I bob. Jahon kimyo sanoati va uning rivojlanishi


Isteʻmol kimyoviy mollari



Yüklə 36,77 Kb.
səhifə3/7
tarix16.12.2023
ölçüsü36,77 Kb.
#181469
1   2   3   4   5   6   7
SANOAT GEO

Isteʻmol kimyoviy mollari moddalariga sovun, yuvish vositalari va kosmetika kiradi. Kimyoning ushbu segmentining oʻsish surʻatlari umuman olganda ichki yalpi mahsulotlarning oʻsish surʻatlariga mos keladi.
Kimyo sanoati kimyoviy ishlov berish yoʻli bilan uglevodorod, mineral va boshqa xom ashyolardan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan sanoat sohasi hisoblanadi. Dunyoda kimyo sanoatining yalpi ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 trln AQSh dollarini tashkil qiladi. Sanoatni oqilona rejalashtirish, ishlab chiqarishning yaroqliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, sanoatning hududiy tuzilishini optimallashtirish tufayli kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda yetakchi mavqega erishgan Xitoyga alohida eʻtibor qaratish lozim. Xitoy hukumatining muvozanatli siyosati 2006 dan 2016 gacha boʻlgan davrda 12,4% gacha kimyoviy va neft – kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik oʻsish surʻatlariga erishishga imkon berdi, bu dunyoning boshqa mamlakatlaridagi oʻxshash koʻrsatkichlardan ancha yuqori. SHuningdek, rivojlangan davlatlarning (AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya) fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarga, shuningdek, yangi texnologiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritishni talab qiladigan yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashganini, rivojlanayotgan mamlakatlar esa yirik tonnajli kimyo va neft – kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirayotganini alohida taʻkidlash joiz. Rossiyada asosiy (yirik tonnajli) kimyoviy moddalar ishlab chiqarish asosiy ulushni egallaydi, Yaponiyada esa bu koʻrsatkich 6% ni, Yevropa mamlakatlarida 13% dan yuqori boʻlmagan, Aqshda – 14% ni tashkil etadi. Rossiya uchun yuqori kimyo mahsulotlari segmentiga kelsak, bu koʻrsatkich 13% Xitoyda esa 26% ga, AQShda – 29% ga, Yevropada – 30% ga % darajasida oʻzgaradi.
Kimyo sanoati sanoat inqilobining boshlanishi bilan alohida sanoat sifatida paydo boʻldi. Inson tomonidan ishlatiladigan mineral kislotalarning eng muhim qismi boʻlgan sulfat kislota ishlab chiqarish boʻyicha birinchi fabrikalar 1736-yilda (Buyuk Britaniya, Tvikenxem ), 1766-yilda (Frantsiya, Ruen), 1805-yilda (Rossiya, Moskva viloyati), 1810-yilda (Germaniya, Leyptsig) qurilgan. Rivojlanayotgan toʻqimachilik va shisha sanoatining ehtiyojlarini qondirish uchun soda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Birinchi soda zavodlari 1793-yilda (Frantsiya, Parij), 1823-yilda (Buyuk Britaniya, Liverpul), 1843-yilda (Germaniya, Shyonebeck – Elbada), 1864-yilda (Rossiya, Barnaul) paydo boʻldi.
XIX asr oʻrtalarida qishloq xoʻjaligining rivojlanishi bilan, sunʻiy oʻgʻitlar zavodlari: 1842-yilda Buyuk Britaniyada, 1867-yilda Germaniyada, 1892-yilda Rossiyada paydo boʻldi. Xomashyo manbalari sohasining barvaqt paydo boʻlishi bilan XIX asrning boshlarida Buyuk Britaniyaning kimyoviy ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda etakchi sifatida shakllanishiga yordam berdi. XIX asr oxiridan boshlab iqtisodiyotning organik moddalarga boʻlgan talabining ortib borishi bilan Germaniya kimyo sanoatining etakchisiga aylanadi.
XX asr boshlaridan boshlaboq Germaniyada ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, ilmiy va texnologik rivojlanishning yuqori darajasi, faol savdo siyosati tufayli kimyoviy mahsulotlar jahon bozorini zabt etmoqda.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida kimyo sanoati Yevropaga qaraganda keyinroq rivojlana boshladi, ammo 1913-yilga kelib AQSh kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish hajmi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Bunga minerallarning eng boy zaxiralari, rivojlangan transport tarmogʻi va kuchli ichki bozor yordam beradi. Faqat 80 – yillarning oxiriga kelib, Evropa Ittifoqi mamlakatlari kimyo sanoati AQShda ishlab chiqarishdan yana oshib ketdi.



Yüklə 36,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin