III.Xavfsizlik xizmati (security) Texnik xizmat
Mehmonxonada qo`riqlash tizimini tahlil etish.
Mehmonxonada alohida qo’riqlash bo’limi majud emas, lekin ushbu xizmatni kunduzgi va tungi administratorlar bajaradi. Bundan tashqari, respublika hududida xavfsizlik tizimini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan qonunlarga binoan mehmonxonada bir nechta kameralar o’rnatilgan va doimiy nazorat olib boriladi.
Mehmonlar qolish uchun kelganlarida, ular jinoyatchilikning kutilmagan oqibatlari emas, balki yaxshi xotiralar bilan ketishlariga ishonch hosil qilishni xohlaymiz. Har qanday mehmondo'stlik muassasasi xodimlarga xavfsizlik xavfi va tahdidlariga javob berishga va tezda tiklanishiga imkon beradigan mehmonxona xavfsizligi tizimini talab qiladi.
14-rasm. Chet eldan kelgan mehmonlarni kuzatish jarayoni
Shveysar paj bellboy funktsiyalarining tahlili
Mehmonxonamizda shveytsar va bellboyning vazifalarini receptionist qilganligi sababli ularni tahlil qilishning imkoni bo'lmadi.
Lekin shunga qaramay ularning vazifalarini sizlarga yoritib bermoqchiman.
15-rasm Shveysar
Mehmonxona haqidagi taassurot bino ostonasidan qadam
qo‘yilgan paytdan boshlab shakllanadi(15-rasm). U qanchalik tez eshik ochilganiga, qanday tabassum qilinganiga, xonaga qanchalik tez joylashilganiga bog‘liq. Bularning barchasi va boshqa ko‘plab omillar uchun shveysar lavozimiga ega bo‘lgan xodim javobgardir. Shveysar - mehmonxonaga kirishda mehmonlarni kutib oladigan, ularni ichkariga taklif qiladigan, eshiklarni ushlab turadigan va yuk bilan yordam beradigan odam. Bundan tashqari, shveysar
mehmonlarning taksi chaqirish, qabulxonadan qo‘ng‘iroq qilish va boshqa maishiy masalalar kabi turli talablarini bajaradi.
Shveysarning vazifasi tashrif buyuruvchilarni kutib olish va ular uchun ijobiy kayfiyatni yaratishdir, shunda yangi kelgan
mehmonlar mehmonxonada o‘zlarini uydagidek his qilishadi. Shveysar shuningdek, mashinalarni kirish eshigi oldida to’planib qolmasligi va bir-birining chiqishini to‘sib qo‘ymasligini ham boshqaradi. Aytishimiz mumkinki, mehmonxonada shveysar
mehmonning birinchi taassurotiga bog‘liq bo‘lgan muassasaning yuzi va yuragidir.
Ular mehmonlarni birinchi bo’lib qarshi oladilar va va ular bilan ko’rishadilar. Mehonxonaga kiruvchilar va undan chiquvchilarni kuzatib turadilar, bagajni transportdan tushurish, va unga yuklashga ko’maklashadilar, so’rovga binoan taksi chaqiradilar, mehmonlar xavfsizligini ta’minlash uchun mehmonxona oldida transport vositalarini harakatini tartibga soladilar va vestibyulda boshqa bir qancha vazifalarni bajaradilar.
Mehmonxonaa bagajni choparlar (bellboy, bellman, bellhop) tomonidan tashiladi va ularning xizmatiga haq choychaqa bilan to’lanadi. Nomerga taomlar yetkazib bebrganligi uchun ham choychaqa tarzida haq to’lanadi.
Odatda bu kabi xodimlar katta, “4” “5” yulduzli mehmonxonalarda bo’ladi. Bizning mehmonxona “B&B” va kichkina bo’lganlgi sababli, qolaversa shaharning nisbatan tinchroq ko’chasida
jo’ylashganligi sababli bu kasb xodimlariga ehtiyoj sezmaydi va bularning ishini administrator bajaradi
Televideniya, aloqa telefon, internet xizmatlarining ko`rsatilishi.
Mehmonxonadagi har bir xonada televizor va kabelli antenna mavjud, unda xorijiy va mahalliy kanallar ham ko’rsatiladi. Mehmonxonaning har bir xonasi rangli televizor bilan ta’minlangan. Televizorlarda 8 ta mahalliy va 60 tadan ortiq xorijiy kanallar ko’rsatiladi.
Mehmonxonadagi aloqa – telefon xizmati ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Har bir xonada telefon raqamlari bo’lib ichki aloqaga ega. Agar xalqaro qo’ng’iroq amalga oshirilmoqchi bo’lsa, receptionga kelib shu yerdan telefon qilinishi mumkin.Mehmonxonaning istalgan nuqtasida bepul Wi-fi xizmati ko’rsatiladi.
Receptiondagi texnik xizmatlar:
-yong’indan xabar beruvchi uskuna;
-2 ta telefon va 1 ta faks; mijozlar foydalanishi uchun notebook;
-terminal; ishchi kompyuter; printer; skaner.
Yong’indan xabar beruvchi uskuna Receptionning devoriga o’rnatilgan. Bu elektron uskuna agar biror xonada yong’in sodir bo’lsa, o’sha xonaning kodini o’zida aks ettiradi.
Receptiondagi xodimlar kodga qarab qaysi xonada yong’in sodir bo’lganligini aniqlashadi va tezda chora ko’rishadi.
Faks orqali boshqa joylarga muhim va kerakli hujjatlar uzatiladi. Uni ishlatish tartibi quyidagicha:
faks orqali hujjatni yuborish uchun uzatiladigan joyning faks raqamini bilish lozim bo’ladi; agar hujjat boshqa viloyat yoki davlatga
uzatilayotgan bo’lsa, raqamlar o’zining kodlari bilan teriladi:raqamlar terilgandan so’ng gudok ketadi, shundan so’ng hujjat faks qurilmasiga
yuz tomonini pastga qaratib joylashtiriladi, faks qurilmasi hujjatni qabul qilgandan keyin maxsus qisqa ovoz chiqaradi; gudok ketgandan keyin hujjat uzatiladigan joy xodimlari faks telefoniga javob berishi mumkin, bunday holatda muloyimlik bilan faksni qabul qilib olishlari so’raladi, shundan so’ng maxsus uzun signal bo’lsa start tugmasi bosiladi. Agar faks telefoniga uzatiladigan joy tomonidan javob berilmasa ham hujjat uzatilishi mumkin.Skaner vositasida mehmon pasporti ma’lumotlari kompyuterga kiritilishi mumkin
Mehmonxona vebsaytini tahlil etish.
16-rasm. Sahid Zarafshon internet tarmoqlarida (google.com)
Mehmonxonaning shaxsiy web sayti mavjud emas, biroq booking.com, tripadvisor,Airbnb, Instagram, mybooking.com, Yandex.travel.ru, ostrovok.ru tarmoqlarida mehmonxona haqida ma`lumotlar topish
mumkin.Mehmonxonaning qabul bo’limida 1 ta kompyuter mavjud. Receptiondagi asosiy ish kompyuteri doimo yonib turadi, chunki bunda mehmonxonaga taalluqli bo’lgan asosiy ma’lumotlar saqlanadi va
kelishi rejalashtirilgan mijozlar, qabul qilingan xizmatlar ro’yxati kiritiladi. Shuningdek bu yerda hamkor firmalar uchun shartnomalar, excel formada mijozlar kelish va ketish ro’yxati, xodimlar to’g’risida ma’lumotlar, buxgalteriyaga oid ma’lumotlar (uni faqatgina
mehmonxona buxgalteri ishlatadi) kiritilgan. Kompyuter internetga ham ulangan. Biron ma’lumot kerak bo'lsa tezda qidirib topish oson bo’ladi. Ma’lumotlardan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish, ularning yo’qolib ketmasligini ta’minlash uchun administrator mas’uldir. Bundan tashqari mehmonxona kameralarining tasviri ham kompyuter oynasi sahifalari birida doimo ochiq turadi, u orqali administrator mehmonxonada sodir bo’layotdan jarayonlardan ogoh bo’lib turadi.
Dostları ilə paylaş: |