I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan talablar


bolalar nutqini rivojlantirishda ta`limiy o`yin va mashg`ulotlar ularga qo`yiladigan talablar



Yüklə 238 Kb.
səhifə3/5
tarix24.03.2023
ölçüsü238 Kb.
#89509
1   2   3   4   5
1572420b3d25ec448610279edb536f51 Bolalar nutqiga qo`yilgan talablar

2 . 1 bolalar nutqini rivojlantirishda ta`limiy o`yin va mashg`ulotlar ularga qo`yiladigan talablar
Kichkintoy uchun ta`lim shakillarda biri bu-ta`limiy o`yinlardir. Ta`limning o`yin shakli olk yosh davridan asosiy usuli hisoblanadi .Ta`limiy o`yin va mashg`ulotlari orqali bolalarning idroki rivojlantiriladi ,ular yoshiga mos bo`lgan ma`lumotlarni beradi ,ayrim muhim sifatlarni va malakalrni shakillantiradi.
Tarbiyachi ta`limiy o`yin va mashg`ulotlarni “bolalar bog`chasida ta`lim –tarbiya dasturlari ” asosida rejalashtiriladi.
Ta`limiy o`yin bolalarning aqliy tarbiyasi uchun muhim jarayondir . Mahg`ulotning vaqtida bolalarning aqliy rivojlanishida uchun zarur bo`lgan sifatlar , ya`ni diqqatnin bir joyga to`plash malakasinin hosil qiladi, ko`rsatilgan harakatlarni, aytilgan so`zlarni vujudga keladi.
Tarbiyachi bolalar diqqatini tortish ,qiziqishnin uyg`otish orqali aqliy rivojlanishning asosiy sifatlaridan biri bo`lgan qiziquvchanlik favoliyaatiga asossoladi .qiziquvchanlik tufayli kichkintoy mashg`ulotga jon-dili bilan qatnashadi,uni sabirsizlik bilan kutadi ,undan xursand bo`ladi.Kattalarni tinglashga ko`rsatilgan predmetlarni diqqat bilan qarashga o`rgangan bola ma`lum bir bilim hajmiga ega bo`ladi.U turli narsa –buyumlar haqida ko`p ma`lumotlarni ,yoki ularning nima uchun mo`ljallanganini , tashqi ko`rinishini xususiyatlarini ,shaklini rangini ,kattakichikligini ,hajmini og`irligini materyalning sifatini va ho kozolarni bilib oladi .Uning idroki rivojlanadi va tamminlashadi.
Ta`limiy o`yin mashg`ulotlari orqali bolalar o`z atrofdagilarning predmetlari , hodisalari haqidagi ma`lumotlarnin yaxshi o`zlashtirimb oladilar .
Shunindek ta`limiy o`yin mashg`ulotlari bolalarni qxloqiy tomondan tarbiyalshda ham ahamyatli .Ulardan asta-sekin tengdoshlari o`rtasida favoliyat ko`rsatish ta`siri o`tkazish malakalrini hosil bo`ladi bo`radi . Avval boshqa bolalarning yonida ularga halaqit bermasdan ,o`yinchoqlarni tortib o`chmasdan , o`zi ham boshqa narsalarga chalg`imasdan nimadir qilishni o`rganadi. So`ngara boshqa bolalar bilan birgalikda favoliyat ko`rsatishga o`rgatadi:o`yinchoqlar , suratlar , hayvonarni birga ko`radilar ,birga raqsaga tushadilar ,yuradilar va hokazo .
Bolada ilk bor boshqa bolaning harakatlarda qiziqish ,birgalikda quvonish kayfiyatlarini vujudga keltiradi.
Mashg`ulot vaqtidabolalarda o`zinin tuta bilishlik ,tashkilochilk maqsadga intiluvchanlik kabi sifatlar shaklillana boshlaydi .Ularda o`yinchoqqa suratga nisbatan ehtiyotorlik undan foydalanish kabi malakalarni paydo bo`ladi va takomillashib boradi.
Ilk yoshda atrofdagilarga munosabat ,katta ro`l o`ynaydi .Ta`limiy materyallarni ,o`yinchoqlarni qiziqish bilan kuzatatadi.Bu yoshda kattalar mehnatiga qiziqish ularning favoliyatlariga qatnashish istagi shakillana boshlaydi.
Shunindek ,mashg`ulot bolalarda estetk tarbiyani shakillantirishda ham katta ro`l o`ynaydi.Ta`limiy mareryallarni o`yinchoq rasmlarni tanlsh ,uni jihozlash va hokozolarni yaxshi chiroyli narsalarga nisbatan muhaggat hissini tarbiyalash maqsalarga xizmat qilishi kerak .Bazi mashg`ulotlar bolalarda badiiy –estetik tarbiya vazifalarini bajaishga qaratilgandir.
Shuni yaxshi esda tutish kerakimashg`ulotlar bolalarda yaxshikayfiyatni vujudag keltirish lozim Bolalarda mashg`ulot vaqtida vujudga kelgan yaxshi kayfiyat ,quvnoqlik his tuyg`ulari bolaning ilk yoshdagi davrida nutqining muvaqqiyatli rivojlanishiga zamin bo`lib kelgusida tarbiyachi uchun katta ahamyat kasb etadi.
Ta`limiy o`yin va mashg`ulotlar qiziqarli bo`lishi va nutqini rivojlanishga oid vazifalarning muvaqqiyatli n amalga oshishida tarbiyachi quydagi ta`limiy talablarga amal qilishi kerak

  1. Ta’limiy o’yin va mashg’ulotlar reja asosida tashkil etiladi. Tarbiyachi oldindan “Bolalar bog’chasida ta’lim – tarbiya dasturi”dan nutuqni rivojlantirishga taalluqli bo’limni yaxshi o’rganib, materialni taqsimlashda ketma – ketlik vaoddiydan murakkab tomon boorish ta’limiy prinsipga amal qilinadi.

  2. Dasturdagi ish vazifalari va mazmunning muvafaqqiyatli amalgam oshirishida mashg’ulotlarni takrorolash talab etiladi. Mashg’ulotlarni bir kunda ikki martadan to’rt martagacha takrorlash mimkin.

  3. Takrorlashdan keyin ham qiynalayotgan bolalar bilan yakkama yakka tarzda ishlash. Bu usul guruhdagi hamma bolalar bilan ortiqcha qayta takrorlashdan xalos etadi va zerikishning oldini oladi

  4. Mashg’ulotni emotsional tarzda, ta’sirchan qilib o’tkazish.

Mashg’ulotni takrorlash orqali guruhdagi hamma bolalarda mustahkam bilim va malakalarni hosil qiladigan keyin ham, ularda mashg’ulotga qiziqishini saqlash kerak. Shuning uchun, tarbiyachining ovozi quvnoq, samimiy, jo’shqin bo’lishi, mashg’ulotda qo’llaniladigan narsa – buyumlar jozibador (yorqin rangli, sinmagan, chiroyli) bo’lishi lozim.

  1. Ta’limiy prinsiplarning asosiylaridan biri bu ko’rsatmalilikning so’z bilan mos kelishi. Bolalarga narsalarni ko’rsatib shunday deyiladi; “bupiyoda, ayiqcha, qo’g’irchoq, kubik,uycha va boshqalar” harakat haqida “Hozir dazmolni olib, ko’ylakni dazmollayman” deyish mumkin. Tarbiyachi o’z so’zlari bilan bolaning diqqatini narsa – buyumining xususiyatlariga va sifatga yo’naltiriladi. Tarbiyachi predmetining nomini, xususiyatini, sifatini, harakatini aytish bilan bolalarda voqelik va predmet bilan ularni bildiruvchi so’z o’rtasida o’zaro aloqa vujudga keladi.

6. Mashg’ulotda bolalarning faol harakat qilishlariga imkon yaratish. Masalan; tarbiyachi bolalarga qafasdagi qush haqida gapirib beradi. Mashg’ulot oxirida u bolalarga qushcha qanday uchushini ko’rsatishni so’raydi. Bu bilan tarbiyachi bolalarning xona bo’ylab qo’llarini ikki yoyib yurib harakat qilishlariga imkon beradi.
7. Mashg’ulotning davomiyligi. Mashg’ulotning qancha vaqt davom etishi bolalarning mashg’ulotdagi faolligiga va imotsional holatdagi bog’liq. Tarbiyachi bolalarda charchoq alomatlari sezsa (faolligi susayadi, boshqa narsalarga tez – tez chalg’iy boshlaydi), mashg’ulotni tugallashi va bolalarga erkin harakat qilishi, o’ynash imkomnini beradi.
8. Mashg’ulot va ta’limiy o’yin to’g’ri tashkil etilgandagina u mavaffaqqiyatli o’tadi. Mashg’ulot va o’yinlar kundalik tartibda ajiratilgan maxsus vaqt davomida o’tkaziladi; nonushtadan keyin ertalabki soatda, sayr vaqtida, kunduzgi uyqudan keyin bolalar ovqatlanib bo’lgach, kundizi ikki marta uxlaydigan kichkintoylar bilan ikkinchi chinqirish vaqtida shug’ullaniladi.
9. Bolalarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish ham mashg’ulot va ta’limiy o’yinlar to’g’ri tashlik etishda katta ahamiyatga ega.
Ta’limiy o’yinlar turli mavzularda bo’lishi mumkin; “Qo’g’irchoq mehmonga keldi” “O’zinig och”, “Mashinada o’yinchoqlarni sayr qildiramiz”, “Piramidalar bilan o’ynash” va hakozolar.
“Qushcha uchib keldi” ta’limiy o’yinini misol qilib keltirishimiz mumkin;
Maqsad; bolalarni o’yinchoq qushcha bilan tanishtirish; qushcha, uchayapti, cho’qiyapti kabi so’zlarning ma’nosini tushunish masalasini rivojlantirish; qushchaning harakatlarini bajara olish malakasini hosil qilish.
Material; qushcha o’yinchog’i.
Tashlik etish; bolalar gilam ustida doira bo’lib o’tirishadi, o’rtalarida tarbiyachi o’tiradi.
Mashg’ulotning borishi; mashg’ulotni qiziqarli tashkil etish maqsadida tarbiyachi qushchaning bosh qismini ko’rsatadi va uni yashiradi. “Nima uchub keldi?” degan so’z bilan qushchani ko’rsatadi. “bu qushcha, qushcha uchadi deb o’yinchoni kaftlarida ushlab, uning uchushini ko’rsatadi, ya’ni qo’llarini yon tomonga cho’zib, xuddi qushning qanot qoqishidek harakat qiladi va bolalarga ham huddi shunday harakat qilishni, ya’ni qush qanday qilib qanotlarini silkitishni ko’rsatib berishlarini aytadi. So’ngra tarbiyachi qushchaning tumshug’ini qo’l bilan harakatlantirib” Qushcha don cho’qiyapti. Sizlar ham qushcha qanday don cho’qishini ko’rsating dedi. Bolalar ushbu harakatlarni bajarib bo’lishigach, tarbiyachi qushchani kaftida ushlab, “u uchayapti” deb uchush harakatini ko’rsatadi. “Qushcha uchub ketdi” deb uni yashiradi. (Agar burab yurgazilgan o’yinchoq qushchadan foydalanilsa uni burab, yurgazib, u qanday qanot qoqayotganligi va ashula aytayotganligini aytib o’tish mumkin
Mashg’ulot oxirida tarbiyachi ikkita qushchani olib shunday deydi;
“Mana qushcha, man yana qushcha, qushchalar uchub qo’nishyapti, don cho’qishyapti. Qushlar uchub ketishdi”.
“Bulardan tashqari Ajoyib xaltacha ichidagi narsa buyumlarni ko’rsatish” nomli ta’limiy o’yin ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bu o’yin bolalarda o’yinchoqlar nomini bildiruvchi so’zlarni tushunish malakasini rivojlantiradi, ayrim harakatlarni bajara olishga, so’z va bo’g’inlarga taqlid qilishga o’rgatish vazifasini bajaradi.



Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin