1.2.Oltinning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ahamiyati. Pul muomalasi tarixida va umuman qiymatning rivojlanish tarixida oltinning ahamiyati katta. Kishilik jamiyatida oltinni muomalada pul sifatida yurgan davri taxminan olti ming yilni tashkil etadi. Shundan ushbu davrning dastlabki 3300 yili mobaynida oltin muomalada tanga shaklida yurmagan, so’nggi 2700 yil mobaynida esa oltin tanga shaklida muomalada yurgan.
Birinchi 3300 yil, qadimgi dunyoda (asrimizgacha 4100 - 3900 yillar), Misrda oltinning ochilish davrini o’z ichiga oladi. Birinchi oltin tangalar eramizgacha bo’lgan davrning 7-asrida, Kichik Osiyodagi Yunon mustamlakalarida kashf etilgan.
Oltin dastlab xonlar saroylarida jamg'ariladigan xazina, Sharq hukmdorlari tomonidan fir'avnlardan sotib olinadigan qimmatbaho metall edi. Misr oltin tarixiy davrining yarmidan ko’pi mobaynida еr yuzida yagona oltin еtkazib beruvchi edi.
Keyingi 2700 yil - oltinni tangalar sifatida muomalada yurishi davridir. Jahonga ma'lum eng taniqli oltin tangalar ichida quyidagi tangalarni ajratib ko’rsatish mumkin:
-qadimgi yunon oltin staterlari (Krez stateri - krezeid, 11 gramm; Filipp va Aleksandr Makedonskiyning staterlari (7,27 gramm) va kumush drahmalar;
-Yuliy Sezardan (8,18 gramm) to Valentingacha Rim oltin aureuslari (3,89 gramm).
O’rta asrlarda:
-Vizantiyada solidus bizantiuslar yoki bezantlar (4,54 gramm va boshqa og’irlikda);
-Arablarda dinorlar (4,25 gramm va boshqa og’irlikda).
Ilk uyg’onish Yevropasida:
-Florensiyada, florinlar (1252 yildan 3,56 gramm);
-Venetsiyada, grosso (1192 yildan), keyin dukatlar yoki sehinlar (1284 yildan);
-Fransiyada EKYU (1266 yildan);
-Angliyada nobl (9,4 gramm, keyinchalik 7 gramm);
-Kastiliyada dublon (XVIII asrning oxiridan).
Amerika oltini ochilganidan so’ng:
-Ispaniyada eskudo (3,10 gramm 1537 yildan) va masXXur 6,2 gramm og’irlikka ega ikki barobarli tanga - pistol (va kumush piastrlar);
-Fransiyada luidor (6,69 gramm 1640 yilda Lui-13 tomonidan EKYU-ning o’rniga muomalaga kiritilgan, keyinchalik EKYU kumush tangaga aylangan);
-Angliyada luidor namunasi bo’yicha - gineya muomalaga kiritilgan. Yangi davrda:
-Angliyada 1 funt sterling qimmatligidagi soveren (7,98 gramm);
-Fransiyada napoleondor nomini olgan 2 frank qimmatligidagi oltin tanga (6,45 gramm);
-Rossiyada imperiallar (10 rubl);
-AQShda oltin dollar (1,504 gramm 1834 yildan), 10 dollarli "igl" va 20 dollarli "dabl igl".
Hozirda jahonda (tanga, quyma va turli zargarlik bujumlari shaklida banklarda, xususiy shaxslarda) 1493 yildan 1992 yilgacha jami 110 ming tonna ishlab 19 chiqarilgan oltin hisobga olingan. qadimgi davrlarda va o’rta asrlarda ishlab chiqarilgan oltinni hisoblasak, unda yakun quyidagicha bo’ladi:
-taxminan 1 ming tonna 4400 yil ichida (asrimizgacha 3900 yildan asrimizning 500 yiligacha);
-2500 tonna o’rta asrning 1000 yili ichida (500 yildan 1493 yilgacha). 1493 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha oltin jahon bo’ylab tarqalgan va kishilik jamiyati uchun yo’qotilgan;
-4900 tonna 340 yil ichida (16, 17, 18 asrlar va 19 asrning boshi) Amerikaning ochilishidan boshlab 19 asrning yarmigacha;
-95000 tonna 1840 yildan boshlab hozirgi kungacha. Yer yuzida 1 yilda o’rtacha 1350 tonna oltin qazib olinadi. Uning 840 tonnasi zargarlarga, 5 tonnasi elektron sanoatiga (faqat Yaponiya elektron sanoatining o’zi yiliga 50 tonnadan ziyod oltin ishlatadi), 65 tonnaga yaqini esa tish protezlariga ishlatiladi. Oltinning qolgan qismi esa xususiy kollekciyalar va zahiralarga tushadi hamda tangalarni zarb etish uchun ishlatiladi.
Janubiy Afrika Respublikasi har yili jahonda qazib chiqariladigan oltinning 70 foizini beradi.
Oltin bozoridagi taklif manbalari bo’lib, yangi qazib olingan oltin, davlat va xususiy zahiralar, investorlar va tezovratorlarning sotuvlari hisoblanadi. Talab esa firmalar, tijorat banklari, xususiy shaxslarning oltinga bo’lgan talabidan shakllanadi. Oltin taqdimotining siyosatiga muvofiq Xalqaro Valyuta Fondi 1978 yildan boshlab davlatlar Markaziy banklariga oltin bozorlarida shakllanadigan baholar asosida oldisotdilarni o’tkazishga ruxsat berdi.
Tarixan qog’oz pullar zaminida oltin yotgan bo’lib, ushbu oltinning miqdori qog’oz pul birligining qiymatini belgilab bergan. Boshqacha qilib aytganda, milliy qog’oz pul birligi o’z zaminida yotgan oltin miqdori qiymatini ifodalagan. Qog’oz pul birligi zaminida yotgan oltin miqdori - baho masshtabi deb atalgan. 20
Baho masshtabi - bu, tarixan shakllangan va mamlakatning milliy pul birligi zaminida yotgan oltin miqdoridir. Boshqacha qilib aytganda milliy pul birligi qiymatini ifodalovchi oltin miqdori. Masalan, 1887 yilda Chor Rossiyasining 1 rubli zaminida 0,774234 gramm oltin bor edi yoki 0,774234 gramm oltin 1 rubl qiymatini ifodalar edi. 1922/24 yillarda Shurolar tomonidan chiqarilgan "chervonetc"da 7,74234 gramm, SSRI Vazirlar Kengashining 1950 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq 1 rublda 0,222168 gramm oltin (1 gramm oltin 4,45 rubl) bor edi. Shu bilan birgalikda AQSh dollari zaminida 1971 yilda 0,888671 gramm, SSRI rublida esa 1961 yilda 0,987412 gramm oltin bor edi.
Milliy pul birliklari zaminida yotgan oltin miqdorlari davlatlar iqtisodiy barqarorligiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Agarda, davlat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lib, muvozanatsizlik boshlansa, unda davlat milliy pul birligini qadrsizlanish sur'atini pasaytirish maqsadida uni "devalvatsiya" qilishga, zaminidagi oltin miqdorini kamaytirishga majbur bo’lar edi. Aksincha bo’lganda esa davlatlar tomonidan milliy pul birliklarini "revalvatsiya"si, ya'ni zaminidagi oltin miqdorini oshirish tadbirlari o’tkazilar edi.
Baho masshtablari Yamayka valyuta tizimigacha, ya'ni 1976 yilgacha amalda bo’lgan. Yamayka valyuta tizimining shartlariga asosan oltin rasmiy asosda o’zining pul sifatidagi harakatini to’xtatadi va xalqaro munosabatlarda ko’p valyutali standart qabul qilinadi.
Qimmatbaho metall "oltin"ni pul sifatidagi tarixi o’z ichiga 2,5 ming yildan ziyodroq davrni oladi va o’z rivojlanishida ikki bosqichni, ya'ni bimetallizm va monometalizm davrlarini o’tkazgan.
Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki Markaziy banklarning banklararo «SVOP» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
Valyuta interventsiyasi XLX asrdan boshlab qo‘llanila boshladi. Masalan, Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan. Oltin monometallizmi bekor qilingandan so‘ng, valyuta interventsiyasidan foydalanish keng tarqaldi. 1929- 1933 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelgan sharoitda, Markaziy banklar valyuta dempingiga ko‘mak berish uchun o‘z valyutalari kursini tushirish maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar.
Valyuta interventsiyasi o‘tkazishning moddiy bazasi vazifasini, 1930- yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan, maqsadli valyuta fondlari - oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o‘tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo‘nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Frantsiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Frantsiya Markaziy banki o‘zining interventsiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor kilmaslik uchun uning o’lchov ko‘rsatkichlarini matbuotda e‘lon kilmaydi. AQSHda maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo‘qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSH dollari bo‘lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o‘zgarmasdan qolmoqda). Chunki, Federal Zaxira banklari valyuta interventsiyasini, asosan, chet el Markaziy banklarining «SVOP» bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi oltin- valyuta zahiralarini o‘zida mujassamlashtirgandir.
Brettonvud tizimi doirasida valyuta interventsiyasi, asosan, qat‘iy belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o‘tkazilardi. Interventsiyani o‘tkazishda asosiy valyuta AQSH dollari bo‘lgani uchun, AQSH boshqa davlatlarga uning kursini ma‘lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo‘ydi. Yamayka tizimida suzib yuruvchi valyuta kurslariga o‘tilgandan so‘ng, valyuta interventsiyasi, asosan, kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida o‘tkazilardi. AQSH dollarini zahira valyuta sifatidagi roli pasayishi oqibatida, valyuta interventsiyasida AQSH dollari bilan bir qatorda nemis markasi hamda bir qator G‘arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi vaqtda, har qanday interventsiyaning oxirgi maqsadi, valyuta bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta‘minlaydi.
Valyuta interventsiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida, hukumat tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon‘yunkturasining salbiy ta‘siridan saqlash-larini ko‘rsatish mumkin. Ba‘zan, davlat o‘z valyuta kursini real bo‘lmagan kurs darajasida saqlashga harakat qiladi.
Ko‘pgina Markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zahiralari bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga extiyotkorlik bilan yondoshmoqdalar va kamroq xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar.
Oxirgi yillar davomida, yetakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan valyuta interventsiyasini o‘tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi bo‘lib, AQSH dollari kursini tushirish yoki hech bo‘lmaganda uning kursi o‘sishining oldini olish edi. Biroq, o‘tkazilayotgan operatsiyalar summasi nisbatan kam bo‘lganligi sababli, sezilarli yutuqlarga erishilmadi. Shunday bo‘lsada, shu narsa aniq bo‘ldiki, alohida mamlakatlarning shartli interventsiyasiga nisbatan muvofiqlashgan interventsiyaning natijasi ta‘sirchanroqdir.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.) Pulning xalqaro almashuvi, xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, hozirgi shaklda valyuta bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya‘ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan tashkil topgan edi.
Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida zarbxonalar oltin qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham, bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi oltin tangalar qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la konvertirlangan. Oltin bilan konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi uchun, qog‘oz pullar emissiyasi chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va
boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi. Valyuta dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo bo‘lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat berdi.
Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo‘ldi. Uning asosiy xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan, belgilangan valyuta stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi sifatida hamda bir vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to‘lov vositasi edi.
Oltin ushbu funktsiyalarni ta‘minlashi uchun, quyidagi shartlar bajarilishi shart bo‘lgan:
Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo‘yicha, chegaralangan miqdorda sotishni va sotib olishni kafolatlashi.
Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va quyma shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni saqlash jarayoni esa, tezavratsiya degan nom olgan.
Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi.
Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har doim bir xilda bo‘lishi ta‘minlangan. O‘z-o‘zidan, oltin tanga andozasi sharoitida, likvidlilik - sanoat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan oltinni ishlab chiqarish tezligi va oltinning miqdori bilan aniqlangan.
Barcha valyutalar va oltin o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik, xalqaro hisob- kitoblarni amalga oshirishda, ma‘lum ta‘sirini o‘tkazdi.
Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon quyidagicha amalga oshdi: to‘lov balansida taqchillik mavjud mamlakat, ma‘lum miqdordagi oltinni chet elga olib chiqishi shart bo‘lgan. Bu muomaladagi pul massasini kamaytirib, deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi o‘sishini chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida inflyatsiyani keltirib chiqargan. Shu yo‘l bilan hosil qilingan narxlar o‘rtasidagi farq, oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to‘lov balansini yaxshilagan.
Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam bergan.
Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom oldi. Rasmiy paritetdan bunday og‘ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining +l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914-yilgacha amalda bo‘ldi. Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi zaruriy mablag‘lar, faqatgina qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan qondirilishi mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta‘sirini inobatga olib, ko‘pgina mamlakatlar oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor qiluvchi chora-tadbirlarni qo‘lladilar. Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda parokandalikka olib keldi.