Sug’urta faoliyatini nazorat qilish shakllari
4-chizma
Masalan, Buyuk britaniyada sug’urta ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug’urta bulimi, AQShda esa maxsus sug’urta komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug’urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari, sug’urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi.
5. Sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug’urtalashni joriy qilish va vakolatli sug’urta nazorati xizmatini tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
4Sug’urta bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish sug’urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya (ruxsatnoma) berish jarayonida sug’urta nazorati sug’urtachining bo’lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o’tkazadi. Ya’ni, nizom jamg’armasi va o’z mablag’larining holati hamda bu mablag’larning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o’zaro munosabati ko’rib chiqiladi. Sug’urta faoliyatiga litsenziya (ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug’urtaning o’z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik kerak. Chunki, sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz bergan vaqtda sug’urtalanuvchiga shartnomada ko’rsatilgan mablag’ni o’z vaqtida to’lashi lozim. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat sug’urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari yo’lida ham xizmat qiladi.
_________________________________
42017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va insonmafaatlari oshrishga oid davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiy-ш1иЫу qo'llanma. Тоshкеп1-2017,
Dostları ilə paylaş: |