Bu haqda ertaroq o‘ylash kerak edi.
Boshqacha aytganda, ertaroq o‘ylanishi kerak bo‘lgan narsa haqida o‘ylash
kerak edi, degan ma’no hosil bo‘ladi. Endi bu jarayonda Bu haqda birikmasi
rema, ertroq o‘ylash kerak edi birikmasi esa tema vazifasida kelmoqda. Pauza
remadan keyin, temadan oldin qo‘yilib, aktual bo‘laklarga bo‘linishning teskari
tartibi kuzatilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, azaldan ma’lum bo‘lgan
element har doim ham tema bo‘lavermaydi. Uning o‘zgarishiga fraza urg‘usi
sababchi bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,
jumladagi remaning o‘rnini fraza urg‘usi va tonning pasayishi belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |