Yechimi 1) Tetraploid bugʻdoyda - 28 ta xromasoma boʻladi.
2) 7- va 8- juft xromasomasi 1 tadan ortganda xromasomasi - 30 ta boʻlgan.
3) Makkajoʻxorida 2n = 20
8- va 11- juft xromasomasi 1 tadan kamaysa - 18 ta xromasoma boʻladi.
4) Bargda ogʻizchalar ustki va pastki qismida boʻladi.
15 • 2 = 30 ta ogʻizcha
5) 30 • 30 = 900 6) 30 • 18 = 540 Javob: A) 900 ; 540
27. Nitrifikator bakteriya ammiakni nitrat kislotaga parchalaganda 3890 kj energiya jaralib chiqdi. Ushbu energiya rizosfera bakteriyasi sitoplazmasida necha g sut kislota hosil bo’lganida issiqlik sifatida tarqaladi? (bir molekula sut kislota massasi bir molekula glukoza massasidan 0,5 marta katta)
A) 2917,5 B) 5835 C) 3255,8 D) 2445,2
Yechimi C3H6O3 - sut kislota (90 g)
Sitoplazmada toʻliqsiz parchalanish jarayoni boʻladi bunda 2 molekula (180 g) sut kislota chiqqanida 120 kj energiya issiqlik tarzida tarqab ketadi.
120 kj -------- 180 g
3890 --------- x = 5835 g Javob: B) 5835
28.Xirzutum gʻoʻzasida urugʻlanish natijasida bir nechta zigota hosil boʼldi. Zigotalardagi xromasomalarning umumiy soni 6240 ta boʻlsa, qoʻsh urugʻlanishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.
A) 240 B) 480 C) 120 D) 360
Yechimi Xirzutum 2n = 52
Zigota diploid to'plamga ega boʻladi ya'ni 52 ta xromosoma
52 xromosoma ------- 1 ta zigota
6240 xromasoma ---- x = 120 ta
Qoʻsh urugʻlanish degani 2 ta spermiyning biri tuxum hujayra bilan biri markaziy hujayra bilan qoʻshilishi
1 ta tuxum hujayra 1 ta spermiy bilan qoʻshilib diploid (2n) zigota hosil qiladi.
120 ta zigota hosil boʻlgan boʻlsa 120 ta spermiy tuxum hujayra bilan qoʻshilgan
120 ta spermiy esa markaziy hujayra uchun sarflangan.
Qoʻsh urugʻlanishda 240 ta spermiy Javob: A) 240 29.Barbadenze g‘o‘zasida urug'lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 9360 ta bo'lsa, tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.
A) 180 B) 120 C) 240 D) 360
Yechimi Barbadenzeda 2n = 52
Zigota diploid to'plamga ega boʻladi ya'ni 52 ta xromosoma
52 xromosoma ------- 1 ta zigota
9360 xromasoma ---- x = 180 ta
1 ta tuxum hujayra 1 ta spermiy bilan qoʻshilib diploid (2n) zigota hosil qiladi.
180 ta zigota hosil boʻlgan boʻlsa 180 ta spermiy tuxum hujayra bilan qoʻshilgan
180 ta spermiy esa markaziy hujayra uchun sarflangan. Javob: A) 180