UMUMIY XULOSA
Til sistemasining virtual belgilari, asosan, paradigmatik qator elementlari
ekanligi aniqlandi hamda paradigmatik qator elementlari o‘rtasidagi
munosabatlarni tafakkurimiz, ongimiz orqaligina his eta olishimiz, chunki ular
aniq ifodaga ega emasligi o‘rganildi.
Til elementlarining faollashuvi uchun birdan-bir makon sintagmatik qator
ekanligi belgilandi.Til belgisi, paradigmatik va sintagmatik rejalarning qaysi
birida o‘rganilishidan qat’i nazar, o‘zining ifodalovchi va ifodalanuvchi
belgilariga ko‘ra ajralib turishi ta’kidlandi.
Til elementlarining konkret faollashuvi uchun nutq muhitining ham
ahamiyati katta. Nutq muhiti bo‘lmas ekan, til elementlari mavhum va
umumiyligicha qoladi. Mavhum va umumiylik holatida bo‘lgan til elementlari
paradigmatik rejani va aniq mazmun ifodasini beruvchi faol holatdagi nutq
elementlari esa sintagmatik rejani asoslaydi, degan xulosaga kelamiz.
Paradigmatik qator og‘ushidagi til elementlarining mikrosintagmatik
munosabatlari faol holatda bo‘lmaydi. Bu elementlarning haqiqiy faolligi
faqatgina sintagmatik qatorda ta’minlanadi. So‘ning o‘z funksiyasiga ko‘ra bir
morfologik kategoriyadan ikkinchi morfologik kategoriyaga ko‘chirilishi faqat
sintagmatik qator doirasidagina mumkin bo‘ladi.
Gap unsurlarining funksional sifatlarin o‘z-o‘zidan hosil bo‘lib qolmaydi.
Boshqacha aytganda, ularga ma’lum bir funksiyaning berilishi uchun faqatgina
til imkoniyatlarining o‘zi kamlik qiladi. Chunki nutq muhitining talablari bilan
ham hisoblashishga to‘g‘ri keladi. Nutq muhitida esa so‘zlovchi shaxs yetakchi
omil sanaladi. Demak, til elementining nutqda funksiyasiga ko‘ra faollashuvi
uchun so‘zlovchi shaxs asosiy vositalardan biridir, degan xulosaga kelamiz.
Gap unsurlaridan birining o‘ta faol va ikkinchisining nisbatan kamroq faol
darajada qo‘llanilishi faqatgina nutq muhitining o‘ziga emas, balki so‘zlovchi
shaxsning istak-xohishiga ham ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi.
Gap yoki jumla tarkibiga birorta element maqsadsiz kiritilmaydi, degan
xulosaga kelamiz. Ana shu jarayonda gap tuzilishining barcha leksik-grammatik
68
muammolari til elementlarining paradigmatik rejadan sintagmatik rejaga
ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonun-qoidalar doirasida o‘z ifodasini topadi.
Ayrim til elementlari o‘zlarining asliy morfologik shakllarida qo‘llanilsa,
ayrimlari yasama shakllarga kiradi. Bularning hammasi gap unsurlariga
funksional sifatlarni u yoki bu shaklda taqsimlash maqsadida yuz beradi.Til
belgisining turli ma’nolarda va funksiyalarda qo‘llanilishida nutq jarayoni va
so‘zlovchi shaxsning ham muhim o‘rni borligi aniqlandi.
Til belgilari kichik ham, katta ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli u
fonologik, morfologik yoki sintaktik nuqtayi nazardan ham o‘rganiladi. Hatto
bir so‘zning o‘zi ham to‘rt xil til elementi mazmunini bera oladi, ya’ni bir
paytning o‘zida fonema, morfema, so‘z va gap funksiyalarida ham kela
oladi.Gapning faol bo‘laklarini aniqlashda ohangni nutq jarayonining eng
muhim unsurlaridan biriga aylantiruvchi mantiqiy urg‘u katta ahamiyatga ega.
Bunda mantiqiy urg‘uning asosiy vazifasi gap unsurlaridan birortasini alohida
bo‘rttirib, ajratib ko‘rsatishdan iboratligi aniqlandi.
Mantiqiy urg‘u orqali ajratib ko‘rsatilayotgan so‘z yoki so‘z birikmasi
psixologik yoki mantiqiy kesim sanaladi. Mantiqiy kesim gapning ma’lum bir
nutq jarayonidagi eng sermazmun va muhim unsuri hisoblanadi. Shunga ko‘ra
gap tarkibidagi boshqa so‘zlar unga nisbatan mantiqiy ega vazfasida keladi.
Har bir jumlada zabarning boshlanish nuqtasi va uning semantik
shaklininng markazida turuvchi asosiy nuqtasi mavjud bo‘ladi. Xabarning
boshlanish nuqtasi deb e’tirof etiladigan so‘z mazmunan nafaqat so‘zlovchi
shaxsga, balki tinglovchi shaxsga ham azaldan, hech bo‘lmaganda nutq ijro
etilayotgan muhitda ma’lum bo‘ladi.Gapning faol bo‘laklari xususidagi
nazariyaning, asosan, ikki unsuri mavjaud bo‘lib, ulardan biri, xabarning
boshlanish nuqtasi ikkinchisi esa, asosiy nuqta hisaoblanadi.
Gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi so‘z tartibi masalasi bilan ham uzviy
bog‘liq. So‘z tartibi o‘zgarishi bilan gap unsurlarining kommunikativ vazifalari
va funksiyalari ham o‘zgaradi. Gapning shakily tuzilishi ko‘p jihatdan uning
unsurlarini tanlash va joylashtirish, xususan, fe’l-kesimni tanlash masalasiga
69
ham bog‘liqdir. Bu jarayonga, so‘zsiz, gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi
sezilarli darajada ta’sir etadi.
Gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi va uning tahlili odatdagi sintaktik tahlil
uslubidan farq qiladi. Gapning formal-grammatik bo‘laklari gapda so‘z tartibi
o‘zgarmasa, o‘zgarmaydi. Faol bo‘laklar esa so‘zlovchi va tinglovchining
ta’sirida
o‘zgaraveradi.Formal-grammatik
bo‘laklar
asosida
sintaktik
munosabatlar yotsa, faol bo‘laklar zamirida semantik munosabatlar yotadi.
Formal-grammatik bo‘laklarning bosh va ikkinchi darajali turlari ham
mavjud bo‘lib, ular bir necha gap unsurlarini taqozo etsa, faol bo‘laklar atigi ikki
unsurdan iborat, xolos. Gapning faol bo‘laklari nazariyasi funksional tahlildan
ko‘ra ko‘proq darajada semantik tahlilga yaqin ekanligi aniqlandi. Bundan
tashqari, u bilan psixologik tilshunoslik shug‘ullanishi lozim deb topildi.
Bunda, albatta, ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: birinchidan, gaapning faol
bo‘laklari mantiqiy nuqtayi nazardan qaralsa, u bilan semantik sintaksis
shug‘ullanishi lozim. Ikkinchidan, unga kishining psixologik jihati nuqtayi
nazaridan qaralsa, u bilan psixolingvistika shug‘ullansa maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashqari, gap unsurlarining u yoki bu tomonlari tavsifi
bilan shug‘ullanar ekanmiz, til tashqi muhiti shart-sharoitlari bilan ham
hisoblashishimiz kerak. Chunki til tashqi muhiti til elementlarining faollashuvi
uchun, ko‘p hollarda, asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Gapning aktual bolaklarga bo‘linishi nazariyasida gapni shakllantiruvchi
kommunikativ
jarayongina
emas,
balki
jumlani
semantik
jihatdan
shakllantiruvchi tarkibiy qismlar ham o‘rganiladi. Jumlani semantik jihatdan
shakllantiruvchi unsurlarga kontrast va emfaza kiradi. Sintagma termini
tilshunoslikda ko‘pincha faqat sintaktik ma’noda – bir-biridan qisqa to‘xtam
orqali ajralib turadigan semantic-grammatik-intinatsion butunlik ma’nosida
qo‘llaniladi. Nutqiy aloqaning eng sodda, eng boshlang‘ich shakli bo‘lgan ikki
bo‘lakning sintaktik munosabati sintagma deb ataladi.
70
Gap aloqa-almashuv vositasining eng kichik birligidir. Gap tuzish
modellari til birligi bo‘lsa, konkret gaplar nutq birligidir. Ob’yektiv borliq va
unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib,
tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-qoidalar asosida
o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lanmasi gap deyiladi.
Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan
chegaralanadi. Nutq ketma-ket kelgan tovushlar yug‘indisi yoki zanjirsimin
ulanishlardan iborat bo‘lib, u tallaffuz davriga ko‘ra oldinma-keyin kelgan
fonetik birliklarga bo‘linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga
bo‘linishi segmentatsiya deb ataladi.
Tema va remani gapda aniqlashda dastavval gapning turlarini e’tiborga
olish kerak bo‘ladi. Shunga qarab, tema hamda remaning gapda joylashuv o‘rrni
ham turlicha bo‘lishi mumkin. Sintagmalarning bo‘linishi gaplarning
bo‘linishidan farq qiladi. Gaplarda matn mazmuniga (kontekstga) tayanib, fraza
urg‘usi orqali remani belgilash mumkin bo‘lsa, sintagmada esa matn (kontekst)
muhim rol o‘ynamaydi. Ba’zan gapning qaysi bo‘lagiga fraza urg‘usi
tushayotgani aniq bo‘lsagina, sintagmatik urg‘u fraza urg‘usi bilan mos kelishi
kuzatiladi.
Birgina frazaning o‘zi talaffuzda turli xil o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.
Bu o‘zgarishlar orqali his-hayajon va tuyg‘ular ifodalanadi. Buda esa ohang,
ovoz toni o‘zgarishi; nutq tezroq aytilishi, ma’lum bir so‘z talaffuzida jestlar
qo‘llanishi mumkin. Fraza urg‘usi sintagmaga tushadi. U esa, o‘z navbatida,
frazaning asosiy mazmunini namoyon etadi. Frazaning asosiy tamoyilini
intonatsion tugallik, fraza urg‘usi va ma’no butunligi tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |