I bob. So‘zning funksiyasi


Struktur-sintaktik  paradigma



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

Struktur-sintaktik  paradigma  o‘zining  to‘liq  yakunini  Vilen  Matezius 

ishlarida  topdi.  Olim  ushbu  terminga  yangicha-“gapning  aktual  bo‘laklarga 

bo‘linishi”,-deb  nom  berdi.  Mazkur  termin  barcha  tadqiqot  ishlarida  hozirgi 

kunda  ham  faol  qo‘llanmoqda.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  V.Matezius  gapning 

aktual  bo‘laklarga  bo‘linishini  faqatgina  nutqiy  jarayonga  xos  deb  biladi  va 

gapni  struktur  jihatdan  tahlil  qiladi.  Ta’kidlash  kerakki,  struktur-sintaktik 

paradigmani o‘rganish ildizlarini XVIII asrda yashab ijod etgan fransuz olimlari 

S.Dyumarse,  N.Boze,  Sh.Bato  tadqiqotlarida  kuzatishimiz  mumkin.  90-yillarga 

kelib, rus tilshunosligida V.P.Danilenko gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishini 

mukammal  o‘rganib  chiqadi.  V.Matezius  ishlarida  gapning  aktual  bo‘laklarga 




63 

bo‘linishini  formal-sintaktik  strukturalar  tarzida  o‘rganiladi.  V.Matezius  gapda 

sintaktik  jihatdan  tartibning  o‘zgarishini  “sintaktik  anomaliya”,  deb  nomlaydi. 

Bu  holat  ko‘pincha  nutq  so‘zlash  jarayonida  vujudga  kelishini  ta’kidlaydi, 

Boshqacha aytganda, uni  “va’zxonlik san’ati jarayoni” deb biladi. Zero, aynan 

shu paytda sintaktik tartibning o‘zgarishi mumkinligini aytadi. 

V.Matezius  nazariyasida  ikki  tushunchaning  (ikki  aspektning)  bir-biriga 

qarama-qarshi  qo‘yilganini  ko‘ramiz  (tema-rema).  Olim  nutq  so‘zlashning 

tabiati  shunday  bo‘lishi  kerakki,  u  bir  vaqtning  o‘zida  ikki  xil  bo‘lishi 

kerakliginini,  ya’ni  mantiqiy  urg‘uni  istagan  holatda  o‘zgarib  turishi 

mumkinligini aytadi. Bu esa har qanday tilning xarakterli tomonini ko‘rsatishini 

ta’kidlaydi. Bu holatda esa nutqiy jarayon an’anaviy bo‘laklarga bo‘linish bilan 

mos  kelishi  yoki  mos  kelmasligi  ham  mumkin.  Bu  holatda  esa,  ya’ni  nutqda 

aktual  bo‘laklarga  bo‘lish  prinsipi  ustunlik  qiladi.  V.Matezius  o‘zidan  oldin 

o‘tgan  olimlarning:  “Gapda  asosiy  vazifani  grammatik  aloqalarmi,  yoki  aktual 

bo‘laklarga bo‘lish bajaradimi?”-degan savollariga javob berib, nafaqat struktur, 

balki funksional tilshunos sifatida ham namoyon etdi. 

V.Matezius  ishlarini  struktur-sintaktik  paradigmaning  cho‘qqisi  sifatida 

talqin qilish mumkin, o‘z navbatida, olim funksional-semantik paradigmaning 

boshlanishiga ham asos soldi, desak xato qilmaymiz. 

Parij tilshunoslik maktabida “gapning fuksional shakllanishi” degan termin 

vujudga  keldi.  Tadqiqotchilar  gapning  aktual  bo‘laklarga  bo‘linishining 

ma’noviy  xususiyatlariga  e’tibor  bera  boshladilar.  Gapning  aktual  bo‘laklarga 

bo‘linishi ikki funksional faktorga bo‘linadi: a) kommunikativ faktor; b) ma’no 

anglatuvchi faktor.  

Keyingi  yillarda  aktual  bo‘laklarga  bo‘linish  semiotik  jihatdan  ham 

o‘rganila  boshlandi.  Bunda  aktual  bo‘laklarga  bo‘linish  jarayonida  semiotik 

belgilar, ya’ni nutqni shakllantiruvchi belgilar muhim hisoblanadi.  

Umuman olganda, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi nafaqat grammatik 

jihatdan  o‘rganilaishi,  balki  tarjimashunoslik  sohasida  ham  o‘rganilishi  kerak 




64 

bo‘ladi. Zotan, matn tarjimasida aktual bo‘laklarning o‘rni muhimdir. 

 

 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin