II – BOB. PSIXOLOG KASBINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2.1. Psixoprofilaktik ishlarning muhim vazifalari, psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo‘nalishi sifatida
Amaliy psixologiyaning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan fikr-mulohazalar psixologiya fanining quyidagi amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi.
Amaliyotchi psixolog har bir shaxsning faoliyatdan ijtimoiy va hissiy qoniqish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan usullar va uslublar majmuasiga asoslanishi lozim. Amaliyotchi psixolog shaxsning faoliyat jarayonidagi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga bo‘lgan munosabatlaridagi iyerarxik tizim dinamikasini tadqiq qilishi va shu tizim asosida ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog‘liq izlanishlar ko‘lamini o‘z ichiga oladi.
Amaliyotchi psixolog faoliyat jarayoni bilan bog‘liq ijtimoiy muhim ko‘rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun xarakterli bo‘lgan individual farqlanish, individual uslub va ijtimoiy ustanovkaning qaror toptirilishini o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotchi psixolog ijtimoiy jarayonni ijtimoiy psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammo- laridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda ma’Ium psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi. Amaliy psixolog mavqeiga ega bolishni istagan insonga bir qator talablar qo‘yiladi, ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bolishi zarur. Bunday diplom oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fan laridan xabardor bolishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan xabardor bo'lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo'ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo'lishi talab qilinadi.
U mijoz bilan suhbatlashayotganda albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur boladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi. Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblanadi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak, bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularda muloqot qila olish qobiliyatining mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin muomalada bo‘lishi talab qilinadi.
Ularning axloqiy jihatlari quyidagilarni hisobga olishi kerak:
1. Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli bo‘lishi zarur.
2. Amaliy psixolog o’zvazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u atrofdagilarning so'zlariga qarab o’zgarmasligi zarur.
3. Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo’ysinmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo’lishi zarur.
4. Psixologning qarorini inkor qilish huquqi faqat maxsus komissiya ega, ular yuqori mahklli mutaxasislar hisoblanib, ularga bunday huquqlar beriladi.
5. Psixolog haqqoniy va samimiy bolishi zarur.
6. Unda kasbiy mas'uliyat hissi bo’lishi lozim.
7. Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin u o‘z mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi.
8. U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo'lishi zarur.
9. Agar psixolog mijozining haq-huquqlari poymol qilinayotgan bo'lsa, u bu to’g’risida yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatłga egadir.
10. U siyosiy g'oyalardan, ijtimoiy g'oyalardan. falsarły fikrlardan xoli bo'lishi zarur.
11. Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokarreksion, Psixotcrapevtik natijalarni mutaxassis bo'lmaganlarga ko'rsatish huquqiga ega emas.
12. U insonlarga zarar keltiradigan holatlardan uzoqroq bo'lishi talab qilinadi.
13. Psixolog o'zining qila olmaydigan ishlari haqjda mijozga va'da bermasligi kerak.
14. Psixolog ota-onaga yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida tafsilôtlarni bermasligi zarur.
15. U o'rganilmagan metodikalarni mijozlarida qo'llash huquqidan mahrumdir.
16. Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur u mijozining sirini hech kimga aytmasligi zarur.
17. Psixologik maslahatda albałta me'yorlariga amal qilishi talab qilinadi,
18. Agar psixolog shu me'yorlarni buzsa albatta amaliy psixologlar jamoasida ko'rib ehiqiladi va tegishli jago qo’llaniladi.
Psixoprofilaktik ishlarning muhim vazifalari, psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo‘nalishi sifatida Psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, ctnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
Amaliy psixolog bolalar, o"quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq-atvor muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotda uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o‘tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi: a) amaliy psixologning maxsus ishi; b) mashg’ulot ayrim bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo'naltirilgan bo‘ladi; d) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi. Rivojlantiruvchi psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1. Diagnostika uchun ma’lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlari ba’zi belgilarin- ing ko‘rinishIarini o‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. Masalan: darsda o‘quvchi diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to‘plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg‘ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning ko'rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari iyerarxiyasining (bos- qichma-bosqich) o‘zgarishi natijasi boMishi mumkin. Bunda o qituvchi shaxs normal holati ko‘rinishlaridan biriga yoki miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu o‘quvchi o‘zlashtirishi va intizomning pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda o‘rganilayotgan o‘zgarishlar manbalari, rivoj- lanishi va kelgusida qanday boiishi, psixologik holat belgilari ham o‘rganiladi. Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funksiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan o’zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun ham o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir. 2. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma lumotlarni to‘plash. Agar «ko‘ndalang kesim» metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma’lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya’ni psixik funksiyalar rivojlanishi olzarb zonasi aniqlanadigan bo‘lsa, «uzunasiga kesim» (longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarda bola psixik hayoti taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishida, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganiladi. Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qitishi haqida masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin. Bolada pavdo bolgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o’tkazish. Vazifa bunday qo'yilganda, tadqiqotchilarni qiziqtirgan masala bo'yicha katta guruhlarda tadqiqotlar o‘tkaziladi. U yerda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas, degan xulosaga kelish mumkin. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi yo‘nalishlar ishning yagona yo‘nalishlaridir. D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo‘naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Taraqqiyotda bo'lishi mumkin bo'lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina diagnoz qo‘yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o‘zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o‘zi ham olib boradi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo‘lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostikkorreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga, kam ishlangandir. Bu jarayon bi- rinchi bolib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o‘rganishga bag‘ishlangan pedagogik tadqiqotlarda L.S.Vigotskiy tomonidan qo‘llangan. Bu sxema bol yicha I.Shvansar shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning bosqichli eksperimental psixologik nuqtayi nazarini taklif etadi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1) psixologga rasmiy iltimos; 2) psixologik muammoni aniqlash; 3) tadqiqot metodini tanlash; 4) psixologik diagnoz qo’ yish; 5) amaliy tavsiyalar. Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtayi nazar sifatida psixologning yoki bu tarbiyasi qiyin o‘quvchiga nisbatan o‘qituvchining ma’lum ijtimoiy talabiga javobini ko‘rsatish mumkin. Bu holda o'quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashxisi o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha nazorat xodimlari tomonidan qo‘yilgan bo‘ladi. Psixologning vazifasi - qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish metodlarini topishdan iborat. Psixoprofilaktik ish - amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko‘proq amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiIadi: Birinchi bosqich — dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog‘ bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi. Ko‘pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik sog‘lik profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o‘tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar. Ikkinchi bosqich — profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi - o‘qishdagi va xulq-atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo‘qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o‘qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi (bolaning o‘qishi o4 zgarishi uchun ta’lim uslubini o‘zgartirish). Uchinchi bosqich - psixolog o‘qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko‘rinib turadigan muammolari bor bolalarga o‘z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo‘qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o‘quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik sog’lik xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning tarafdori bo‘lib chiqmoqdalar. Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bolib, maktabdagi barcha o‘quvchilar uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar: Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o‘z vaqtida oldini olish hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamina tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish asosiy ish emas. Bunga maktabda o‘qituvchilarning bola haqida ko‘p gapirishlari dalil bo‘ladi. Chunki maktabda o'quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma lumot beradigan mutaxassis yo‘q. Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv bolani boshqalardan ajratib individual o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi. Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.
Bunday diagnostik ishning asosiy maqsadi — o‘quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko‘p qirrali va to‘liq diagnostika natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o‘quvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining yo llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, bu usulni qo’ llash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p vaqtni talab qilganligi uchun faqatgina psixolog emas, «tarbiyasi qiyin» o‘quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o'zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma ium bo'iishicha, ayniqsa ogzaki metodikalar qanchalik toliq bo’lmasin, qiyinchilik tig’diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to‘liq xarakteriash uchun yetarli bo'Imavdi. Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bolish kerak? Kollej psixologi javob beradigan birinchi savol mana shu. Rasmiy iltimosning ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud. Birinchisi, rasmiy iltimosga o'ziga xos bo’lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi.
Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida uning mazmuniga bog’liq bo’lmagan holda psixodiagnostik metodlar to’plami qo’llaniladi.
Ikkinchidan rasmiy talabga o’ziga xos javob qaytarishning usuli bo'lib, mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to'g’ri hisoblanadi. Uning fikricha, o’ta tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki bu sharoit uni xulq-ałvorning salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin. Rasmiy iltimosga O'ziga xos bo'lmagan javob qaytarishga teskari uslub — bu rasmiy talabga qaťiy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat. Masalan: yomon o’zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlit qilinadi. Bunday diagnostika o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa ko’rsatkichIar qaraladi. Diagnostika natijalariga mos ravishda, ko'pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi.