact that, being considered as one of the best examples of cultural-linguistic
interaction, its categories and identified units are continuously changing, so as
culture and language are. This is due to the fact that, contrary to fol or intuitive
conceptions, language does not lie in dictionaries nor in grammars, but it only
exists in the people’s minds.[ 75;55-75]
45
Nida maqollarni o’rganishda bevosita tilni va o’sha xalqning madaniyatini
o’rganish bu tabiiy hol deb hisoblaydi. Tilda mavjud bo’lgan leksema o’sha
xalqning turmush tarzidan ya’ni xalq tilidan kelib chiqqan bo’lib, bu bevosita
maqollarda ishtirok etadi va maqollar orqali xalqning madaniyati aks etadi.
Aslida tadqiqot ishimizning asosiy qismidan biri bo’lmish ingliz va o’zbek
maqollarining lingvokulturologik xususiyatlarini ko’rib chiqib, ularning o’xshash
va farqli tomonlarini o’rganish ishimizning muhim bosqichlaridan biridir. Shu
sababli yuqorida keltirilgan olimlarning nazariyalariga asoslangan holda bir qancha
o’zbek va ingliz tillaridagi maqollarni chuqur tahlil qilib, keltirilgan fikrlarimizni
isbotlashga harakat qilamiz. Ularda xalq turmush tarzi qay darajada
ifodalanganligini misollar yordamida keltirishga va ikki tilda mavjud bo’lgan
maqollarning solishtirma tahlili orqali o’zaro o’xshash va farqli tomonlarini
ko’rsatishga harakat qilamiz. Masalan:
Inglizcha: “The nearer the Church, the farther from God”
maqolini o’zbek tiliga tarjima qilsak - cherkovga yaqinlashgan sari Xudodan
uzoqlashar- ma’nosini beradi. Bu o’zbek tilida: “Besh vaqt namozini tark etmas,
Harom-xarishni farq etmas” maqoli orqali ifodalanadi.
Inglizcha maqoldagi “Church” so’zi o’zbekcha tarjimada “cherkov” so’zini
beradi. “Cherkov” so’zi asli o’zbekcha so’z emas, lekin o’zbek tilida boshqa
tillardan o’zlashgan termin sifatida mavjud. “Cherkov” xristian diniga mansub
bo’lgan insonlarning shu dinga xos bo’lgan rasm-rusumlarini bajaradigan joy
hisoblanadi. O’zbek tilida bu so’zga nisbatan ekvivalent sifatida “masjid” so’zini
keltirsak bo’ladi. Agar ikki xalqning dinidan kelib chiqadigan bo’lsak, o’zbek
xalqining ko’pchilik qismi islom diniga, ingliz xalqi deyarli xristian diniga
sig’inadi. Xristian dinida cherkov xristianlar uchun eng muqaddas joy sanaladi va
yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, xristian diniga xos urf-odatlar, an’analar o’sha
joyda o’tkaziladi.Islom dinida musulmonlar uchun islom diniga oid rasm-
rusumlarni o’tkazish uchun cherkovni aytolmaymiz. Chunki musulmonlar islom
46
diniga xos urf-odatlarni bajarish maqsadida masjid, madrasa kabi ulug’ va
muqaddas dargohlarga tashrif buyurishadi. “Cherkov” va “masjid” so’zlari har
ikki tilda xalq uchun bir xil vazifani bajaruvchi so’zlar bo’lishiga qaramasdan, ular
o’ziga xos foydalanish funksiyalariga egadir. Bu o’rinda xalq o’ziga xos va mos
bo’lgan termindan foydalanadi. Shuning uchun ham maqolning o’zbekcha
variantida “cherkov” so’zi ishlatilmadi.
Demak, biror xalq hayotida mavjud va kundalik hayotda faol qo’llaniluvchi
leksemalar tilda o’z qiyofasini yaratadi va xalqlarning milliy mentalitetini
ko’rsatishda maqollarda ishtirok etmay qolmaydi.Agar maqollarning ma’no-
mazmuni tahlil qiladigan bo’lsak, ingliz xalqining dinida, cherkov ular uchun
naqadar muqaddas joy ekanligini maqolda ifodalangan ma’nodan bilish mumkin.
Ularning fikricha doimiy cherkovga boraveradigan shaxs har doim ham xudojo’y
bo’lib qolavermaydi. Bu maqol orqali dinni niqob qilgan, aslida hech qanday diniy
bilimga ega bo’lmagan shaxslar ifodalanyapti. Cherkov ular uchun shu qadar
muqaddas joyki, uni ko’ngli, qalbi kir insonlar yolg’ondan ulug’lashini istamasligi
butun bir xalq tilida ifodalangan. Agar o’zbekcha variantini ko’rib chiqadigan
bo’lsak, u o’zbek tilida quyidagicha:
Besh vaqt namozini tark etmas,
Harom-xarishni farq etmas.
Unda ishlatilgan “besh vaqt namoz” “harom-xarish” kabi so’zlar o’zbek tilida
uchraydigan so’zlardandir. O’zbek xalqining asosan musulmonlardan iborat
ekanligi, ular uchun islom dini buyuk va islom dinidagi eng muhim burchlardan
biri besh vaqt namoz o’qish ekanligi o’zbek xalq maqollarida aks etgan. Besh vaqt
namoz o’qish islom dinida musulmonlar uchun eng muhim burchlardan biridir.
Asosan musulmonlar va o’zbek xalqi uchun besh vaqt namoz o’qish bu ularning
kundalik hayotining bir qismidir.Shu sababli xalq bu so’zlardan hayotiy
jarayonlarda foydalanadi va bu o’zbek xalq maqollarida o’z ifodasini topgan.
Bundan tashqari “harom-xarish” kabi so’zlar islom dinida va shu o’rinda o’zbek
47
xalqi tomonidan ko’p ishatiladigan so’zlardan biridir. Ota bobolarimizdan bizgacha
yetib kelgan pand –nasihatlarga quloq soladigan bo’lsak, unda hamisha oq-qorani
tanish, halol- xaromni bir-biridan ajratish kabi masalalarga juda jiddiy qaralgan.
Bu holda maqolning har ikkala tildagi variant ham bir xil ma’noni beradi.
Demak, o’zbek xalqining ko’pchilik qismi musulmon va besh vaqt namoz
o’qiydi, ingliz xalqining ko’p qismi xristian va ular uchun cherkov eng muqaddas
dargohdir. Ko’rib turganingizdek, xalq turmush tarzida mavjud narsalar yoki
kundalik yumushlar maqollar orqali ifodalandi. Agar o’xshash tomonlarini ko’rib
chiqadigan bo’lsak, har ikkala xalq ham dindor va dinidan kelib chiqqan holda, o’z
dini uchun muqaddas joylari va muqaddas odatlari bor. Biroq bu ikki tilda
ifodalangan maqolning ma’no-mazmuni teng bo’lgani bilan ularda ishlatilgan
ayrim so’zlar faqat shu tilga oid leksemalardir va har ikkala xalqning faqat
o’zigagina xos bo’lgan odatlarini ifodalaydi.
Agar dinlararo umumiy tushunchalarga to’xtaladigan bo’lsak, u qanday din
bo’lishidan qat’iy nazar barchasida jannat, do’zzax, shayton, farishta kabi
tushunchalar mavjuddir. Islom dinida shayton yoki jahannam kabi so’zlar salbiy
bo’yoqdor so’zlar hisoblanadi va xalq tomonidan ham salbiy ma’noda
ishlatiladigan so’zlardir. Xo’sh, bu ingliz xalqi tomonidan qanday qabul qilinadi va
bu jihatlar maqollarga singganmi? Ushbu savollarimizga javob olish maqsadida
quyida bir qator do’zzax, shayton kabi so’zlar ishlatilgan maqollarni o’zbek va
ingliz tillaridagi variantlarini tahlil qilgan holda, o’xshash va farqli jihatlarini
ko’rib chiqamiz:
№ Inglizcha maqol O’zbekcha tarjimasi O’zbekcha varianti
1. Hell has no fury like
a woman scorned.
Tashlab ketilgan ayolga teng
keladigan ajina [qasos olish
borasida] jahannamda ham
yo'q.
Xotin avjiydi, el
aljiydi.
48
2. When Hell freezes. Jahannam muzlaganda. Tuyaning dumi yerga
tekkanda.
3. Better the Devil you
know than the devil
you don't know.
Tanimagan shaytondan tanish
shayton yaxshi.
Sinalgan yov urushga
yaxshi.
4. The На Devil can
cite Scripture for his
purpose
O'z maqsadida shayton
Muqaddas Kitob ustida ham
qasam ichadi
Shaytonning
ozdirgani - o'zniki.
5. The Devil finds
work for the idle
hands to do.
Shayton bo'sh qo'lga ish topib
beradi.
Dangasa boshin
yesin,lllatning g'amin
yesin.
6. The Devil is good to
his own.
Shayton o'zinikini xush ko'rar. It itning quyrug'ini
bosmas.
7. Не must have a long
spoon that sups with
the Devil.
Shayton bilan ovqatlangani
o'tirsang, uzunroq qoshiq ol.
Yomondan to'n
kiysang,To'yda
"to'nim ber" deydi.
8. Не must go whom
the Devil drives.
Shayton yetaklasa yurishga
majbursan.
O'zimdan chiqqan
baloga, Qayga boray
davoga.
9. The Devil knows
many things because
he is old.
Shayton ko'p narsani biladi,
chunki ko'p yashagan.
Qari bilganni pari
bilmas.
[56;62-65,157-158]
Jadvaldan ko’rib turganingizdek do’zzax va shayton kabi so’zlarning ingliz xalq
maqollarida mavjudligi shuni ko’rsatadiki, ingliz xalqi dinda bu tushunchalar
49
mavjudligiga ishonadi va maqollar ma’nosidan kelib chiqqan holda barchasi
salbiy ma’noda ishlatiladi. Agar ushbu mavzudagi maqollarning har ikkala tilda
ishlatish o’rinlari va ma’no mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, bu so’zlar ishtirok
etgan maqollar har ikkala tilda ham salbiy obrazlarni gavdalantiradi. Biroq eng
so’nggi keltirilgan “ The Devil knows many things because he is old” maqoli
o’zbekchada “Qari bilganni pari bilmas” maqoli orqali ifodalandi. Maqolning
o’zbekcha variantida ijobiy ma’no kuzatilyapti. Agar o’zbekcha varianti bilan
solishtiradigan bo’lsak, o’zbek tilida bu ijobiy xislatlarni ko’rsatadi. Ya’ni o’zbek
xalqi nuroniy, uzoq yashab kelayotgan qariyalarni hayot tajribasini qadrlashadi va
ularni hatto pariga tenglashtiradi. Bu o’rinda maqol ikki tilda katta farq bilan
ishlatilishini ko’rsatyapti. U holda inglizcha ushbu maqolga boshqacha o’zbekcha
variant qidirish ehtiyoji tug’iladi. Yoki inglizcha maqolga mualliflar tomonidan
noto’g’ri variant qo’yilgan degan xulosaga kelinadi. Chunki o’zbek xalqi
tomonidan shayton obrazi hech qachon ijobiy baholanmagan.
Xullas, o’zbek va ingliz tillaridagi shayton va do’zzax so’zlari ishlatilgan
maqollar ko’p hollarda salbiy ma’noni anglatadi va bu jihatlari bilan o’zbek va
ingliz xalqining diniy qarashlaridagi ayrim tushunchalar tilda bir xil holatda
tushuniladi va ishlatiladi.
Ingliz xalqi tomonidan ko’p ishlatiladigan yana bir maqollardan biri bu-
“Two blacks do not make a white “. O’zbekcha tarjimasi - Ikki qora qo'shilib
bir oq bo'lolmaydi. O’zbekcha variant sifatida:
“Qora itning uyati oq itga tegar” [56;29] dan foydalaniladi. Agar maqollarning
kelib chiqish etimologiyasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu maqol aynan qaysi xalq
tomonidan kelib chiqqanligini aniqlay olamiz. Avval ishimizga aniqlik kiritish
maqsadida maqolni grammatik tahlil qilsak.
Inglizcha “Two blacks do not make a white “ maqolida black va white so’zlari
aslida sifat so’z turkumiga kiruvchi so’zlar bo’lib, shaxs yoki narsaning belgi-
xususiyatini ifodalaydi. Va hech qachon orqasidan –“S” ya’ni ko’plik
55
16. Saxiylik va
baxillik
He gives twice
who gives
quickly
Tez bergan ikki
barobar berar.
Berganning yuzi
yorug',
Bermaganning yuzi
choriq.
17. Go’zallik va
xunuklik
Beauty will buy
no beef.
Chiroyga go'sht
olib bolmas.
Chiroyga non botirib
yeb bolmas.
18. Kamtarlik va
manmanlik
The higher up,
the greater the
fall.
Balandroqqa
chiqqan,
qattiqroq yiqilar.
Manmanga — zavol,
yomonga — ajal
19. Baxt, omad va
omadsizlik
Happiness takes
no account of
time.
Baxt vaqtga
qaramas.
Baxt vaqtni kutmas.
20. To’g’ri so’z va
yolg’onchilik
A liar is not
believed when
he speaks the
truth.
Yolg'onchi rost
gapirganda ham
unga
ishonishmaydi.
Yolg'onchi chin
deyolmas,
Chin desa ham, el
inonmas
21. Sabr-qanoat va
sabrsizlik
Patience is the
best remedy for
every trouble.
Sabr har qanday
qiyinchilikka
qarshi eng yaxshi
chora.
Sabr-
muvaffaqiyatning
kaliti.
22. Qadr-qimmat
va qadrsizlik
We never know
the worth of
water till the
well is dry.
Quduq
qurimaguncha
biz hech qachon
suvning qadriga
yetmaymiz.
Oldingda oqar
suvning qadri yo'q
23. Muhabbat
va bevafolik
Love is the
reward of love.
Sevgiga mukofot
sevgidir.
Sevdim deb
maqtanma,
Sevildim deb
maqtan.
56
24. Oila
va qo’shnichilik
A good wife
makes a good
husband.
Yaxshi xotin
yaxshi erni
yaratadi.
Erni er qiladigan
ham xotin, Qora yer
qiladigan ham xotin.
25. Qarindosh-
urug’chilik
va begonalik
More kin than
kind.
Mehriga nisbatan
qarindoshligi
ustun.
Bemehr
qarindoshdan mehr
bilgan yot yaxshi.
26. Farzand
va befarzandlik
Happy is he that
is happy in his
children.
Bolalarida baxtli
odam
baxtiyordir.
Farzand baxti — ota
taxti, Farzand kamoli
— ota jamoli.
27. Ta’magirlik
va ochko’zlik
To lay it on
with a trowel.
Andava bilan
pardozni
bo'rttirmoq.
Hushomadgo'yning
salomi
ta'masiz bo'lmas.
28. Umid
va umidsizlik
Hope is as cheap
as despair.
Umid
umidsizlikdek
arzondir.
Umid to'rga tortar,
Umidsizlik — go'rga.
29. Barqarorlik
va beqarorlik
Promise is debt. Va'da qarzdir. Va'da -tosh devordan
qattiq.
30. Ahillik
va noahillik
Harness, Pull
together in
double.
Qo'shaloq bo'lib
hamjihatlikda
ishlamoq.
Hamjihatlik-davlat,
Yolg'izlik-kulfat
31. G’urur
va xushomad
Ka me and I'll
ka thee.
Sen menga
xushomad qil,
men senga
xushomad
qilaman.
Sizdan ugina, bizdan
bugina.
32. Farosat va
farosatsizlik
Be as good as a
headache.
Bosh og'rig'iday
yaxshi.
Befahmning dardi
o'ziga yuk.
57
33. Sabab, bahona
va natija
Give as good as
one gets.
Birov berganiga
yarasha bermoq.
Nima sochsang,
shuni o'rasan.
34. Rizq-nasiba va
benasibalik
God send you
joy, for sorrow
will come fast
enough.
Xudo sizga
hursandchilik
yuboradi, qayg'u
bo'lsa tez orada
yetib keladi.
Rizq ham azaliy,
Yomon ham azaliy.
35. Naqd va nasiya The gentleman
that pays the
rent.
Ijara haqini
to'laydigan
jentlmen.
Nasiya yema
go'shtni,
Teshib chiqar to'shni.
36. Reja
va rejasizlik
Make hay while
the sun shines.
Quyosh nur
sochganda
pichanni o'rib ol.
Kin ishini tun o'yla.
37. Foyda va zarar Give smth. up as
a bad job.
Biron narsani
befoyda deb tark
etmoq.
Befoyda kundadan
o'tin yaxshi.
38. Ma’suliyat va
ma’suliyatsiz-
lik
To have many
irons in the fire.
Olov ustiga ko'p
temir qo'ymoq.
Ish buyurdim olti
tozga,
Olti toz qo'ydi yozga.
39. Taqdir va tadbir Have smb.'s
fate in one's
hand.
Birovning
taqdirini qo'lda
ushlamoq.
Taqdirim deb
o'ylama,
Qismat o'lchog'i
qo'lda.
40. Vaqt va fursat
qadri
Time and tide
wait for no man
Vaqt va suv
to'lqini odamni
poylamas.
Vaqt — g'animat,
o'tsa — nadomat.
58
41. Imkon
va imkonsizlik
If you can't have
the best, make
the best of what
you have.
Agarda
yaxshisiga ega
bo'lmasang,
qo'lingda borini
yaxshilab ishlat.
Bor — boricha,
yo'q — holicha.
42. Farovonlik
va
yetishmovchi-
lik
Laws catch flies,
but let hornets
go free.
Qonunga pashsha
tutiladi,
qovoqarilar esa
o'tib ketadi.
Holvani hokim yer,
Kaltakni — yetim.
43. Ehtiyotkorlik va
ehtiyotsizlik
It's poor mouse
that has only one
hole.
Bittagina ini bor
sichqon
bechoradir.
Ehtiyoting bo'lsa,
ehtiyojing bo'lmas.
44. Tozalik,
sog’lik va
bemorlik
Good health is
above wealth.
Yaxshi sog'lik
boylikdan afzal.
Sog'lik bo'lsa, boylik
kelar.
45. Dehqonchilik
va chorvachilik
To hit the nail
on the head.
Mixning boshini
poylab urmoq.
Ishbilarmon
dehqonning ketmoni
yerning tanobini
uzar.
46. Sevinch
va g’am
The iron entered
his soul.
Ruhiga temir
kirgan.
Temirni zang
yemirar,
Odamni — g'am.
47. To’y
va motam
A Roman
holiday.
Rimliklar
bayrami [qadimgi
Rimda
bayramkuni
gladiatorlar bir-
birini
o'ldirguncha
kurashgan].
Kimga — to'y,
kimga — aza.
59
48. Yoshlik va
qarilik
An hour of pain
is as long as a
day of pleasure,
Jahlning bir soati
hursandchiliknin
g bir kunidek
uzun.
Jahl bilan qartayasan,
Kulgi bilan
yasharasan.
49. Yo’l
va yo’ldosh
Не should have
а long
spoon,that sups
with the devil.
Shayton bilan
ovqatlanishga
o'tirganning uzun
qoshig'i bo'lsin
Yo'rg'ali bilan
yo'ldosh bolsang,
yo'lda qolasan.
50. Hayvon
va qushlar
Beard the lion
in his den.
Sherning
soqdidan o'z
uyasida
ushlamoq.
Arslon bolasini
tutmoq uchun,
Arslon uyasiga
kirmoq kerak.
51. Yil fasllari va
tabiat
hodisalari
March comes in
like a lion and
goes out like a
lamb.
Mart oyining
kelishi sherdek,
ketishi esa
quyondek.
Aziz momo olti kun,
Qahri kelsa — yetti
kun.
52. Faqirlik
va boylik
God help the
poor, for the rich
can help
themselves.
Xudo
kambag'alga
yordam ber,
boy o'ziga-o'zi
yordam bera
biladi.
Boyning ko'zi nonda,
Kambag'alniki —
imonda
53. Amaldorlar va
avom vakillari
God is always
on the side of
the big
battalions.
Xudo doim katta
qo'shin tarafida.
Веk gapirsa, bekniki
ma'qul,Xon gapirsa
— xonniki.
60
“O’zbek xalq maqollari” to’plamida 70 ga yaqin mavzu bo’yicha xalq
maqollari keltirilishiga qaramasdan, biz asosan kundalik hayotda eng ko’p
uchraydigan va aslida mavzu jihatidan bir- biriga o’ta yaqin bo’lgan maqollarni bir
mavzu doirasida olishga qaror qildik.
Jadvaldan ko’rib turganingizdek, o’zbek xalq maqollarida uchraydigan barcha
mavzularga oid maqollarning deyarli barchasi ingliz xalq maqollarida uchraydi.
Fikrimizning isboti sifatida yuqorida o’zbek xalq maqollarida uchraydigan barcha
mavzudagi maqollarning inglizcha yoki ingliz xalq maqollarida uchraydigan
o’zbekcha maqollarning bir-biriga nisbatan ishlatiladigan muqobil variantini izlab,
keltirib o’tishga harakat qildik.
Demak, o’zbek va ingliz xalq maqollarida mavzu jihatidan bir-biriga o’xshash
maqollarning ekvivalentlarini topish mumkin. Natijada har qanday mavzudagi
maqolni olmang, u har ikkala tilda o’z muqobil variantiga egadir. Buning asosiy
sababi shuki, barcha insoniyatga xos xislatlar hamma millatga xosligidadir. Biroq
biz bu fikrlarimiz bilan o’zbek va ingliz tillaridagi maqollar aynan bir xil
qo’llanilish o’rniga ega degan fikrni keltirolmaymiz. Shunchaki biz ingliz va
o’zbek maqollarida uchraydigan mavzularning har ikki tildagi maqollarda mavjud
yoki mavjud emasligini aniqlab olmoqchimiz xolos.
Shu o’rinda maqollarni alohida tahlil qilsak, ulardagi ma’no-mazmun
barchasida ham bir xil emasligini ko’rishimiz mumkin. Lekin ilmiy ishimizning
ushbu qismining asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda maqollarning har ikkala
tildagi variantlarini o’zaro tahlil qilib chiqmoqchi emasmiz. Muhimi ingliz tilidagi
ma’lum bir mavzudagi maqollar o’zbek tilida ham uchrashi yoki aksincha o’zbek
tilidagi ma’lum bir mavzudagi maqollar ingliz tilida ham uchrashi mumkin
ekanligini isbotladik. Demak, ingliz va o’zbek maqollari ustida mavzu jihatidan
olib borgan tadqiqotimizga ko’ra, o’zbek maqollarida uchraydigan barcha
mavzularning ingliz tilidagi maqollarda ham uchratishimiz mumkin degan
xulosaga kelamiz.
61
2.3. O’zbek va ingliz maqollarida mentalitet va milliy xarakterning
ifodalanishi.
Maqollarning lingvokulturologik xususiyatlariga to’xtalar ekanmiz,
millatlarning o’ziga xos milliy xarakteri va mentaliteti haqida so’z ochmay ilojimiz
yo’q,albatta. Chunki xalqning o’ziga xos madaniyati, tarixi va urf odatlarini
ixcham holatda yetkazib beruvchi xalq maqollari xalqning mentalitetini
ifodalashda yetakchi o’rinda turadi. Ilmiy ishimizning ushbu qismida ingliz va
o’zbek tillaridagi ayrim maqollarning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil
qilgan holda, har ikkala xalqning o’ziga xos milliy urf-odatlari, kundalik turmush
tarzidagi o’ziga xos milliy xarakterning ifodalanishi ko’rsatib beriladi. Asosan har
ikki tildagi maqollarni tanqidiy tahlil qilish orqali ko’proq farqli tomonlarini
o’rganib, o’zaro o’xshash tomonlarining umumiy jihatlarini kerakli manbalardan
foydalangan holda ifodalashga harakat qilamiz.
Maqollar xalq ijodiyotining bebaho namunasi bo’lib, o’sha xalqning milliy –
madaniy xususiyatlarini, dunyoqarashi va millatning ruhiyatini ifodalaydi.
Mashhur tilshunos Dal aytganidek, “maqollar to’plami – bu xalq tilidan, tajribadan
olingan hikmatlar majmuasi, sog’lom aql sarasi, xalqning hayotda orttirgan
haqiqati”. [29;171]
Turli tillarning maqollariga to’xtalar ekanmiz, ular o’sha til egasi bo’lmish
xalqning tarixiy, ma’naviy va moddiy madaniyati ko’zgusi ekaniga guvoh
bo’lamiz. Shu sababli, turli til maqollarini qiyosiy o’rganish millatning o’ziga xos
madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, boshqacha qilib aytganda,
o’sha xalqning mentalitetini ko’rsatadi.
“Mentalitet” tushunchasi tilshunoslik paradigmasiga kiritilganiga hali ko’p
bo’lmagan bo’lsada, hozirda juda keng doirada qo’llanilmoqda. Tor ma’noda
mentalitet “fikrlash doirasi, dunyoqarash” mazmunida foydalanilsa, keng
ma’noda esa “xalqning axloqi, tarbiyasi va tasavvuri tushuniladi” [14;59]
71
8. Speak less but do more. Ko’p gapirma, ko’p ishla. Qo’ling
ishda,ko’ngling
Allohda bo’lsin.
9. The workman is known
by his work.
Usta ishi bilan mashhur. Usta,ishni qilar yuzta.
10. The labourer is worthy
of his hire.
Ishlagan ish haqiga
loyiqdir.
Ishlab topganing –osh,
Ishlamay topganing-
tosh.
Ko’rib turganingizdek mehnat va mehnatsevarlik haqidagi maqollarning
o’zbek va ingliz tillarida mavjudligi har ikkala xalqning o’ta mehnatsevar va
ishchan ekanligini ko’rsatadi. Shu bois qayd etgan barcha maqollarimiz
xalqlarning turmush tarzida o’ta keng ko’lamda foydalaniluvchi mavzulardan
biridir. Shu o’rinda ularning semantik doirasi haqida so’zlasak ham huddi bir xil
narsani ya’ni maqollarning qo’llash ma’nosi aynan bir xil ekanligini tushuna
olamiz.
Masalan: “A man of words and not of deeds is like a garden full of weeds”
maqolini o’zbek tiliga tarjima qilganda “Ishlamasdan so’zlovchi odam o’t
bosgan bog’ga o’xshar” ma’nosini beradi. Bu maqol orqali biz o’ta ish yoqmas,
dangasa biroq juda so’zamol kishilarni tasvirlaymiz. Ammo biz inglizcha
maqolning o’zbekchadagi tarjimasini yoki ma’nosini har doim ham o’zbek tiliga
tayyor holda ishlatolmaymiz. Buning juda chiroyli va muqobil varianti sifatida
“Ish bilsang tuzarsan, bilmasang buzarsan”ni keltirishimiz mumkin. O’zbek
tilida bu maqolga ekvivalent sifatida “Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan
qochar” maqolidan ham foydalansak bo’ladi.
Fikrimizning yana bir isboti sifatida inglizcha “Head cook and bottle-
washer” maqolini ko’rib chiqsak.Maqolning o’zbekchadagi tarjimasi “Ham bosh
oshpaz, ham tovoq yuvuvchi”. Maqolning ma’nosi shuki, bir odam bir nechta ish
bilan shug’ullanadi, yoki bir vaqtning o’zida bir nechta kasb egasidir. Bir qarashda
maqol tarbiyaviy ahamiyatga ega va mehnat qilishga undovchi jihatlarni
ko’rsatadi. Ammo o’zbekchadagi tarjima har doim ham maqolning aslini saqlab
78
Inglizcha: The evening crowns the day.
O’zbekcha tarjimasi: Oqshom kunduzning toji.
O’zbekcha ekvivalenti: Har kechaning — kunduzi,
Har kunduzning kechasi bor.
Ushbu maqollar orqali xalq o’z tajribasidan kelib chiqqan holda mangu yomonlik
va yovuzlik bo’lmasligi yoki har doim ham faqat yaxshilik bo’lavermasligini
ifodalaydi. “ Oyning o'n beshi qorong'i bo'lsa, O'n beshi yorug' bo'ladi” va
“ Har kechaning — kunduzi, Har kunduzning kechasi bor” maqollari orqali
xalq har qanday yomonlik ketidan yaxshilik yoki qiyinchlik ketidan faravonlik
kelishi tasvirlanadi.
Ta’kidlab o’tganimizdek, maqollar bu xalq og’zaki ijodining mahsuli bo’lib,
xalqning hayotiy tajribasi va orzu- intilishlarini, umuman olganda hayotga bo’lgan
munosabatini qay daraja baholashining natijasidir.Quyida keltiradigan
maqollarimiz orqali o’zbek va ingliz xalqining yaxshilik va yomonlikka nisbatan
bergan baholarini yanada aniqroq tushunib olish maqsadida quyidagi maqollarni
ham ko'rib chiqamiz.
Inglizcha: Give a dog a bad name and hang him.
O’zbekcha tarjimasi: Itga yomon nom bergin-u, osgin.
O’zbekcha ekvivalenti: Yomon atalib tirik yurguncha,
Yaxshi atalib o'lgan yaxshi.
Inglizcha: He that lies down with dogs must rise up with fleas.
O’zbekcha tarjimasi: Itlar bilan yotgan, bitlab turar.
O’zbekcha ekvivalenti: Yaxshiga yondashsang, yetarsan murodga,
Yomonga yondashsang, qolarsan uyatga.
Inglizcha: A good dog deserves a good bone.
O’zbekcha tarjimasi: Yaxshi itga — yaxshi suyak.
O’zbekcha ekvivalenti: Yaxshiga ipak ilashur,
Yomonga tikan ilashur.
79
Ko’rib turganingizdek yaxshilik va yomonlik haqidagi ushbu maqollarning har
uchalasining inglizcha variantida “dog” ya’ni “it” obrazi keltirilgan. Aslida “it”
obrazining tagida inson va unga xos jihatlar ifodalangan. Ushbu “it” obrazi
ifodalangan inglizcha maqollarning o’zbekcha variantlarida aynan “it” obrazi
gavdalanmagan bo’lsada, baribir ma’no- mazmun bir xil. Har ikkilasida ham
maqol hayvonga qarata emas, balki insonga qarata aytilgan.Ya’ni, yaxshi inson
bo’lib el-u yurtga yaxshilik qilib yurish eng oliy fazilat hisoblansa, aksincha
yomon, razil inson bo’lib xalqqa yomonliki qilib yurgandan ko’ra o’lgan yaxshi
deb qaraladi.
Qadimdan ota-bobolarimizdan kelayotgan nasihatlarga ko’ra yaxshilik
hamisha insonni ezgulikka yetaklaydi. Ezgulik bor joyda tinchlik-totuvlik, sihat-
salomatlik va farovon hayot bo’ladi. Yaxshlik qilish va ezgulikka intilish xalq
maqollarida alohida tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Inglizcha: Look on the bright side.
O’zbekcha tarjimasi: Yorug' tarafga qara.
O’zbekcha ekvivalenti: Yaxshi niyat — yorti mol.
Inglizcha: Virtue never grows old.
O’zbekcha tarjimasi: Ezgulik sira qarimas.
O’zbekcha ekvivalenti: Ezgulikning kechi yo'q.
Inglizcha: It is a good horse that never stumbles.
O’zbekcha tarjimasi: Hech qoqilmaydigan ot yaxshidir.
O’zbekcha tarjimasi: Otning yaxshisi tizidan ma'lum,
Odamning yaxshisi — so'zidan.
Lekin bu bilan biz o’zbek va ingliz maqollarida faqat ezgulik va yaxshilik
tushunchalari keng ifodalangan deyolmaymiz. Yomonlik va yomon inson
bo’lishning salbiy oqibatlari haqida ham maqollar mavjud. Ular quyidagicha:
Inglizcha: Make the worst of both worlds.
O’zbekcha tarjimasi: Ikkala dunyoning ham eng yomon ishini qilmoq.
80
O’zbekcha ekvivalenti: Yomon bilan talashsang, qadring ketar.
Inglizcha: Hope for the best and prepare for the worst.
O’zbekcha tarjimasi: Yaxshilikka umid bog'la va yomonlikka tayyor bo'l.
O’zbekcha ekvivalenti: Yaxshilik — yog'och boshida,
Yomonlik oyoq ostida.
Inglizcha: One fool makes many.
O’zbekcha tarjimasi: Bir ahmoq ko'plarini yaratadi.
O’zbekcha ekvivalenti: Qozonga yondoshsang, qorasi yuqar,
Yomonga yondoshsang, yarasi yuqar.
Dono xalqimiz hamisha kechirimli bo’lishni eng yaxshi fazilat deb biladi.
Yovuzlikni yo’qotishning eng buyuk tadbiri yaxshilik ekanligi maqollarda
ifodalanadi. Yomonlik ustidan faqat yaxshilik bilan g’alaba qozonish mumkinligi
xalq maqollarida o’z ifodasini topgan. Buni quyida keltirajak ingliz va o’zbek xalq
maqollari misolida berib o’tamiz.
Inglizcha: Wrong never comes right.
O’zbekcha tarjimasi: Yomonlik sira yaxshilik keltirmas.
O’zbekcha ekvivalenti: Yomonlik qilganga yaxshilik qil.
Inglizcha: Set good against evil.
O’zbekcha tarjimasi: Yomonlikka yaxshilik qil.
O’zbekcha ekvivalenti: Yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir,
Yomonlikka yomonlik har kishining ishidir.
Inglizcha: One good turn deserves another.
O’zbekcha tarjimasi: Bir yaxshilik o'zga yaxshilikni keltiradi.
O’zbekcha ekvivalenti: Yaxshilik qilsang, yaxshilik qaytar,
Yomonlik qilsang — yomonlik.
81
O’zbek va ingliz tillaridagi yaxshilik va yomonlik mavzulariga oid bir qancha
maqollarni semantik tahlil qilib, ma’no jihatidan bir-biriga o’xshash va farqli
jihatlarini o’rganib chiqishga harakat qildik.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, o’zbek va ingliz tillaridagi ko’pchilik
yaxshilik va yomonlik mavzusiga oid maqollar deyarli bir xil ma’no-mazmunga
egadir. Faqat har ikki tilda aynan bir-biriga mos keladigan so’zlardan
foydalanilmagan. Odatda tarjimada turlicha ma’noga ega bo’lgan maqollarni
semantik jihatdan chuqur tahlil qilish jarayonida bir xil ma’no anglatishi kuzatiladi.
Yaxshilik va yomonlik mavzusiga doir ingliz va o’zbek maqollarining
barchasida yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo’lsa, yomonlik
insoniyatning eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko’rsatiladi.
Xullas, yaxshilik va yomonlik mavzusiga oid o’zbek va ingliz xalq maqollari
semantik jihatdan deyarli bir-xil ma’no anglatadi.
82
3.3. Inson xususiyatlarini ko’rsatuvchi hayvon obrazlari qatnashgan ingliz
va o’zbek maqollarining tahlili.
Xalq maqollarida eng ko’p uchraydigan obrazlardan biri-hayvonot olami,
ya’ni hayvonlarning maqollarda ishtirokidir. Hayvon obrazlarining maqollarda
keltirilishi nafaqat maqollardagi obrazlilikning kuchaytirilishi, balki ularning
yanada ta’sirchan bo’lishiga asos bo’ladi.
Barcha millatlarning maqollari singari o’zbek va ingliz xalq maqollari ham
hayvon obrazlarining keltirilishi bilan alohida ajralib turadi. Dissertatsiyamizning
ushbu qismida hayvon obarazlari qatnashgan bir nechta o’zbek va ingliz
maqollarining semantik tahlillarini keltirib o’tamiz.
Ishimizning ushbu qismining asosiy maqsadi ingliz va o’zbek maqollarida
hayvon obrazlarining ishlatilish o’rnini chuqur o’rganib chiqib, har ikkala tildagi
o’xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishdir.
Ingliz va o’zbek maqollari ustida bugungi kungacha olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aynan hayvon obrazlari qatnashgan maqollar ingliz
va o’zbek xalq maqollarining katta ko’pchilik qismini tashkil qiladi. Asosan
horse-ot, lion-sher, fox-tulki, wolf-bo’ri, bear-ayiq, bird-qush, cow-sigir,ass-
eshak, dog-it, cat-mushuk, fly-pashsha, goose-g’oz, hen-tovuq, duck-o’rdak kabi
so’zlar maqollar tarkibida juda faol qatnashadi.
Maqollar tarkibida hayvon obrazlarini keltirish orqali insonga xos xususiyatlar
ifodalanadi. Ya’ni maqollarda keltirilgan ibratli fikrlar aynan maqolda keltirilgan
hayvonga qarata emas, balki insonlarga qarata aytiladi. Ko’pincha hayvonlarning
o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shunday xarakterli insonlarga kinoya
qilinadi, tanqid ostiga olinadi yoki maqtaladi.
Ingliz va o’zbek tillarida hayvon obrazlari qatnashgan maqollar ko’pincha
odamning fazilatlarini, xislat va xususiyatlarini tasvirlab keladi. Tadqiqot natijalari
shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik maqollar insonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini
83
tavsiflaydi. Anashu ijobiy va salbiy tavsiflar ostida barcha insonga xos yaxshi va
yomon xususiyatlar gavdalanadi:
a) ijobiy tavsif:
• Almost never killed a fly - Mushugiga ham pisht demaydi.
• Every bird likes its own nest - O'rgimchak ham o'z uyim der.
• Every dog has his day - Omadi kelsa, sichqon filni yengadi.
b) salbiy tavsif:
• Fish in the air - Behuda harakat beburd qilar.
• All asses wag their ears - Ahmoq aql o'rgatar.
• All are not thieves that dogs bark at. - It hurishi — gumon tug'ishi.
• The cat the way to the kirn Jeach.
Tulkiga rahm qilsang,
Tovug'ingdan ajraysan.
Demak, biz hayvon nomli maqollar ingliz hamda o’zbek tillarida barcha ijobiy va
salbiy xususiyatlarini, fazilatlarini va ruhiy kechinmalarini ifodalay oladi
deyishimiz mumkin.
Ishimizning ushbu qismini yanada jonlantirish va hayvon nomli ingliz va
o’zbek maqollarining semantik xususiyatlarini aniqroq ifodalash maqsadida amaliy
tadqiqotimizni jamlab quyidagi jadvalda bermoqchimiz. Tahlil qilinadigan barcha
maqollar K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar.
Пословицы” deb nomlangan kitobidan keltiriladi.
№ Inglizcha
maqol
O’zbekcha
tarjimasi
O’zbekcha
varianti
Umumiy
ma’nosi
Ijo-
biy
Sal-
biy
Neyt
1 All is fish
that comes to
his net.
Nimaiki ilinsa
to'riga baliq
bo’lib ko'rinar
ko'ziga.
Tovuqning
tushiga don
kirar.
Manfaat +
84
2 Fish begins
to stink at the
head.
Baliq boshidan
sasiy
boshlaydi.
Baliq
boshidan
chiriydi.
Yomon
boshqaruv
+
3 The great
fish eat up
the small.
Katta baliq
kichigini yeydi.
Zo'rga ham
zo'rdek balo
bor.
Yomon-
lik
+
4 Birds of a
feather flock
together.
Bir balandlikda
parvoz qiladi-
gan qushlar
galaga to'plani-
shadi.
Har qush o'z
to'pi bilan.
Birdam-
lik
+
5 Old birds are
not to be
caught with
chaff.
Qari qushni
tuzoq bilan
tutib [aldab]
bo’lmas.
To'rga tush-
gan baliq
qarmoqdan
qo'rqmas.
Epchillik +
6 Like water
off a duck's
back.
Suv o'rdakning
patidan
sirg'alib
tushganidek.
Dunyoni suv
bossa,
o'rdakka
nima gam.
Bepar-
volik
+
7 Kill the
goose that
laid the
golden eggs.
Oltin tuxum
qo'yadigan
g'ozni
o'ldirmoq.
O'zing suv
ichadigan
quduqqa
tupurma.
Rizq-
nasiba
+
8 All cats love
fish but fear
to wet their
paws.
Mushuk baliqni
xush ko'rar,
ammo oyog'ini
ho'llashdan
qo'rqar.
Baliqni xush
ko'rgan,
qiltanog'idan
qo'rqmas.
Maqsad
sari ildam
qadam.
+
85
When the
cat's away,
the mice will
play.
Mushuk ketsa,
sichqon o'yinga
tushadi.
Mushukning
o'lgani—
sichqonga
to'y.
Ozodlik +
10 Rats desert a
sinking ship.
Kalamushlar
cho'kayotgan
kemadan
qochadi.
Xoin xavfli
bo'ladi.
Xoinlik +
11 The dogs
bark, but
caravan goes
on.
Itlar hurar,
karvon esa
o'tar.
It hurar —
karvon o'tar.
E’tibor-
sizlik
+
12 Better be the
head of a
dog than the
tail of a lion.
Arslonning
dumi bo'lgan-
dan ko'ra itning
boshi bo'lgan
afzal.
Arslonning
o'ligi-
sichqonning
tirigi.
G’urur +
13 Barking dogs
seldom bite.
Huradigan itlar
kamdan-kam
qopadi.
Qopag'on it
tishini
ko'rsatmas.
Qo’rqoq-
lik
+
14 Let sleeping
dogs lie.
Uxlab yotgan
kuchuklarni
uyg'otmang.
Yotgan
ilonning
quyrug'ini
bosma.
Beparvo-
lik
+
15 An old dog
barks not in
vain.
Qari it bekorga
hurimaydi.
Qari it ko'p
yo'l bilar.
Tajribali-
lik
+
86
16 At open
doors dogs
come in.
Ochiq eshikka
itlar kirar.
Hushyorni
yov bosmas,
Yov bossa
ham, dov
bosmas.
Hushyor-
lik
+
17 Catch the
bear before
you sell his
skin.
Ayiqning
terisini
sotishdan
oldin,o'zini
tutgin.
Ot kimniki
—mingan-
niki,To'n
kimniki —
kiyganniki.
Sabr-toqat +
18 When the
fox preaches,
then beware
your geese.
Tulki nasihat
qila
boshlaganda,
g'ozlaringizni
qo'riqlang.
Tulkining
hiylasi ko'p,
yaxshisi —
qochmoq.
Makr-
hiyla
+
19 It is a good
horse that
never
stumbles.
Hech
qoqilmaydigan
ot yaxshidir.
Otning yax-
shisi tizidan
ma'lum,
Odamning
yaxshisi —
so'zidan
Yaxshilik +
20 An ass in a
lion's skin.
Sher terisidagi
eshak.
Kalla
boshqa, salla
boshqa.
Maqtan-
choqlik
+
21 An ass
between two
bundles of
hay.
Ikki bog'
pichan orasida
arosatda qolgan
eshak.
Ikki
quyonning
ketidan
quvgan,
Ochko’z-
lik
+
87
Ikkalasidan
ham quruq
qolar.
22 Beard the
lion in his
den.
Sherning
soqdidan o'z
uyasida
ushlamoq.
Arslon bola-
sini tutmoq
uchun,
Arslon uya-
siga kirmoq
kerak.
Botirlik +
Jadvalda ko’rib turganingizdek ko’plab hayvon nomlari ishlatilgan maqollar
ingliz va o’zbek xalq maqollarida uchraydi. Tadqiqotlarimiz natijasi shuni
ko’rsatadiki, “it”, “mushuk”, “baliq” obrazlari ingliz va o’zbek xalq maqollarida
nisbatan ko’proq uchraydi. Hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o’zbek
maqollarining ko’pchiligi semantik jihatdan bir xil ma’noni anglatadi. Lekin bu
bilan barchasida ham bir xil fikr ifodalangan deya olmaymiz. Masalan: “The great
fish eat up the small” maqoli o’zbekchada “Katta baliq kichigini yeydi”
tarjimasini beradi. Bu orqali zolim, ochko’z boylar hamisha bechora, kambag’al
odamlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazishi haqida so’z boradi. Maqolning
o’zbekcha “Zo'rga ham zo'rdek balo bor” variantida yovuz insonlar qanchalik
yovuz bo’lmasin ularga ham jazo tayin ekanligi ifodalanadi.
Demak, maqolning inglizcha variantida zo’r insonlarning bechora va zaiflar
ustidan doimiy hukmronligi aytilsa, o’zbekcha variantida zo’rlar va boylarning
ham o’ziga yarasha tashvishi borligi ifodalanadi. Ushbu tahlil qilgan maqolimiz
har ikkala tilda ma’no jihatidan bir-biriga teng bo’lolmaydi.
Hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o’zbek xalq maqollarining har ikkala
tildagi variantlarida hamma vaqt ham bir xil hayvonlar ifodalanmasligi mumkin.

Masalan:
Inglizcha: Let sleeping dogs lie.
O’zbekcha tarjimasi: Uxlab yotgan kuchuklarni uyg'otmang.
O’zbekcha ekvivalenti: Yotgan ilonning quyrug'ini bosma.
Maqolning inglizcha variantida “dog” ya’ni “it” ishlatilgan bo’lsa, o’zbekcha
variantida “ilon” obrazidan foydalanilgan. Ammo bu bilan maqolning o’zbekcha
yoki inglizchadagi ma’nosi o’zgarib qolmaydi. Umumiy ma’noda e’tiborsizlik,
ehtiyotsizlik ifodalangan.
Keltirib o’tgan maqollarimizning tahlil natijalaridan quyidagi xulosalarga
kelishimiz mumkin:
• ingliz va o’zbek xalq maqollarining ko’pchilik qismida hayvon obrazlari
ifodalangan bo’lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir;
• hayvon obrazlari qatnashgan maqollar insonlarning asosan ijobiy va salbiy
xarakterlarini tavsiflaydi;
• hayvon obrazlari keltirilgan ingliz tilidagi maqollarning o’zbekcha muqobil
variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman
hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma’nosiga
ta’sir ko’rsatmaydi.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa.
Ingliz va o’zbek maqollarining semantik xususiyatlarini o’rganish
jarayonida, ayrim mavzudagi maqollarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini
ko’rib chiqdik. Uchinchi bobda har ikkala tildagi eng faol mavzudagi maqollarning
tahlillarini qilgan holda quyidagi xulosalarga keldik:
• Ingliz maqollarini o’zbek tiliga yoki o’zbek maqollarini ingliz tiliga tarjima
qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan
ma’no mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun
ham maqollar bilan ishlash avvalo ularning semantik xususiyatlarini, har bir
maqolning asl ma’no-mazmunini chuqur o’rganib chiqishni talab qiladi.
89
Aks holda xato tahlil qilingan maqol boshqa tilda o’zining asl ma’nosi
butunlay yetkaza olmasligi mumkin;
• Ingliz va o’zbek tilidagi mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarning katta
ko’pchligi semantik jihatdan bir-birini ta’minlaydi.Har ikki tildagi
mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarda insonni mehnatkash bo’lishga
undash ,dangasalik va ishyoqmaslik insonning eng jirkanch illati sifatida
qaraladi;
• O’zbek va ingliz tillaridagi ko’pchilik yaxshilik va yomonlik mavzusiga
oid maqollar ham deyarli bir xil ma’no- mazmunga egadir. Faqat har ikki
tilda aynan bir-biriga mos keladigan so’zlardan foydalanilmagan. Odatda
tarjimada turlicha ma’noga ega bo’lgan maqollarni semantik jihatdan chuqur
tahlil qilish jarayonida bir xil ma’no anglatishi kuzatiladi. Yaxshilik va
yomonlik mavzusiga doir ingliz va o’zbek maqollarining barchasida
yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo’lsa, yomonlik
insoniyatning eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko’rsatiladi;
• Ingliz va o’zbek xalq maqollarining ko’pchilik qismida hayvon obrazlari
ifodalangan bo’lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir
va hayvon obrazlari qatnashgan maqollar insonlarning asosan ijobiy va
salbiy xarakterlarini tavsiflaydi;
• Hayvon obrazlari keltirilgan ingliz tilidagi maqollarning o’zbekcha muqobil
variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman
hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma’nosiga
ta’sir ko’rsatmaydi.
Xullas, keltirib o’tgan mavzulardagi maqollarning har ikkala tilda unchalik katta
farqlari topilmadi. Biroq asosiy manba sifatida foydalanayotgan kitobimiz
K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar. Пословицы” da
ayrim maqollarning variantlari bir-biriga aynan to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun
ham, maqollarning semantik jihatlarini chuqur o’rganish va ularni semantik tahlil
qilish orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ekvivalentlarni to’g’ri tanlay olamiz.
90
UMUMIY XULOSA.
Ingliz va o’zbek xalq maqollari xalq og’zaki ijodining paremiologiya sohasi
bo’yicha o’rganiladi va o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan xalq o’g’zaki
ijodining boshqa janrlaridan farqlanib turadi. Ya’ni ularda fikr aniq, tugal xulosa,
lo’nda hukm tarzida ifodalanadi, muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin
qutbiylikda ifodalash yetakchilik qiladi va o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llana
olish imkoniga ega. Bundan tashqari maqollarda ibratlilik, pand-nasihat kabi
jihatlar ustun turishi orqali o’zining umuminsoniy jihatlarini ko’rsatadi.
Asosan, o’zbek va ingliz tiliga maqollar qadimdan to’plovchilik orqali
yetib kelgan. Maqollar ustida qizg’in izlanishlar asosan 19-asrdan boshlangan
bo’lib, o’zbek folklorshunoligida Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G‘ozi Olim
Yunusov, G‘ulom Zafariy; keyinchalik Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov,
Zubayda Husainova, G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzaev,
Bahodir Sarimsoqov, Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R.
Zarifov kabi olimlar asosan maqollarni yig’ib ularni to’plam holiga keltirish
ishlarida o’z hissalarini qo’shganlar. Keyinchalik maqollarning ichki strukturaviy
tuzulishi va boshqa tillar bilan qiyosiy o’rganish ya’ni maqollar bo’yich
tarjimashunoslik ishlari boshlangan. Bu o’rinda M. Abdurahimov, X.
Abdurahmonov, M. Sodiqova, G’.Salomov, H. Karomatov, K. Karomatova, H.
Berdiyorov, R. Rasulovlarning o’rni beqiyos. Ingliz maqollari ustida ko’plab
izlanishlar olib borgan olimlar sifatida Honek, Norik, Mayder, Teylor, Aroralarni
ayta olamiz. Ular maqollarni o’ziga xos eng muhim jihatlarini fanda isbotlab,
asosan, ulardagi strukturaviy tuzulish, qanday badiiy vositalarning ishlatilishi,
ijtimoiy hayotdagi o’rni kabi masalalarga e’tibor qaratganlar va ularni o’z
asarlarida berib o’tganlar.
O’zbek va ingliz maqollarining folklorda o’rganilish tarixini qiyosiy
o’rganish orqali qaysi tilda ularning tadqiq qilish darajasi mukammal yoki sayoz
ekanligini ko’rib chiqdik. Bunga ko’ra maqollarni to’plam holatiga kelishi, badiiy
vositalarning ishlatilish o’rnini o’rganish va umuminsoniy jihatlarini ko’rsatish
91
kabi masalalar deyarli bir xil. Biroq maqollarning nazariyalariga bag’ishlangan
asarlarning ingliz tilida o’zbek tiliga nisbatan ko’pligi ingliz maqollarining nazariy
jihatlari o’zbek maqollariga nisbatan ko’proq o’rganilganligini ko’rsatadi. Ingliz
olimlari tomonidan ingliz va o’zbek maqollarining chog’ishtirma masalalari ko’rib
chiqilmagan. O’zbek tilida o’zbek olimlari tomonidan bu ishga ko’p marotaba qo’l
urilgan. Asosan o’zbek va ingliz maqollarini solishtirish uchun o’zbekcha
tarjimalarini berish, muqobil variantlarini keltirish va semantik xususiyatlarini
isbotlash ishlari qilingan. Shunga ko’ra, o’zbek va ingliz tillarida maqollarning
nazariy va amaliy jihatlari o’rganilgan. Maqollarning semantik xususiyatlariga
ko’proq to’xtalingan. Ammo o’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik
jihatlari haqida uncha ko’p ishlar qilinmagan.
O’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilish
jarayonida har ikkala xalqning tili va madaniyatining bir – biriga bo’gliq ekanligi
juda muhimdir. Shunga ko’ra, lingvokulturologik jihatdan tahlil qilingan ayrim
maqollar ba’zan ikki xalq tomonidan bir xil, ba’zan umuman boshqacha ifoda bilan
o’zining xususiyatlarini ochib beradi. Shu o’rinda ingliz va o’zbek maqollarida
xalqning o’tmishidan bugungi kunigacha bo’lgan barcha o’zbek va ingliz millatiga
xos urf-odatlar o’z aksini topgan va xalq o’g’zaki ijodining namunalari sifatida
maqollar bu vazifani bajarishda yetakchilik qiladi. O’zbek va ingliz xalqining
mentalitetiga xos jihatlarni o’rganishda o’zbek va ingliz maqollari bu ikki
xalqning o’ziga yarasha o’xshash va farqli tomonlarini ko’rasatib bera oladi.
O’zbek va ingliz xalq maqollarini mavzu jihatdan tahlil qilib, o’zbek tilida
mavjud bo’lgan maqollardagi mavzularning barchasi ingliz xalq maqollarida ham
uchrashi mumkin degan xulosaga keldik. Har ikkala tildagi maqollarning bir xil
mavzudagi bir-biriga o’xshash ekvivalentlarini topish mumkin. Natijada har
qanday mavzudagi maqolni olmang, u har ikkala tilda o’z muqobil variantiga
egadir. Xullas, ingliz va o’zbek maqollarining mavzu doirasi rang-barang va har
ikki tilda deyarli bir xil mavzular mavjud. Biroq ayrim mavzudagi maqollar bir
tilda ikkinchi tilga nisbatan ko’proq uchrashi mumkin. Buning sababi ko’p sonli
92
maqollarni qamrab oluvchi mavzular xalq hayotining asosiy bo’g’inini tashkil
qilishidadir.
Har ikki tildagi maqollarni qiyosiy tahlil qilish jarayonida xalqning
mentaliteti va milliy xarakteri asosiy yetakchi hisoblanadi. Shu o’rinda ingliz va
o’zbek xalqining o’ziga xos mentaliteti va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda
tildagi maqollar ixcham va ifodali tarzda xalqlarning milliy o’zligini ko’rsata oladi.
Oila va qarindosh urug’chilik munosabatlariga jiddiy qaralishi o’zbek maqollarida
yaqqol tus olgan bo’lsa, uy hayvonlariga bo’lgan mehrning kuchliligi ingliz xalq
maqollarida ko’proq gavdalanadi.Bundan tashqari, xalqlarning milliy taomlari,
milliy kiyimlari ham xalq maqollarida uchraydi. Ana shu xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda, bu ikki xalqning o’zaro o’xshash va farqlil jihatlarini o’rgana
olamiz.
Bir so’z bilan aytganda, ingliz va o’zbek xalq maqollari bu xalqlarningning
madaniy merosidir. Ularda ingliz va o’zbek xalqning barcha o’y – fikrlari,
dunyoqarashi, turmush tarzi, fe’l – atvori va e’tiqodi aks etadi. Har bir millat
o’ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay
qolmaydi. Hatto ayrim ingliz va o’zbek maqollardagi mavzular o’xshash bo’lsada,
ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar
maqollardagi milliy bo’yoqdorlikni ta’minlaydi.
Ingliz va o’zbek maqollarining semantik xususiyatlarini o’rganish
jarayonida, ayrim mavzudagi maqollarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini
ko’rib chiqdik va quyidagicha xulosalarga keldik. Ya’ni:
• Ingliz maqollarini o’zbek tiliga yoki o’zbek maqollarini ingliz tiliga tarjima
qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan
ma’no mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun
ham maqollar bilan ishlash avvalo ularning semantik xususiyatlarini, har
bir maqolning asl ma’no-mazmunini chuqur o’rganib chiqishni talab qiladi.
Aks holda xato tahlil qilingan maqol boshqa tilda o’zining asl ma’nosi
butunlay yetkaza olmasligi mumkin;
93
• Ingliz va o’zbek tilidagi mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarning katta
ko’pchligi semantik jihatdan bir-birini ta’minlaydi.Har ikki tildagi
mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarda insonni mehnatkash bo’lishga
undash ,dangasalik va ishyoqmaslik insonning eng jirkanch illati sifatida
qaraladi;
• O’zbek va ingliz tillaridagi ko’pchilik yaxshilik va yomonlik mavzusiga
oid maqollar ham deyarli bir xil ma’no- mazmunga maqollarining
barchasida yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo’lsa,
yomonlik insoniyatning eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko’rsatiladi;
• Ingliz va o’zbek xalq maqollarining ko’pchilik qismida hayvon obrazlari
ifodalangan bo’lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir
va hayvon obrazlari qatnashgan maqollar insonlarning asosan ijobiy va
salbiy xarakterlarini tavsiflaydi;
• hayvon obrazlari keltirilgan ingliz tilidagi maqollarning o’zbekcha muqobil
variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman
hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma’nosiga
ta’sir ko’rsatmaydi.
Xullas, keltirib o’tgan mavzulardagi maqollarning har ikkala tilda unchalik katta
farqlari topilmadi. Biroq asosiy manba sifatida foydalanayotgan kitobimiz
K.M.Karamatova va H.S.Karamatovlarning “Proverbs. Maqollar. Пословицы” da
ayrim maqollarning variantlari bir-biriga aynan to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun
ham, maqollarning semantik lingvokulturologik jihatlarini chuqur o’rganish va
ularni semantik tahlil qilish orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ekvivalentlarni
to’g’ri tanlay olamiz.
94
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
Normativ huquqiy hujjatlar:
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йил
10-декабрдаги “Чет тилларни ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш
чора тадбирлари тўғрисида” ги ПҚ №1875-сонли қарори.
2. Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирининг
“Магистратура тўғрисидаги низом” 2012 йил 29 октябрдаги 418-сонли
буйруғи.
Ilmiy asarlar ro’yhati:
3. Êàðèìîâ È.À. Áàðêàìîë àâëîä çáåêèñòàí òàðà è¸òèíèíã
ïîéäåâîðè. – Ò.: Øàð , 1998. – 235á .
4. Àáäóàçèçîâ À.À. Òèëøóíîñëèêêà êèðèø. 2- èñì.
Ëåêñèêîëîãèÿ âà ñåìàñèîëîãèÿ. Ãðàììàòèêà. – Ò.: 1999. –
57 á.
5. Абдуллаев Х.Д. Халқ мақолларининг “Қутадғу билиг” поэтикасидаги
ўрни ва бадиий эстетик функциялари: Филол. фан. номзоди ...дис. Т.,
2005. – 152 б.
6. Амосова Н.Н. Основы английской фразеологии.– М.: 1961. – 236 cт.
7. Аникин В.П. Мудрость народов // Пословицы и поговорки народов
востока. – М.: Наука, 1961. – 76 с.
8. Атаханова Г.Ш. Номинации “возраст человека” в когнитивно-
прагматическом и лингвокультурологическом аспектах (на материале
англ. языка): Автореф. дис…. канд.филол.наук. – Т., 2006. – 20с.
9. Áàðõóäàðîâ Ë.Ñ. Ñòðóêòóðà ïðîñòîãî ïðåäëîæåíèÿ
ñîâðåìåííîãî àíãëèéñêîãî ÿçыêà. – Ì.: Âыñøàÿ øêîëà, 1966.
–200 ñ.
10. Виноградов В.В. Основные понятия русской фразеологии как
лингвистической дисциплины. В кн.: Лексикология и лексикография. –
М.,1977. –278 cт.
11. Влахов, C., Флорин, C. Непереводимое в переводе, - М., 1980. – 244 c.
95
12. Вяльцева С.И. Речевое использование английских пословиц. – М., 1977
– 106 c.
13. Ãàëüïåðèí È.Ð. Òåêñò êàê îáúåêò ëèíãâèñòè÷åñêîãî
èññëåäîâàíèÿ. – Ì.: Íàóêà, 1981. – 139 ñ.
14. Гачев Г.Д. Национальные образы мира. Космо-Психо-Логос. – М.,
1995. – 232 c.
15. Ãîëîâèí Á.Í. Ââåäåíèå â ÿçыêîçíàíèå (Èçäàíèå 3-å). –
Ì.: Âыñøàÿ øêîëà, 1977. – 311 ñ.
16. Горький М. Материалы и исследования. Т.,1934 . –146c.
17. Èðèñқóëîâ Ì.Ò. Òèëøóíîñëèêêà êèðèø. – Ò.: Ўқèòóâ÷è,
1992. – 256 á.
18. Камбарова З.А. Актуализация фразеологических единиц в языке
английской газеты. – М.,1977; -166 cт.
19. Êàñåâè÷ Â.Á. Ñåìàíòèêà. Ñèíòàêñèñ. Ìîðôîëîãèÿ. – Ì.:
Íàóêà, 1988. – 309 ñ.
20. Êà÷àëîâà Ê.Í., Èçðàèëåâè÷ Å. Ïðàêòè÷åñêàÿ ãðàììàòèêà
àíãëèéñêîãî ÿçыêà. – Áèøêåê: Òóðêèñòàí, 2005. – 660 c.
21. Êèðèëëîâ Â.È., Ñòàð÷åíêî À.À. Ëîãèêà. – Ì.: Þðèñò,
2005. – 269 ñ.
22. Êîíîíîâ À.Í. Ãðàììàòèêà ñîâðåìåííîãî óçáåêñêîãî
ëèòåðàòóðíîãî ÿçыêà. – Ì., – Ë.: 1960. – 446 ñ.
23. Êîáîçåâà È. Ì. Ëèíãâèñòè÷åñêàÿ ñåìàíòèêà. – Ì., 2004.
– 281 ñ.
24. Êîðíèëîâ Î.À. ßçыêîâыå êàðòèíы ìèðà êàê îòðàæåíèå
íàöèîíàëüíыõ ìåíòàëèòåòîâ. Àâòîðåô... äîêò. ôèëîë. íàóê. –
Ì., 2000. – 45 ñ.
25. Ëîìòåâ Ò.È. Ïðåäëîæåíèå è åãî ãðàììàòè÷åñêèå êàòåãîðèè.
– Ì.: Èçä. ÌÃÓ, 1972. – 199 ñ.
26. Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва
фразеологик норма муаммолари. – Тошкент: 1991. – 274 б.
96
27. Ìàñëîâà Þ.Ñ. Êîãíèòèâàÿ ëèíãâèñòèêà (ó÷åáíîå ïîñîáèå).
– Ì., 2004. – 281 ñ.
28. Ìàõìóäîâ Í, Íóðìîíîâ À. Ўçáåê òèëèíèíã íàçàðèé
ãðàììàòèêàñè. – Ò.: Ўқèòóâ÷è, 1995. – 230 á.
29. Порудоминский В.И. Жизнь и слово: Даль. Повествование. – М.:
Мол. Гвардия, 1985. – 171 c.
30. Ïî÷åïöîâ Ã.Ã. Êîíñòðóêòèâíый àíàëèç ñòðóêòóðы
ïðåäëîæåíèÿ. – Êèåâ, 1971. – 191 ñ.
31. Расулова М.И. Основы лексической категоризации в лингвистике. –
Т.: Фан, 2005. – 268с.
32. Реимов Б.Х. Фразеологические единицы английского языка
характеризующие эмоциональное состояние человека: Автореф. дис
…. канд.филол.наук. – Ташкент, 2005. – 22с.
33. Розина Р.И. Человек и личность в языке // Логический анализ языка:
Культурные концепты. – М., 1991. – С.52-56.
34. Филицына В.П. О пословицах и поговорках как материале
фразеологического словаря. В кн.: Проблемы фразеологии. – М – Л.,
1964. – 78 ст.
35. Øèðÿåâ Å.Í. Êóëüòóðà ðóññêîé ðå÷è è ýôôåêòèâíîñòü
îáщåíèÿ. – Ì., 1996. – 254 ñ.
36. Þñóïîâ Ó.Ê. Ïðîáëåìы ñîïîñòàâèòåëüíîé ëèíãâèñòèêè.
Àâòîðåô. ... äîêò. ôèëîë. íàóê. – Ì., 1983. – 35 ñ.
37. Þñóïîâ Ó.Ê. Ñðàâíèòåëüíыé àíàëèç àíãëèéñêèõ è
óçáåêñêèõ ñëîæíîïîä÷èíåíныõ ïðåäëîæåíèé ñ ïðèäàòî÷íыìè
óñëîâíыìè. Àâòîðåô.… êàíä. ôèëîë. íàóê. – Ò., 1971. – 29 ñ.
38. Юсупов Ў.Қ. Маъно, тушунча, концепт ва лингвокультурема атамалари
ҳусусида // Стилистика тилшуносликнинг замонавий
йўналишларида. Илмий-амалий конференция материаллари. – Т., 2011.
– Б. 49-55.
97
39. Язык и этнический менталитет / Отв.ред. З.К.Тарланов. –
Петрозаводск, 1995. – 140b.
40. Якубов О. Эр бошига иш тушса. Сайланма. Т.:Aдаби¸ò âà ñàíüàò,
1987. – 524 á.
41. Arora, S. The Perception of Proverbiality. De Proverbio. 1984. – 244p.
42. Azar B.S. Understanding and Using English Grammar. Third
Edition. – N. – Y.: 1999. – 420 p.
43. Azar Â.S., Azar D.A. Fundamentals of English Grammar. Second
Edition. – USA.: Longman, 1994. – 420 ð.
44. Broukal M., Pineiro C. Grammar. Form and Function. N1.
McGraw-Hill. – New–York.: 2004. – 416 p.
45. Broukal M., Pineiro C. Grammar. Form and Function. N2.
McGraw-Hill. – New–York.: 2004. – 265 p.
46. Broukal M., Pineiro C. Grammar. Form and Function. N3.
McGraw-Hill. New-York.: 2004. – 385 p.
47. Beruniy A. R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Tanlangan asarlar.
T. 1. – T., 1968. -198 b.
48. Close R.A. A Reference Grammar for Students of English.
– M.: Prosvescheniye, 1979. – 342 p.
49. Falk, J. Linguistics and language: a survey of basic concepts and
implication. 2nd Ed,- Canada: Michigan University Press, 1978, – 561p.
50. Fries Ch. The Structure of English. An Introduction to the
Construction of English Sentences. – London.: Longman, 1963.
– 385 ð.
51. Galperin I.R., Stylistics. – M.: Higher School Publishing
House, 1971. – 343p.
52. Íiraga M.K. Cultural, Psychological and Typological Issues in
Cognitive Linguistics. – Armsterdam, Philodelphia: Benjamin,
1999. – 338 p.
98
53. Honeck, R. A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and
wisdom. – USA.: Lawrence Erlbaum, 1997. – 277p.
54. Ilyish B. The Structure of Modern English. – L.:
Prosvesheniye, 1971. – 366 p.
55. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki
poetik ijodi. -T.: O’qituvchi, 1990. - 303b.
56. Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs–Maqollar– Пословицы. – T.:
Mehnat, –2000. –398 b.
57. Korunets І.V. Theory and Practice of Translating. - Vinnytsia: Nova Knyga,
2001. –265p.
58. Marvin, D.E. Antiquity of Proverbs. - New York and London: G.P Putnam
Sons, 1922. –103 p.
59. Madayev O., Sobitova T. Xalq og’zaki poetik ijodi. – T.: Sharq, 2010. –
207b.
60. Meider, W. Dundes, A. The Wisdom of Many: Essays on the Proverb. -
NewYork: Garland, 1995. –340 p.
61. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O`zbek xalq maqollari . – T.:
Sharq, 2005. –508 b.
62. Mollanazar, H. Principles and methodology of translation. - Tehran: SAMT,
2001.– 215p.
63. Newings M. Advanced Grammar in Use. –Cambridge: Cambr.
Univ. Press, 2002. – 252 p.
64. Norrick, N.R. How Proverbs Mean? Semantic Studies in English Proverbs. -
Amesterdom: Mouton, 1985. – 232 p.
65. Raymond Murphy. English Grammar in Use. Second Edition.
Cambr. Univ. Press. 1995. – 350 p.
66. Razzaqov H. O’zbek xalq og’zaki ijodida satira va yumor. – Toshkent, 1965.
–236 b.
67. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi T.: 2000. – 156 b.
99
68. Samadov Q. Maqollarimiz mohiyatiga doir.T.: O’zbekiston Madaniyati. –
1965. -213 b.
69. Samovar, Larry A., Richard E. Porter, and Lisa A. Stefani. Communication
between Cultures. Edited by Randall Adams. Third ed, Wadsworth Series in
Communication Studies. - Belmont, CA: Wadsworth Publishing, 2009. –
412 p.
70. Siedl J., McMordie W. English Idioms and How to Use them. – M., 1983. –
265p.
71. Sulaymonov M. O’zbek xalq og’zaki ijodi(o’quv-uslubiy qo’llanma),
Namangan .2008. –120 b.
72. Swan M., Walter C. English Grammar. – Cambridge:
Cambr.Univ. Press, 1990. – 152 p.
73. Taylor A. The Proverb. –Harvard University Press, 1985. –234 p.
74. Trench, C.R. On the Lessons in Proverbs. -New York: Redfield, 1853. –
157p.
75. Teliya V. Bragina N. Oparina E. Sandomirskaya I. Phraseology as a
language of culture: its role in the representation of a collective mentality in
Cowie (ed.) 1998. –203p.
76. O’zbek xalq maqollari, 2-tom T.: Fan. 1987. – 370 b.
77. O’zbek xalq maqollari 1-tom T.: Fan. 1987. – 365 b.
Foydalanilgan lug’atlar:
78. Àõìàíîâà Î.Ñ. Ñëîâàðü ëèíãâèñòè÷åñêèõ òåðìèíîâ. – Ì.: ÑÝ,
1969. – 608 c.
79. Бердиёров Х, Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1984. – 232 б.
80. Êóíèí À.Â. Àíãëî-ðóññêèé ôðàçåîëîãè÷åñêèé ñëîâàðü. –
Ì.: Рóññêèé ÿçыê, 1984. – 942 c.
81. Маъруфов Т. Ўзбек тилининг изохли луғати. – Москва.: «Рус. язык»,
1981, – 520 б.
100
82. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили этимологик лугати (туркий сўзлар). -
Тошкент: Университет, 2000. – 402 б.
83. Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик лугати II/ араб сўзлари ва
улар билан ҳосилалар. – Т.: Университет, 2003. – 335 б.
84. Шомақсудов Ш., Шорахмедов Ш. Хикматнома. Ўзбек
мақолларининг изохли луғати. T., 1990. – 523 б.
85. Cambridge Advanced Learners Dictionary. 2003. (Electron
Version).
86. English Vocabulary in Use. Michael McCarthy., Felicity O’Dell.
Cambridge University Press, – Cambridge, 1994. – 296 p.
87. Electronic Oxford Dictionary. 2005. (Electron Version).
88. Fergusson R. Dictionary of Proverbs, Penguin Books, 1983. – 325 p.
89. Hojiyev A., Nurmonov A. Hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining izohli
lugati. – T.: Sharq, 2001.
90. Oxford Concise Dictionary of Proverbs. Oxford University Press, 2003. –
364p.
Internet saytlari:
1. http://www.oxfordhouse.com
2. http://www.yourdictionary.com
3. http://www.english-zone.com
4. http://www.longman.com
5. http://www.encarta.com
6. http://www.uzbekistan.org/news/archive/302
7. http://www.phrases.org.uk/meanings/proverbs.html
8. http://www.thesaurus.com/browse/proverb
9. http://www.cogweb.ucla.edu/Discourse/Proverbs/English.html .
10. http://www.executableoutlines.com/pdf/pr2_so.pdf
101
102
ILOVA
№ Inglizcha maqol O’zbekcha ma’nosi O’zbekcha
ekvivalenti
1. The higher the aре goes,
the more
he shows his tail.
Maymun qanchalik
yuqori chiqsa, dumini
shunchalik
ko'proq ko'rsatadi.
Echki yugurib, kiyik
bo'lolmas.
2. An ass between two
bundles of hay.
Ikki bog' pichan orasida
arosatda qolgan eshak.
Ikki quyonning
ketidan quvgan,
Ikkalasidan ham quruq
qolar.
3. An ass in a hon's skin. Sher terisidagi eshak. Kalla boshqa, salla
boshqa.
4. Catch the bear before
you sell his skin,
Ayiqning terisini
sotishdan oldin, o'zini
tutgin.
Ot kimniki —
minganniki,
To'n kimniki —
kiyganniki.
5. A bird in hand is worth
two in the bush.
Butadagi ikkita qushdan,
qo'ldagi bittasi yaxshi.
Nasiya saryog'dan
Naqd o'pka yaxshi.
6. Birds of a feather flock
together.
Bir balandlikda parvoz
qiladigan qushlar
galaga to'planishadi.
Har qush o'z to'pi
bilan.
7. Every bird likes its own
nest.
Har qush o'z uyasini der. O'rgimchak ham o'z
uyim der.
8. It is an ill bird that fouls
its own nest,
Yomon qush o'z uyasini
bulg'ar.
O'lgisi kelgan shoqol
iniga qarab uvillar.
9. Old birds are not to be
caught with chaff.
Qari qushni tuzoq bilan
tutib [aldab] bolmas.
To'rga tushgan baliq
qarmoqdan qo'rqmas.
10. There are black sheep in Har podaning o'z qora Bitta tirraqi buzoq,
103
every flock. qo'yi bor. Bir to'p podani buzadi.
11. All cats love fish but
fear to wet their paws.
Mushuk baliqni xush
ko'rar,
ammo oyog'ini
ho'llashdan qo'rqar.
Baliqni xush ko'rgan,
qiltanog'idan
qo'rqmas.
12. A cat in gloves catches
no mice.
Mushuk qo'lqopda
sichqon tutolmas.
Burga tutmoq uchun
ham barmoqni
ho'llamoq kerak.
13. Jeach the cat the way to
the kirn.
Mushukni hosil
bayramiga olib bormoq.
Tulkiga rahm qilsang,
Tovug'ingdan
ajraysan.
14. What can you have of a
cat but her skin.
Mushukdan terisidan
o'zga nima ham
olardingiz.
Daryodan bir tomchi,
To'ng'izdan bir tuk.
15. When the cat's away,
the mice will play.
Mushuk ketsa, sichqon
o'yinga tushadi.
Mushukning o'lgani
— sichqonga to'y.
16. Don't count your
chickens before they are
hatched.
Jo'jalaringni tuxumdan
chiqmasidan sanama.
Chuchvarani pishirib
sana,
Jo'jani — ochirib.
17. As the old cock crows,
so doth the young.
Yosh xo'roz qari xo'roz
singari qichqiradi.
Qush uyasida
ko'rganini qiladi.
18. A cock is valiant on his
own dunghill.
Xo'roz o'z go'ng uyimida
botir.
O'z joyida laycha ham
sher.
19. All are not thieves that
dogs bark at.
It hurigan har bir kishi
ham o'g'ri bolavermaydi.
It hurishi — gumon
tug'ishi.
20. Better be the head of a
dog than the tail of a
lion.
Arslonning dumi
bo'lgandan ko'ra
itning boshi bo'lgan afzal.
Arslonning o'ligi —
sichqonning tirigi.
21. A dog in the manger. Pichan ustidagi it. O'zi yemas, it-
104
ga bermas.
22. The dogs bark, but
caravan goes on.
Itlar hurar, karvon esa
o'tar.
It hurar — karvon
o'tar.
23. Every dog has his day. Har bir itning o'z kuni
bor bo'ladi.
Omadi kelsa, sichqon
filni yengadi.
24. Let sleeping dogs lie. Uxlab yotgan
kuchuklarni uyg'otmang.
Yotgan ilonning
quyrug'ini bosma.
25. A dog will not howl if
you beat him with a
bone.
Itni suyak bilan ursang,
vovullamaydi.
Itni suyak bilan
ursangiz, qopmas.
26. Keep a dog and bark
oneself.
Iti bo'la turib, o'zi
vovullar.
Eshak minganning
oyog'i tinmas
27. A living dog is better
than a dead lion.
O'lik arslondan tirik it
afzal.
O'lik arslondan t:rik
sichqon a'lo.
28. An old dog barks not in
vain.
Qari it bekorga
hurimaydi.
Qari it ko'p yo'l bilar.
29. An old dog will learn no
new tricks.
Qari it yangi hunar
o'rganmas.
It qarisa, yotgan
yeridan xuradi.
30. A staff is quickly found
to beat a dog with.
Itni urishga tayoq tez
topiladi.
Tayoq maymunga
namoz o'qitar.
31. Two dogs over one
bone seldom agree.
Ikki it bir suyak ustida
kamdan-kam chiqisha
oladi.
Itdan suyak ortmas,
Mushukdan — bez.
33. All is fish that comes to
his net.
Nimaiki ilinsa to'riga —
baliq boiib ko'rinar
ko'ziga.
Tovuqning tushiga
don kirar.
34. Fish in the air. Havoda baliq tutmoq. Behuda harakat
beburd qilar.
35. The best fish are near Baliqning sarasi suv Baliq suvning chuqu-
105
the bottom. tubida suzadi. rini, Mard ishning
qiyinini izlar.
36. Fish begins to stink at
the head.
Baliq boshidan sasiy
boshlaydi.
Baliq boshidan
chiriydi.
37. A fish out of water. Suvdan tashqaridagi
baliq.
Baliqning tirikligi suv
bilan,Odamning
tirikligi odam bilan.
38. There's fish in the sea,
as good.
Dengizda baliq kabi ko'p. Keng bo'lsang, kam
bo'lmaysan.
39. Nothing must be done
hastily but killing of
fleas.
Burga o'ldirishdan o'zga
ishda shoshish kerak
emas.
Shoshgan pashsha
sutga tushar.
40. Almost never killed a
fly.
Hatto pashshani ham
o'ldirmagan.
Mushugiga ham pisht
demaydi.
41. When the fox preaches,
then beware your geese.
Tulki nasihat qila
boshlaganda,
g'ozlaringizni qo'riqlang.
Tulkining hiylasi ko'p,
yaxshisi — qochmoq.
42. The fox knows much,
but more he that catches
him.
Tulki ko'p narsani biladi,
ammo uni tutgan ko'proq
biladi.
Tulki qanchalar
qochmasin, borar joyi
— mo'ynado'zning
do'koni.
43. All his geese are swans. Uning hamma g'ozlari
oqqushdir.
Maqtanma g'oz,
hunaring oz!
44. As a hen with one
chick.
Bitta jo'jali tovuq singari. Hovliqqanga sichqon
teshigi ming tanga.
45. Back the wrong horse. Xato tanlangan ot orqada
qolar.
Ot bozori — baxt
bozori.
46. Change horses in the
midstream,
Daryo oqimi-o'rtasida
otlarni almashtirmoq.
Otning zo'ri qiya
oshganda bilinadi.
106
47. A good horse cannot be
of a bad colour.
Yaxshi ot yomon tusli
bo'lolmaydi.
Tusi yaxshidan
chekinma.
48. Half horse and half
alligator.
Yarmisiga ot, yarmiga
timsoh.
Ot tuz deydi, yigit —
qiz.
49. It is the last straw that
breaks the camel's back.
So'nggi tomchi tuyaning
belini sindirar.
Tuya elakka kelganda
oqsar.
50. Can the leopard change
his spots?
Qoplon terisidagi
dog'larni o'zgartirishi
mumkinmi?
Ilon po'stini tashlagan
bilan qilig'ini
tashlamas.
51. Beard the
lion in his den.
Sherning soqdidan o'z
uyasida ushlamoq.
Arslon bolasini
tutmoq uchun,
Arslon uyasiga kirmoq
kerak.
52. The lion is not so fierce
as he is painted.
Sher aslida tasavvur
qilganchalik qo'rqinchli
emas.
Qo'rqoqqa ip ilon
bo'lib ko'rinadi.
53. Throw smb. to the lions. Sherlarga yem qilmoq. Itlarga it o'limi.
54. Pigs might fly, but they
are very unlikely birds.
Cho'chqalar uchishi
mumkin, ammo ular
qushlarga aslo
o'xshamas.
Baliqning ham sakkiz
qanoti bor.
55. Sell a pig in a poke. Cho'chqani qopda
sotmoq.
Bozordagi botmon
quyruq,
Taroziga tortgan
quyruq.
56. What do you expect
from a pig but a grunt.
Cho'chqadan xo’r-
xo'rdan boshqa nima ham
kutardiz.
Eshak hangramasa,
hangi demaslar.
57. As a sheep among the Jun oluvchilar oldidagi Ochiq qolgan qozonni
107
shearers. qo'ydek. it yalaydi.
58. It one sheep leap over
the dyke all the test will
follow.
Agar bitta qo'y ariqdan
sakrab o'tsa,
qolganlari unga
ergashadi.
Podani qo'chqor
yetaklar.
59. Let every sheep hang by
its own shank
fli
Har bir qo'y o'z oyog'idan
osilsin.
Qo'yni ham o'z
oyog'idan osadilar,
echkini ham.
60. One scabbed sheep
infects the whole flock,
Bitta qo'tir qo'y butun
podani bulg'ar.
Podada bitta tirraqi
ho'kiz bo'lsa,
Butun podani tirriq
qiladi.
61. Greedy as а wolf. Bo'ridek ochofat. Bo'rining o'zi to'ysa
ham, ko'zi to'ymas.
62. To keep the wolf from
the door.
Bo'rini eshik oldida
ushlamoq.
Och o'zini o'tga urar.
63. Set the wolf to keep the
sheep.
Bo'rini qo'ychivon
qilmoq.
Bo'ri bor bolsin
desang, qo'y but
bolmas.
64. Throw smb. to the
wolves.
Kimnidir bo'rilarga
tashlamoq.
Bo'rkni tashlab
bo'ridan qutulib
bo'lmas.
65. Who's afraid of the big
bad wolf ?
Katta yomon bo'ridan
kim ham qo'rqardi?
Bo'ri qarisa, itga kulgi
bo'lar.
66. A wolf in sheep's
clothing.
Qo'y terisidagi bo'ri. Bo'rini to'q dema,
dushmanni yo'q dema.
Yüklə 439,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin