Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi
faoliyat yuрitayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushiрishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida
amalga oshiriladi:
- korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;
- korxona muassislarini tanlash;
- taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish;
- korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini
aniqlash;
- korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
- davlat ro’yxatidan o’tish;
- muhr, shtamp va boshqa рekvizitlarni tayyorlash;
- soliq idoralarida рo’yxatdan o’tish.
Yangi korxona ochishdan maqsad.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi.
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish.
- ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni xal qilish.
- ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish.
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish.
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish.
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Xususiy korxonalar to’g’risida” gi qonunga asosan korxona mulkini 6ta xil manbadan shakllantirish mumkin9
Korxona mulkini shakllantirish manbalari:
1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari;
2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar.
3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar;
4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar;
6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk;