5-TAJRIBA. Kimyoviy reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining katta kichikligiga bog`liqligi.
Geterogen sistemalarda moddalar ikki faza orasida reaksiyaga kirishadi. Modda qancha mayda bo`lsa, kimyoviy reaksiya shuncha tez ketadi. Buni tajribadan ko`rish uchun yupqa alyuminiy bo`lakchasidan temir qisqich yordamida olib, spirt lampa alangasida tutilganda alyuminiyning kislorodda yonishi sezilmaydi. Lekin alyuminiy kukunidan shpatel uchida ozroq olib, alangaga tutilsa alanganing rangi o`zgaradi.
Tajriba nihoyasiga yetgach, sodir bo`lgan reaksiya tenglamasini yozib reaksiya tezligi haqida xulosa chiqaring.
Dostları ilə paylaş: |