I bob. Iroda haqida umumiy tushuncha 3


II. BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə6/12
tarix21.12.2023
ölçüsü112,3 Kb.
#188589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I bob. Iroda haqida umumiy tushuncha 3

II. BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH

2.1. Iroda borasidagi nazariyalar


Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan.
Arastu o‘z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e’tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o‘zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan omil hisoblanadi.
Gumanitar yo‘nalish, ya’ni inson muammolariga e’tiborning ortishi bilan o‘zo‘zidan irodani o‘rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro‘y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o‘tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas.
XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.
Etarli darajada qat’iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g‘o‘ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi:

  1. iroda-bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish

shakllarini anglashning tavsifidir;


  1. Yüklə 112,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin