I-bob. O’rta osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o’rni



Yüklə 138,65 Kb.
səhifə8/10
tarix28.04.2023
ölçüsü138,65 Kb.
#104485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5350818644181921642

Qozikalon – bosh qozi, eng yuqori darajadagi qozi (oliy mahkama raisi). Buxoro xonligida barcha qozilar, dindorlar va mullalarning boshlig’i, ya’ni raisi bo’lib, ular ustidan nazorat qilgan. Bosh qozi qam diniy, ham adliya ishlarini boshqargan. Qozikalon fuqarolarning da’volari, janjallari bilan ham shug’ullangan. Oliy jazo talab qilinadigan jinoiy ishlar uning vazifasiga kirmagan. Bu ishlarni xonning o’zigina ko’rgan. Qozikalon rasmiy qabul marosimlarida xonning o’ng tomonida, 1-o’rinda o’tirgan.13
A’lam (arabcha, bilag’on, eng olim) – diniy-huquqiy masalalar yuzasidan fikr beruvchi diniy amaldor. Odatda, muftiylar tuzgan fatvo yoki rivoyatga a’lam muhr bosgach, u kuchga kirgan va qozilar o’sha hujjat asosida hukm chiqargan. Buxoro xonligi davrida har bir qozi yonida a’lam bo’lgan.
Buxoro amirligi davlat boshqaruvida harbiy-ma'muriy amaldorlar katta o`rin tutgan. Mamlakat qo`shinlari asosan otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan bo`lib, ular o`q-yoy, uzun nayza, gurzi, uzun dastalijang boltasi (tabarzan),changak kabi hujum qurollariga ega bo`lgan. Bu davrda navkarlarning himoya uchun qalqon (sipar)dan foydalanganliklari, sovut jovshan (forscha baxtar) hamda temir simdan mayda qilib to`qilgan, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan qurol yoki jiba (jeva) – temir yoki po`latdan ishlangan maxsus kiyim kiyib jang qilganlari manbalarda aks etgan. Qo`shinning asosiy jangovar qismini suvoriylar tashkil etgan. Shu sababli ham o`zaro urushlarda otlarning himoyasiga katta e'tibor berilgan va o`q o`tmasligi uchun ularning ustiga maxsus yopinqich – gejm (kejim) yopilgan.Mamlakat qo`shini tarkibida dushmanning shahar va mudofaa qo`rg`onlarini ishg`ol etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan naftandozlar, manjanaqchilar va tosh otuvchilar ham bo`lgan.

Dushman tomonidan yashirin ravishda “til” tutib keluvchi maxsus bo`linma va xabargiri – dushman to`g`risida umumiy ma'lumot keltiruvchi bo`linmalar ham bo`lgan. Ayrim manbalarning dalolat berishicha, favqulodda vaziyatlarda eng qaltis harbiy vazifalarni bajarishga mo`ljallangan jangovar qismlar ham bo`lib, ular asosan saralangan o`zbek jangchilaridan tashkil topgan. Amirning xos qo`riqchilari ham saralangan o`zbek navkarlaridan tuzilgan. Buxoro amirligida oliy bosh qo`mondan amir bo`lib, u qo`shinni turli darajadagi harbiy amaldorlar yordamida boshqargan. Mamlakat qo`shini ham Chingizxon va Amir Temur qo`shinlaridek, 10 minglik korpuslar – tumanlarga bo`lingan. Ularga no`yon deb ataluvchi harbiy sarkardalar boshchilik qilgan. Tumanlar o`z navbatida, minglik, yuzlik, o`nliklarga ajralgan. Amirlikda qo`shinni jangga hozirlash, harbiy amaldorlar va navkarlarga maosh to`lash va boshqa tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor tavochi shug`ullangan. Qo`shinni qurol- yarog`bilan ta'minlashga mas'ul bo`lgan amaldor -jevachi bo`lib, u amirning qurol-aslahalariga ham javobgar hisoblangan. Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan maoshdan tashqari, harbiy yurishlar paytida qo`lga kiritilgan o`ljadan ham ma'lum miqdorda ulush ajratilgan. XIX asrda mang`it amirlar davrida harbiy sohada jiddiy o`zgarishlar amalga oshirildi.Bunday islohotlar qisman bo`lsada, mang`itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahim tomonidan olib borildi. Buxoro amirligining harbiy qudrati, ayniqsa, Amir Nasrullo hukmronligi davrida o`zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Uning davrida Buxoroda muntazam armiya – sarbozlar (sipoh) qo`shini tashkil etildi. Ularning soni 40 mingga yaqin bo`lgan. Qo`shinlar otliq va piyoda jangchilardan tashkil topgan bo`lib, ularning qurollari asosan qilich, nayza va o`q- yoydan iborat edi. Buxoro amirligi qo`shinlari mamlakatning barcha shaharlarida, ayniqsa, chegara shaharlar (Jizzax, O`ratepa, Qorako`l, Marv)da joylashtirilgan. Bu davrda Buxoroda zambaraklar yasovchi chet ellik (Eronlik) mutaxasislar ham bo`lganligi mavjud. Biroq shunga qaramay, qo`shinni zamonaviy miltiqlar va zambarakalr bilan qurollantirish sohasida boshlangan ishlar tugallanmasdan qolib ketdi. Natijada XIX asrning 2-yarmiga kelib, Buxoro amirligining katta qismi Rossiya qo`shinlari tomonidan bosib olindi. Buni o`z navbatida, XVII-XIX asrlarda mintaqamizda harbiy sohada hech qanday yuksalish bo`lmaganligi hamda zamonaviy qurol-yarog`larning yetarli emasligi bilan izohlash mumkin. 14
Bekliklarda ham o`ziga xos ma'muriy boshqaruv apparati tashkil etilgan bo`lib, ularga diniy-huquqiy masalalarni boshqaruvchi qozi, rais, muftiy kabi amaldorlar, soliq yig`uvchi (zakotchi), qo`shinni boshqaruvchi yasovulboshi, mirshab kabi amaldorlar va boshqalar mavjud bo`lgan. Viloyatlar qozilari to`g`ridan-to`g`ri Buxorodan tayinlangan va o`z faoliyatida bekdan mustaqil bo`lgan. U odatda bekning harakatlari haqida maxfiy ravishda Buxoroga xabar berib turgan. Diniy amaldorlar mamlakatdagi sud hokimiyatini, shuningdek, ta'lim va tarbiya maskanlari bo`lgan madrasalar, boshlang`ich maktablarni, kundaliy hayotda katta o`rin tutgan masjidlar va boshqa shu turdagi ijtimoiy muassasalarni o`z nazoratlari ostiga olgan edilar. Xonlikda o’rta asrchilik boshqaruv tizimining uzoq saqlanishi taraqqiyot va qo’shin kuch-qudratiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Qo’shinda dastlab misdan, XIX asr boshlarida cho’yandan quyilgan bir necha to’p bo’lgan. Sarbozlar o’q-yoy, nayza, qilich, oybolta kabi ibtidoiy qurollar bilan qurollangan. Xonlikda qo’shin asosan otliklardan tashkil topgan. XVIII asr oxiridagi ma’lumotga ko’ra, xon 10 ming kishilik qo’shin to’plash imkoniga ega bo’lgan. XIX asr 30-yillarida yollanma askarlar soni 19 ming kishi bo’lib, ular xizmatini turli shahar va harbiy istehkomlarda o’taganlar. XIX asr o’rtalarida harbiy qismlar, shuningdek to’p va miltiqlar soni ortgan. Umumiy qo’mondonlik amiri lashkar zimmasida bo’lgan. Umuman xonlikda qo’shin har jihatdan zamon talabidan ancha orqada edi33.To’pchiboshi – harbiy lavozim. O’rta Osiyo xonliklarida harbiy vazifalarni bajargan amaldor (asosan, artilleriya boshqaruvchisi). Buxoro amirligida 2 ta to’pchiboshi unvoni mavjud bo’lgan: biri to’pchiboshiyi lashkar deb nomlangan bo’lib, Buxoro garnizonining boshlig’i vazifasini ado etgan, uni vaziri harb – harbiy vazir ham deb atashgan, unga barcha harbiy qismlarning sardorlari bo’ysungan. Davlat qurol-yarog’ ombori – to’pxonaga mas’ul hisoblangan. Ushbu shaxs kutvol, bakovul, o’rag’a kabi mansab egalari qatori hukmdor qabulida ba’zan o’tirish huquqiga ega bo’lgan. Ikkinchi to’pchiboshi Buxoro qal’asi (arki) komendanti hisoblangan, shu bois to’pchiboshiyi darvozayi arki oli – “qal’a artilleriyasi sardori” deb yuritilgan, u o’z mavqeiga ko’ra, shig’avul, miroxurboshi, shixna (mirshab) kabi lavozimlar darajasida turgan34.Daha – o’n kishidan iborat jangovar bo’linma. Buxoro amirligida bunday harbiy bo’linma boshlig’i dahaboshi, dahboshi deb atalgan. Dodxoh, dodxo – ushbu lavozim egasi Buxoro amirligida:1) a) qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor, raisi kalon.
2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga etkazib,javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor35.Tuqsoba, to’qsabo (eski o’zbekcha – o’z tug’iga ega bo’lgan) – harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi. Buxoro amirligida eshikoqo boshi, chig’atoy begi singari mansablardan keyingi, miroxurdan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida o’tirish huquqiga ega bo’lmagan shaxsni anglatgan. Bu mansabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik, qatiq, muzdek suv quyish, ularni xizmatkorlar orqali mashvarat yoki kengash ahliga etkazishga mas’ul hisoblangan. U, shuningdek, Harqonrud tumanini va u yerda suv taqsimotini boshqargan. Qora cherik – Buxoro amirligida muntazam qo’shin bilan baravar urush yoki tinchlik chog’ida xizmatda bo’lgan nomuntazam lashkar. Ehtiyoj bo’lmagan kezlarda Qora cherik uylariga tarqalib ketgan. Qora cherikni to’plash uchun hukmdor(amir) farmoni chiqqan va u bozorlarda jarchilar tomonidan e’lon qilingan. Har bir qishloq, shahar, viloyatdan yig’iladigan Qora cherik miqdori ilgaridan aniq bo’lganligi bois, amir buyrug’iga binoan, nomuntazam lashkar yetkazib erishda muammolar tug’ilmagan. Muntazam qo’shin otlar bilan ta’minlangan bir paytda, Qora cherik shaxsiy ulovi bilan harbiy harakatlarda ishtirok etishi majburiy hisoblangan.15


Qal’a, qo’rg’onlarni muhofaza qilishda muntazam xizmatdagi askarlar soni kamlik qilsa, Qora cherikdan foydalanilgan. Ba’zan yurishda qatnashayotgan qo’shinning deyarli yarmini Qora cherik tashkil etgan. Navkar, nukar (mo’g’ulcha noxor – do’st, o’rtoq) xon huzurida xizmat qiluvchi oliy tabaqali yigitlar. Navkarlar – qurollangan erkin kishilar bo’lib, o’z ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan. Buxoro xonligida navkarlar xizmati uchun davlat tomonidan belgilangan maosh bilan ta’minlangan va majburiy harbiy xizmatni o’tagan. Harbiy harakatlardan bo’sh paytlarda navkar soqchilik vazifasini bajargan. Tavochi (mo’g’ulcha - hisobchi) Buxoro xonligida harbiy nozir – naqibga qo’shinni joylashtirish, qurol-aslaha bilan ta’minlash, harbiy harakatlar vaqtida lashkarning ilg’or, ar’ergard, o’ng qanot, so’l qanot va markaziy qismlari hamda pistirmadagi vaziyatdan xabardor bo’lish mas’uliyati yuklatilgan. Chag’davul, changdovul – Buxoro xonligida harbiy mansablardan biri hisoblanib, qorovul, yo’lchi va josusdan yuqori turgan. Ayni paytda arergard qo’shinida xizmat kiluvchi askar ham chag’davul istilohi bilan ifodalangan. Qorovul - harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning asosiy qismlaridan ancha masofada oldinda borib, yovning xatti-harakatidan xabardor bo’lib turuvchi, zarur paytlarda “til” tutib keltiruvchi maxsus suvoriy soqchi guruh (avanpost). Buxoro xonligida biror bir ayg’oqchi yoki talonchining mamlakat yoki lashkarga qo’shilib kirmasligi uchun yo’llarni muhofazalov-chi askariy guruh. Amir Shohmurod Buxoro amirligi davlatchiligi tarixida o`z o`rniga alohida ega bo`lgan hukmdorlardan sanaladi. U turkiy mang`itlar sulolasi hukmdorlari ichida birinchi bo`lib sud – huquqiy islohotlarini amalga oshirdi. Davlatchilik tarixida “amiri ma'sum” (“Begunoh amir”) nomi bilan qolgan amir Shohmurodning hukmronlik yillari (1785–1800) Buxoroda markaziy hokimiyatning nisbatan mustahkamlanishi davri bo`ldi. 16
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlarning muhim jihati shundaki, bu davrga kelib qozining hukmidan norozi bo`lgan taraf qozikalonga yoki amirga shikoyat qilish huquqiga ega bo`ldi. Qozikalonga yoki amir nomiga yozilgan shikoyatnoma o`rganib chiqilib, qozining hukmini asosli ravishda qozikalon bekor qilishi hamda qozikalon qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin edi. Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlari o`sha vaqtda nafaqat Buxoro amirligida, balki boshqa xonliklarda ham sud va sudlovni ijobiylashtirish uchun ulkan qadam edi. O`z navbatida amir Shohmurod sud idoralarining qayta tuzilishi, tashkil topishi va quyi sud idoralari qozilarining tayinlanishi kabi yangiliklarni amalga oshirgan edi. O`sha davrda sud idoralarini isloh qilish maqsadida amir Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq a'lamdan (qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi tuzildi.
Ushbu palataning a'zolari, ya'ni qonunshunoslar shariat qonun-qoidalari asosida amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar

to`plami asosida quyi sud idoralari qozilarining hukmidan norozi bo`lib yozilgan arz va shikoyatnomalarni ko`rib chiqar edilar. Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud - huquqiy islohotlarining yana bir muhim yangiligi, bu oliy sud palatasida qirq a'lam (qonunshunoslar) ishtirokida ko`rilayotgan arz yoki shikoyatnomada da'vogarning shaxsan o`zi ishtirok etishining talab qilinishi bo`ldi. Shunday qilib, amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: qasaba (kattaroq qishloq), tuman, viloyat qozilari, Bosh qozi va qirq a'lam sudi vujudga kelib, eng oliy qozi amirning o`zi edi. Shariat huquqi asosida Shohmurod tuzgan qoidalar to`plami diqqatga sazovordirki, uni izlab topish va ilmiy jamoatchilikka yetkazish olimlarimiz oldidagi vazifalardan biri bo`lib turibdi. Chunki O`zbekistonda hukm surgan sulolardan chiqqan davlat boshliqlari qo`li bilan tuzilgan qoidalar to`plamlarini juda kam uchraydi. Shu o`rinda yana amir Shohmurodning sud islohotlari, ayniqsa, katta ahamiyatga molik ekanligini aytib o`tish lozim. Xulosa qilib aytganda,Buxoro amirligida faoliyat yuritgan davlat muassasalar o’zlarining vazifalari va faoliyatlari bilan ajralib turgan. Ko’plab muassasalar Qo’qon va Xiva xonligida ham bir xil vazifa bajarganligi, yoki O’zbekiston xududida xukm surgan ayrim sulolar davrida ham faoliyat yuritganligini ko’rish mumkin.


Yüklə 138,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin