I bob. Iqtisodiyotning rivojlanishida xalqaro valyuta munosabatlarining roli va ahamiyati


Valyuta erkin almashinuviga o’tishning xorijiy davlatlar tajribalari va ularni O’zbekistonda qo’llash tendensiyalari



Yüklə 483,07 Kb.
səhifə8/8
tarix13.06.2023
ölçüsü483,07 Kb.
#129549
1   2   3   4   5   6   7   8
3.1 Valyuta erkin almashinuviga o’tishning xorijiy davlatlar tajribalari va ularni O’zbekistonda qo’llash tendensiyalari.

O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan o’z milliy valyutasini muomalaga kiritishgacha bo’lgan butun davr oralig’idagi iqtisodiy holat pul 21 qadrsizlanishining nihoyatda yuqori darajasi, moliyaviy va iqtisodiy beqarorlik bilan xarakterlanadi. Shu sababli 1992 yilning may-iyun oylaridan boshlab qator sobiq ittifoq respublikalari o’z milliy valyutalarini amalga kirita boshladilar (jadval 1).


1-jadval
Sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan o’z valyutalarining joriy etilishi.



Mamlakatlar

Rubl hududidan chiqish sanasi (asosiy,oraliq valyutaning joriy etilishi)

Belarus

1992-yil may (belarus rubli)

Estoniya

1992-yil iyun (krona)

Latviya

1992-yil iyul (latviya rubli)

Ozarbayjon

1992-yil avgust (manat)

Litva

1992-yil oktabr (litva taloni)

Ukraina

1992-yil noyabr (karbovanes)

Qirg’iziston

1992-yil may (som)

Gruziya

1992-yil avgust (kupon)

O’zbekiston

1992-yil noyabr (so’m-kupon)

Armaniston

1992-yil noyabr (dram)

Qozog’iston

1992-yil noyabr (tenge)

Moldova

1992-yil noyabr (ley)

Turkmaniston

1992-yil noyabr (manat)

Tojikiston

1992-yil may (tojik rubli)

O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlariga mustaqillik yillarida asos solingan. 1993 yilning 15 noyabrida dastlabki oraliq "so’m-kupon" valyutasi joriy etildi. Bunga, ya'ni oraliq valyutaning joriy etilishiga sabab milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini tartibga solish uchun respublika ichki iqtisodiyotining real omillarini yanada to’liqroq aniqlash hamda hisobga olish sabab bo’ldi.


Respublikada milliy valyutani mustahkamlashda so'mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta'minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to'ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste'mol tovarlari bilan to'ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste'mol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Shuni ta'kidlash joizki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so'mning barqarorligini ta'minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el tovarlari bilan ta'minlash maqsadida import ham rag'batlantirib boriladi. so'mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi etarli valyuta zaxirasi bo'lishiga bog'liq. Unga erishishda korxonalar va barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo'lgan rag'batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. So'mning barqarorligini ta'minlashda undan ehtiyotkorona va tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag'larning eng ko'p samara berishiga, olingan kreditlarning o'z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o'rin tutadi.


Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog'lashni nazarda tutadi.
Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo'lgan gorizontal va shartli koridorlarni o'rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud.
Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari eksportiga bog'liq bo'lgan, shuningdek, iste'mol savatida import tovarlari yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo'llaniladi.
Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining maqsadli darajasini ta'minlashga yo'naltiriladi. Jumladan, valyuta kursi qadrsizlanganda qat'iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko'proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.
Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.
Mazkur rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi rivojlanmagan sharoitlarda ham u o'zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday vaziyatda valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta interventsiyalari orqali ta'sir ko'rsatiladi.
Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo'lgan davrlarda ushbu rejimni samarali qo'llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini qiyinlashtiradi.
Valyuta kursini targetlash rejimini qo'llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan chambarchas bog'liq:
• valyuta kursining maqsadli ko'rsatkich doirasida bo'lishini ta'minlashda markaziy banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga bog'liq bo'ladi. Zaxiralarning etarlicha bo'lmasligi valyuta kursining kadrsizlanishiga olib keladi, bu esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va inflyatsion kutilmalarni oshiradi. Bu, o'z
navbatida, import narxlarining oshishiga hamda ichki valyuta bozorida cheklovlarning o'rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi;
• milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi amalga oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi;
• nominal ayirboshlash kursi qat'iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash kursining oshishi to'lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi;
• narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo'lgan bosimning kuchayishi markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta'minlashdagi imkoniyatiga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni ta'minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.
Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo'stligi davlatlari tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli darajada kamayishi, kursning sun'iy ravishda ushlab turish oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori rivojlanishining sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta'sirchanligining oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Shuningdek, milliy valyutani barqarorligini ta'minlashda va inflyatsiyani pasayishiga erishishda yana bir qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o'z navbatida, import narxlarining barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o'zgaradi.
Rivojlangan mamlakatlarda monetizatsiya darajasining yuqori ekanligi iqtisodiyotning pul mablag'lari bilan etarli darajada ta'minlanganidan dalolat beradi. Bu esa o'z navbatida pul muomalasining barqarorligini ta'minlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
XVF
O’zbekiston Respublikasi XVFga 1992-yil 21-sentabrda a‘zo bo’ldi. 1993- yilda Toshkentda XVF vakolatxonasi ochildi.
Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik asosan moliyaviy sektorni rivojlantirish va makroiqtisodiy islohotlarning targ’ibiga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi va XVF o’rtasidagi kelishuvning IV bandiga binoan, XVF vakillari doimiy ravishda O’zbekistonga tashrif buyurib, hukumat va Markaziy bank bilan maslahatlar olib borishadi.
Missiya faoliyati maqsadi iqtisodiyot sohasidagi ishlar ahvolini o'rganish, moliyaviy sektor va statistika, shuningdek iqtisodiy islohotlarning maydonlarni aniqlash. So'nggi yillarda, XVF turli sohalarda texnik ko'mak taqdim etdi. Ulardan biri bank sektorida korporativ boshqaruvni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo'yicha Markaziy bankni undashdir.
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U «ko‘p qirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta‘minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, еtakchi o‘rin egallaydi.
Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o‘rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo‘lsak, birinchi navbatda, har qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha shakllanib kelmoqda: valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta‘minlanganligi, valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlararo munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya‘ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko‘mak berish.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming o‘rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qiymatliklari bilan bo‘ladigan munosabatlami tartibga solish, valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi.
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo‘llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi. Xo‘jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. U quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:

  • ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish;

  • kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish;

  • rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi;

Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish quyidagi pog‘onalardan iborat:

  • xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag‘lariga ega bo‘lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi;

  • valyuta nazorati tashkilotlari;

Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:

  1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog‘liqligi;

  2. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi;

  3. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o‘rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya;

  4. Jahondagi еtakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya‘ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o‘zgarishining barqaror emasligi;

  5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o`zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi;

Keyingi yillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma‘muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida
biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi.
Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.
Shu munosabat bilan 2017 yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
2016 yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida saqlanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi ovoz berish jarayonlarida o‘z tarkibiga Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya Papuasi, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orolllari, Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshall orollari, Karibati va Tuvalu mamlakatlarini o‘z ichiga olgan guruh tarkibiga kiradi. Guruhga 2016 yildan boshlab Xinam ChOY rahbarlik qiladi.
XVJdagi O‘zbekiston nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Markaziy bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi 2003 yilning 15 oktabridan XVJ Bitimlari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘limlari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
Bitimlar IV moddasiga muvofiq maslahatlar berish va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida XVJning missiyasi muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi. Missiyalar faoliyati iqtisodiyot, moliya sektori va statistika sohalaridagi ishlar holatini o‘rganish hamda kelgusida amalga oshiriladigan islohotlarning yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi XVJ Boshqaruvchilar kengashi va Jahon bankining yillik yig‘ilishlarida muntazam ishtirok etadi.
XVJning moliyaviy ko‘magi yordamida Yaponiya, AQSh va Avstriyadagi magistratura va doktoranturalarda maxsus dasturlar bo‘yicha davlat iqtisodiy idoralari xodimlarini o‘qitish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Birlashgan Vena institutida (JVI) makroiqtisodiy siyosat yo‘nalishlarida muntazam ravishda qisqa muddatli trening va seminarlar muntazam o‘tkazib boriladi.
Oxirgi yillarda Markaziy bankning XVJ bilan texnik ko‘maklar doirasidagi hamkorligi asosan monetar siyosat, bank faoliyatini tartibga solish va bank nazoratini takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.
2017 yilda amalga oshirilgan islohotlar munosabati bilan XVJ bilan hamkorlik sezilarli ravishda faollashdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi o‘tgan yilning 19-21 aprel kunlari Vashington shahrida bo‘lib XVJ va Jahon banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi.
Shuningdek, XVJning ijro direktori K. Lagard O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga maktub yo‘llab, unda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab - quvvatlashini hamda texnik ko‘mak va tavsiyalar berish orqali yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Missiya tashrif yakunlari bo‘yicha quyidagi bayonotni berdi:
“Missiya Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga asoslangan rasmiy organlarning iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini ma’qullaydi. Mazkur rejalarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlari barpo etilishi va barqaror o‘sishini ta’minlash salohiyatini sezilarli darajada oshishiga sharoit yaratadi.
Respublikada valyuta siyosatini erkinlashtirish borasidagi islohotlar dasturi missiya tomonidan alohida e’tibor berilgan holda ma’qullandi.
Valyuta kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash imkoniyatlarini yaratish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va inflyatsiyani samarali nazorat qilishga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini olib borishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek ushbu islohotlar tashqi raqobatbardoshlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini oshirish va ichki resurslar taqsimotini takomillashtirish orqali ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish suratlarini tezlashtirishga yordam beradi.
O‘zbekistonning sezilarli valyuta rezervlari ushbu islohotlarni dadil amalga oshirish imkonini beradi”.
XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktoi D.Azur 14-16 sentabr kunlari tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ldi. Ushbu missiya tomonidan e’lon qilingan bayonotda quyidagilar qayd etildi: “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida qator masalalarni hal etishga duch kelinishi mumkin va ushbu islohotlar mamlakatga yanada samarali va yakunda tez rivojlanuvchi iqtisodiy tizimga o‘tish imkonini beradi. Shuningdek, men mamlakat hukumatining hududiy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga qaratilgan tadbirlarini mamnunlik bilan ma’qullayman”.
Yuqori darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida Nyu-York shahrida 19 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning XVJ direktori - taqsimlovchisi K. Lagard bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Jamg‘arma rahbari O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar jarayonlariga yuqori baho berdi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi:
“O‘zbekistonning islohotlarni amalga oshirish borasidagi harakatlari oson bo‘lmaydi va uzoq davom etadi. Jamg‘armaning mamlakat iqtisodiyotini o‘sish suratlari va aholining turmush darajasini yuksaltirish borasida yuqori darajalarga chiqarishda O‘zbekistonning sherigi bo‘lishi aniq maqsadi ekanligini yana bir bor tasdiqlayman”.


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2017 yil -Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risidagi PF-5177-sonli Farmoni. Ushbu Farmon -Xalq so‘zi gazetasining 2017-yil 5-sentabrdagi 176 (6870)-sonida e‘lon qilingan.



2 R. R. Tojiev "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari". Toshkent, TDIU nashriyoti, 2005 yil, 284-b.



3 Ataniyazov J.X., Alimardonov E. Xalqaro moliya munosabatlari. Toshkent 2014.



4 https://stat.uz

5 https://stat.uz

Yüklə 483,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin