muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu orqali jumlaning aktual bo‘laklarga
ham bajara oladi. So‘zlovchi kishi quyidagi prosodik vositalar yordamida
- urg‘u (mantiqiy urg‘u, emfatik urg‘u, fraza urg‘usi, takt urg‘usi, so‘z
10. Gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishining sintaktik tabiati an’anaviy
sintaktik tahlil kategoriyalariga o‘xshashligining sababi, tema va rema ham
ma’nosining temadan remaga qarab kengayib, o‘sib borishi me’yoriy-neytral
holat hisoblanadi. Bu holat, odatda, gapdagi to‘g‘ri so‘z tartibida vujudga keladi.
shakllantiruvchi tarkibiy qismlar ham o‘rganiladi. Jumlani semantik jihatdan
66
13. Sintagma termini tilshunoslikda ko‘pincha faqat sintaktik ma’noda –
bir-biridan qisqa to‘xtam orqali ajralib turadigan semantic-grammatik-
intinatsion butunlik ma’nosida qo‘llaniladi. Nutqiy aloqaning eng sodda, eng
boshlang‘ich shakli bo‘lgan ikki bo‘lakning sintaktik munosabati sintagma deb
ataladi.
14. Gap aloqa-almashuv vositasining eng kichik birligidir. Gap tuzish
modellari til birligi bo‘lsa, konkret gaplar nutq birligidir. Ob’yektiv borliq va
unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib,
tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-qoidalar asosida
o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lanmasi gap deyiladi.
15. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza
bilan chegaralanadi. Nutq ketma-ket kelgan tovushlar yug‘indisi yoki
zanjirsimin ulanishlardan iborat bo‘lib, u tallaffuz davriga ko‘ra oldinma-keyin
kelgan fonetik birliklarga bo‘linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik
birliklarga bo‘linishi segmentatsiya deb ataladi.
16. Tema va remani gapda aniqlashda dastavval gapning turlarini e’tiborga
olish kerak bo‘ladi. Shunga qarab, tema hamda remaning gapda joylashuv o‘rrni
ham turlicha bo‘lishi mumkin.
17. Sintagmalarning bo‘linishi gaplarning bo‘linishidan farq qiladi.
Gaplarda matn mazmuniga (kontekstga) tayanib, fraza urg‘usi orqali remani
belgilash mumkin bo‘lsa, sintagmada esa matn (kontekst) muhim rol
o‘ynamaydi. Ba’zan gapning qaysi bo‘lagiga fraza urg‘usi tushayotgani aniq
bo‘lsagina, sintagmatik urg‘u fraza urg‘usi bilan mos kelishi kuzatiladi.
18. Birgina frazaning o‘zi talaffuzda turli xil o‘zgarishlarga uchrashi
mumkin. Bu o‘zgarishlar orqali his-hayajon va tuyg‘ular ifodalanadi. Buda esa
ohang, ovoz toni o‘zgarishi; nutq tezroq aytilishi, ma’lum bir so‘z talaffuzida
jestlar qo‘llanishi mumkin. Fraza urg‘usi sintagmaga tushadi. U esa, o‘z
navbatida, frazaning asosiy mazmunini namoyon etadi. Frazaning asosiy
tamoyilini intonatsion tugallik, fraza urg‘usi va ma’no butunligi tashkil etadi.