I bob. Iroda haqida umumiy tushuncha 3



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə2/12
tarix21.12.2023
ölçüsü112,3 Kb.
#188589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I bob. Iroda haqida umumiy tushuncha 3

Kurs ishining ob’ekti: Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
Kurs ishining maqsadi: Iroda haqida umumiy tushuncha, Irodaning amaliy jihatdan o‘rganish haqida.
Kurs ishining vazifalari:
Iroda haqida umumiy tushuncha;
Iroda va o‘zlikni anglash;
Irodaviy harakatlarning sifatlari;
Irodani o‘rganinshning yangi qirralari;
O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida;
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, 5 ta bo‘limdan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat

I BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha


Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda, “Men”lik insonning atrofmuhit hamda shaxslararo munosabatlarida vujudga keladi. Lekin “Men”likning tarkib topishi, uning fikr yurituvchanligi ruhiyat rivoji ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Inson atrof-muhit bilan shaxslararo munosabatlar mazmunidan iborat.
SHuningdek, u munosabatlar to‘g‘risida fikr yurita olishlik imkoniyati ifodasidir.
S.L.Rubinshteyn bilan K.A.Abulbxanova-Slavskayalar ikkala asosning qaysi birisi yetakchiligi haqidagi muammoni o‘ziga xos tarzda hal qilishga intiladilar. Lekin uning yechimida ong qachon va qay tarzda qanday sabablardan kelib chiqqan holda o‘zini ob’ektivlashtiradi va qaysi yo‘sinda o‘zini o‘zi anglaydi, degan masala markaziy o‘rin egallaydi. O‘zaro munosabatlar qoidalar va talablar doirasida kechishining zarurligi ongni o‘zini o‘zi boshqarishga majbur qiladi. Bunda ong o‘zidagi ixtiyorsizlikni tizginlaydi, lekin tizginlash ongning shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lishi ularga ta’sir ko‘rsatishni tahlil qilish natijasida vujudga keladi. Tahlil qilish natijasida ijtimoiylik insonning ongiga, ruhiyatiga kirib boradi. Bunda ong o‘zini o‘zi anglash hamda boshqarishning manbai bo‘lib qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganida, uni ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi. SHu tariqa o‘zini o‘zi anglashning ijtimoiylashuvdagi o‘rni, roli tushuntiriladi.
SHunday qilib, o‘zini o‘zi anglash jarayonida ruhiyat (psixika) bilan ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) o‘rtasida muttasil o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning o‘zaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi ta’sirida “Men”likning xususiyati va uning mohiyati ro‘yobga chiqadi.
SHuning uchun insonda o‘zini o‘zi anglash maqsadga muvofiq tarkib topmas ekan, oldiga qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajara olmaydi. Irodaviy zo‘r berish maqsad ob’ektiga yo‘naltirilmasa, o‘zini o‘zi anglash muvaffaqiyati to‘g‘risida mulohaza yuritish ham mumkin emas. O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi ularning o‘z xatti-harakatlarini anglashdan boshlanadi ( oldin ayrim qiliqlarini, undan so‘ng barcha xatti-harakatlarini butunligicha anglashlaridan boshlanadi), undan so‘ng o‘zlarining sifatlarini, xarakterlarini va o‘z qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o‘smirlarni o‘zini anglashi asosida u haqida boshqa odamlarning kattalarning (o‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning va o‘rtoqlarining mulohazalari yotadi. Kichik yoshdagi o‘smir o‘ziga go‘yo atrofdagi odamlarning ko‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan o‘z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baholash holatlari boshlanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smir shaxsining hamma sifatlarini ham bir vaqtni o‘zida anglay boshlamaydi. Dastavval ta’lim faoliyatini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan sifatlar (mehnatsevarlik matonat, diqqatlilik, tirishqoqlik.) anglana bosh-lanadi.
Undan so‘ng boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatlarni ifoda-lovchi sifatlar (o‘rtoqlik hissi, mehribonlik, vazminlik, qaysarlik xissi) anglanadi. Undan ham keyin o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi sifatlar ( kamtarlik, takabburlik) anglanadi. Nihoyat shaxsning ko‘p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sifatlar, burch hissi, qadr-qimmat va vijdon xissi, maqsadga intilish xissi anglanadi. O‘smirlarda o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan biri o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj bilan shaxsning namoyon bo‘lishini yetarli darajada to‘g‘ri tahlil qila olmasligi, o‘zi xaqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligi o‘rtasidagi qarama- qarshilikdir. Mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi xaqiqiy mavqei o‘rtasida, uning o‘zo‘ziga nisbatan, o‘z shaxsining sifatlariga nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining muno-sabatlari o‘rtasida ixtilof yuzaga keladi. A.G Kovolev adolatli ravishda ta’kidlaydiki, o‘smirlarda 2ta bir-biriga qarama-qarshi ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda salbiy bo‘lgan kechinmalarni,ya’ni boshqalardan ustunlik va boshqalardan kamlik hissini tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho berish muhimdir. O‘smirlarda o‘zini anglashni rivojlanishinig yangi bosqichi o‘ziga bir na’munani, o‘ziga xos axloqiy etalonni ajratish bilan bog‘liqdir. O‘smir o‘ziga na’muna bo‘lgan etalon bilan o‘zini solishtirib, o‘z xatti-harakatlariga baho beradi. Mana shunday namuna bo‘ladigan etalonlar o‘smirning xatti-harakatlarini yo‘lga sola boshlaydi. O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hisoblangan yangi xislatlarni tarkib topishi unda o‘ziga xos kattalik xissining yuzaga kelishidir. O‘smir bu hissiyotni o‘z- o‘ziga katta yoshli odam sifatida bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar jamoasida ular hayotining to‘laqonli va to‘la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayyor ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Kattalik xissi o‘smirlarda mustaqillikka va ma’lum darajada erkinlikka intilishni yuzaga keltiradi. Mana shuning natijasida ular kattalarning baholariga g‘ayri tabiiy holda javob beradilar va kattalarning ularning qadr-qimmatlarini kamsitishlariga, ularning erkinliklarini inkor qilishlariga, ularning xuquqlariga yetarli baho bermasliklariga juda o‘tkir reaktsiya bilan javob beradilar.
Psixologik ma’lumotlar talqiniga qaraganda, iroda o‘zaro uzviy bog‘liq ikkita vazifalarning – undovchi va tormoz qiluvchi funktsiyalarning bajarilishini ta’minlaydi va ularning vujudga kelishida o‘zini namoyon qiladi.
Iroda – arabcha xohish, istak, maqsad degan ma’noni bildiradi. U shaxsning ma’lum maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi o‘z xatti-harakatlarini (faoliyatda, muomalada, xulq-atvorda) ongli ravishda yo‘naltirib turish, shu yo‘ldagi qat’iyatliligi, mavjud to‘siqlarni yenga olishga qodir bo‘lgan psixologik qobiliyatidir. Iroda inson faoliyati, muomalasi va xulq-atvorining muhim xususiyati, uning turmush mazmunini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Irodasi mustahkam, kuchli odamda maqsad bilan faoliyat, xulq-atvor izchilligi kuzatiladi. SHaxs oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga nisbatan ishonch tuyg‘usi irodaning kuch-quvvati va bosh mezonidir. Zero, qat’iy ishonch maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishga ham jismonan, ham ruhan asos yaratadi.
Falsafa va psixologiya fanlarida turlicha ta’limotlar mavjudligi sababli irodani Ollohga va shaxsga taalluqli deb ham talqin qiladilar. Xuddi shu bois, Olloh irodasi va bandaning irodasi degan so‘z birikmalari, tushunchalar vujudga kelgan. Ayrim ta’limotlarda Olloh irodasi tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarining o‘ziga xos me’yori va muvozanatini belgilovchi kuch sifatida tavsiflanadi. Ammo har bir jamiyat taraqqiyoti, uning ilg‘or g‘oyalarini turmushda amalga oshirish ko‘p jihatdan mazkur jamiyat a’zolarining irodasiga bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. Ilmiy falsafiy va psixologik nuqtai nazardan, xalq va millat irodasini shakllantirishga ajdodlarimiz qadimdan muhim e’tibor qaratganlar. Hamisha iroda bilan e’tiqod uyg‘unlikda tavsif qilingan. CHunki bu ikki tushuncha muayyan qarashlar, ta’limotlar e’tiqodlarning g‘oyaviy-ma’naviy asosi hisoblanadi. Ma’lumki, e’tiqodning zaif yoki mustahkamligi, umuminsoniy va milliy manfaatlarga mos kelishi (mutanosibligi) yoki mos kelmasligi (nomutanosibligi) ham irodaning mustahkam, puxta, kuchli shakllanishida muhim rolь o‘ynaydi.
Falsafa va psixologiya fanlarida aksariyat hollarda “iroda erkinligi” tushunchasi qo‘llaniladi.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin