4.0.Industriya atamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, uavtomatlar ishlab chiqarish jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi. Robototexnika, buyumlar Interneti, sun’iy intellekt va 3D-bosmaning uyg‘unlashuvihozirgi paytda krossovkadan tortibavtomobillargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq mexanizatsiyalashgan fabrikalar qurishga imkon bermoqda.3D-bosma
qurilishsiba’zi bir tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan ham mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlarning juda ko‘p miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi, chunkiko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 3D-printerga ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi.3D-bosmani o‘zlashtirishgamashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu yerda detallarni «klassik» usulda olishdan ko‘ra, bosib chiqarish arzonga tushadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimi dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar, zargarlar, tibbiyot xodimlari ham o‘z biznes jarayonlarida 3D-bosmadan faol foydalanmoqdalar. O‘zini-o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printer ham yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi uchun 3D-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar ishlab chiqara boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish bilan bog’liq savollar turgan bo’lsada, oyoq kafti xususi yatlarini hisobga oladgan xolda yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo’ladigan murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo bo’lishining ehtimoli juda yuqori. Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham bajarsa bo’ladi.
Endi texnologiyalar sinergiyasi haqida gapirib o’tamiz. Innovatsion raqamli texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llashnafaqat u yoki bu biznes-jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqargan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. Raqamli o‘zgartirishda eng qiziqarlisi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. Sinergetika nazariyasi atamalarida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy tizimdoimiy o'zgarishda bo'ladi, institutsional shakllar tasodifiy o'zgarishlari (fluktuatsiya) - tizim mikrodarajasida tartibsizlik ko'rsatkichi va hamda uning rivojlanish imkoniyatidir. Ayrim fluktuatsiyalar shu qadar kuchli bo'lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish traektoriyasini belgilab berib, sifat o'zgarishlarini yuzaga keltiradi. Masalan, buyumlar interneti virtual dunyoni real dunyo bilan birlashtirishga imkon beradi, sun’iy intellekt esa buyumlar internetidan olingan juda katta hajmdagi ma’lumotlar to'plamlari asosida hulosalar va qarorlar shakllantirishi mumkin. To'ldirilgan va virtual reallik yangi dunyoni inson ko'zigako'rinadigan qilib qo'yadi. Robototexnika va 3D-bosma esa ko'plabmuntazam bajariladigan operatsiyalarni to’liq avtomatlashtirishga imkon beradi.Aytish mumkinki, ko'plab ilg'or texnologiyalar paydo bo'lishi odamlar hayotini tubdan o'zgartirib yuboradi, bir qancha eski kasblarni yo'qotadi va yangi kasblar yuzaga keltiradi va shak- shubhasiz, dunyoni raqamli dunyoga aylantiradi. Dunyoni bunday raqamlashtirishbarcha tarmoqlarda katta o'zgarishlarga olib keladi va, asosiysi, buning natijasida ko'plab yangi kompaniyalar paydo bo'ladi, bundaraqamli o'zgartirish to'lqinida o'ziga o'rin topibgina qolmasdan, uni boshqaradigan kompaniyalar yetakchiga aylanadi.Agar hamma muammolarni hal qilishning uddasidan chiqilsa va raqamli o'zgartirish bo’yicha vakolatlar markazi yaratilgan bo’lsa, tarmoqda yangi texnologiyalar ularni qondirishga imkon beradigan imkoniyatlar va mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilishni boshlash zarur. So’ngra ichki biznes-jarayonlar va hizmatlarni standartlashtirish istiqbollarini aniqlash va ularni raqamli shaklga o‘tkazish rejasini shakllantirish lozim.Raqamli o‘zgartirish tashabbuslari ko‘pincha aksiyadorlari kompaniya biznesini yangi darajaga olib chiqish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish istagida bo‘lgan o‘rta hajmdagi kompaniyalar tomonidan bildiriladi. Raqamli o‘zgartirish yo‘lidan borayotgan o‘zbek kompaniyalariga misollarni bank sektori, telekommunikatsiyalar, ta’lim, hizmatlar sohasi va axborot texnologiyalari sohasidan keltirish mumkin. Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda startaplar (yangi biznesni boshlaydiganlar) ekotizimi mavjud bo‘lib, ularning doirasidayangi g‘oyalar paydo bo‘lmoqda va ular sinovdan o‘tganidan so‘ng,muvaffaqiyatli tijorat yechimlariga aylanmoqda. Kelgusida bu texnologiyalar yoki yirik xalqaro kompaniyalar tomonidan dunyo miqyosida nusxa ko‘paytirish uchun xarid qilinadi, yoki jahon darajasidagi yangi innovatsion IT- kompaniyalar tashkil qilish uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, hulosa tarzida quyidagi fikrlarni bildirishni istar edik. Birinchidan, raqamlashtirish - hamma joyda kuzatilayotgan real voqelikdir. Yangi raqamli ekotizimlar yaratish orqali «hammaning iqtisodiyoti» vujudga kelishiga misollar hozirgi kunda sanoatning turli tarmoqlarida vujudga kelmoqda. Media, chakana savdo va bank sohasidagi kompaniyalar eng rivojlangan kompaniyalar hisoblanadi. Masalan, chakana savdo magazinlariijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etishimizni tahlil qilish yordamida bizning didimizga mos keladigan yangi tovarlar to'plamlarini yaratadilar. Bank hisobraqamlari egalarioperatsiyalarni yetakchi internet-kompaniyalar bilan birgalikda banklar tomonidan yaratilgan yechimlar orqali amalga oshirmoqdalar. Raqamlashtirish jarayoni neft va gaz qazib chiqarish kabi an’anaviy tarmoqlarga ham kirib bormoqda. Hozirning o'zida resurslar sohasi kompaniyalarijiddiy vaziyatlarni bashorat qilish uchun «bulutdagi» katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi vositalaridan foydalanib, neft maydonlarini nazorat qiladigan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar (dronlar) yordamida raqamli axborotlarni tahlil qilmoqda. Ko'plab yirik xalqaro neft-gaz kompaniyalari o’z imkoniyatlarini allaqachon mahsulot ishlab chiqarish sifati va samaradorligini oshirishga yo’naltiribgina qolmay, u yoki bu ishlab chiqarish uchastkalarida muayyan natijalarga qaratilgan «Intellektual konlar» dasturini amalga oshirishni boshlagan.Ikkinchidan, hozirning o‘zida raqamlashtirish global miqyosga ega - «raqamli ekotizimlar»ga misollar turli tarmoqlar va kompaniyalarda mavjud. Biz yildan-yilga shunga yaqinlashib boramizki, bizning hayotimiz va faoliyatimiz ushbu tizimlar doirasida amalga oshirilmoqda. Uchinchidan, bugungi kundaiqtisodiyotda kompaniyalar o‘rtasida bozoriy munosabatlarni sezilarli darajada o‘zgartirib yuboradigan katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bostirib kelayotgan buyumlar internet bozorning barcha qatnashchilarini - kompaniyalardan tortib iste’molchilar, mahsulotlar, servis va boshqa jarayonlargacha - umumiy birdunyoga ko'chirib o'tkazishni amalga oshirishmoqda.Bu esa ishlab chiqaruvchilarni, platformalar va ilovalarni, qurilmalar ishlab chiqaruvchilarni va hizmat ko'rsatuvchilarni birlashitradigan yangi «raqamli ekotizimlar» paydo bo'lishi tufayli ro'y bermoqda.O'zgarayotgan dunyoda o'zini topish va yangi hamkorlar bilan «do'stlashish» zarur. Kompaniyalar ekotizimning almashtirib bo'lmaydigan qismiga aylanishi yoki uni o'zlari yaratishlari lozim. Bu yerda gap moliya va vakolatlarda ham emas, balki hamkorlar o'rtasidagi ishonchda, sa’yi-harakatlarni birlashtirishda, taqdim etilayotgan hizmatlar yoki tovarlarga yangicha qarashda hisoblanadi. Bir qator davlatlar (Shveytsariya, Angliya, Isroil va boshqalar) mos keluvchi Markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan blokcheyn texnologiyasini qo'llagan holda o'zlarining virtual valyutalarinii yaratish istagini ma’lum qilganlar. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa raqamli texnologiyalar joriy qilinishi, albatta, davlat virtual valyutalarining ishonchliligini oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuv kriptovalyutalar g'oyasiga zid keladi va ularga to'liq ma’noda qarshilik ko'rsata olmaydi. Nima bo'lganda ham, barcha davlatlar o'zining moliya tizimi va iqtisodiy tizimini ularning bir qismi tartibga solinmaydigan bir nechta valyutaning parallel ravishda muomalada bo'lishiga tayyorlashi lozim. Bu elektron tijorat va elektron biznesning rivojlanishiga ham katta turtki bo’lib hizmat qiladi.