Ko‘r ko‘rni qorong‘ida topadi.
고자질쟁이가 먼저 죽는다.
(maqol)
Sotqin birinchi o’ladi.
Ushbu jumlalarning temasi sifatida “ko‘r” va
고자질쟁이가
(sotqin)
so‘zlari kelmoqda. Rema esa “topadi” va
죽는다
(o’ladi) so‘zlari bilan
ifodalanmoqda. Bu jumlada tema birinchi o‘rinda tema esa ikkinchi o‘rinda
turibdi. Ushbu maqollar oddiy gapdan deyarli farqlanmaydi. Tema ega bilan
rema esa kesim bilan ifdalanmoqda.
/ // / ///
Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi.
글 속에 글 있고 말 속에 말 있다
. (maqol)
Gap ichida gap bor, so’z ichida so’z.
(“Gap tagida gap bor” maqolining koreys tilidagi analogi)
Usbu jumlalar ham ikkitadan sintagmadan iborat. Fraza urg‘usi “ko‘zi”
so‘ziga tushmoqda. U esa, o‘z navbatida, rema hisoblanadi. Tema esa “Otalar
so‘zi” birikmasi bilan ifodalanmoqda. Shuni aytish kerakki, semantik jihatdan
qaratqich aniqlochini egadan ajratib bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lsa, u holda
jumla mantiqiyligini yo‘qotadi. Tema va rema pauza bilan ajratilgan bo‘lib,
jumlada fe’l guruhi mavjud emas. Chunki ko‘p hollarda turg‘un birikmalarda
fe’l guruhi ishlatilmaydi. Shuning uchun ham tema va rema yakka holda emas,
balki semantik jihatdan so‘zlar guruhi bilan ifodalanmoqda. Shu bois turg‘un
birikmalarda so‘zlar o‘rnini almashtirib, yoki olib tashlab bo‘lmaydi.
Lingvistika tarixiga aktual bo‘laklar tushunchasi kirib kelganiga yuz yildan
ko‘proq vaqt bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, uning tilshunoslikdagi o‘rnini
belgilash uchun, bizningcha, yetarli muddat bo‘lsa kertak. Shunday bo‘lishiga
qaramay, bu sohada bajarilgan tadqiqot ishlari talaygina bo‘lsa-da, hanuzgacha
o‘z ifodasini topmagan jumboqli masalalar ko‘p. Masalan, aktual bo‘laklarni
62
tilning hamma jabhalarida qo‘llasa bo‘ladimi? Aktual bo‘laklarni faqat nutqiy
tushuncha deb bilish kerakmi, yoki uni tilning tahlilida (tilning bo‘shqa
grammatiuk tushunchalari bilan bir qatorga qo‘ysa bo‘ladimi) ham ishlatsa
bo‘ladimi? – degan savollar mavjuddir.
Aktual bo‘laklar serqirrali tushuncha bo‘lib, uni o‘rganish jarayonida to‘rt
xil paradigmaga bo‘lish mumkinligi aniqlandi:
1) genetik paradigma;
2) struktur-sintaktik paradigma;
3) funksional-semantik paradigma;
4) semiotik paradigma.
Dostları ilə paylaş: |