) so‘zi, rema esa “daqiqa” (
분
) so‘zi hisoblanadi.
Bunda soat yoki kun emas, balki aynan o‘n besh daqiqa (
십 오
분
) degan ma’no
kelib chiqadi.
Ikkinchi holatda esa tema hamda rema o‘rin almashganining guvohi
bo‘lamiz. Endi bu holatda son so‘z turkumi rema, ot so‘z turkumi esa tema
bo‘layotganligini ko‘ramiz. Bu holatda esa yigirma yoki o‘ttiz emas, balki aynan
o‘n besh (
십 오
) degan ma’no ifodasi namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi sintagmaning ham ma’nolari o‘zgarishi holatlarini kuzatishimiz
mumkin:
/ / // / // / // / /
Biz hovliga chiqdik; Biz hovliga chiqdik; Biz hovliga chiqdik
우리 만나요; 우리 만나요; 우리 만나요
;
Bu esa, o‘z navbatida, matnga bog‘liq bo‘lmagan holda sitagmatik
urg‘uning pozitsiyasi o‘zgarishi mumkinligidan dalolat beradi. Boshqacha
aytganda, sintagmatik urg‘u tushgan komponent rema ekanligini ko‘rsatadi.
Pauza sintagmaning ichida qo‘llanmaydi, chunki sintagma fonetik jihatdan
bir butunlikni tashkil etadi. Biroq pauzalar orqali sintagmalar chageralarini
belgilaymiz. Xuddi gapdagi singari sintagmada ham ohang va urg‘u muhim rol
o‘ynaydi. Bunda tonning pasayishi doimo remaga ishora qiladi.
Sintagmalarning bo‘linishi gaplarning bo‘linishidan farq qiladi. Gaplarda
matn mazmuniga (kontekstga) tayanib, fraza urg‘usi orqali remani belgilash
mumkin bo‘lsa, sintagmada esa matn (kontekst) muhim rol o‘ynamaydi. Ba’zan
gapning qaysi bo‘lagiga fraza urg‘usi tushayotgani aniq bo‘lsagina, sintagmatik
urg‘u fraza urg‘usi bilan mos kelishi kuzatiladi.
Sintaktik nuqtayi nazardan sintagma har doim nutqning sintaktik parchasi
hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, sintagma ba’zan butun bir fraza holida kelishi
mumkin. Sintagma gap bo‘lagi bolishi ham mumkin. U sintaktik konstruksiyalar
bilan mos kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, sintagma sintaktik jihatdan shakllangn
bo‘ladi.
60
Sintagma bir so‘zdan, so‘zlardan tarkib topadi, lekin sintaktik jihatdan so‘z
birikmasi bilan to‘g‘ri kelmaydi. Sintagma hududiy jihatdan so‘z birikmasi bilan
mos kelishi, uni qismlarga parchalashi va hatto o‘z tasarrufiga bir necha so‘z
birikmalarini ham kiritishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |