I-bob Jahon mo’jaz rangtasviri (miniatyura) haqida umumiy ma’lumot


 Miniatyura san’atining estetik tarbiyadagi ahamiyati



Yüklə 288,1 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü288,1 Kb.
#210448
1   2
Jahon miniatyura san\'ati

2.2. Miniatyura san’atining estetik tarbiyadagi ahamiyati
Kelajak yoshlarni komil, sog’lom, teran fikrli, dunyo qarashi keng, Vatanga, 
halqimizga foydasi tegadigan barkamol insonlar bo’lib yetishishida tasviriy san’at 
va amaliy san’at fanining ham o’z o’rni bor. Insoniyat azaldan go’zallikka intilib 
yashaydi. Go’zallik har qanday yaxshilik sari olib boradi. Tasviriy san’at va 
amaliy san’at inson aql idrokining kengaytrib uning tevarak atrof munosabatini 
ustiradi. U iqtidorli va estedotli yoshlarni shakillanuvi uchun keng imkonyatlar 
ochib beradi. Shu kabi kishi qalbida go’zallik hislarini, ezgulikni, tabiatga, 
Vatanga bo’lgan muhabbatni oshiradi. Tarixiga, milliy urf odatlariga bo’lgan 
qiziqishni oshiradi va uni ulug’laydi. Shuningdek yoshlarni sabr toqatli, chidamli 
bo’lishlarida ularda mehnat qilish ko’nikmalarini shakllanishida ham yordam 
beradi. 
Shunday ekan tasviriy san’atda asarlarini kuzatar ekansiz beixtiyor ko’z odingizga jonajon o’lkamiz tabiat ko’rinishini ijod qilgan ajoyib mo’yqalam 
ustalari ishi bilan g’ururlanamiz, haykaltaroshlar, me’morlarning yaratgan asarlari 
ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Bunyod etilgan qurulishlar el ravnaqidir. Yoshlarni 
estetik dunyo qarashini shakllanishida, mahorat bilan yaratilgan tasviriy san’at 
asarlarining o’rni nihoyatda kattadir. Rassomlar asarlarini kuzatish bilan 
birgalikda, badiiy tahlil qilishning ham ahamiyati beqiyos. 
Ma'lumki, miniatyura rasmlardagi o'ziga xos go'zallik va insonparvarlik 
g'oyalari yoshlarni ezgulikka undash, ularning badiiy - estetik dunyo qarashlarini 
boyitish manbaidir. Chunki mo'jaz tasvirlarda chinakkam xalqchilik g'oyalari, 
qadimiylik hamda mahalliylik ko'rinishlari o'z aksini to'liq topgan. Xususan, 
o’zbek rassomlari yaratgan miniatyura asarlarida qaynoq hayot, turli lavhalar, 
doimiy, harakatdagi mavjudotlarning tasvirini ifoda etuvchi kompozitsiyalar, 
hamda uzoq o'tmishning, asl mohiyati, o'ziga xos aniq yaratilgan shakllarda yorqin 
va sof ranglar, uyg'unligi bilan juda nozik, nafis tekis va ravon chiziqlarda qunt va 
yuksak mahorat bilan ochib berilgan, bu uning ijobiy ta'sirchanlikka ega ekanligini 
ko'rsatadi. Ayniqsa , musavvirlarning tasvirlarni o'ziga yorqin bo'yoqlar va naqshin 
bezaklari bilan, takrorlanmas, obrazli badiiy tili, tarixiyligi jihatdan yoshlarning 
estetik tasavvurlariga, badiiy tafakkuriga va yangicha dunyoqarashini 
shakllanishini, rivojlanishiga asos bo'lib xizmat qiladi va uning asosiy manbayi 
bo'lib hisoblanadi. 
Bu o’rinda buyuk muyqalam sohibi Kamoliddin Behzod hayoti va ijodini 
o’rganishning ahamiyati kattadir. Sharq tasviriy san’atining yirik namoyondasi,
mo’yqalamning sehri bilan nafosat olamiga nur baxshida etgan buyuk
musavvir Kamoliddin Behzodning nomi jahon tasviriy san’ati tarixida
alohida o’rinni egallaydi. Afsuski, bizgacha Behzodning hayoti, ijodiy
faoliyati haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Buning turlicha
sabablari bor. Birinchidan, musavvir yashagan zamon hiyla murakkab bo’lib,
bu davr allomalari tasviriy san’at haqida batafsil adabiyotlar yozib
qoldirisholmagan. Xullas, Behzod yashagan davrda ham tasviriy san’at
ma’lum bir ilm va san’at vakillari, shoh saroylari atrofidagina e’tiborga
tushgan xolos. Xalq orasida esa tasviriy san’at asarlarining yoyilishiga yetarli
imkoniyat bo’lmagan. Shunday qilib, musavvir ijodi, hayoti qalamga olingan
manbalar juda oz, hatto Behzodning tug’ilgan yili haqida ham munozaralar
mavjud. 
Tadqiqotchilarning taxminlariga qaraganda, Kamoliddin Behzod 1455 yili
Hirotda kosib – hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Juda yerta etim qolgan. 
Mumtoz musavvir Kamoliddin Behzodning buyuk san’atkor bo’lib 
yetishishida dastlab «Nigoriston» tasviriy san’at akademiyasining ta’siri hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Bu maktab bilan shuhrat qozongan o’z davrining 
mashhur ustasi musavvir Mirak Naqqoshning ijodxonasida Kamoliddin Behzod
ta’lim olganligi ma’lum. 
Behzod madaniyat va san’atning rahnomasi Alisher Navoiy dahosidan
yetarlicha bahramand bo’laolganligi ko’pgina adabiyotlarda ta’kidlangan. O’z
davridayoq Alisher Navoiy portretini yaratish borasida Kamoliddin Behzod
samarali ijod qiladi. Shuningdek, Navoiyining hayotiga bag’ishlangan va
Navoiy portreti tasvirlangan asarlari tufayli Hirot madaniyat olamida taniladi.
Asta – sekin Behzod Hirotda katta hurmatga sozovor bo’la boshlaydi. Hayoti 
va ijodi davomida juda ko’plab nafis miniatyura asarlarini yaratib, tasviriy san’at 
tarixida o’lkan madaniy meros qoldiradi. 
Kamoliddin Behzodning Mavlono Mirak Naqqosh, Alisher Navoiy, kabi 
ko'plab ma'rifatparvarning ta'sirida buyuk musavvir va minyaturist bo'lib yetishdi. 
Ayniqsa, bunda uning san'at va nafosatga zo'r ishtiyoqi, mehnatsevar va 
zahmatkashligi ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Behzod asarlarida dunyodagi 
bitmas - tuganmas go'zallik, tevarak - atrofni o'rab olgan ijtimoiy muhit, hayotiy 
lavhalar, inson va uning turli munosabatlari asosiy mavzu qilib olingan. Ayniqsa, 
mehnatkash xalq vakillari mehr - muhabbat bilan real tarzda go'zal bo'yoqlarda 
tasvirlangan. Behzod asarlarida yashil o'tloq, ulkan tog'lar, zilol suvlar turli ranglar 
vositasida uyg'unlashib, qirmizi chechakli daraxtlar, chug'dek xilma - xil gullar, 
feruza zamin uzra go'zal tabiat manzarasini yuzaga keltiradi. Bunda Behzod 
mo'yqalamining aql bovar qilmaydigan darajada nozikligiga shubxa qolmaydi. 
Me'morchilik obidalari, o'tmish madaniyatimiz aks ettirilgan lavhalarida esa, 
Behzodning O'rta Osiyo xalqlari san'ati tarixida birinchi insonparvar musavvir 
ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Shu sababdan ham Kamoliddin Behzodning 
minyaturalari yoshlarga tugal ma'naviy o'zuqa beradi, ularning estetik didini 
rivojlantiradi. Shu narsa aniqki, nafis mo'jaz rasmlar ilmiy va tarixiy asarlarning 
nodir qo'lyozmalarini bezashga xizmat qilgan. Kamoliddin Behzod ham o'z 
davrining eng ulug' olimi, shoir va mutaffakkirlarining asarlariga zo'r mahorat 
bilan tasvirlar yaratgan. Sh.A. Yazdiyning "Zafarnoma", Adburahmon Jomiyning 
"Solomon va Ibsol", Amir Hisrav Dehlaviyning "Hamsa", shoir Sa'diyning 
"Bo'ston", shoir Abdullo Xotifiyning "Temurnoma" kabi ko'plab asarlarini 
Kamoliddin Behzod o'zining go'zal minyaturalari bilan bezagan. Bunda 
tasvirlarning mazmuni nihoyatda aniq va sodda, tushunarliligi o'quvchilarning 
badiiy tafakkurini o'stirishda katta ahamiyatga egadir. Kamoliddin Behzodning 
Muhammad Shayboniyxon tasviri ana shunday tasvirlardan biridir. Musavvir 
asarda xon rasmini bezaksiz oddiy kiyimda tasvirlagan bo'lib, uning barcha 
holatlarini tushunarli tarzda ochib bergan. Masalan: tasvirda Shayboniyxonning 
salobatli - qomati, jismoniy kuch va irodaga ega ekanligi, aql - zakovati va o'tkir 
zehnligi, sofdilligi ko'zga tashlanadi. Musavvir Shayboniyxon tasvirini yaratishda 
uning o'ng qo'li bosh barmog'idagi (o'q yoy otganda taqiladigan) xalqasi orqali 
mohir janchiligini ham ustalik bilan ifoda eta olgan. 
Kamoliddin Behzod ijodining xalqchiligi shundaki, u mehnat manzarasini zo'r 
mahorat bilan xaqqoniy tasvirlaydi. Zeroki, Behzod yashagan davr har qancha og'ir 
bo'lsa ham, u o'z davrining barcha azob - uqubatlarini, g'am - anduhlarini, qayg'u 
hasratlarini hamda ilg'or ijtimoiy g'oyalarini, an'analarini, o'zining asarlarida 
moxirona tasvirlagan. Bu esa, Behzodning o'z zamonasida nihoyatda chuqur 
xalqparvar va oliyjanob g'oyalar sohibi, zabardast realist musavvir ekanligidan 
darak beradi. Shu sababdan Kamoliddin Behzod asarlari yetuk va barkamol nafis 
tasviriy san'at asarlari sifatidan juda muhim estetik ahamiyatga egadir. Vaholanki, 
Behzod ijodida boshdan - oxirigacha estetik jarayon mavjud bo'lib, u to'liq ifoda 
etilgan. Shu boisdan ham Behzod asarlari go'zal tasviriy san'at asarlari sifatida 
yoshlarga ma'naviy ozuqa va estetik zavq baxsh etib kelmoqda. Behzod o'zining 
sermahsul hayoti va ijodi davomida o’lkan san'atkorlar, maktabini yaratdi va 
o'zining sehrgar san'atining sir - asrorlarini ehtirosli va fidoyi shogirdlariga baxsh 
etdi. Kamoliddin Behzodning nafosatga boy jozibali maktabini keng va chuqur 
o'rganish shu kunning muhim masalalaridan biridirki, buning uchun avvalo, barcha 
badiiy maskanlarida yoshlarga Behzodning hayoti va ijodini ilmiy jihatdan 
mustahkam o'rgatish zarurdir. Chunki o'tmishda o'rta va yaqin Sharq, O'rta Osiyo 
xalqlarining hayoti va turmush sharoitlari, real tarixiy voqea va hodisalar, o'sha 
davrdagi xalqlarning kiyim kechaklari, asbob - uskunlari, shug'ullanadigan 
mashg'ulotlari, ulkan xalq shodiyonalari, yig'inlari Kamoliddin Behzodning nafis 
minyaturasida zo'r mahorat va xaqqoniyat bilan tasvirlangan. 
Kamoliddin Behzod asarlarida ifodalangan voqelikni his va idrok etish, 
yoshlarning hayotni bilishlarida tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Eng muhimi ularda estetik hissiyot va ehtiyoj, insoniy munosabatlar tarkib topadi, dunyoqarashi 
takomillashadi, ma'naviy va estetik kamoloti mukammal bo'ladi. Biroq hozirgi 
kunga qadar ham o'quvchilarning badiiy - estetik tarbiyasida keng ijobiy 
imkoniyatga ega bo'lgan mo'jaz san'atdan samarali foydalanishga jiddiy e'tibor 
berilayotir. Natijada talabalar Behzodning yuksak badiiy mahorat bilan yaratgan 
asarlarining mazmuni va chuqur g'oyasni to'g'ri tushunish va anglashda 
qiynalishmaydi. Aksincha, nafaqat Kamoliddin Behzod ijodini xatto, uning 
ta'limini olgan qator shogirdlari ijodini o'rganish ham muhim hisoblanadi. Chunki 
uning shu uslubda shogirdlari ijodida ham o'z aksini topgan. U har bir iste'dodli va 
umidli yoshlarga o'z san'ati sirini jonu - dili bilan o'rgatib, ularni ilm - fan, san'at 
yo'liga olib kirgan. Uning shogirdlari ham minyatura san'atini Behzod uslubida 
rivojlantirganlar. 
Kamoliddin Behzodning iste'dodli shogirdlaridan Sulton Muhammad, Qosim 
Ali, Mavlono Darvish Muhamad, Muzaffar Ali, Yusuf Mullo, Rustam Ali, Shox 
Muzaffar, Mir Said Ali, Muhammad Muzahhib kabi ko'plab shodirdlari ijodini 
o'rganish, bugingi kunda yoshlar badiiy ijodining (usta shogirdlik asosida) 
yuksalishiga ijobiy ta'sir etadi.
Noyob qo`lyozma kitoblarga ishlatilgan miniatyura san`atining katta bir qismi 
Zahiriddin Muhammad Boburning ,, Boburnoma” kitobiga zarb etilgan. Atoqli 
adabiyotshunosh 
olim 

Hamid Sulaymonovning 


sayharakatlari 
evaziga
“Boburnoma”ga ishlangan bebaho miniatyura rasmlar alohida kitob holida nashr 
qilingan. Unda jamlangan suratlarning birinchisi XVII asr boshlarida ishlangan 
hushtab shoirona qiyofadagi Zahiriddin Muhammad Bobur siymosidir 
Keyingi davr miniatyurani rassomlari haqida ma’lumotlar juda kam bo`lsada, 
ular yaratgan asarlar horijiy davlatlardagi ko`pgina muzey va kutubxonalarning 
qimmatli xazinalari sifatida saqlanib kelmoqda. 
XVIII—XIX asrlarda ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan Muhammad 
Muqim, Ahmad Kalla, Ahmad Donish, Mulla Xusniddin, Mulla Ortiq, Rahmatiy, 
Ibrohim Davron kabi rassomlar faoliyati e’tiborga molikdir. Masalan, O`zbekiston 
san’atshunoslik institutida saqlanayotgan XIX asr boshlarida Ahmad Donish 
tomonidan ishlangan «Majnun sahroda» deb atalgan miniatyura o`lkamiz tabiat 
manzarasini aks ettirishi bilan alohida qimmatga ega. Xuddi shuningdek, XIX asr 
miniatyura san’atining xarakterini Ahmad Kalla ishlagan rasmlarda ham ko`ramiz. 
Xulosa qilib aytganda, bu davrda ham O`zbekiston tasviriy san’atida, miniatyura 
mo’jaz san’ati keng miqyosda taraqqiy etgan. 
Tarixiy manbalarga kо’ra, surat solingan lakli qutichalar XVI asrda Buxoroda 
yasalgan ekan. Bu davrdagi lakli miniatyura namunalari bizgacha еtib kеlmagan, 
hunarmandchilikning bu turiga xos bо’lgan kо’pgina ishlab chiqarish jarayonlari 
esa unutilib kеtgan. 1960 yillarda O‘zbеkistonning bir qator musavvirlari va xalq 
ustalari ushbu ajoyib san'at turini qayta tiklashga bеl boqladilar. Ular orasida 
taniqli o‘zbеk musavviri Chingiz Axmarov va uning shogirdlari Javlon 
Umarbеkov, Bahodir Jalolov hamda оsha paytda yosh, navqiron san'atkorlar 
Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muxammadjonov, Abduvosit Qambarov, G’ayrat 
Kamolov, Munira Sotiboldiеva va boshqalar bor edi. Ijodiy ustaxona tashkil etilib, 
unga o‘z asarlarida Sharq miniatyurasining kо’p asrlik an'analarini izchillik bilan 
rivojlantirib kеlayotgan musavvir Chingiz Axmarov rahbarlik qildi. O‘zbеkiston 
musavvirlarining ijodiy amaliyotida san'atning yangi turi-lakli miniatyuraning 
paydo bo‘lishiga asos bо’ldi. Lakli miniatyura san'atining shakllanish jarayoni 
murakkab kеchdi.
Shomaqmud Muqammadjonov o’z ijodi davomida lakli miniatyura bilan 
shug’ullanadigan ilk musavvirlar avlodi uchun iborat bо’ldi. O‘rta asr Sharq 
miniatyurasi, uning tеxnologik usullariga oid chuqur bilim va ayni chog’da 
akadеmik dastgoqli rangtasvir malakalari Shomahmud Muxammadjonovda o‘ziga 
xos badiiy uslubning shakllannishiga zamin bо’ldi. U naqshlarda o‘rta asrlar 
miniatyurasi qonunlariga amal qiladi. Musavvir qaxramonlari ruhiy qolatini qiyofa, 
vaziyat, imo-ishoralar, ranglarning ramziy ma'nolari orqali aks ettiradi. Biroq 
Shomahmud Muhammadjonov O‘rta asrlardagi ustalardan farqli ravishda, 
miniatyura san'atining an'anaviy tizimiga zamonaviy muallifning o‘ziga xos badiiy 
tafakkurini ham singdirishga harakat qiladi. U O‘zbеkiston tasviriy san'atida 
an'analar va zamonaviylikning uyg’unlashuvidan iborat o‘ziga xos yunalishning 
asoschilaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda yoshlarni, mo’jaz miniatyura san’ati asarlari bilan yaqindan 
tanishtrish, badiiy tahlil qilishga o’rgatish, estetik dunyo qarashlarini 
shakllantrishda katta ahamiyatga ega.
Xulosa
Mustaqqilik davrida kelajagimiz bo’lgan yoshlarni munosib insonlar bo’lib 
yetishishida barcha ilm fan va san’at arboblari o’zlarining ijod faoliyatlariga 
yangicha tus, yangicha mohiyat berib mehnat qila boshladilar. Maqsad esa bitta. 
Yangi avlod, komil insonni tarbiyalash va tezlikda taraqqiy etib borayotgan 
turmush tarzida o’z o’rnini munosib egallashida yordam berishdir. Tabiiyki, milliy 
qadriyatlarni, tarixni bilmay turib millat ravnaqiga erishib bo’lmaydi. Zero, 
yurtboshimiz takidlaganlaridek, “O’tmishini bilmay turib, kelajakni qurib 
bo’lmaydi”. Mana shunday muammolarni bartaraf etishda miniatyura asarlarini 
idrok etish muhim ahamiyat kasb yetadi.
O’rta Osiyo miniatyura san’atini o’rganishimizda qadimgi O’zbekiston 
rangtasvir san’atiga etibor bermasdan ilojimiz yoq. O’zbekiston hududiga mansub 
qadimgi rangtasvir san’ati o’ziga xos bebaho namunalariga ega. Bulardan, 
Samarqandning o’rni Afrosiyob, Surxondaryoning Bolaliktepa, Buxorodagi 
Varaxsha, Panjikentdagi devoriy rangli tasvirlar diqqatga sazovordir. Miniatyura 
san‘artining eng katta va o’ziga xos taraqqiy etgan davri bu asosan
Temuriylar davri hisoblanadi. XIV – XV asrlarga kelib qo’lyozma
kitoblarning qayta ko’chirilishi natijasida ko’plab tasviriy san’at namunalari
yuzaga keladi va ular kitobat san’atini yanada boyitadi. Bu asarlarda asosan
shoh, saroylardagi hayotiy voqyealar tasvirlab beriladi. Olim Naim
Norqulovning ma’lumot berishicha, Boysunqur Mirzo Hirot nafis va tasviriy
san’ati anjumani ( akademiyasi) ni tuzgan. Nomlari jahon tasviriy san’ati
tarixida muhim o’rin yegallangan Xo’ja G’iyosiddin Haraviy, Amrshohiy
Sabzavoriy, Mirak Naqqosh, Halil Mirzo Shohruhiy, Sulton Ibrohim, Sultonali
Mashhadiy, Mavlona Ja’far Turbatiy Hirot akademiyasi tashkilotchilari edilar.
XVIII—XIX asrlarda ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan Muhammad Muqim, 
Ahmad Kalla, Ahmad Donish, Mulla Xusniddin, Mulla Ortiq, Rahmatiy, Ibrohim
Davron kabi rassomlar faoliyati e’tiborga molikdir. XX asr va XXI asr boshida 
O’zbekiston rangtasvirida milliy yunalishning hayot bilan bevosita bog’liq va 
mavzu hamda uslubiga ko’ra ancha rang-barang bo’lgan yo’li ham rivojlanadi. 70-
yillardagi avlod orasida bu yo’nalish vakillari asosan B. Jalolov, J. Umarbekov, 
T. Muhamedov, Sh. Abdurashidov va A. Mirzayevlar ijod qilishgan. Ular syujet va 
obrazlarning hayotiy ishonarliligini saqlab qolgan holda, kundalik voqeylikni 
ulug’vor va sirli ma’noga to’liq borliqqa aylantirishadi. O’zbek lokli miniatyurasi 
tashabbuskorlari — taniqli rassom Chingiz Ahmarov rahbarligi ostida ishlab turgan Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muhammadjonov, Abdubosid Qambarov, 
Natalya Soy, Munira Sotiboldiyeva, G’ayrat Kamolov, Abdug’ani Aldashevlarning 
dastlabki asarlari yaratildi. 
Miniatyura san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto 
uni idrok qila bilishda ham muayan tayyorgarlikni talab qiladi. Miniatyurada 
ishlangan rasmlar tamoshabinga juda katta badiiy estetik ta’sir etib u nafosat 
olamiga etaklaydi. Miniatyurada faqatgina narsa va voqyealar emas, balki 
musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi.
Miniatyurada rasm ishlashning o’ziga xos tamonlari bor. Unda rang 
pespektivasi, chiziqli pespektiva, havo pespektivalaridan foydalanilmaydi. O’rta 
asrlar miniaryura san’ati bilan hozirgi davr zamonaviy miniatyura san’atining, 
ishlanishida farq qiladi. Zamonaviy miniatyura san’atida odamlar tasviridagi 
kiyimlarda turli tasvirlar va bezaklar berilishi, jim-jimodorlik kuzatiladi.
Xulosa qilib aytganda, miniatyurada rasmlari ishlash, va uni o’rganish tabiat 
go’zalliklarini ko’ra bilishga, hamda yoshlarda estetik didni rivojlanishida 
ahamiyati katta. Shunigdek yoshlarda vatanparvarlik xissini uyg’otib, ajdodlar 
merosiga milliy g’urur bilan nazar tashlashlarida muhim omil bo’la oladi. Bu esa 
o’z navbatida yosh avlodning o’tmishga to’g’ri munosabat bildirib, kelajakka 
ildam qadam tashlashlariga yordam beradi. Bugungi kunda, O’zbekiston diyorini 
yanada ko’rkam va chiroyli bo’lishida, shuningdek kelajak avlodni barkamol
insonlar bo’lib, yetishishida, miniatyura san’atining o’z o’z orni bor.
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. I. A. Karimov. Yuksak ma’naviya yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008. 
nashriyoti. 
2. I. A. Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda T., “O’zbekiston”, 1996
3. M. Nabiyev. Rangshunoslik T., “O’qituvchi”, 1995
4. N. Oydinov. Rassom-o’qituvchilar tayyorlash muammolari. T., “O’qituvchi”, 
1997. 
5. S.S.Bo’latov. Rangshunoslik. T., O’zbekiston faylasuflari milliy nashriyoti 2009
6. B. Boymetov. N. Tolipov. Maktabda tasviriy san’at to’garagi. T., 1995
7. S. Uralov. Mo’jiza yaratish san’ati. T., “Mehnat”, 1996
8. N. Oydinov. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. T., “O’qituvchi’, 
1997
9. R. Xasanov. Tasviriy san’at asoslari. T., G’.G’ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi. 2009
10. S.F.Abdurasulov. Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi. T., “ILM – ZIYO”, 2011 
11. Shoxalil Shoyoqubov. Zamonaviy O’zbekiston mimiatyurasi.T.,“O’zbekiston”, 
2006 
12. P. P. Shabaratov. Miniatyura. T. “Iqtisod - moliya” nashriyoti. 2011 13. R. Xasanov. Maktabda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi. T. “Fan”, 2004
14. B. Boymetov. Qalam tasvir. T. “Musiqa nashriyoti”, 2006
15. G’. M. Abduraxmonov. Tasviriy san’at kompozisiyasi. T., 1996 
16. B.T. Maxmudov. Dasgohli rangtasvirda kompozisiya. T., 2009
17. D. A. Nazilov. Kompozisiya asoslari. T., “Yangi asr avlodi”, 2009 
19. www. tdpu.uz 
20. www. pedagog.uz 
21. www. Ziyonet.uz 
22. www. nbgf.intal.uz 
23. tdpu-INTЕRNET. Ped 
www.nbgf


.
Yüklə 288,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin