2.3. O’quv jarayonida interfaol usullar va pedagogik texnologiyalarni qo’llash O’quv jrayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo’llash uslubiyoti hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda ko’payib ketgan. Ularning ta’lim muassasalarida keng tarqalganlari, o’qitiladigan aniq fan va predmetlarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan ba’zi pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublarning foydalanish uslubiyotini keltiramiz.
“Zizama – zina” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o’quvchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
“Charxpalak” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o’quvchi)larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o’z fikrlarini mustaqil ravishda bayon eta olish, o’zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko’p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o’rgatish.
“Bumerang” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi. O’quv jarayoni moboynida tarqatma materiallarni talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat – munozara va turli savollar orqali tarqatma materillardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. O’quv jarayoni moboynida har bir talaba tomonidan o’z baholarini egallashiga imkon yaratish.
O’qituvchilar ish tarjibasidan Ushbu texnologiyani qo’llagan o’qituvchilar o’z o’quv predmetlari mavzusi yoki erkin mavzu asosida quyidagi mazmundagi matnlardan foydalangan holda o’qitish va tarbiyalash jarayonini tashkil etishgan. Masalan,
1.Mavzu: “Gullar va ularning tarixi, hayotdagi ahamiyati.
Tarqatma materiallar:
1-guruhga – Gullar qachondan beri o’stiriladi?
2-guruhga – Ayrim xalqlarda gullarning ahamiyati.
3-guruhga – Atirgullarning ramziy ma’nosi haqida?
4-guruhga – Misrliklar uchun nilufar guli nima ma’noni anglatadi?
2. Mavzu: “Sharqona muomala odobi”
Tarqatma materiallar:
1-guruhga – Ustozlarni hurmatlash bayoni
2-guruhga – Qarindosh – urug’lar o’rtasidagi muomala odobi
3-guruhga – Quni – qo’shnilar o’rtasidagi muomala odobi
4-guruhga – Do’stlar o’rtasidagi muomala odobi