1-Mavzu. O'smirlik davri Reja



Yüklə 119,32 Kb.
səhifə1/17
tarix20.07.2022
ölçüsü119,32 Kb.
#62834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-Mavzu. O\'smirlik davri Reja


1-Mavzu.O'smirlik davri
Reja:
1.O’smirlik davriga umumpsixologik tavsifnomasi.
2.O’smirlik inqirozi.
3.O’smirlik davrida yetakchi faoliyat.
4.Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot.
Tayanch so`z va iboralar:O`smirlik davri, qaltis davr, og`ir davr, psixik rivojlanish, biologik rivojlanish, o`zaro bog`liqlik, inqiroz, psixofiziologik sabab, o`z-o`ziga baho berish, xarakter,
O’smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sisholdinroq namoyon bo’lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik
yoshiga o’tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. ≪Endi o’smir bola emas, biroq katta ham emas≫ ayni shu ta’rif osm’irlik davriningmuhim xarakterini bildiradi. O’smirlik — bolalikdan kattalikka o’tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi,ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O’smirlik balog‘atga yetish davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bolishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o’smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir.Bo’yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o'ssalar, o’g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar. Bo’yiga qarab o’sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro’y beradi.
O’smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo’lamiz. O’smirlik yoshiga xos yorqin Psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo’lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o’smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o’zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. L.S.Vigotskiy ta’lim va taraqqiyotning o’zaro masalasini ko’rib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatni keltirib chiqardi. Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqot jarayonida shakllanadi, demak muloqot nisbatan tizimlashtirilgan shaklda – o’qitishda rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim psixikaning shakllanishida muhim rol egallab, uning shakllari esa rivojlanish jarayonida o’zgaradi.
O’smirlik yoshini pubertat davr deb atagan Sh.Byuler o’z ishlarida ushbu davrning biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat davr,-bu biologik o’sish davri bo’lib, jinsiy yetilish o’z nihoyasiga yetadi ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o’smirlik deb ataydi. Sh.Byuler pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O’smirning yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo’zg‘atuvchilar undagi o’zidan o’zi qoniqishi va xotirjamligini izdan chiqarib, uni o’zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish uni izlanuvchan qilib qo’yadi va uning «Men»ida «U» bilan uchrashish istagi tug‘iladi.Ya’ni Sh.Byuler psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o’g‘il bolalarda o’rtacha 14-16 yosh, qiz bolalarda 13-15 o’smirlik davridaga to’g‘ri keladi. Albatta, bunday farqlashlarda shaxar va qishloq, aloxida mamlakatlar va xatto iqlimning ta’siri hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh bo’lishi kerak. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o’smirning urishqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch, oson qo’zg‘aluvchi holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo’zg‘aluvchanlikni ko’rsatadi. O’smirlarning o’zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo’lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, o’smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go’zallikning anglangan kechinmalarini, muxabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi.
Demak, Sh.Byulerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik rivojlanishning uyg‘unlikda kechishini ko’rsatishga qaratilgandir.Sh.Byulerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 o’smirlik davridai oralig‘ida o’y-xayollarga berilish, yaqin do’stga ehtiyoj sezish va «do’stni ishlash»ga urinishda ijobiy bosqichga o’sib o’tishini ta’kidlaydi.Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bolishi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo’g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o’smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro’y beradi.
Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi.O’smirda ro’y beradigan biologik-jismoniy o’zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.O’smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko’rsatib bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir.O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan lekin, kattalar hayotida xali o’z o’rnini topa olmagan murakkab holatda bo’ladi. Shuning uchun ham, o’smirlik davri “O’tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”, “Qiyin davr”, “Balog`at davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar bilan xarakterlanadi. O’smirlik darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo’lishi, negativizm singari noxush xulq-atvor alomatlari o’z–o’zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir ko’rsatadigan o’smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o’rni sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. O’smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.
O’smirlik insonni balog‘atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va o’g‘il bolalar kiradilar.
E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o’smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern «Do’stingni ko’rsatsang, kimligingni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni izohlashga harakat qiladi. Chunki o’smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:
a) nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;
b) estetik tip-bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo’lib, u individual tanlanganlikka ega;
v) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa’y-harakatlaridagi shoiri ko’proq foyda (natija)ga qaratilgan bo’ladi;
g) ijtimoiy tip-hayotining mazmunini muxabbat, muomila va o’zgalar uchun yashash tashkil etadi;
d) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o’tkazish va buyruq berish xosdir;
y) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan xaspo’shlashga urinadi.
V.Shternning fikricha, o’tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda fikrlarning yo’nalganligi, balki harakatlarning o’ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o’yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o’yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o’yinlar o’smirning maqsad qo’yishiga, turli qiziqishlarga o’z munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, o’smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to’g‘ri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o’smir shaxsi rivojlanishidagi har qanday o’zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntiriladi.
Shaxsning axloqiy jihatdan intensiv tarkib topishi, xatti-harakatlarining axloqiy etnik nomalarini o’zlashtirish o’smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir.
O’smirlik yoshida faqat jismoniy taraqqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning ta’siri ortida maktabdagi, ta’lim tarbiya protsessining ta’sirida, kolektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi.
O’smirlik yoshi xatti-harakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip qoida, idealarining, baholash mulohazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshidalik davrida u yoki kattalarning, ya’ni o’qituvchilar va ota-onalarning bevosita ko’rsatmalari bilan, yoki o’zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta’siri bilan harakat qilgan bo’lsa, endilikda uning uchun o’z xatti-harakatlarining prinsipi, o’zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo’yiladi.
O’smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida o’ynab turib stulni sindirib qo’ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bo’lsa, bu jazo emas. Agar o’zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o’smir uchun ravshan: bu jazolash emas, balki xati-harakatlarining natijalarini tuzatishdir.
Psixolglar o’z oldilariga o’smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o’rganish vazifasini qo’yganlar. Tadqiqotlar umuman o’smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko’rsatadi. O’smirlarning ko’pchilik qismi yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni to’g‘ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz. qat’iylik-»bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning hech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko’rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «Qat`iylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o’smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli o’sadi. «Kamtarlik-bu, o’ziga oqilona baho bera bilish, o’z-o’ziga va xatti-harakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishdir.»
E’tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan holda o’smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o’ziga xos axloqiy etalon bo’lib xizmat qiladi, o’smir esa o’z xatti-harakatlarini ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o’smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi ideal bo’ladi bu odam o’smir yuksak darajada baholaydigan sifatlarni o’zida gavdalantirgan bo’ladi.
Ko’pgina bunday ideal ota-onalar, o’qituvchilar yoki yaxshi ko’radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir. Katta yoshdagi o’smirlarda ideal sifatida majmui bo’lmish umumlashgan obrazlar ideallar sifatida yuzaga chiqa boshlaydi.
O’smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir.O’smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi — bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u tola o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.O’smirlarni o’z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir.O’smirlar do’stlik, o’rtoqlik va o’zaro yordamlashuvni hamma narsadan yuqori qo’yadilar: ana shunday o’zaro munosabatlar, o’spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda o’smirlar va ilk yoshdagi o’spirin o’quvchilarniig xulq-atvorlariga do’stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchliroq ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o’smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi.O’smir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan do’st kerak. O’smirning do’stlari bilan muloqoti ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o’smirda
alohida qiziqish boladi. Bu hoi o’smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o’rnini bosa olmaydi.
O’smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o’zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi.U bunga haqqim bor, deb o’ylaydi, o’z huquqlarini himoya qiladi va aynan shuning uchun ham o’rtoqlari bilan bolgan
munosabatga kattalarning o’rinsiz, qo’pol aralashuvi o’smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.O’smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi
faoliyatga intilish yaqqol namoyon boladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o’rtoqlar, do’stga ega bolish xohishi — do’stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bolishdek kuchli xohishdir. Bu o’smirning muhim talabiga aylanib boradi.O’smir uchun eng yoqimsiz vaziyat — jamoa va o’rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa — ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, o’smirlar do’stlik kodeksining muhim me’yorlari — sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do’stga yordam, to’g‘riso’zlik.
Do’stlik me’yorlarini egallash bolaning o’smirlikdagi muhim yutug‘idir.Agarda u bunday do’stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o’z qiziqishlari va intilishlarini qo’llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir toldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki o’z tengqurlari orasidan albatta topadi.o’z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o’smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o’taydi.O’zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o’zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir.O’smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo’yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir.O’z sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko’proq ishonadi.O’z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o’z shaxsini erkinlik bilan to’la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u katta bo’lish huquqi deb anglaydi. O’smirning o’z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilgan tajribali o’qituvchilar sinfda ham o’quvchilarning ayrim kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor beradilar, o’smirlarga ularning yaqin do’stlar orqali ta’sir ko’rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o’quvchilarning(ayniqsa o’qishda o’rqada qoladigan va ≪tarbiyasi qiyin≫ bo’lgan o’quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan≪tushib qolishlariga≫ yo’l qo’ymaydilar.
O’rtoqlarining ta’siri ostida o'smir o’zining ehtiyojlari va istaklarinilarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik baglshlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bolgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yo’l bilan o’quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o’quvchilar xuddi shunday yo’l bilan yolg‘onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o’rganib qolishlari mumkin.O’smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish ro’y beradi. Haqiqatan ham o’zini kattalarga qarshi qo’yish,mustaqil subyekt sifatida o’zinikini, o’z fikrini ajratish yaqqol namoyon boladi.O’smirning kattalarga munosabati murakkabdir.O’smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan kattalaming yordamiga, qo’llab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosigaehtiyoj sezadi. Kattalar o’smir uchun muhim, o’smirda ham kattalarga nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning ≪bolalarcha≫ shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g’amxo’rlik qilishlariga qarshi chiqadi.Ota-onalar bilan o’zaro munosabatlardagi muammolar,o’qituvchilar bilan nizolashishlar — o’smirlik davri uchun odatiy hoi bo’lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga,o’smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish ko’nikmasiga bog’liq.
O’smir va kattalar orasida qulay munosabatlarni o’rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o’zaro yordam va ishonch muhitini yaratishdan iborat.O'smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga kata ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilarga ta’sir ko’rsatishi,tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo’lish rollaridan qoniqsalar, o’smirlar, ayniqsa katta o’smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko’rsatayotganlaridan, lozim bo’lganda ularning o’rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.Kattalar o’smirlar bilan do’stona, uni tola tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o’smirlar ijobiy qaraydilar,lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular tola qarshilik ko’rsatadilar. Bu qarshilik ko’pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko’pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo’luvchi o’smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilish- lari, o’z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o’z zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.Ular ko’pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar.O’smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlaridagi mavqei o'zgaradi. Endi o’smirlar o’yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko’proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.
O’qish o’smirlar hayotida katta o’rinni egallaydi.Ularga mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o’smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o’qituvchining o’quv materialini tushuntira olish mahoratiga bogliq. Bilim olganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o’quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o’qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o’smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq boladi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor boladi. Bilim o’smirlarga alohida bir quvonch baglshlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
Bu davrda o’quvchilarga beriladigan o’quv materialining hajmi katta bolgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yoli bilan o’zlashtirishi qiyin. Buning uchun o’quvchi o’quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish bolaning o’ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o’zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada boladi. O’smirlik davrida o’z-o’zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi.O’yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O’smirlik davrida o’z faoliyatini nazorat qilish rivojlana boshlaydi va o’zini-o’zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so’z bilan aytganda, o’smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.



Yüklə 119,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin