MAVZU: JAHON KIMYO SANOATI ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………...
I BOB. JAHON KIMYO SANOATI VA UNING RIVOJLANISHI I.1. Jahon kimyo sanoatining rivojlanish tarixi…………………………………….
I.2. Jahon kimyo sanoatining markazlashuvi……………………………………….
II BOB. JAHON KIMYO SANOATINING ISTIQBOLLARI II.1.Jahon kimyo sanoatining bugungi kundagi rivojlanish holati………………..
II.2. Jahon kimyo sanoatining rivojlanish muammolari…………………………….
XULOSA…………………………………………………………………………....
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………….
I BOB. JAHON KIMYO SANOATI VA UNING RIVOJLANISHI I.1. Jahon kimyo sanoatining rivojlanish tarixi Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlarini ishlab chiqaradi. Kimyo sanoatining mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota boʻyicha dastlabki zavodlar 1740-yilda Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766-yilda Fransiyada (Ruan), 1805-yilda Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810-yilda Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793-yilda (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823-yilda (Liverpul), Germaniyada 1843-yilda (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864-yilda (Barnaul)da qurildi. 19-asr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda kimyo sanoati Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913-yilga kelib kimyoviy mahsulotlar hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.
Chet mamlakatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya, Rossiya kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi. Jahon boʻyicha kimyo sanoati ishlab chiqarishning 3/4 qismi shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. 60-yillardan boshlab Yaponiya va Germaniya kimyo sanoati jadal rivojlandi.
Kimyo sanoati zamonaviy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biridir. Uning mahsulotlari (70 ming dona) turli xil isteʻmol tovarlarini ishlab chiqarishda, shuningdek, koʻp miqdorda – iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligida, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida keng qoʻllaniladi. Kimyo sanoatining oʻzi oʻzi ishlab chiqargan kimyoviy mahsulotning 25 foizidan ortigʻini isteʻmol qiladi. Avtomobillar, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati, metallurgiya va boshqalar uning mahsulotlarini eng muhim isteʻmolchilari hisoblanadi.
Kimyoviy mahsulotlarni toʻrt toifaga boʻlish mumkin: