I bob. So‘zning funksiyasi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

III bob bo‘yicha xulosa 

Tadqiqotimizning  ushbu  bobida  til  unsurlarining  fynksional  faolligi  va 

tema-remani  aniqlash  usullarini  tekshirish  davomida  quyidagi  xulosalarga 

kelindi: 

1. Har bir til belgisining sintaktik faolligini ta’minlash uchun eng avval uni 

nisbatan  kattaroq  belgi  tasarrufiga  ko‘chirib  o‘tkazmoq  lozim.  Boshqacha 

aytganda, tilning har qanday belgisi ham o‘zi mansub bo‘lgan belgilar doirasida 

faollasha olmaydi. 

2.  Har bir  belgilar  turkumi  shu  belgilarning  o‘ziga xos darajadagi zahirasi 

sanaladi  va  ularni  mavhum,  umumiy  tushunchalar  sifatida  o‘zida  saqlaydi. 

Shuning  uchun  fonema  morfema  yoki  so‘z  doirasida,  morfema  so‘z  qolipida, 

so‘z gap tarkibida faollik belgisini oladi. 

3. Sintaktik jihatdan faollashmagan biror bir til belgisi na semantik, va na 

sintaktik  funksiya  bajara  oladi.  Yoki  aksincha,  semantik  yoxud  sintaktik 

funksiya  bajarayotgan  har  qanday  belgi  mavhum  va  umumiy  mazmunda 

bo‘lmaydi. 

4.  Belgining  sintagmatik  zanjir  doirasida  belgili  yoki  belgisiz  tarzda 

berilishi  esa  uning  funksional  faolligi  uchun  sezilarli  darajada  ahamiyatga  ega 

emas. 


5. Sintagmatik zanjir doirasida muxtor holatda faollashayotgan til belgilari 

har  doim  belgili  tarzda  beriladi  va  bunday  belgilar  ma’lum  bir  gap  orqali 

ifodalanayotgan  xabarning  umumiy  mazmunini  kengaytirish  yoki  izohlash 

uchun xizmat qiladi. 

6. Til elementlarining sintaktik faollashuvidan quyidagi maqsadlar ko‘zda 

tutiladi: 

1)  mavhum  va  umumiylik  mazmunidagi  belgilar  aniq  mazmun  kasb  etadi 

va paradigmatik qatordan sintagmatik qatorga ko‘chiriladi; 




65 

2)  harakatsiz  belgilar  jonlantiriladi  va  ularning  boshqa  belgilar  bilan 

sintaktik munosabatlari tiklanadi; 

3)  so‘z  turkumlari  funksiyalari  gap  bo‘laklari  funksiyalari  bilan 

almashtiriladi. 

7. Gap unsurlarining tema-rematik munosabatlarini aniqlashning uch asosiy 

usuli  mavjud  bo‘lib,  ular  prosodik  (pauza,  urg‘u  hamda  ohangning  o‘rni), 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin