I bob. Yozuvchining o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi



Yüklə 83,78 Kb.
səhifə1/7
tarix04.07.2023
ölçüsü83,78 Kb.
#135646
  1   2   3   4   5   6   7
O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan O‘tkir hoshimovning tushda kec



Mundarija
Kirish..........................................................................................................................
I.BOB. Yozuvchining o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi
1.1. "Ikki eshik orasi", "Nur borki, soya bor" romanlarida inson konsepsiyasi..........
1.2. Yozuvchi ijodiy laboratoriyasida o‘tmish, bugun va kelajak tasviri uyg‘unligi....................................................................................................................
II.BOB. "Tushda kechgan umrlar"- yaqin tariximizning badiiy talqini
2.1. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari....................................
2.2. Fojiaviylik, qahramonlar, syujet, asar kompazitsiyasini birlashtiruvchi xususiyatlar...................................................................................................................
Xulosa..........................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..........................................................................




KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligi. Inson ma'naviy olamini kashf etuvchi qudratli vositalardan biri bu – so‘z san'ati, badiiy adabiyotdir. Bugun milliy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-baranglashib bormoqda. Ijtimoiy tafakkur eskicha qarash va yondashuvlardan xalos bo‘lib borayotgan bir davrda ilmfanning barcha sohalari qatori adabiyotshunoslikning ham muhim nazariy masalalarini har tomonlama teran tadqiq yetish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda.
Adabiyotshunoslik va uning tadrijida ijodkor badiiy mahorati masalasi bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq bo‘lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish beqiyos o‘rin tutadi. Shu ma'noda XX asr o‘zbek nasrining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlaridan bo‘lgan O‘tkir Hoshimov asarlarini o‘rganish, yozuvchining o‘ziga xos uslubi va badiiy mahoratini tadqiq etish muhimdir. Zero, O‘tkir Hoshimov so‘zni san’at darajasiga olib chiqqan, uning har bir qa’tidan yangilik, badiiy yuksaklik axtargan va ana shu yuksaklikni ijod o‘zagi deb bilgan yozuvchidir.
Asar qahramonlari hayotning murakkabliklariga sabr bilan turib bergan, turli-tuman, fojiyalarga ega bo‘lgan insonlardir.Biz ushbu tadqiqotimizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgaan umrlar” romanini badiiyatini kengroq batafsilroq yoritib bermoqchimiz.

Yüklə 83,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin