avval, nutq bo‘laklari deganda nima nazarda tutiladi, degan savolga javob
51
berishga to‘g‘ri keladi. Mazkur ishimizda nutq bol‘aklaridan sintagma, gap va
fraza haqida fikr bildiramiz. Nutqimiz esa ana shu parchalardan tashkil topadi.
Sintagma terminining dastlabki talqini F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq.
Olim sintagma deganda, tilning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kamida ikki unsuri o‘zaro
munosabatga kirishuvini tushunadi. Bu jihatdan sintagma til unsurlarining
sintagmatik munosabati tushunchasi bilan uzviy bog‘lanadi. Olim ta’limotida
sintagma vazifasida qo‘shma va yasama so‘zlar, gapning muayyan bo‘laklari
(qismlari), shuningdek, to‘liq gap (shu jumladan qo‘shma gap) ham kelishi
mumkinligi ta’kidlanadi
1
.
Sossyurning shogirdi Sh. Balli sintagma deganda tilning aniqlovchi-
aniqlanmish qolipida kelgan har qanday ikki belgisini tushunadi. Bunda Sh.
Balli sintagma erkin bo‘lishi va shu bois uning komponentlari shu kategoriyaga
tegishli boshqa unsurlar bilan almashtirilishi mumkinligini aytadi
2
.
S. O. Karsevskiy sintagmani ichki va tashqi deb ataluvchi ikki turga bo‘lib
o‘rganadi. Ichki sintagma aniqlovchi-aniqlanmish qolipidagi strukturalar, tashqi
sintagma esa jumla qolipidagi so‘zlar munosabatini tashkil etuvchi gaplar
kiritiladi
3
.
Shunday qilib, sintagma gap ichida bir-birining ketidan kelib bir nafas bilan
aytiladigan so‘zlar guruhidir. Shuningdek, sintagma bir so‘zdan ham hosil
bo‘lishi mumkin, u ritmik urg‘uga ega bo‘ladi, gap tarkibidagi sintagmalar bir-
biridan pauza bilan ajraladi.
Sintagma termini tilshunoslikda ko‘pincha faqat sintaktik ma’noda – bir-
biridan qisqa to‘xtam orqali ajralib turadigan semantik-grammatik-intonatsion
butunlik ma’nosida qo‘llaniladi. Nutqiy aloqaning eng sodda, eng boshlang‘ich
shakli bo‘lgan ikki bo‘lakning sintaktik munosabati sintagma deb ataladi.
A.A.Reformatskiyning fikricha, ikki bo‘lakdan iborat birikma sintagmadir
4
.
1
Qarang: Соссюр Ф. де. Труды по языкознанию. М., 1977.-С.155.
2
Qarang: Балли Ш. Обшая лингвистика и вопросы французского языка.М.,1955.-С. 114-115.
3
Qarang: Карцевский С.О. Повторительный курс русского языка. М.-Л.,1928.-С.34.
4
Qarang: Реформатский А.А. Фонодогические этюды. М.,1975. –С. 18-30.
52
Gap aloqa-almashuv vositasining eng kichik birligidir. Gap tuzish
modellari til birligi bo‘lsa, konkret gaplar nutq birligidir. Ob’yektiv borliq va
unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib,
tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-qoidalar asosida
o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lanmasi gap deyiladi
1
. Gapning asosiy logik-
grammatik belgilari quyidagilar:
1) har qanday gapda ob’yektiv borliq va unga bo‘lgan munosabat ifoda
qilinadi. So‘zlovchi shaxsning voqelikka bo‘lgan munosabati predikativlikdir.
Predikativlik gapning grammatik ma’nosini ifoda qiladi. U gap hosil qiluvchi
kategoriya bo‘lib, gapda ifoda qilinayotgan fikrning borliqqa bo‘lgan
munosabatini modal planda ham zamon va shaxs-sonda ifoda qiluvchi
kategoriyadir;
2) modallik predikativlikning tarkibiy qismi bo‘lib, fe’l mayllari, modal
so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Umuman predikativlik sintaktik mayl, zamon, shaxs-
son kategoriyalari, modal so‘zlar va intonatsiya orqali ifodalanadi. Sintaktik
mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari morfologik mayl, zamon, shaxs-son
kategoriyalaridan farq qiladi:
3) har qanday qurilma gap bo‘lib kelishi uchun tugallangan intonatsiyaga
ega bo‘ladi. Jonli nutqda bir gap ikkinchi bir gapdan tugallangan intonatsiya
(pauza) bilan ajralib turadi. Yozuvda esa, bu tegishli belgilar (nuqt, so‘roq,
undov belgilari) bilan ko‘rsatiladi. Mana shu belgiga ega bo‘lmagan ayrim
predfaol qurilmalar gap hosil qilmay, birikmali aniqlovchi hisoblanadilar.
Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan
chegaralanadi. Nutq ketma-ket kelgan tovushlar yig‘indisi yoki zanjirsimon
ulanishlardan iborat bo‘lib, u tallaffuz davriga ko‘ra oldinma-keyin kelgan
fonetik birliklarga bo‘linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga
bo‘linishi segmentatsiya deb ataladi.
Nutq fonetik jihatdan fraza, takt, bo‘g‘in, urg‘u va nutq tovushlariga
ajraladi. Nutqni frazalarga ajratish sub’yektiv sabablarga bog‘liq (tez yoki sekin
1
Qarang: Yo‘ldoshev I., Sharipova O‘. Tilshunoslik asoslari. Toshkent,2007,139-bet.
53
gapirish). Odatda fraza gapga teng keladi, lekin uni gap deb tushunmaslik kerak.
Chunki gapni grammatik jihatdan, frazani esa fonetik jihatdan o‘rganamiz.
Frazalar taktlardan iborat. Frazaning ikki pauzasi orasiga joylashgan,
yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir necha bo‘g‘inning yig‘indisi
takt deyiladi. Fraza –( yunoncha “phrasis” , ifoda, nutq iborasi ) nutqning eng
yirik mustaqil birligi sifatida aloqa vositasidir. Shu bilan birga, fraza eng yirik
intonatsion birlik bo‘lib keladi. Umuman olganda, frazalar biridan keyin
ikkinchisini aytish uchun nafas olish bilan, ya’ni to‘xtamlar bilan ayrim-ayrim
birliklarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: