2. Gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishining jahon tilshunosligida
o‘rganilishi holati
Ma’lumki, gapning faol bo‘laklarni aniqlashda ohangni nutq jarayonining
eng muhim unsurlaridan biriga aylantiruvchi mantiqiy urg‘u katta ahamiyatga
ega. Mantiqiy urg‘uning asosiy vazifasi gap unsurlaridan birortasini alohida
bo‘rttirib, ajratib ko‘rsatishdan iboratdir. Shuning uchun mantiqiy urg‘u orqali
28
ajratib ko‘rsatilayotgan so‘z yoki so‘z birikmasi psixologik yoki mantiqiy kesim
sanaladi. Mantiqiy kesim gapning ma’lum bir nutq jarayonidagi eng sermazmun
va muhim unsuri hisoblanadi. Shunga ko‘ra gap tarkibidagi boshqa so‘zlar unga
nisbatan mantiqiy ega vazifasida keladi
1
.
Gapning har qanday bo‘lagi ham mantiqiy kesim vazifasida kela oladi. Bu,
asosan, qaysi so‘zga mantiqiy urg‘u tushishiga bog‘liq. Shuning uchun ayrimlar
bu hodisani gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi deb nomlasalar, ayrimlar esa uni
gapning mazmun nuqtai nazardan bo‘laklarga bo‘linishi deb atashmoqda. Har
holda, nomlari turlicha bo‘lsa-da, ularning mohiyati bir xil.
Gapning mazmunan faol bo‘laklarga bo‘linishi masalasini mantiq
doirasidan til doirasiga olib o‘tib, uni til nuqtai nazaridan tahlil etgan dastlabki
tishunoslardan biri chex olimi Vilen Mateziusdir. Uning nazariyasiga ko‘ra har
bir jumlada xabarning boshlanish nuqtasi va uning semantik shaklining
markazida turuvchi asosiy nuqtasi mavjud bo‘ladi. Xabarning boshlanish nuqtasi
deb e’tirof etiladigan so‘z mazmunan nafaqat so‘zlovchi shaxsga, balki
tinglovchi shaxsga ham azaldan, hech bo‘lmaganda nutq ijro etilayotgan
muhitda ma’lum bo‘ladi. Shunga ko‘ra, gapning bunday bo‘lagi ifoda etilishi
lozim bo‘lgan yangi xabarning asosi, uning tayanch nuqtasi deb ataladi.
Xabarning asosiy nuqtasi esa jumlaning mazmuni markazida turuvchi so‘z
orqali ifodalanib, u tinglovchiga azaldan ma’lum bo‘lmaydi, balki nutq
jarayonida ravshanlashadi.
Shunday qilib, gapning faol bo‘laklari xususidagi nazariyaning, asosan,
ikki unsuri bor: xabarning boshlanish nuqtasi va asosiy nuqta. Mantiqiy urg‘u
har doim asosiy nuqtani ifodalovchi so‘zga tushadi.
V.Mateziusning ushbu nazariyasi jahon tilshunosligida ham keng talqin
etildi va sezilarli darajada rivojlantirildi. Ayniqsa, tilshunoslikning sintaksis
bo‘limining asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Masalan, I.P.Raspopov,
K.G.Krushelnitskaya, V.G.Gak singari ko‘plab tilshunoslarning ilmiy
tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi.
1
Виноградов В.В. Исследования по русской грамматике. Изб.труды.-М.,-С.277.
29
Bu masalaga I.P.Raspopovning “Rus tilidagi darak gaplarning faol
bo‘laklarga bo‘linishi va ularning kommunikativ-sintaktik turlari” nomli
doktorlik dissertatsiyasi bag‘ishlangan
1
.
I.P.Raspopov fikriga ko‘ra, gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi nazariy
sintaksisning asosiy masalalaridan biri sanalmog‘i lozim. Chunki u gapning
kommunikativ vazifasi bilan uzviy bog‘liq. Gapning markazida uning
kommunikativ vazifasi asosiy og‘irligini o‘ziga olgan so‘z yoki birikma turadi.
Biroq olim gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishini semantik sintaksisning
masalalaridan biri ekanligini inkor etadi va bu haqdagi K.G.Krushelnitskaya
fikriga tanqidiy nazar bilan qaraydi.
K.G.Krushelnitskaya, bizningcha, bu sohada to‘g‘ri va teran fikr bildiradi.
Uning ta’kidlashicha, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi masalasi o‘z
mohiyati va tildagi ifodalanishiga ko‘ra, garchi uni sintaksisda o‘rganishayotgan
bo‘lsa ham, gap unsurlarining semantik tomonini taqozo etadi
2
.
Haqiqatdan ham sintaksis va semantika turlicha sohalardir. Biroq
sintaksisni mazmunsiz shakl tarzida va, aksincha, mazmunni ham biror bir shakl
qolipidan tashqarida o‘rganish maqsadga muvofiq emas. Shu sababli
K.G.Krushelnitskayaning yuqorida aytib o‘tgan fikriga to‘liq qo‘shilish
mumkin.
Bundan tashqari, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi so‘z tartibi masalasi
bilan ham uzviy bog‘liq. So‘z tartibi o‘zgarishi bilan gap unsurlarining
kommunikativ vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi. So‘z tartibi esa, o‘z
navbatida, so‘zlovchining so‘zlashish uslubiga ham bog‘liq. Shu sabali gapning
aktual bo‘laklari yolg‘iz bir gap doirasida ham turlicha belgilanishi mumkin. Bu
o‘rinda , albatta, so‘zlovchining so‘z tanlash mahorati ham katta ahamiyatga
ega. V.G.Gak ta’kidlaganidek, gapning shakily tuzilishi ko‘p jihatdan uning
unsurlarini tanlash va joylashtirish, xususan, fe’l-kesimni tanlash masalasiga
1
Qarang: Raspopov I.P. Ko‘rsatilgan asar, 78-b.
2
Qarang: Krushelnitskaya K.G. Ko‘rsatilgan asar, 58-b.
30
ham bog‘liq. Bu jarayonga, shubhasiz, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi
sezilarli darajada ta’sir etadi
1
.
Olimning fikriga ko‘ra, gap tarkibida maxsus elementlar, qo‘shimcha
so‘zlar yordamida mazmuni bo‘rttirilayotgan so‘z mantiqiy urg‘u oladi va u
berilayotgan xabarning asosiy nuqtasi sanaladi. Agar gap tarkibida maxsus
elementlar yoki qo‘shimcha so‘zlar bo‘lmasa, u holda noaniq artikl bilan
kelayotgan so‘z xabar mazmunining markazida bo‘ladi. Bordi-yu, har ikki
vositaning birortasi ham gapda qatnashmayotgan bo‘lsa, dastlabki so‘z
xabarning boshlanish nuqtasi, oxirgi so‘z esa uning asosiy nuqtasi sanaladi.
Chunki so‘zlashuv jarayonida biz har doim aniqlikdan noaniqlikka qarab
boramiz. Boshqacha aytganda, so‘zlashishdan asosiy maqsad ham qandaydir
yangi axborot olish yoki eski axborotni yangilashdan iborat
2
.
Ko‘rinadiki, V.G.Gakning sintaktik nazariyasi markazida gap mazmuni
bilan uning shakli o‘rtasidagi uzviy munosabat turadi, zero, mazmunsiz shakl
bo‘lmaganidek, biror bir shaklga asoslanmagan mazmun ham yo‘q. Yuqorida
berilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi va uning
tahlili odatdagi sintaktik tahlil uslubidan farq qiladi. Birinchidan, gapning
formal-grammatik bo‘laklari (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar) gapda so‘z
tartibi o‘zgarmasa, o‘zgarmaydi. Faol bo‘lakrlar esa so‘zlovchi va
tinglovchining ta’sirida o‘zgaraveradi. Ikkinchidan, formal-grammatik bo‘laklar
asosida sintaktik munosabatlar yotsa, faol bo‘laklar zamirida semantk
munosabatlar yotadi. Uchinchidan, formal-grammatik bo‘laklarning bosh va
ikkinchi darajali turlari ham mavjud bo‘lib, ular bir necha gap unsurlarini taqozo
etadi. Faol bo‘laklar esa atigi ikki unsurdan iborat, xolos.
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi
masalasi hozirgi zamon tilshunosligi uchun katta yangilik emas, biroq bu sohada
qiyosiy jihatdan, tillarni o‘zaro solishtirgan holda, birorta tadqiqot ishi
bajarilgani yo‘q. Bundan tashqari, tadqiqot ishimiz davomida shunga amin ham
1
Qarang: Gak V.G. Ko‘rsatilgan asar, 70-b.
2
Qarang: Gak V.G. Ko‘rsatilgan asar, 74-b.
31
bo‘ldikki, koreys tili grammatikasida jahon tilshunosligida bajarilgan ishlarning
birortasi o‘z aksini topganicha yo‘q. Lekin bu bilan biz jahon tilshunosligiga xos
bo‘lgan lingvistik xususiyatlar koreys tiliga aynan to‘g‘ri keladi demoqchi
emasmiz. Koreys tilida ham sintaksis sohasi bo‘yicha bajarilgan distributiv
tahlil, bevosita ishtirokchilar tahlili, transformatsion tahlil, derivatsion tahlil kabi
uslublarni qo‘llab, yangi tadqiqot ishlarini amalga oshirsa bo‘ladi, albatta. Shu
jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, o‘zbek tilshunosligi tilshunoslik sohasining
turli yo‘nalishlarida ancha oldinda ekanligia amin bo‘lamiz. Bizningcha, bunday
ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishimizning sababi, rus tilshunosligining ta’siri
tufayli bo‘lsa kerak. Chunki M.N.Peterson, A.M.Peshkovskiy, L.N.Murzin,
S.D.Kasnelson, V.V.Vinogradov, A.N.Kononov, V.A.Zveginsev kabi qator rus
tilshunoslarining ilmiy ishlarini o‘rgangan holda o‘zbek tilshunoslari ham yangi-
yangi tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Boshqacha aytganda, bu olimlarning
ilmiy asarlari orqali o‘zbek tilshunoslari ham jahon tilshunosligida
o‘rganilayotgan tilga oid yangiliklar bilan tanishdilar.
Tilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davriga kelib, gapning aktual
bo‘laklarga bo‘lininshi hodisasiga alohida funksional tahlil nazariyasi sifatida
qaralmoqda. Masalan, N.A.Slyusareva ilmiy ishlarida uning shu tarzda talqin
etilganini kuzatamiz. Olim gapning faol bo‘laklarini “tema” va “rema” maxsus
atamalari orqali belgilaydi. “Tema” gapda berilayotgan xabar asosi bo‘lsa,
“rema” xabar markazida turuvchi asosiy nuqtadir
1
.
SH. Balli “tema” va “sabab” terminlaridan foydalanadi. SH. Balli
nazariyasaida “tema” modal sub’yekt, ya’ni modus, va “sabab” nutq qaratilgan
ob’yekt, ya’ni diktum demakdir. Shuning uchun ham SH.Balli modallik
belgilari aks ettirilmagan jumlani gap bilan tenglashtirib bo‘lmasligini aytadi.
Modallik gapning yuragi ekanligini uqtiradi
2
.
Bizningcha, gap unsurlarining modallik belgisi bir tomondan so‘zlovchi
shaxs ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularning anglatadigan
1
Qarang: Slyusareva N.A. Ko‘rsatilgan asar, 111-b.
2
Qarang: Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка.
-М., 1955.-С. 44-46.
32
ma’nolari bilan ham uzviy aloqadordir. Bizningcha, har ikki omil ham gap
unsurlarining sintaktik funksiyalaridan uzoq turadi.
Ushbu masalaga U.L.Cheyfning to‘g‘ri yondoshganligini ko‘ramiz.
Gapning aktual bo‘laklari muammosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlovchi va
tinglovchi shaxslarning psixologig faoliyati bilan bog‘laydi. Olimning fikriga
ko‘ra, har qanday semantik struktura ham kishi ongidagina fonologik shakllarga
aylana oladi. Demak, til aqliy jarayonni taqozo etadi. Tilga oid har qanday
masalani ham kishi ongida nimalar bo‘layotganligi bilan hisoblashmasdan turib,
tadqiq qilish mumkin emas
1
.
U.L.Cheyfning mazkur mulohazasi ham gapning aktual bo‘laklari
nazariyasi funksional tahlildan ko‘ra ko‘proq semantik tahlilga yaqin
ekanligidan va u bilan psixologik tilshunoslik shug‘ullanishi lozimligidan
dalolat beradi. Bu holatda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin. Agar unga mantiqiy nuqtai
nazardan qaralsa, u bilan semantik sintaksis shug‘ullanishi lozim. Bordi-yu faol
bo‘laklarga kishi ruhiyati nuqtai nazaridan yondashilsa, u holda psixologik
tilshunoslik ish tutishi kerak.
Yuqoridagilardan tashqari, biz gap unsurlarining u yoki bu tomonlari
tavsifi bilan shug‘ullanar ekanmiz, albatta, til tashqi muhiti shart-sharoitlari
bilan ham hisoblashmog‘imiz lozim. Chunki til tashqi muhiti til elementlarining
faollashuvi uchun ko‘p paytlarda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi
2
.
Tilning ma’lum bir elementi bir tashqi muhit doirasida o‘zining tub
ma’nosida yoki funksiyasida qo‘llanilsa, ikkinchi bir tashqi muhit uning
faqatgina yasama ma’noda yoki ikkinchi darajali funksiyada qo‘llanilishi uchun
yo‘l beradi. Tilning ichki muhiti esa o‘z qonun-qoidalariga qat’iy bo‘ysungan
holda faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun til ichki muhitida til belgilarining
yasama yoki mavhum ma’nolari uning konkret va tub ma’nolaridan kelib
chiqadi
3
.
1
Qarang: Чейф У. Л. Значения и структура языка.-М.,1975.-С.28.
2
Qarang: Turniyozov N.Q. , Turniyozova K.A. Funksional sintaksisga kirish.-Toshkent: “Fan”, 2003,
23-bet.
3
Qarang: Блумфилд Л. Язык.-М., 1968.-С.465.
33
Bu haqda E.Benvenist ham diqqatga sazovor fikr aytadi. Unga ko‘ra, tashqi
muhit tilning konkret qo‘llanilishining eng muhim omillaridan biri bo‘lib, u
nutqimizga ikki xil funksiya beradi: nutq so‘zlovchi shaxs ongida voqelikdagi
voqea-hodisalarni qaytadan tiklaydi, tinglovchi ongida esa ana shu voqea-
hodisalarga nisbatan yangidan munosabat uyg‘otadi. Ana shu tarzda til kishilar
o‘rtasidagi aloqa quroliga aylanadi
1
. So‘zlashuv jarayonida o‘zaro
munosabatning tildagi modellari shakli yaratiladi, so‘zlar va tushunchalarning
nutq oqimidagi aloqalari vujudga keladi va til belgilari hosil bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, tilning nutq oqimida qo‘llanilgan belgilari har doim
faoldir. Aks holda ular nutqda qo‘llanilish imkoniyatiga ham ega bo‘la olmaydi.
Demak, tilning nutq zanjiri tarkibida qo‘llanilgan har bir elementi ma’lum bir
sintaktik vazifani ham bajaradi. Buni shunday tushunmoq kerakki, ko‘p so‘zlar
o‘z-o‘zicha biror bir tugal ma’noni anglata olmaydi. Ikkinchidan, alohida
olingani holda so‘zlar ko‘p ma’noli til belgilari sanalsa, gap tarkibiga kiritilgach,
bu imkoniyatdan mahrum bo‘ladi. Uchinchidan, ana shunga ko‘ra gapning
umumiy ma’nosi ham uning tarkibidagi so‘zlarning ma’noli miqdoriga teng
kelmaydi
2
.
Ko‘rinadiki, tilning har bir belgisi, uning katta yoki kichik bo‘lishidan
qat’iy nazar, o‘zining aniq vazifasini nutq zanjiri doirasidagina ola oladi. Nutq
zanjiri esa, o‘z navbatida, ayrim til elementlari qo‘llanilishini suiiste’mol qilishi
mumkin, lekin ularning birortasini ham sintaktik yoki semantik funksiyasiz o‘z
tarkibiga kiritmaydi. Shuning uchun ayrim tilshunoslarning mustaqil ma’noli
so‘zlar bilan bir qatorda ma’nosiz so‘zlar ham mavjud, degan fikriga to‘liq
qo‘shilib bo‘lmaydi. Masalan, L.Tenyer Hind-yevropa tillaridagi artikllarni va
ayrim predloglarni ana shunday ma’nosiz so‘zlar deb hisoblaydi
3
.
Bizningcha, bu so‘zlarning leksik ma’nolarining yo‘qligi e’tiborga
olinsagina ma’nosiz deyish mumkin. Biroq funksiya nuqtai nazaridan ularga
bunday qarash noo‘rin. Chunku ularning funksional faolligi mustaqil mazmunli
1
Qarang: Бенвенист Э. Обшая лингвистика.-М.,1974.-С.27.
2
Qarang: Падучева Е.В. О семантике синтаксиса. –М.,1974.-С. 12.
3
Qarang: Teaniere L. Elements de syntaxe structurale, 3
e
ed. –Paris,1976, pp.19-29.
34
so‘zlarga qaraganda bir necha marotaba ziyod bo‘lishi ham mumkin. Masalan,
o‘zbek tilidagi -ki bog‘lovchisini olib ko‘raylik. U leksik jihatdan hech qanday
ma’no anglatmaydi, albatta. Lekin sintaktik jihatdan shu darajada ko‘p funksiya
bajarishi mumkinki, bunday vazifada mustaqil so‘zlarning ham ko‘pchiligi
qo‘llana olmaydi. Bundan tashqari ularning semantik funksiyalari ham mavjud.
Masalan tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmalarning qisamlari
mazmunini birlashtirib, yaxlit bir fikr ifodasiga aylantirishda uning nafaqat
sintaktik, balki semantik bog‘lovchi ekanligini ko‘ramiz.
Ana shulardan kelib chiqib, har bir til belgisining sintaktik va semantik
funksiyalari uning leksik ma’nosi mezoni bilan bog‘liq emas degan xulosaga
kelamiz.
Til belgisining bunday faolligi, albatta, ma’lum bir sintaktik qurilma
tarkibidagina ro‘yobga chiqadi. Chunki sintaktik qurilma, masalan, jumla, gap
va MSQ (murakkab sintaktik qurilma)
1
til elementlarining konkret qo‘llanilishi
uchun ob’yekt bo‘lishidan tashqari, bu elementlarning fonologik, grammatik,
semantik, sintaktik va kommunikativ ma‘no va sifatlarining ham kesishish
nuqtasidir
2
. Ayni paytda shuni ham aytish kerakki, tilning har bir elementi
shakliy butunligini o‘zi tegishli bo‘lgan elementlar guruhi doirasida oladi.
Masalan, fonema fonologiya doirasida, morfema va so‘z morfologiya doirasida
va hokazo. Biroq ularning ma’nolari bu guruhlar doirasiga nisbatan kengroq va
kattaroq ob’yektlarda aniq ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, tovushlar
mazmuni morfema va so‘zlarda, morfema mazmuni so‘zda, so‘z mazmuni esa
gapda belgilanadi. Bu iyerarxik jarayonga, albatta, ohang, ekstralingvistik
omillar, so‘zlovchi shaxsning istak-xohishi kabilar ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi
mumkin. Chunki yuqorida aytib o‘tilgan til belgilarining konkret qo‘llanilishi
ana shu til tashqi muhiti unsurlari qurshovida amalga oshiriladi. Til belgilari
nutq oqimiga kiritilgach, biror bir sintaktik yoki semantik vazifada kelishi shart.
1
Qarang: Turniyozov B. Hozirgi o‘zbek tilida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar
derivatsiyasi. –Samarqand, 2008.
2
Qarang: Москальская О.И. Проблемы системного описания синтаксиса.-М., 1981.-С.9.
35
Shuni ham qayd etish zarurki, so‘zlar nutq oqimida biri ikkinchisidan
mustaqil va nomustaqil holatda funksiya bajarishlari bilan ham farq qiladi.
Masalan:
Dostları ilə paylaş: |