I-bob. O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari



Yüklə 86,86 Kb.
səhifə6/8
tarix17.12.2022
ölçüsü86,86 Kb.
#75848
1   2   3   4   5   6   7   8
Dunyo sug`urta bozorining rivojlanish an`analari va istiqboli

2.2. Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari
Sug’urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati - jahon sug’urta bozorining rivojlanganligini ko’rsatuvchi muhim belgilardan biri hisoblanadi. Yevropa sug’urtachilari investitsiyaga yo’naltirilayotgan mablag’lari hajmini doimiy ravishda kengaytirmoqdalar.
1992 yildan EH mamlakatlarida sug’urtachilaming investitsiyalari uch martaga oshdi va 5,2 trln. evroni tashkil etmoqda (15-jadvalda 4,5 trl. AQSH doll, keltirilgan). Ushbu nomutanosiblik AQSH dollari va evro kurslaridagi o’zgarishlar hamda 2000 yil uchun investitsiya ma'lumotlarining yetarli darajada emasligi bilan tavsiflanadi. Ammo, shuni ta'kidlash kerakki, investitsiyalar hajmi joriy baholarda (evro) kamaymagan va domiy o’sish an'anasi davom etmoqda.
Sug’urta kompaniyalarining investitsiya hajmi, mlrd.doll.

Mamlakatlar

1995y

1996y

1997y

1998y

1999y

2000y

ESQ

3412,7

3804,7

3994,2

4427,2

4939,4

4775,2

EH

3147,1

3539,6

3765,8

4139,9

4627,3

4456,8

EIH

3406,9

3591,6

3765,8

4417,7

4925,1

4760,2

 5-chizma


Ushbu investitsiyalarning yo’nalishini quyidagi 16-jadvaldan ko’rish mumkin.

____________________________


5Akrаmоv Е.A. Kоrxоnаlаr mоliyаviy hоlаti tаhlili. – T.: Mоliyа, 2013


Yevropa mamlakatlari sug’urtachilarining investitsiya yo’nalishlari
(umumiy investitsiya hajmiga nisbatan foizda, 1999 yil)

Investitsiya yo’nalishlari

ESQ

EH

EIH

Ko`chmas mulk

4,9

4,6

4,9

Ulushli qatnashish

3,5

3,2

3,5

Aktsiya va boshqa o’zgaruvchan daromadli qimmatli qog’ozlar

37,4

38,6

37,5

Obligatsiya va boshqa belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar

35,3

35,0

35,2

Qarzlar

12,6

12,4

12,6

Depozitlar

1,6

1,5

1,6

Va boshqalar

4,8

4,7

4,8

 6-chizma
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, ESQ mamlakatlari asosiy investitsiyalarini aktsiya va obligatsiya sotib olishga yunaltiradi. EH mamlakatlarining sug’urta kompaniyalari, bu ikkala yo’nalishga, taxminan 73 foiz miqdordagi investitsiyalarini yunaltiradilar. Agar, ESQ sug’urta kompaniyalari aktsiya sotib olishga, o’rtacha 37,4 foiz miqdorda investitsiya kilsa, bu ko’rsatkich EH sug’urta kompaniyalari uchun nisbatan yuqori bo’lib, 38,6 foizni tashkil etadi. ESQning yangi a'zo mamlakatlarida (Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakat-lari) investitsiyalarning o’rtacha tarkibi EH va ESQdan ancha farq qiladi. Sobik sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi nobarqarorlikni hisobga olgan holda, sug’urtachilar, bu mamlakatlarda risk darajasi past bo’lgan yo’nalishlarga investitsiyalarni yunaltirishni afzal bilmoqdalar. Mazkur mamlakatlarda yo’naltirilgan investitsiyalarning yirik qismi (54,1 foiz) obligatsiyalarga, keyin depozitlarga (15 foiz) va aktsiyalarga (7,4 foiz) to’g’ri keladi.
Sug’urta kompaniyalari ichida, investitsiyalar miqdori ko’proq hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar hissasiga to’g’ri keladi. 1999 yilda, ESQ mamlakatlarida mazkur kompaniyalar investitsiyalarining boshqa turdagi sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchi, barcha kompaniyalar investitsiyalariga nisbati 4,5 barobar ortiq bo’lgan.

Yüklə 86,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin