Tema va remaning gapda aniqlanishi
Tema va remani gapda aniqlashda dastavval gapning turlarini e’tiborga
olish kerak bo‘ladi. Shunga qarab, tema hamda remaning gapda joylashuv o‘rni
ham turlicha bo‘lishi mumkin. Quyida biz so‘roq so‘zli so‘roq gaplarda, so‘roq
so‘zsiz so‘roq gaplarda va darak gaplarda gapning aktual bo‘laklari joylashuvini
ko‘rib chiqamiz.
/ / // ///
1
Sen men bilan urishmoqchisan?
너 나랑 싸우고 싶어?
Keltirilgan misolda sintagmatik va fraza urg‘usi “urishmoqchisan”
fe’liga tushmoqda. Bu yerda ohang pasayishi ham kuzatilmoqda. “Bundan
boshqa hech narsa xohlamaysanmi?”- degan savol jumla mazmuniga yana
oydinlik kiritadi. Ushbu misolda “Sen” tema, “urishmoqchisan” esa rema
hisoblanadi.
Agar bu misolni matn tasarrufidan olib tekshirsak, uchta alohida savol
yuzaga kelishi mumkin:
// /// / /
Dostları ilə paylaş: |