Tema va remaning frazada aniqlanishi
Birgina frazaning o‘zi talaffuzda turli xil o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.
Bu o‘zgarishlar orqali his-hayajon va tuyg‘ular ifodalanadi. Buda esa ohang,
ovoz toni o‘zgarishi; nutq tezroq aytilishi, ma’lum bir so‘z talaffuzida jestlar
qo‘llanishi mumkin. Fraza urg‘usi sintagmaga tushadi. U esa, o‘z navbatida,
frazaning asosiy mazmunini namoyon etadi. Frazaning asosiy tamoyilini
intonatsion tugallik, fraza urg‘usi va ma’no butunligi tashkil etadi.
Odatda, fraza deganda gap tushuniladi. Lekin bu haqda biz ishimizning
avvalgi paragrafida to‘xtalgan edik. Mazkur paragrafda biz frazaning aktual
bo‘laklarga bo‘linishini gap tasarrufida emas, balki turg‘un holatdagi frazalar
ko‘rinishida tahlil etmoqchimiz.
/ // / ///
Dostları ilə paylaş: |