I bob. Kimyoviy kinetika va muvozanat kimyoviy reaksiyaga ta’sir etuvchi omillar 6



Yüklə 218 Kb.
səhifə12/18
tarix14.05.2022
ölçüsü218 Kb.
#57912
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Kimyoviy reaksiyaga ta’sir etuvchi omillar

3-TAJRIBA. Temir (III) xloridning kaliy yodid bilan reaksiyasi.

a) Toza probirkaga temir (III) - xloridning 0,5 n eritmasidan 2 ml quying va unga shuncha miqdorda kaliy yodid eritmasidan qo`shing, reaksiya natijasida yod ajralib chiqadi.

Ajralib chiqqan yodni bilish uchun uning yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan 2 ml quying, natijada yod kraxmal ta'sirida ko`karadi. Bu esa reaksiyani kuzatishga yordam beradi .

b) Uchta toza probirka olib, biriga 4 ml KJ eritmasidan, ikkinchisiga 2 ml KJ va 2 ml suv, uchinchisiga esa 1 ml KJ va 3 ml suv quying. Uchchala probirkaning har biriga 2 ml dan yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan quyib, yaxshilab aralashtiring.

Shundan so`ng sekundometrni yurgizib birinchi probirkaga (1-probirkada 4 ml KJ va 2 ml kraxmal bor) 2 ml temir (III) xlorid eritmasidan quyib, ko`k rang kirish vaqtini belgilab qo`ying. Ikkinchi probirkaga (2 probkada 2 ml KJ, 2 ml suv, 2 ml kraxmal eritmasi bor) temir (III) xlorid eritmasidan 2 ml quying va ko`k rang kirish vaqtini belgilab yozing va uchinchi probirkaga (3-probirkada 1 ml KJ 3 ml suv, 2 ml kraxmal eritmasi bor) temir (III) xlorid eritmasidan 2 ml quying va rang kirish vaqtini belgilab yozing. Uchinchi probirkaga (3 probirkada 1 ml KJ, 3 ml kraxmal eritmasi bor) temir xloridning 2 ml eritmasidan quyib, ko`k rangga kirish vaqtini yozing. Tajriba natijalarini quyidagicha yozish mumkin.




Probir

ka nomeri



KI miqdori ml

Suvning miqdori? ml

Karxmal, ml

мl


KI ning nisbiy kons

Ko’karish vaqti t-sek.

Reaksiaya tezligi

1

4

0

2

2

1







2

1

2

2

2

0.5







3

1

3

2

2

0.25






Tajriba nihoyasiga yetgach, koordinat sistemasining absissa o`qiga KI ning nisbiy konsentrasiyasi, ordinata o`qiga reaksiya tezligini qo`yib, konsentrasiya reaksiya tezligiga qanday ta'sir qilishi haqida xulosa chiqaring.




Yüklə 218 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin