- Nima uchun bu do‘kon yopiq ?- to‘ng‘illadi u, eshikka osilgan qulfga
qarab.
/// /
- Texnik sabablarga ko‘ra, - deb tushuntirdim.
/// / /
-
왜 그렇게 전화를 늦게 받았니?
-Nima uchun telefonni kech kutarding?
///
-
밖에서 놀다가요. (“별이 된 도깨비 누나”, 김옥애,
32 bet)
- Kochada uynab yurganligim sababli.
Mazkur jumlalarda so‘zlashuv uslubida ko‘proq qo‘llanuvchi “Nima
uchun ?” (왜) degan so‘roq olmoshi ishlatilmoqda. Do‘kon yopiqligi aniq, lekin
nima sababdan yopiqligi noma’lum. “Nima uchun ?” degan so‘roq olmoshi
fraza urg‘usini oladi va, shu bilan birga, shakllantiruvchi komponent vazifasini
bajarmoqda. Chunki aynan shu komponent bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotni
taqozo etmoqda. Qo‘yilgan savolga berilgan javob (texnik sabablarga ko‘ra)
rema hisoblanadi. Boshqacha aytganda, so‘roq so‘zli so‘roq gaplarda so‘roq so‘z
fraza va mantiqiy urg‘usini oladi. Unga javob bo‘luvchi so‘z ham fraza urg‘usini
olib, rema vazifasida keladi.
So‘roq gaplarda so‘roq so‘z rema bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq
shuni ta’kidlash kerakki, so‘roq bilan darak gaplar nutqning turlicha bo‘laklarini
taqozo etadi. Bundan tashqari, ular turlicha kommunikativ funksiya bajaradi.
56
Darak gaplarda rema, ya’ni xabarning ifodalanishi kommunikativ jarayonning
shakllantiruvchisi bo‘lib keladi. So‘roq gaplarda esa bu vazifani so‘roq so‘zlar
bajaradi.
Fikrimiz isboti uchun darak gap tahliliga e’tibor beraylik:
/ / /// //
Dostları ilə paylaş: |