25
Ko‘rinadiki, Vilen Matezius tomonidan ilmiy asoslangan gapning aktual
bo‘laklari nazariyasi asosan ikki termin – jumlaning asosi va jumlaning
yadrosi orqali ish ko‘radi. V.Mtezius o‘zining dastlabki tadqiqotlarida
jumlaning asosi termini o‘rniga “tema” terminidan ham foydalangan. Lekin
hozirgi tilshunoslikda “asos” o‘rnida “tema”, “yadro” o‘rnida esa “rema”
terminlari keng qo‘llanilmoqda. Bunda tema xabarning so‘zlovchiga ham,
tinglovchiga ham avvaldan, hech bo‘lmaganda, nutq jarayonida ma’lum bo‘lgan
qismini, rema esa xabarning markazini tashkil etishi nazarda tutiladi.
Gapning aktual bo‘laklari nazariyasi V.Matezius ta’limoti asosida rus
tilshunosligida
ham
mukammal
talqin
etildi.
Bunda
olimlardan
K.Krushelnitskaya, I.Raspopov, V.Gak kabilarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Rus tilshunosligida esa gapning aktual bo‘lagi tahlilida qo‘llanilgan
terminlar “данное” va “новое” kabi yangi terminlar bilan almashtirildi
1
. Biroq
hozirgi paytda “tema” va “rema” terminlari ko‘proq qo‘llanilmoqda.
So‘ngi yillarda bu sohada rus tilshunosi N.Slusareva ko‘proq tadqiqot
ishlari olib bormoqda. Ingliz tilshunosligida esa M.Hellidening ilmiy
kuzatishlari diqqatga sazovordir
2
.
Gapning aktual bo‘laklarini belgilashda jumla tarkibida qo‘llanilayotgan
ayrim so‘zlar ham ahamiyat kasb etadi. Bunday so‘zlar, xususan, remani
belgilashda alaohida o‘rin tutadi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: