I bob maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xususiyatlari


Maktabgacha tarbiya yoshida ijodiy faoliyat jarayonida ko`rgazmali –obrazli tafakkurni rivojlantirish



Yüklə 44,64 Kb.
səhifə5/7
tarix24.06.2022
ölçüsü44,64 Kb.
#62236
1   2   3   4   5   6   7
Noila rivojlanish

2.2 Maktabgacha tarbiya yoshida ijodiy faoliyat jarayonida ko`rgazmali –obrazli tafakkurni rivojlantirish
Bolalar tafakkurini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish borasida doimo izlanishlar olib borilgan. Turli nazariyalar va turli metodikalar ishlab chiqilgan. Ushbu nazariyalarni bolalarning yosh davrlari xususiyatlari va tafakkur bosqichlariga xoslangan holda taqdim etish borasidagi tadqiqotlar esa kam uchraydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar obrazli tafakkurini shakllantirishda sahnalashtirsh faoliyatidan foydalanish va bu jarayonda bir qator metodlardan foydalanishning avfzallik jihatlari haqidagi ma’lumotlarga to‘xtalamiz [2-4].Bolalar obrazli tafakkurini o‘stirshda ijodiy masala va topshiriqlar beriladi, va bu topshiriqlarni bajarishda turli usullardan foydlanish tushuntiriladi. Bunday ijodiy muammolarni hal qilish usullarini tabiiy va suniyga bo‘lish mumkin. Tabiiy usullarga tajriba-sinov va xulosalash kabilardan iborat. Ulardan foydalanish orqali bolalar yangi g‘oyalar va ularning amaliy sinovlari bilan tanishadilar. Ushbu texnologiya an’anaviy ravishda “ijodiy izlanish” deb nomlanadi.Vazifa qanchalik qiyin bo‘lsa, uni hal qilish uchun ko‘proq sinovlar talab qilinadi, bunda suniy usullarga murojaat qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ijodiy muammolarni hal qilishning sun’iy usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
 ijodiy texnologiyalar; (evristik metodlar, analitik ijodiy usullar);
 g‘oyalarni shakllantirish usullari;
 ijodiy algoritmlar.
Evristik metodlar – bu muammoni hal qilishga yordam beradigan ijodiy harakatlar va holatlarni tashkil etishga qaratilgan usullar majmuidir. Analitik ijodiy usullar – bu vazifani tuzish, uni tahlil qilish va ehtimoliy yechim topishga qaratilgan usullardir. Qisqa vaqt ichida ijodiy muammolarni hal qilish uchun ko‘plab variantlar va g‘oyalarni olish imkonini beradigan g‘oyalarni ishlab chiqarish usullari – bu qatiiy tuzilgan texnologiyalar (harakatlar tartibi, ko‘rsatmalar, evristik usullar va texnikalar, ijodiy muloqotni tashkil etish talablari kabilar) hisoblanadi
Ijodiy algoritmlar – bu aniq tuzilgan texnologiyalar bo‘lib maxsus o‘quv tizimi, ma’lum bir tafakkurni shakllantirish, harakatlar tartibi, retseptlar, usullar va evristik texnikalar, muammolarni hal qilish standartlari, ijodiy muloqotni tashkil etish talablari kabilar kiradi. Bu usul muammoning aniqlanish sohasini qidiruv maydonini aniq belgilashga imkon beradi. Ijodiy faoliyatda muammoning echimini topishga qaratilgan usullar.
Evristika – ijodiy jarayon qonunlari haqidagi fan, asosan, ongni ozod qilish va psixologik inersiyani yengish uchun ishlatiladi, bu ijodiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Evristik uslublar. Inversiya texnikasi – bu muammoga boshqa, notanish tomondan qarash. G‘oyani qidirayotganda, ko‘pincha mantiq va aql-idrok bilan belgilanadigan an’anaviy qarashlardan farqli o‘laroq, muammoning yechimini qidirish yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartirish orqali topish mumkin. Ko‘pincha, mantiqiy fikrlash usullari va protseduralari samarasiz bo‘lib chiqadigan vaziyatlarda, yechimning qarama-qarshi alternativasi maqbuldir.
Analogiyani qabul qilish masalalarni yechishda mantiqni qo‘llash kerak, 4 xil analogiya ishlatiladi:
 to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik ko‘rib chiqilayotgan muammo boshqa tarixiy,
ijtimoiy, etnik, kasbiy sharoitda hal qilingan shunga o‘xshash muammo bilan solishtiriladi.
 shaxsiy o‘xshashlik yoki empatiya: muammoni hal qilayotgan odam o‘zini ijodiy
vazifaning ob’ekti bilan tanishtirishga harakat qiladi;
 ramziy o‘xshashlik - maxsus atama (ijodiy vazifaning mazmuni) mohiyatini umumlashtirish, badiiy obraz orqali yetkazishga urinish. metafora, taqqoslash, ya’ni bir ob’ektning xususiyatlarini boshqasining xususiyatlari bilan aniqlashga harakat qilish;
 hayoliy o‘xshashlik: ijodiy muammoning echimi, o‘zicha, fantastik obyektlar yordamida, kim xohlasa, shunday ko‘rinadi.
Bissotsiatsiya texnikasi: o‘xshash yoki shunga o‘xshash masalani hal qilish uchun ma’lum bo‘lgan ikkita mantiqiy dasturning kombinatsiyasi qo‘llaniladi, bu uning echimiga olib kelishi kerak. Bissotsiatsiya texnikasidan muvaffaqiyatli foydalanishga misol sifatida I. Gutenbergning matbaa ixtirosi keltirilgan: u uzumni presslash va tangalarni zarb qilish texnologiyasidan bisotsiatsiya qurdi. Natijada birlashgan yechim: harflar to‘plami va bu to‘plamni qog‘ozga bosish texnalogiyasi paydo bo‘ladi.Analitik ijodiy usullarning kelib chiqish tarixi turli davrlarda turli shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan. Aql xaritasi deb nomlangan fikrlash jarayonining grafik ko‘rinishini T. Buzan taklif etgan. Uning bu usulini "Ijodiy grafik" ham deb nomlashadi. U ijodiy muammolarni avval grafik shaklda yechimga olib boruvchi chizmalarni birlashtirish orqali erishiladigan natija muammoni hal qilishning samarali usuli ekanini ta’kidlaydi.
A. Osbornning “Tekshirish varaqasi” usuli. Bu usul individual rejimda ham, kollektiv ijodkorlik rejimida ham qo‘llanilishi mumkin [5-10].
Morfologik tahlil usuli. Morfologik tahlilning yaratilishi ikkita nom bilan bog‘liq: O‘rta asrlar rohibasi Raymond Luli (taxminan 1235–1316) va 20-asr o‘rtalarida AQShda ishlagan shveytsariyalik astrofizik Frits Zviki. Zviki uslubi rang, shakli va tuzilishi kabi obyekt parametrlarining mumkin bo‘lgan turli xil kombinatsiyalarini aks ettirish orqali maqbul yechimni ajratishga imkon beradi. “Aqliy hujum” usulida, kishi qanchalik bemani tuyulmasin, xayoliga birinchi nima kelsa, shuni aytadi. Miyaga kelgan birinchi fikr esa ko‘pincha maqbul va orginal yechim bo‘lishi mumkin.Aqliy hujum usulining davomlaridan biri sinektika usulidir. Sinektika tarjimada “o‘xshash bo‘lmagan elementlarning kombinatsiyasi” degan ma’noni anglatadi va miya
hujumining evristik rivojlanishi hisoblanadi. 1950-yillarda Uilyam Gordon va Jorj Prins sinektika deb nomlangan ijodiy texnikani ishlab chiqdi. Metodologiyada ishtirokchilar ma’lum bo‘lgan narsani g‘ayrioddiy va g‘aroyib tarzda ma’lum qilishga harakat qilishadi .Ijodiy algoritmlar yuqorida muhokama qilingan ijodiy muammolarni hal qilish usullaridan farq qiladi, chunki ular murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ayniqsa, murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan, yechimini izlashda ko‘plab sinov va tajriba talab etiladi. Ijodiy algoritmlar foydalanuvchini o‘qitishning uzoq jarayonini va berilgan harakatlar dasturiga qat’iy rioya qilishni o‘z ichiga oladi. Evristik usullar – ijodiy tasavvurni kuchaytirish usullari, ijodiy dizayn muammolarini hal qilishning noan’anaviy usullarini topish, psixologik inersiyani yengish – bu evristik usullarning imkoniyatlari. Bu yanada oqilona va yangi dizayn echimlarini topish uchun amalga oshiriladigan retseptlar yoki ma’lumotlarni qayta ishlash tartiblari ketma-ketligi.Ijodiy muammolarni hal qilishning evristik usullari - bu qaror qabul qilish uchun eng ehtimolli strategiya va taktikani belgilaydigan, uni rag‘batlantirish va intuitiv fikrlashni, yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishni va shu asosda samaradorlikni sezilarli darajada oshiradigan, ijodiy muammolarning ma’lum bir sinfini hal qilishga qaratilgan printsiplar va qoidalar tizimi. Evristik usullarga quyidagilar kiradi: suhbat, savol va topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, muammolarni hal qilish, munozara. O‘qitishning evristik usulida, o‘qituvchi savol beradi, bolalar esa unga javob izlaydilar. Shunday qilib, talabalar tayyor bilimlarni olmaydilar, balki ularning echimini topishda faol ishtirok etadilar va shu bilan ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradilar.Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratgan E.P.Torrensning ham bu boradafi izlanishlari alohid e’tiborga loyiq. U bolaning ijodiy salohiyati va ijodiy qobiliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratilgan nazariy pozitsiyalarini tahlil qilgan. Torrens, bolaning rivojlanish sharoitlarini hisobga olish muhimligini ta’kidlaydi Faoliyat yondashuvi – bu bolalarning aqlan va jismonan ortiqcha yuklamalarsiz ta’lim muhitini o‘zlashtirish usullari va uslublari, bu erda har bir bola o‘zini namoyon qilishi, ijodkorlikdan quvonch hissini tuyushga o‘rgatish.
Tarixiy va madaniy bilimlar nazariyasiga (falsafa tarixi, ijtimoiy fanlar, san’at, ijtimoiy amaliyot) asoslanib V.T. Kudryavtsev va V.B. Sinelnikova (1995-yilda) maktabgacha yoshdagi bolalarning universal ijodiy qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy tizimlarning rivojlanish bosqichlarni taklif etdilar.V.T. Kudryavtsev va V.B. Sinelnikovlarning metodikasi bo‘yicha ijodiy qobiliyatlarning rivojlanish ko‘rsatkichlari:
1. Xayolot realizmining namoyon bo‘lishi – obyektning mohiyatini mantiqan tushunish holatida rivojlanishining yaxlitligi haqidagi obrazli g‘oyalarni topish.
2. Avval obyektning yaxlitligini, so‘ngra uning qismlarini aniqlash.
3. Ijodiy o‘zgarishlarning haddan tashqari vaziyatli-transformatsion yo‘nalishi muammoni hal qilish uchun mustaqil ravishda variantlar yaratish qobiliyati.
Yuqorida sanab o‘tilgan usullar maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlari darajasini, tasavvur realizmining namoyon bo‘lishi, birinchi navbatda obyektning yaxlitligini, so‘ngra uning qismini, ijodiy faoliyatning haddan tashqari o‘zgaruvchan yo‘nalishini aniqlashga imkon beradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatida tafakkurni rivojlantirish texnikasi va usullarini joriy etishga qaratilgan maxsus ishlarni olib borish zarur. Ijodiy qobiliyatlarni nafaqat maxsus mashg‘ulotlarda, balki rejim paytlarida, teatr faoliyatida faollik yondashuvi bilan mustaqil faoliyatni rivojlantirish mumkin.


Yüklə 44,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin