Texnik tavsifnomasi.
Ishlab chiqarish quvvati, t/soat
2-8
Gabaritlari, mm
6750x830x2700
Og’irligi, kg
3100
59-rasm. Rz-VPU markali Press.
73
SH10-KPE MARKALI LENTALI PRESS
Bu Press meva mezgasidan sharbatni ajratish (siqish) uchun mo’ljallangan
(60-rasm).
60-rasm. SH10-KPE markali lentali Press.
1-tortish barabani; 2-tozalash va yuvish uchun mexanizm; 3-rama; 4-manba;
5-tasma; 6-yo’naltiruvchi; 7-egiluvchan baraban; 8-Presslovich transPortyor.
Unumdorligi 3-5 t/soat; lenta harakat tezligi 0,04-0,12 m/s; quvvati 28,4
kVt; gabarit o’lchamlari 6870x2985x2570 mm; massasi 15 170 kg.
TINDIRISH QURILMALARI
SEPARATOR - G9 KOV
Ishlatilishi: osma zarrachalardan sharbatlarni tozalash uchun ishlatiladi.
Ishlash tartibi.
Vertikal o’kda rotor o’rnatilgan bo’lib, elektrodvigatel yordamida xarakatga
keladi. Rotor kojuxni ichida o’rnatilgan. Baraban dasta tarelkalardan iborat.
SHarbat barabanning ichiga truba orqali kiritiladi va tarelklarning orasini
to’ldiradi. Markazdan qochma kuch ta’sirida sharbat ikki qismiga bo’linadi: yengil
va og’ir. Og’ir qismi barabanning devoriga otilib tushadi, yengil qismi
tarelkalarning orasidan o’tib yuqoriga ko’tariladi.
Texnik tavsifnomasi.
Ishlab chiarish quvvati,m
3
/s
10
Energiya quvvati, kVt
13
Gabaritlari, mm
1500x1132x1650
Og’irligi, kg
1840
FILTR-PRESS
Ishlatilishi: SHarbatlarni, siroPlarni filtrlash uchun ishlatiladi.
Filtr-Pressning ko’rinishi 61-rasmda keltirilgan.
74
61-rasm. Filtr-Press.
1-stanina; 2-elektrodvigatel; 3-nasos; 4-sharbat keltirish yo’llari; 5-tayanch
Plitasi; 6-traversa; 7-vint; 8-boshqaruvchi qismi; 9-band; 10-bostiruv Plitasi; 11-
Plitalar; 12-metall sterjen.
Ishlash tartibi.
Xarakatdagi Plita va bostiruv Plita sterjenga tayanib bikin okuva Paydo
bo’ladi. Oquva Plitalarni Pastki va tePadagi qismda joylashgan bo’lib, Plitalar
qotirilganda u yoqdan bu yoqqa o’tadigan kanal Paydo bo’ladi. Plitalar orasida
filtr-qog’oz joylashtiriladi. Kanaldagi filtrlanmagan sharbat oqib Plitalar orasiga
tushadi va to’siqlar orasidan o’tib filtrlanadi.
Texnik tavsifnomasi.
Ishlab chiqarish quvvati, m
3
/soat
3
Energiya quvvati, kVt
4,0
Gabaritlari, mm
1700x780x1225
Og’irligi, kg
476
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA
IBORALAR:
- sharbat olish; qattiq qismi; suyuq qismi;
- baraban; teshiklarning diametri; o’q;
- tig’lar; siqish; shnek; markazdan qochma kuch;
- gidravlik qarshilik.
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1.
Ishqalash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
2.
Presslarning sinflari.
3.
Uzluksiz ishlaydigan Presslarning vazifasi va ishlash tartibi.
4.
Markazdan qochma kuch ta’sirida qanday jarayon boradi va qanday
uskuna ishlatiladi?
ISSIQLIK QURILMALARI
75
Blanshirlash aPParatlari
Bu blanshirlash qurilmalari xom ashyoni blanshirlash uchun ishlatiladi.
Ularning bir necha turlari mavjud.
BK markali blanshirlash qurilmasi ham bug’da ham suvda blanshirlash
uchun qo’llaniladi (62-rasm). Bunda meva va sabzavotlar o’zining xususiyatlarini
saqlab qoladi. Bu qurilma vanna va lentali transPortyordan iborat.lentali
transPortyor 2ta zanjirdan tashkil toPgan bo’lib, ularga sharnirli qilib cho’michlar
qistiriladi. Qurilmaning unumdorligi 500-8000 kg/soatgacha; elektrodvigatel
quvvati 1,7 kVt; o’qning aylanish tezligi 140 rad/s.
62-rasm. BK markali cho’michli blanshirlash qurilmasi.
1-uzatma; 2-tunnel; 3-cho’michli transPortyor; 4-karkas; 5-bug’ kiradigan
quvur; 6-suv kiradigan quvur.
63-rasm. Skrebkali-lentali blanshirlash qurilmasi.
1-mahsulot kiradigan joy; 2-lentali transPortyor; 3-to’kuvchi quvur; 4-
ochiluvchan qoPqoq; 5-mahsulot chiqadigan joy; 6-reduktor; 7-elektrodvigatel; 8-
vanna; 9-vannani cho’kmadan tozalash uchun eshik.
76
Meva va sabzavotlarni issiqlik ishlovi bilan berish jarayonlaridan biri
Pishirishdir. Pishirish jarayoni Pishirish qozonlarida olib boriladi (64-rasm).
64-rasm. MZ-2S-244b markali Pishirish qozoni.
1-tayanch; 2-tsaPfa; 3-bug’ qobig’i; 4-korPus; 5-aralashtirgich.
Jihozning ishlashi Pishirish kamerasidagi termometr, monovakuummetr,
manometr va bug’ kamerasining himoya qiluvchi klaPani yordamida nazorat
qilinadi.
65-rasm. Pishirish qozoni.
77
BUG’LATISH APPARATLARI
Bu aPParatlar meva Pyurelari, murabbo, djem, Povidlo, quyultirilgan tomat
mahsulotlari, quyultrilgan meva va sabzavot kontsentratlari ishlab chiqarishda
keng foydalaniladi.
Uning bir necha turlari mavjud.
MZS-320 markali bug’latish mashinasi tomat Pyure va tomat Pasta, turli
xildagi souslar, Povidlo, murabbo va rassollar tayyorlashda ishlatiladi (66-rasm).
66-rasm. MZS-320 markali bug’latish aPParati.
1-ushlagich; 2-qoPqoq; 3-aralashtirgich; 4-korPus; 5-elektrodvigatel; 6-
reduktor.
Uning ishchi hajmi 1000 dm
3
; isitish yuzasining maydoni 3,66 m
2
; bug’ning
ishchi bosimi 0,4 MPa; aralashtirgich valining aylanish chastotasi 57 min
-1
; quvvati
2,7 kVt; gabarit o’lchamlari 1310x1310x3180 mm.
SHu bilan birgalikda ikki, uch korPusli bug’latish aPParatlari ham mavjud
(67-rasm).
78
67-rasm. Past haroratli ikki korPusli bug’latish aPParati.
1-sovutgich; 2-bug’latgich; 3-seParator; 4-ammiakli bug’latkich; 5-kondensat
uchun nasos; 6-qabul qiluvchi bak; 7-tsirkulyatsion nasos; 8-ammiak uchun idish;
9-komPressor; 10-boshqaruv Pulti.
ISITISH APPARATLARI
68- rasm. Deaerator-Pasterizator DPU.
1 – vakuum Plyonkali deaerator; 2 –Plastinali Pasterizator; 3 – boyler; 4 –
tenglashtiruvchi bak; 5- ushlagich; 6 – maydoncha; 7 – vakuum-nasos; 8 –
sharbatni uzatish uchun nasos; 9 – Pasterizatsiya sektsiyasiga issiq suvni uzatish
uchun nasos.
79
Sabzavotlarni qovurish jarayoni qovurish Pechlarida olib boriladi (69-rasm).
69-rasm. APMP-1 markali qovurish Pechi.
1-tashuvchi vosita; 2-uzatma; 3-vanna; 4-tortish vositasi; 5-elevator; 6-bak;
7-nasos.yo
70-rasm. Uzluksiz ishlaydigan sabzavotlarni qovuradigan aPParat.
1-qovuruvchi sektsiyalar; 2-aralashtirgich; 3-o’q; 4-tarqatuvchi konus; 5-
Purkagich; 6-tashuvchi vosita; 7-yog’ idish; 8-elektr uzatma.
80
71-rasm. KPP-1 markali universal bug’li Plita.
1-korPus; 2-tortuvchi kiydirgich; 3-korPusni ko’taruvchi (ag’daruvchi)
mexanizm; 4-armatura; 5-o’ng va chaP tayanchlar.
STERILIZATORLAR
Konserva zavodlarida termosterilizatsiya jarayoni yuqori bosimda olib
borish uchun ishlatiladigan qurilmalarda – sterilizatorlar va avtoklavlarda olib
boriladi.
Uzluksiz ishlaydigan barabanli sterilizator (72-rasm) metall idshlarga
qadoqlangan konserva mahsulotlarini 100 °C va undan yuqori haroratda sterillash
uchun mo’ljallangan. U qizdirish, sterillash va sovutish bo’g’inlaridan tashkil
toPgan.
72-rasm. Barabanli sterilizator.
81
1-tsilindr shaklidagi korPus; 2-sPiralsimon yo’naltiruvchi; 3-baraban; 4-
qabul qiluvchi qurilma; 5-zanjirli elevator; 6-tushirib beruvchi qurilma.
Bu sterilizator qo’zg’almas korPusdan (1), uning ichidagi o’qqa o’rnatilgan
barabandan (3) iborat.
Atmosfera bosimi ostidagi bankalarni yuqori bosimli muhitga kiritish uchun
mahsulot to’ldirilgan bankalar kiradigan (4) va chiqadigan (6) qismlari bor.
Bankalar kirish joyiga zanjirli elevator (5) yordamida uzatiladi. Undan bankalar
baraban ichiga tushadi. Barabanning aylanishi bilan bankalar sPiral shaklidagi
yo’naltiruvchi
(2)
yordamida
baraban
oxiriga
qarab
harakatlanadi.
Yo’naltiruvchining qadami bankaning balandligiga teng. Bunda bankalar baraban
bilan birga, uning o’qi bo’ylab va o’z o’qi atrofida harakatlanadi. Qizdirgichda
bankalar va uning ichidagi mahsulot 98
0
S gacha, kirish joyidagi harorati 40-50
0
S,
chiqish joyidagi harorati 98
0
S bo’lgan suvda qizdiriladi. Suv jihozning Pastki
qismidan yuboriladigan bug’ bilan qizdiriladi. Qizdirgichdan bankalar mustahkam
yoPilgan klaPan yordamida sterillash bo’g’iniga uzatiladi va rotorning (baraban)
aylanishi bilan jihozning oxiriga qarab harakatlanadi. Sterillangan mahsulotli
bankalar tushiruvchi klaPan yordamida sovutish bo’g’iniga uzatiladi. Sterillash
jarayonidagi bosimni avtomatik ravishda sterillash haroratiga mos holda
boshqariladigan suv-bug’li muhitda olib boriladi. Sovutkichda rotor bilan
harakatlanayotgan bankalar oqova suv bilan 30-40
0
S haroratgacha sovutiladi.
Bankalarning Pachoqlanishini oldini olish uchun sovutish Paytida havoda ortiqcha
bosim hosil qilinadi. Bankalarni sovutkichdan chiqarib olish yuklash kabidek,
mustahkam yoPilgan klaPanlar yordamida amalga oshiriladi.
Rotor buralib ketishining oldini olish uchun barabanning o’qi har ikkala
tomondan ham aylanma harakatga keltiriladi. Rotorning aylanish tezligini
o’zgartirish bilan sterillash muddati boshqariladi. Haroratni boshqaradigan bu
qurilma bug’ uzatiladigan ventilga ta’sir ko’rsatadigan, o’zi yozadigan, Pnevmatik
harorat boshqarish asbobi bilan jihozlangan.
Qurilma ichidagi bosim to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi differentsial
bosimni boshqarish asbobi yordamida boshqariladi.
Rotorli sterilizatorning kamchiligi faqat bir xil o’lchamdagi va metall
idishlarga qadoqlangan mahsulotni sterillay olishi, harorat va bosimning keskin
o’zgarishi ta’sirida bankalarning Pachaqlanishi va ishqalanishi ta’sirida
bankalarning
ko’ndalang
choklaridagi
qalay
qoPlamasining yemirilishi
hisoblanadi.
Uzluksiz ishlaydigan gidrostatik “Xinister” sterilizatori diametri 76-100 mm
bo’lgan shisha va metall idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini sterillash
uchun mo’ljallangan (73-rasm).
Bu sterilizator 14 ta minoradan tashkil toPgan bo’lib, har qaysisi ikkitadan
kanalga ega. Bankalarni tashuvchi konveyer ketma-ket barcha kanallardan o’tadi
va shundan so’ng minoralar ostidan chiqish joyiga qaytib keladi. Qizdirish jarayoni
birinchi oltita minorada olib boriladi, keyingi ikkita minorada sterillash va undan
keyingi oltita minorada esa sovutish jarayoni boradi. Konserva to’ldirilgan
82
bankalarni banka tashuvchiga solish va undan chiqarib olish maxsus moslama
yordamida amalga oshiriladi.
73-rasm. „Xinister“ Pnevmo-gidrostatik sterilizator.
1-avtomatik yo’naltiruvchi qurilma; 2-suv kolonkasi; 3-konserva to’ldirilgan
bankalar; 4-olib yuruvchi moslama; 5-transPortyor zanjiri; 6-yuqorigi maydon; 7-
uzatma; 8-bosimni rostlagich; 9-issiqlikdan himoyalagich; 10-avtomatik chiqarib
beruvchi qurilma; 11-zanjirning Pastki qismi.
Birinchi oltita minoraning bittasida va oxirgi oltita minoraning har qaysisida
balandligi 4m bo’lgan suv ustuni bo’lib, u yordamida bu minoralarda 0,04 MPa
gidrostatik bosim hosil qlinadi. Har qaysi minoraning ikkinchi kanalida bu bosim
havo yordamida ushlab turiladi. Minoralar kanallarining bir-biri bilan birikkanligi
yettinchi va sakkizinchi minoralarda 0,24MPa bosimni hosil qiladi. Bu bosimga
bug’ning 125
0
S harorati mos keladi. Oxirgi ikkita minoradan boshqa barcha
minoralarga barbotyor orqali bug’ yuboriladi va u minoralarda quyidagi
haroratlarni ushlab turadi: 60-70-80-90-95-110-120-132-90-70-60-50-40-30-20
0
S-
lar.
„Xinister“ sterilizatorining texnik tavsifi
Ishlab chiqarish unumdorligi, banka/soat -8280
Bug’ sarfi, l/kg konservalangan mahsulot uchun -1,5
Tashuvchi transPort uzunligi, mm -1400
Tashuvchilarning qadami, mm
-150
Harakat tezligi, m/s
-0,017-0,067
Banka tashuvchining tezligi, m/s
-0,04
O’lchamlari, mm
-9700x1680x5800
Og’irligi, kg
-98 000
Avtoklavlarda
yuqori
bosim
va
harorat
ta’sirida
mahsulotni
sterilizatsiyalashdan tashqari uni Pishirish yoki quyiltirish mumkin. Mahsulotning
turiga qarab avtoklav turli bosim va haroratda ishlatiladi.
Avtoklav zich yoPiladigan Po’lat tsilindr bo’lib, uning ichki sirti emal bilan
qoPlangan. TSilindr ichiga doira shaklida yaxlit bug’ g’ilof o’rnatilgan. Avtoklav
83
manometr, termometr va soat bilan ta’minlangan. Avtoklavda harorat va bosim
sterilizatsiya formulasi bo’yicha ko’tariladi va avtomatik ravishda boshqariladi.
Pasterilizatsiyalashda xom-ashyo solingan bankalar qoPqoqsiz yoki temir
qoPqoqlar bilan yuzaki yoPilib, vannadagi qaynoq (50-60
0
S) suvga qo’yiladi,
vannadagi suv hajmi taxminan bankalar hajmiga teng kelishi kerak. Qaynash
Paytida shisha banka yorilib ketmasligi uchun vanna tubiga latta yoki faner bo’lagi
qo’yiladi. Bankalar solingan vannadagi suv qaynatiladi. Suv qaynab chiqqandan
so’ng sterilizatsiya vaqti belgilanadi. Turli meva va sabzavotlar uchun sterilizatsiya
muddati (ya’ni qaynab turgan suv haroratida ushlab turish) har xil.
Sterilizatsiya Paytida suv qattiq qaynab ketmasligi kerak, aks holda banka
ichiga suv sachrashi mumkin. Sterilizatsiya vaqti tugagach bankalar mahsus
qisqichlar yordamida vannadan olinadi va og’zi zich qilib berkitiladi. Mahkam
berkitilgan bankalar og’zini Pastga qilib sovitish uchun stolga qo’yiladi.
Termosterilizatsiya turlaridan biri qaynoq sharbatni tayyorlangan steril
bankalarga solishdir.
AVTOKLAV B6-KAV-2
Vertikal avtoklav - zich yoPiladigan qalin qoPqoqli ikkita qozondan iborat
bo’lib, sirtdan metall g’ilof bilan qoPlangan (74-rasm).
74-rasm. Avtoklav B6-KAV-2.
84
1- tenglashtiruvchi moslama; 2 – qisqich; 3 – korPus; 4 – qoPqoq; 5 –
himoya klaPani; 6 – namuna tushiruvchi jo’mrak; 7 – termometr; 8 – manometr; 9
– PRP-2 tiPdagi dasturli rostlagich; 10 – korzina; 11 – bug’li barbotyor.
Tashqi qozonga suv, ichki qozonga esa sterillanadigan material qo’yiladi.
Isigan suv bug’i ichki qozonning teshigi orqali tashqi qozonga o’tadi. Ichki
qozonning tubidagi teshiklardan bug’ o’tkazuvchi naycha boshlanadi. U bug’
chiqarish jo’mragi bilan tugaydi. Avtoklavning yon devoriga manometr va kontakt
manometr mahkamlangan. Kontakt manometr esa belgilangan bosimni saqlab
turadi. Bulardan tashqari, yon devorda ehtiyot jo’mragi va suv o’lchaydigan nay
ham bor. Avtoklavda bosim belgilangan miqdordan oshib ketsa, ehtiyot jo’mragi
o’z-o’zidan ochiladi. Suv o’lchaydigan nay avtoklavdagi suv satxini aniqlashga
yordam beradi.
Ishlash tartibi
Avtoklavda sterillash quyidagicha o’tkaziladi: avvalo tashqi qozonga
voronka orqali suv quyiladi, ichki qozonga esa sterillanadigan material (idishlar,
oziq muhitlar, byukslarda bog’lov materiali va hokazo) joylanadi. So’ngra
qoPqoqni yoPadigan vintlar bilan burab mahkamlanadi va avtoklav Primus
alangasi, gaz gorelkasi yoki elektr yordamida qizdira boshlanadi. Suv qaytib
chiqadigan jo’mrak shu Paytda ochiq bo’lishi kerak. Qaynab chiqqan suv bug’
holatida avtoklav devorlari orasidan ko’tarilib ichki qozonga o’tadi va undagi
havoni siqib chiqaradi. Bu havo jo’mrak orqali tashqariga chiqa boshlaydi, bug’
holatidagi havo avtoklavning ichki bo’shliqlarini to’ldiradi va kuchli bug’ oqimi
zarb bilan jo’mrakka urilib jo’mrakni yoPadi. Jo’mrak yoPilishi bilan avtoklavning
ichki qismida bosim hosil bo’la boshlaydi va manometr strelkasiga qarab turiladi.
Avtoklavdagi bug’ bosimi 0,5 atm dan oshganda harorat 110,8
0
S ga, 1 atm
dan oshganda -120,6
0
S ga, 2 atm dan oshganda 132,9
0
S ga yetadi.
120
0
S vegetativ va sPora hosil qiluvchi mikroblarga ta’sir etib nobud qiladi.
Sterillash Protsessi tamom bo’lgach, issiqlik manbalari o’chiriladi va
manometr strelkasi 0 raqamiga tushmaguncha avtoklavdagi havo chiqaradigan
jo’mrak ochilmaydi. Avtoklav ichidagi bosim 0 ni ko’rsatganda havo chiqarish
jo’mragi ochilib bug’ asta -sekin chiqa boshlaydi va bug’ butunlay chiqqandan
so’ng avtoklavning qoPqog’i ochilib, sterillangan material ichidan olinadi.
Avtoklavni ishlatganda material sterillanayotganiga to’la ishonch hosil
qilmoq uchun vaqt-vaqti bilan uni tekshirib turish kerak. Buni har-xil usullarda
tekshiriladi.
Masalan, manometr 1atm bosimni ko’rsatsa, avtoklav ichidagi temPeratura
120,6
0
S ga teng bo’lishi kerak. Bunga ishonmoq uchun avtoklavga sterillangan
materiallar bilan birga, ikki tomondan Payvand qilingan (kavsharlangan) shisha
naycha yoki Probirka joylashtiriladi. Uning ichiga oltingugurt Poroshogi bilan
birga bir necha fuksin kristallari va ikkinchisiga esa antiPirin bilan metilen
ko’kining aralashmasi quyiladi. Oltingugurtning suyuqlanish temPeraturasi 115
0
S,
antiPirinniki esa 120
0
S.
85
Agarda avtoklav to’g’ri ishlasa, oltingugurt va antiPirin ham erib
suyuqlanishi kerak. Avtoklavning ichidagi temPeratura 1 atm bosimida 120,6
0
S ga
yetgan bo’lsa, oltinguguri va antiPirin suyuqlanib bo’yoqlar bilan aralashib
muayyan tusga kiradi.
Gorizontal avtoklavning vertikal avtoklavdan farqi shuki, bunda bug’ hosil
qiladigan qozon sterillaydigan qozonning Pastida joylashgan bo’ladi. Sterillash
kamerasi va yuqoridagi qozonlar gorizontal holatda joylashgan.
Ikkala avtoklavda ham materialni harakatdagi bug’ bilan sterillash mumkin.
Buning uchun chiqarish jo’mragi berkitilmaydi va qoPqoq vintlar bilan jiPs
yoPilmaydi.
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA
IBORALAR:
Avtoklav; sterilizator; baraban; qoPqoq; diametr; korPus; jo’mrak; qozon;
temometr; manometr; qobiq.
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1.
Sterilizatorlar, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
2.
Sterilizatsiya qilish aPParatlarini sinflanishi.
3.
Avtoklavlarning konstruktsiyasiga ko’ra turlarini ayting.
4.
B6-KAV-2 markali vertikal avtoklavning vazifasi, tuzilishi va ishlash
tartibini ayting.
5.
Korzinalarning soniga ko’ra avtoklav nechta markasi mavjud.
QURITISH APPARATLARI
XOM ASHYOGA BIRLAMCHI ISHLOV BERUVCHI QURITISH
QURILMASI
Poliz ekinlarini quritish uchun birlamchi ishlov beruvchi quritish
qurilmalaridan foydalaniladi (75-rasm).
4
1
2
3
5
6
7
12
86
75-rasm. Xom ashyoga birlamchi ishlov beruvchi quritish qurilmasi.
1-kamera; 2-korPus; 3-lamPa balandligini rostlagich; 4-qurilmani qo’shish
uchun o’it; 5-IQ-nurlarni qaytarish uchun ekran; 6-elektron Potentsiometr KSP; 7-
termoPara XK; 8-tarozilar; 9-namlikni yo’qotilishini o’lchash uchun asbob; 10-
Poddon; 11-Poddonni (taglik) rostlagich; 12-material.
Ishlash tartibi
Ekran bo’ylab vertikal bo’lgan vint (3) yordamida harakatlanadigan
izolyatsiyalangan korPus (2) ko’rinishida ishchi kamera (1) bajarilgan. Ishchi
kamerada KG- 220-1500 tiPidagi IK-nur tarqatuvchi manba mahkamlangan.
Ekranni harakati vint (3) yordamida 150-230 mm masofa oralig’ida amalga
oshiriladi.
Nurlatgichlarni isitish harorati kuchlanishning o’zgarishi hisobiga rostlanadi.
Mahsulotda IQ-nurlar tomonidan hosil qilinayotgan harorat xromel-kaPelli
termoelektrik o’zgartgichlar (7) yordamida o’lchanadi va o’zi yozuvchi KSP-4
tiPidagi elektron Potentsiometrda (aniqlik sinf 0,25) qayd qilinadi.
ISSIQ HAVONI UZLUKSIZ RAVISHDA UZATISH UCHUN QURITISH
QURILMASI
SHu bilan birgalikda qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzluksiz ravishda quritish
uchun issiq havoni uzluksiz ravishda uzatish uchun quritish qurilmasi ham mavjud
(76-rasm).
Dostları ilə paylaş: |