I bob. Krivoship-shatun mexanizmi (kshm) vazifasi, turlari va ularning kinematik sxemalari


-Rasm. V simon dvigatelning slindrlar blogi



Yüklə 165,06 Kb.
səhifə5/10
tarix21.10.2023
ölçüsü165,06 Kb.
#159171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
45 markali po\'latdan tayorlangan

4-Rasm. V simon dvigatelning slindrlar blogi.

Silindrlar kallagining o’rtasi kovak bo’lib, unda sovutuvchi suyuqlikni kiritish, chiqarish uchun teshiklardan iborat suv g’ilofi mavjud. Sovutuvchi suyuqlik suv g’ilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar kallagini silindrlar bloki bilan zich tutashtirish maqsadida ular orasiga po’lat asbestli qistirma qo’yiladi va shpilka yoki boltlar bilan qotiriladi.[11]


Mexanik ishlov berilgan detalningng yuzasining sifati quyidagi asosiy ikki xususiyati bilan xarakterlanadi: a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari; b) yuzaning g‘adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi). Detaining sirt qatlamini fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bogiiq boiadi. Mexanik ishlov berish jarayonida hosil boigan issiqlik va kuchlar ta’sirida metallning sirt yuzasini xususiyatlari o‘zgaradi, yaoni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar pay do boiadi, naklyop sodir boiadi, bularning barchasi plastik deformatsiya asosida vujudga keladi. Naklyoplanish darjasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik defoimatsiyani qanchalik chuqurlikda ta’sir etishiga bogiiq. Bu holat o‘z navbatida kesish ma’romlariga bogiiq boiadi. Geometrik nuqtai nazaridan ishlov berilgan yuza quyidagi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi: a) yuzaning makrogeometriyasi boiib, u to‘g‘ri geometrik shakldan ogish bilan ifodalanadi (ovallilik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar); b) yuzaning toiqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi taxminan bir xil toiqinsimon ogishlar; v) yuzaning mikrogeometriyasi yoki yuzaning g‘adirbudirligi.
Porshenlar, porshen halqalari va barmoqlari. Dvigatelda sodir bo’ladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen vositasida bajariladi. Ish sharoitida, ayniqsa siqish va ish yo’li taktlarida yuqori bosimga va haroratga ega bo’lgan gazlar ta’sirida porshen qiziydi va yediriladi, bundan tashqari, unga o’zgaruvchan inersiya kuchlari ta’sir etadi. Shu sababli porshen tayyorlanadigan material quyidagi talablarni qanoatlantirishi: issiqlik o’tkazuvchi, yedirilishga chidamli, mustahkam va yengil bo’lishi kerak. Porshen alyuminiy qotishmasidan yoki cho’yandan yasalishi mumkin. Avtomobil dvigatellariga asosan AL25, AL30 yoki AK10, M2H belgili, alyuminiy qotishmasidan yasalgan porshen o’rnatiladi, chunki bu materialdan tayyorlangan porshen yuqoridagi talablarga to’laroq javob beradi. Masalan, alyuminiy qotishmasida yasalgan porshenning cho’yan porshenga nisbatan og’irligi kichik, ishchi temperaturasi kam va issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori. Lekin alyuminiy qotishmasining cho’yanga nisbatan yuqori haroratda kengayish koeffisienti va yedirilishi ko’p, mustahkamligi esa pastroq. Bu kamchiliklarning ba’zilarini alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan porshen konstruktiv o’zgarish kiritish bilan yo’qotiladi. Porshen to’ntarilgan stakan shakliga ega bo’lib, tub qismi, zichlovchi qismi – kallak yo’naltiruvchi qismi – yondor (yubka)dan iborat.




Yüklə 165,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin