I bob maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xususiyatlari



Yüklə 44,64 Kb.
səhifə6/7
tarix24.06.2022
ölçüsü44,64 Kb.
#62236
1   2   3   4   5   6   7
Noila rivojlanish

II Bob bo`yicha xulosa
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqning o'sib borishi va uning kattalar bilan nutq orqali qilayotgan aloqasi kengayib borishi undagi tafakkurning shakllanishida, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning fikr qiladigan narsalar doira­si ham kengaya boradi. Bu narsalar doirasi bola o'zi bevosita idrok qili­nayotgan narsa chegarasidan ham chetga chiqadigan bo'lib qoladi. Maktab­gacha tarbiya yoshidagi bola o'zi shu onda idrok qilayotgan narsalar to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki o'zi ilgari idrok qilgan narsalar to’g'risida ham fikr qiladi. Maktabgacha arbiya yoshidagi bola xayolining o'sib borishi sababli u yaqin kelajak to'g'risida ham, ya'ni ertagi kun to’g’risida, bo'ladigan bayram to'g'risida, yaqinda yoz bo'lishi to'g'risida boshqa shu kabilar haqida fikr qiladigan bo'lib qoladi. Ertaklardagi voqealarni xayol qilishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri uchun material bo'ladi. Bog'lanishli nutq o'sib borgan sari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri faqat ayrim-ayrim hukmlardagina ifodalanib qolmas­dan, balki, shu bilan birga, muhokamalar tatiqasida ham ifodalanadi. Lekin bu muhokamalarda hamisha muayyanlik va izchillik bo'lavermaydi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'z muhokamalarida kopincha bir narsadan ikkinchi narsaga «sakrab» o’taveradi, o'zining tasdiqlab va inkor qilib aytgan so'zlarida zidlik borligini payqamaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`z muhokamalarida, asosan, analogiya (bir-biriga o'xshatish) yo'li bilan xulosa chiqaradilar. Maktab­gacha tarbiya yoshidagi bolalar maktab yoshiga yetay deb qolganlarida, ularda deduksiya va induksiya yo'li bilan xulosa chiqarish qobiliyati o'sa boshlaydi. Bolalar bunday xulosalar chiqarish shaklini kattalardan nutq bilan birgalikda o'rganib oladilar.
Umumiy xulosalar
Maktabgacha tarbiya yoshi — psixik rivojlanishning intensiv bosqichi hisoblanadi. Aynan mana shu yoshdan bolada juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya'ni psixofiziologik funktsiyalarning takomillashuvidan boshlab, to murakkab yangi shaxsiy obrazlarning paydo bo‘lishigacha bo‘lib o‘tadigan jarayonlar sodir bo‘ladi. Yangi obrazlarni, xayoliy hodisalarni analiz qilish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xosdir, ammo natijalar hamisha ijobiy bo‘lmasa ham, bolalar faoliyatini tahlil qilganimizda, biz shu narsaga amin bo‘ldikki, bolalar predmetlarni tasavvur qilibgina qolmay, ularning o‘zaro bog‘liqligini ham xayolan tasavvur qilar ekan. Tasavvurning rivojlanishi, tafakkurning shakllanayotgan jarayoni bilan tavsiflanadi, bu shakllanish bolaning xayoliy tasavvurlarining ixtiyoriy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Bunday imkoniyat 5-6 yoshli bolalarda yanada Yuqoriroq bo‘ladi, chunki bola yangi aqliy harakat usullarini juda tez o‘zlashtirib oladi. Aqliy faoliyatda yangi usullarning shakllanib borishi, tashqi predmetlarning harakatini o‘zlashtirib olishdagi bola xatti-harakati, ta'lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning obrazli tafakkuri rivojlanishi uchun eng maqbul imkoniyat davridir. 4-5 yoshli bolalarda ko‘nikma va malakalarning rivojlanishi hamda shakllanishida intensivlik ko‘zga tashlanadi, bu esa tashqi muhitni o‘rganishga zamin yaratadi. Aql rivojlanishidagi bunday ko‘rsatkich, ko‘rgazmali harakatli tafakkurga «tayyorgarlik davri» hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, bolaning o‘rab turgan atrof-muhitni o‘rganish jarayonida faktlarga asoslangan holda tasavvur va tushunchaga ega bo‘la olishiga ko‘mak beradi. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi, tafakkurning yangi turlari shakllanishiga, ya'ni ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu shu bilan ta'riflanadi-ki, bola muammoli vaziyatlarning echimini tasavvurlar shaklida qabul qilgan holda amaliy harakatlarni qo‘llamaydi. Maktabgacha tarbiya yoshining so‘ngida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning eng Yuqori formasi–ko‘rgazmali-sxematik tafakkurning rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. Ko‘rgazmali-sxematik tafakkur tashqi muhitni o‘zlashtirib olish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi, ya'ni har xil predmetlarni va hodisalarni umumlashtirishning modeli uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, tafakkurning ko‘rgazmali-sxematik formasi, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning asosiy negizi hamdir.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, 5–7 yoshli bolalar muammoli vaziyatlarning echimini topishda masalaga tafakkurning uch xil formasi bilan yondashar ekan. Bular:
1.Ko‘rgazmali - harakatli tafakkur;
2.Ko‘rgazmali - obrazli tafakkur;
3. Mantiqiy tafakkur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda asosan obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi rivojlangan bo‘ladi. So‘z-mantiqli tafakkur turi esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda endi rivojlanish davrida bo‘ladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektini diagnostika qilish uchun, birinchi navbatda obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turlariga e'tibor qaratish kerak Biz bayon qilayotgan psixodiagnostik metodikalar tafakkurning aynan mana shu ikki turiga taalluqlidir.
Obrazli – so‘z-mantiqli tafakkur ham, ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ham o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar har xil topshiriqlar echimini izlash bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Mana shu bog‘lanishlar va munosabatlar tufayli bolalardagi obrazli – so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni diagnostikalash uchun, biz har ikkala tafakkur turining muhim jihatlarini inobatga olgan holda, ushbu tafakkur turlariga beshtadan metodika tavsiya qilamiz.

Yüklə 44,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin