Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfibiylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish, voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi. Lichinkali rivojlanish o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi kurashning keskinligi kamayadi. Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk).
Tuxumda rivojlanishsudralib yuruvchilar (reptiliyalar), qushlar va tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilarda kuzatiladi. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik ko‘p bo‘ladi va embrion uzoq vaqt tuxum ichida rivojlanadi. Bachadonda rivojlanish. Odam va yuksak sutemizuvchilarda ona qornida rivojlanish kuzatiladi. Urugʻlangan tuxum – tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda embrion bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Embrionning barcha hayotiy jarayonlari (oziqlanish, nafas olish, ayirish) yo‘ldosh orqali ona organizmi hisobiga ta’minlanadi. Bachadonda rivojlanish embrionning tug‘ilishi bilan tugallanadi. Ontogenez asosan ikki davrga bo‘linadi:
1) embrional rivojlanish davri, 2) postembrional rivojlanish