SHARTLI BELGI VA QISQARTIRILGAN
IBORALAR RO’YXATI
T – maxsulot komPonenti sarf me’yori; M – jihoz unumdorligi; S – sirop sarfi
m – kontsentratsiya; x – komPonent yo’qolishi; V – ma’lum miqdor xom ashyodan
tayyor maxsulot chiqishi; N – soatdagi unumdorlik;
τ
- tsikl vaqti; V – jihoz ishchi
sig’imi; Q – issiqlik sig’imi; t – harorat; k – issiqlik tashish koeffitsienti; TIA –
texnik-iqtisodiy asos; K/z – konserva zavodi; MSHB – ming shartli banka;
MLNSHB – million shartli banka; YATM – yarim tayyor mahsulot; FIK – foydali
ish koeffitsienti.
K I R I SH
Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini
kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik
rivojlanishning o’sishi bilan bevosita bog’liq.
Meva-sabzavot
konservalarini
ishlab
chiqarishdagi
ilmiy-texnik
rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
-
xom
ashyoni
yig’ib
olishdagi
texnikani
va
texnologiyasini
mukammallashtirish;
- sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom ashyoni tashish va saqlash;
- yarimtayyor mahsulotlarni asePtik holda konservalash, saqlashning
texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish;
- meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan
liniyalarda komPleks ravishda qayta ishlash;
- tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash
maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish;
- modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan,
avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi komPlekt liniyalarni yaratish va
tatbiq etish.
Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig’ishtirilgan xom ashyo ko’P
vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig’iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko’P
miqdorda turli xil aralashmalar (tuProq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo’shilib
ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga
ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib
mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashtirish uchun shisha taralarni yuvish
jarayonini mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish
maqsadida taralarga komPleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi
va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda.
Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko’tarish va ish
unumdorligini oshirishda qurilmalarning ahamiyati kattadir.
4
Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik
sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi
liniyalar sifatida tayyorlaniladi.
Bugungi kunda konserva korxonalarida juda ko’P chet el liniyalaridan
foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki,
ularga kiritilgan xom ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot
o’rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveytsariyaning «Tetra-Pak»
liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan assePtik holda qadoqlovchi
liniyalar.
SHunday qilib konserva sohasini mashina va qurilmalari qatori kundan-
kunga ko’Paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo’lgan
katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga
javob beruvchi uskunalar egallamoqda.
1- ma’ruza
Mavzu: FANNING MAZMUNI VA MAQSADI. QURILMALARNI
SINFLASH
Matnlarni yoritish rejasi:
1.
Konservalash jarayonida hizmat qiluvchi jihozlar haqida umumiy
tushuncha.
2.
Mahsulotlarni konservalashda ishlatiladigan qurilmalarni sinflash
tamoyillari.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari isrofgarchilikdan va yetishtirilgan mahsulotni
aholiga nes-nobut qilmasdan yetkazish va ularni yil davomida uzluksiz holda
ta’minlash davlatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan o’zliksiz ta’minlash xom-
ashyoni qayta ishlash bilan bog’likdir. Qanday mahsulogt bo’lishidan kat’iy nazar,
xox u o’simlik mahsuloti bo’lsin, xox u hayvon mahsuloti bo’lsin, baribir ular tez
buziluvchanlik xususiyatiga ega. SHuning uchun ularni ma’lum texnologik
jarayonlardan o’tkazish yo’li bilan ozuqaviyo qiymati va sifatini saqlangan holda
qayta ishlash lozim.
Qayta ishlash deganda ko’z oldimizga ma’lum qurilmalar, mashinalar yoki
uskunalarni keltiramiz. Oziq-ovqat sanoatining xom-ashyoni qayta ishlash
tarmoqlari ishidagi konserva ishlab chiqarish sohasi, qurilma va uskunalarga eng
ko’P muxtoj bo’lgan sohadir.
Konservalash korxonalarida qo’llaniladigan qurilma va uskunalar shu qadar
xilma-xilki va ularning jarayonlarni bajarish doirasi shu qadar kengki, ularni oddiy
so’z bilan ifodalash juda mushkul. Masalan, meva yoki sabzavotni maydalash
jarayonini olaylik, butun mahsulotni maydalangan mahsulotga aylantirishda bir
necha xil uskunalar foydalaniladi va bu uskunalarning vazifalari ham xar xil:
- volchok yordamida mayda bo’lakchalarga maydalaniladi;
- qirg’ich mashinalarida to’g’raladi (maqsadga muvofiq xar xil shakil ham
berish mumkin);
- drobilkada ezib maydalanadi;
5
- ishqalash mashinasida mayinlashtiriladi;
- gomogenizatorda o’ta mayda zarrachalarga maydalanadi.
Keltirilganlardan ko’rinib turiPtiki, mahsulotni konservalash jarayonda
qo’llaniladigan qurilma va uskunalarni soni ham qo’llash maqsadi ham juda ko’P
ekan.
Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik
sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi
liniyalar sifatida tayyorlaniladi.
Bugungi kunda konservalash korxonalarida juda ko’P chet el liniyalaridan
foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki,
ularga kiritilgan xom-ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot
o’rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveytsariyaning « Tetra-Pak»
liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan assePtik holda qadoqlovchi
liniyalar.
SHunday qilib konservalash sohasini moshina va qurilmalari qatori kundan-
kunga ko’Paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo’lgan
katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga
javob beruvchi uskunalar egallamoqda.
Konservalash korxonalarida xamma ishlatiladigan qurilmalar, ularning
texnologik jarayonni amalga oshirishdagi tutgan o’rni va ishlatilishiga qarab 3
sinfga bo’linadi:
1.
Asosiy texnologik qurilmalar - tayyor mahsulot ishlab chqarishning
texnologik jarayonida ishlatiladigan moshina va mexanizmlar kiradi va ular ishlab
chiarishning texnologik jarayonida bevosita ishtiroq etadi.
2.
YOrdamchi texnologik qurilmalar - bu guruhga kiruvchi moshinalar va
uskunalar asosiy texnologik jarayonda ishtiroq etmaydilar, lekin ularni amalga
oshirish uchun yordam beradilar( bunkerlar, qutichalar, dozatorlar va boshqalar).
3.
TransPort qurilmalari - bu sinfga kiruvchi moshina va uskunalar
texnologik qurilmalarni bir biriga bog’lovchi vozifasini bajaradi, hamda turli xil
tashish, tushirish-kutarish va boshqa jarayonlarida ishtiroq etadi.
Xom ashyoni konservalashni amalga oshirish uchun turli xildagi texnologik
qurilmalar ishlatiladi.
Konservalash korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qilishda
uskunalarning ish bajarish tavsifiga asoslanib, ularni 6 ta yo’nalishdagi
guruhchalarga ajratiladi:
1.Xom ashyoni qabul qilishda, korxona ichida tashishda hizmat qiluvchi
qurilmalar (xom-ashyoni, yordamchi mahsulotlarni , yarimtayyor mahsulotlarni,
tayyor mahsulotlarni, taralarni).
2.
Xom ashyoni konservalashda, uni tayyorlab to bankalarga joylashgacha
bo’lgan birlamchi ishlov berishda hizmat qiluvchi qurilmalar ( xom-ashyo va
komPonentlarga mexanik hamda issiqlik ishlov beruvchi vositalar)
3.
Birlamchi ishlov berilgan yarimtayyor mahsulotlarni uzoq muddat
davomida, buzilmasligini ta’minlash maqsadida germetik holda bankalarga
joylashda va qadoqlashda hizmat qiluvchi qurilmalar( to’ldiruvchi, qoPqoqni
yoPuvchi, sterilizatsiyalovchi)
6
4.
Konservalangan mahsulotlarni germetik berkitmasdan saqlash mumkin
bo’lgan jarayonlarni amalga oshirishda hizmat qiluvchi qurilmalar.
5.
Tayyor mahsulotni bezaklashda hizmat qiluvchi qurilmalar.
6.
Texnologik jarayonlarni tartibga solish va ularni avtomatlashgan holda
nazorat qilishda hizmat qiluvchi qurilmalar.
Hozirgi vaqtda bu qurilmalar aloxida-alohida holda yoki texnologik
liniyalarni komPlekti holida keltiriladi.
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA
IBORALAR:
- asosiy texnologik qurilma; yordamchi texnologik qurilma;
- transPort qurilmalar; uzatish; tashish;
- yuklar; jarayon va jihoz bog’likligi;
- uzluksiz texnologik jarayon.
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1. Konserva sanoatining bugungi kundagi jihozlar bilan qurollanganligi
haqida tushuncha.
2.
Konservalash korxonalarini jihozlashning o’zga sohalardan farqi?
3.Konservalash korxonalari qurilmalarini sinflarga bo’linishi.
4.
Asosiy qurilmalar deganda nimani tushinasiz?
5.
YOrdamchi qurilmalar qatoriga nimalar kiradi?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.YA. Dikis, A.N. Malskiy. Texnologicheskoe oborudovanie konservnqx
zavodov. - M: Pio’ePromizdat, 1961.
2.
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal. Oborudovanie konservnogo Proizvodstva.
- M.: AgroPromizdat, 1989.
2 - ma’ruza
7
Mavzu: KONSERVA KORXONALARIDA QO’LLANILADIGAN MEXANIK
QURILMALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Matnlarni yoritish rejasi:
1. Konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarishda mexanik qurilma-larni
mohiyati.
2. Xom ashyoga birlamchi ishlov berishda qo’llaniladigan mexanik
qurilmalar.
3.
Xom ashyoga birlamchi ishlov berishda uning strukturasini o’zgartiruvchi
mexanik qurilmalar.
Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini
kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik
rivojlanishning o’sishi bilan bevosita bog’liq.
Meva-sabzavot
konservalarini
ishlab
chiqarishdagi
ilmiy-texnik
rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
-
xom
ashyoni
yig’ib
olishdagi
texnikani
va
texnologiyasini
mukammallashtirish;
- sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom-ashyoni tashish va saqlash;
- yarim tayyor mahsulotlarni asePtik holda konservalash va saqlashning
texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish;
- meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan
liniyalarda komPleks ravishda qayta ishlash;
- tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash
maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish;
- modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va
avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi kmPlekt liniyalarni yaratish va
tatbiq etish.
Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig’ishtirilgan xom-ashyo ko’P
vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig’iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko’P
miqdorda turli xil aralashmalar (tuProq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo’shilib
ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga
ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib
mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashish uchun shisha taralarni yuvish jarayonini
mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish
maqsadida taralarga komPleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi
va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda.
Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko’tarish va ish
unumdorligini oshirishda mexanik qurilmalarnini ahamiyati kattadir.
Konservalash sanoatida qo’llaniladigan qurilmalarni sinflash
yoki
guruhlarga ajratishga turli xil olimlar turlicha yondoshishgan. Masalan, E.S.
Gorenkov va V.L. Bibergal konserva korxonalarining qurilmalarini 2ta katta
8
bo’lakka bo’lib, birini - texnologik qurilmalar, ikkinchisini - umumkorxona
qurilmalari deb farqlaydi.
Birinchi qismga - transPort vositalari, xom-ashyoni tayyorlash va ishlov
berish vositalari, mahsulotni joylovchi vositalar,tayyor mahsulotli taralarni
sterilizayiyalovchi va bezaklovchi vositalar, shisha taralarni yuvuchi moshinalar,
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi komPlekt liniyalar kiritilgan.
Ikkinchi qismga - korxonani isitish va bug’ berish qurilmalari, korxonani
suv bilan ta’minlovchi qurilmalar, elektr qurilmalari, gazli qurilmalar, sovutgich
uskunalari kiritilgan.
Olimlardan M.YA. Dikis va A.N Malskiylar esa konserva korxonalari
qurilma va uskunalarni ikki katta qismga ajratadi - mexanik qurilmalar va issiqlik
qurilmalari.
Talabalarga o’rgatishda, bizning fikrimizcha, M.YA.Dikis va A.N.
Malskiylarning tanlagan yo’li bo’yicha borilsa anchagina qulay va fanni
o’zlashtirish oson va tartibli bo’lib bilindi. SHuning uchun biz ham sohada
ishlatiladigan qurilma va uskunalarni «Mexanik qurilmalar» va «Issiqlik
qurilmalari» degan qismlar ko’rinishida tushuntirishga harakat qilamiz.
MEXANIK QURILMALAR
YUqorida ko’rsatilganidek, qayta ishlashni tashkil qilishda mexanik
qurilmalar katta ahamiyatga ega. Hozir biz mexanik qurilmalar haqida umumiy
tushuncha berishga harakat qilamiz.
Agar biz mexanik qurilmalarni yaxlit olib ko’rsatsak, bu qurilmalar shuqadar
xilma-xil jarayonlarda ishtirok etar ekanki, ularni ma’lum guruhlarga ajratmasdan
turib, ko’rib chiish juda qiyin.
M.YA. Dikis mexanik qurilmalarni qayta ishlash jarayonlaridagi bajarish
vazifasiga qarab quyidagi guruhchalarga bo’ladi:
- transPort vositalari;
- xom-ashyoni , konserva taralarni yuvuvchi va mashina hamda aPParatlarga
sanitar ishlov beruvchi mashinalar;
- ovqat mahsulotlarini sifatini va konserva taralarini nazoratqiluvchi
moshinalar;
- meva-sabzavotlarni saralovchi va navlarga ajratuvchi moshinalar;
- o’simlik xom-ashyosini maydalovchi mashinalar;
- o’simlik xom-ashyosini maydalab, tindirib va deaeratsiyalab beruvchi
moshinalar;
- xom-ashyoni Po’stidan, danagidan, urug’idan va boshqa iste’mol
qilinmaydigan qismlaridan ajratuvchi mashinalar;
- aralashtirib beruvchi mashina va uskunalar;
- konserva tarasiga suyuq, Pyuresimon va sochiluvchan mahsulotlarni
joylovchi mashinalar;
- tunika va shisha bankalarni qoPqoq bilan germetik ravishda mahkamlovchi
mashinalar;
- etiketkalovchi mashinalar.
9
Har bir guruh o’z navbatida turli maqsadda qo’llanuvchi mashinalarni
qamragan. Bu mashinalar yana xom ashyo turiga va boshqa maqsadlarga qarab
bo’linib ketadi. Masalan, biz oddiygina hisoblangan yuvish mashinalarni ko’rib
chiqaylik, ya’ni faqat yuvish vazifasini bajaradi. SHu yuvish mashinalarining
qanday farqlanishini sxema holatida ifodalaymiz (1-sxema).
Bu ko’rib chiqilgan sxema orqali shunday xulosa chiqaramiz: demak
konserva korxonalarida qo’llaniladigan mashina va qurilmalar faqatgina ish
bajarish maqsadi bo’yicha umumiylikka ega bo’lib, aslida esa ular, ham o’zining
tarkibiy qismi va tuzilishi bo’yicha, amda xom-ashyoning xiliga arab bajaradigan
vazifalari bo’yicha bir-biridan farq qilar ekan.
YUqoridagi ko’rilgan jarayondan farq qilib, mahsulotni strukturasini
o’zgartirib, o’zgacha xom ashyo tusiga keltiruvchi jarayon – maydalashdir (2-
sxema).
10
11
Keltirilgan 2-sxemadan ko’rinib turibdiki, haqiqatdan ham xom-ashyoni
qayta ishlashda qo’llaniladigan mashina va uskunalarning nomlari bilan ularning
tavsiya etilishi olinadigan mahsulotning va xom-ashyoning xiliga qarab farqlanar
ekan.
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA
IBORALAR:
- mexanik qurilma; tashuvchi; yuvuvchi; - nazorat qiluvchi; saralovchi;
- maydalovchi; tindirib beruvchi; - Po’stidan ajratuvchi; aralashtirilib
beruvchi; - joylovchi; qadoqlovchi; etiketkalovchi.
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1.
Kaysi qurilmalar mexanik uskunalar guruhiga kiradi?
2.
Maydalab sharbat olish jarayoniga qaysi qurilmalar kiradi?
3.
M.YA. Dikis korxonaning qurilmalarni qaysi guruhlarga bo’ladi?
12
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.YA. Dikis, A.N. Malskiy.
Texnologicheskoe oborudovanie konservnqx zavodov. - M: Pio’ePromizdat,
1961.
2.
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal.
Oborudovanie konservnogo Proizvodstva. - M.: AgroPromizdat, 1989.
13
3 - ma’ruza
Mavzu: KONSERVA KORXONALARIDA QO’LLANILADIGAN ISSIQLIK
QURILMALARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Matnlarni yoritish rejasi:
1.
Konservalash sohasidagi issiqlik jarayonlari.
2.
Blanshirlash va isituvchi uskunalar.
3.
Qovurish uskunalari.
4.
Bug’latuvchi uskunalar.
5.
Sterilizatsiyalovchi uskunalar.
6.
Qurituvchi, sovituvchi va muzlatuvchi uskunalar.
Xom-ashyoni
qayta
ishlash
davomidagi
ko’Pchilik
jarayonlar
-
sterilizatsiyalash, qovurish, bug’latish, blanshirlash, quritish va boshqalar
mahsulotga issiqlik ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi.
Xar qanday issiqlik ishlov berilganda masulotning harorati yoki uning
agregat holati o’zgaradi va mahsulot bilan muhit orasida issiqlik almashinuvi
yuzaga keladi, muhit bu jarayonda yo issiqlik beradi yoki issiqlikni qabul qiladi.
Issiqlik ishlov berishning maqsadiga asoslanib (namlikni qisman
kamaytirish, mahsulotga ma’lum xid va maza berish uchun, mikroorganizmlarni
hayotini to’xtatish uchun, keyingi jarayonlarni yengillatish uchun) ishlov
berishning muddati mahsulotning va issiqlik o’tkazuvchining harorati, mahsulot
yuzasidagi bosim va boshqa texnologik ko’rsatgichlar nazarda tutilgan holda
mahsus texnologik tartib yaratiladi.
Mahsulotlarga ishlov berish borasida ketadigan issiqlik jarayonlari issiqlik
berish va massa berish qonuniyati asosida amalga oshadi. SHu qonuniyatga
asoslanib issiqlik uskunalarini ishi o’rganiladi va yangi issiqlik uskunalari
loyihalanadi, zarur bo’lgan issiqlik energiyasining miqdori aniqlanadi, material va
issiqlik balanslari tuziladi.
Material va issiqlikning balansini tahlil qilish orqali jarayonni to’g’riligi,
undagi kamayishlarning kattaligi, hamda ularni oldini olish yo’llari va usullarini
aytib berish mumkin.
Ammo, mahsulotlarga issiqlik ishlov berishdagi hamma jarayonlar ham
issiqlik beruvchi va massa beruvchi qonuniyatga bo’yn sinmaydi.
Bunday murakkab va statsionar bo’lmagan jarayonlarga quyidagilar kiradi:
vannadagi suvda xar xil shaklga ega bo’lgan va bir xil bo’lmagan mahsulotni
isitish yoki sovutish; uzluksiz o’zgaruvchan haroratda kontsentrlangan tomat
mahsulotlari (Pasta) va Povidloni qaynatish; sabzavot yoki baliq qovurish
jarayonidagi (mahsulotda namlik ajralgan sari yog’ning ham, mahsulotning ham
harorati o’zgaradi) issiqlik alamashinuvi.
Konservalash sanoatida issiqlik tashuvchi manbaa sifatida to’yingan suv
bug’i, ayrim hollarda, qizdirilgan yog’, havo va suv hizmat qiladi.
Asosiy issiqlik tashuvchi sifatida to’yingan bug’dan foydalanishning boisi
shundaki, uni masofaga uzatish va miqdorini boshqarishni qulayligi, haroratni
bosimni o’zgartirish orqali bir xilda ushlab turishni onsonligi, bezararligi, yashirin
14
holdagi katta issiqlik kondensatini tutganligi, o’tkazuvchi truba va uskunalar
materialiga kam ziyon yetkazishi, yong’inga qarshiligi, qimmatini (narhini) yuqori
bo’lmaganligi va nihoyat suv bug’ini ovqat mahsuloti bilan bevosita to’qnashgan
holda ishlatish mumkin.
Issiqlik aPParatlaridan foydalanilganda masus formula yordamida issiqlik
tashuvchining sarf qilinishi aniqlanadi.
YAna issiqlik jarayonida sarflanadigan issiqlik energiyasining miqdori ham
hisoblanadi. Uni hisoblashda mahsulotni aPParatni, tarani, ishlab chiqarish
jarayonini qizdirishga ketgan issiqlik miqdorini bilish kerak.
Aytilgan hisob-kitoblar faqat bu bilan to’htamaydi, balki yana ham
murakkablashadi (yuzani qizishi; aPParatning issiqlik unumdorligi va h.). SHuning
uchun ularni yuqorigi kurslarda ko’rib chiqamiz.
Ko’P hollarda texnolgik jarayonlardagi issiqlik ishlov berishni zamonaviy
usul- elektr ishlov berish bilan almashtiriladi, uni biz quyidagi jadval orqali
ko’rishimiz mumkin.
Jadval
Elektr ishlov
berish xili
elektromagnit
to’lqinlaring
chastotasi, Gts
Jarayonning nomi
Doimiy
yoki
Past
chastotali toklar bilan
60
Bevosita
qizdirish,
mahsulot
Pishirish
(non
yoPish),
Pasterizatsiyalash, hayvon yog’ini
eritish.
YUqori chastotali toklar
bilan
10
3
-10
6
Sterilizatsiyalash
va
Pasterizatsiyalash,
qizdirish,
quritish, donni qovurish, qaynatish,
yoPish ( non v.b.), go’shtni
muzdan tushirish.
Infraqizil nurlar bilan
10
12
-10
14
Qizdirish,
quritish,
qaynatish,
donni
qovurish,
konditer
mahsulotlarini yoPish.
Ultrabinafsha
nurlar
bilan
10
15
-10
17
Sterilizatsiyalash.
Rentgen nurlari bilan
10
17
-10
19
Sterilizatsiyalash.
Gamma -nurlar bilan
10
20
Sterilizatsiyalash
Konservalash sanoatida mahsulotni konservalanga holatga keltirish uchun
albatta issiq ishlov beriladi, issiqlik ishlov berilmasdan deyarli xech qanday
(mikrobiologik usul qo’llashdan tashqari) konserva mahsuloti tayyorlab bo’lmaydi.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyoga ta’sir etiladigan
issiqlik ishlov berish turlari xar xil, xom-ashyo bug’da yoki qaynoq suvda
ushlanadi ( blanshirlanadi), yog’da toblanadi, yog’da so’litiladi, issiq muhitda
quritiladi, namligi bug’latiladi va nihoyat Pasterizatsiya yoki sterilizatsiyalanadi.
Issiqlik ishlov berishning xiliga va maqsadiga qarab qo’llaniladigan qurilma
va uskunalar ham har xil bo’ladi.
Xom-ashyoga issiq ishlov beruvchi qurilma va uskunalarni o’rganish
birmuncha murakkab jarayonlarni o’z ichiga kamraganligi sababli mazkur fanning
15
bu qismini biz keyingi yuqori kursda batafsil tanishamiz. Xozir esa u haqda
umumiylashgan qisqagina tushunchani berish bilan chegaralanamiz.
BLANSHIRLASH, BUG’DA TOBLASH VA QIZDIRISH USKUNALARI
Ko’Pchilik meva va sabzavotlarni qayta ishlash jarayonida ularga birlamchi
issiqlik ishlov berish zarurdir, birlamchi issiqlik ishlov berish qaynoq suvda, osh
tuzining suvli eritmasida, ishqoriy yoki kislotali eritmada, suv bug’ida, ba’zan
issiqlik beruvchi manb’a bilan bevosita to’qnashgan holda olib boriladi.
Birlamchi issiq ishlov ko’k no’hotga, sParjaga, karamga, qo’zoqli loviyaga,
shPinatga, qalamPirga, tomatga, jo’xoriga, olmaga, nokga, behiga, olxo’riga,
go’shtga va baliqga qayta ishlash jarayonining birlamchi bosqichida o’tkaziladi.
Issiqlik ishlov berishning tayinlanishiga va issiqlikni mahsulotga berish
usuliga qarab jarayonni blanshirlash, bug’da toblash yoki qizdirish deb ataladi.
YUqoridagi ishlov berish jarayonini amalga oshirishdan maqsad shuki,
jarayon natijasida xom ashyoda qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi, bular o’z
navbatida tayor mahsulotni ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Blanshirlash, bug’lash yoki qizdirish orqali quyidagilarga erishiladi:
- fermentlar Parchalanishi natijasida xom ashyo rangi keyingi jarayonlarda
o’zgarmaydi;
- xom ashyoning hajmi kamayib, egiluvchanligi oshadi;
- xom ashyo tarkibidagi havo chiqib, undagi vitaminlarni saqlanishi uzayadi;
- hujayradagi Plazma qabati o’zgarib, shira olish onsonlashadi;
- hujayra o’tkazuchanligi oshadi, diffuziya jarayoniga sharoit tug’ilib, shakar
va o’zga qo’shimchalarni hujayraga o’tilishi yaxshilanadi;
- xom ashyo yuzasidagi mikroorganizmlar o’ladi;
- mevalarni qobig’ini olish onsonlashadi.
Blanshirlovchi, bug’lovchi va qizdiruvchi uskunalarning xillari bir nechta
bo’lib, ular ularining tuzilishi va ishlash PrintsiPi bilan farqlanadi. Ularning
xillarini quyidagi 3-sxemada keltiramiz.
16
QOVURISH USKUNALARI (Pechlar)
Sabzavotlardan gazak konservalar yoki balilarni turli xil konservalash uchun
ularga yog’da ishlov beriladi (4-sxema).
17
Baqlajon, kabachki, sabzi, Piyoz, oq ildiz va bali kabi xom-ashyolar avval
maydalanadi, so’ngra yog’da ishlov berilib olinadigan konservaning xiliga qarab,
mahsulot sovutiladi va bankalarga joylanadi,yoki qiyma bilan to’ldiriladi yoki
aralashtiriladi (ikra).
Xom-ashyoni qovurishdan maqsad:
- blanshirlashda yuz bergan o’zgarishlar amalga oshadi;
- mahsulotda yoqimli hid Paydo bo’ladi;
- mahsulotda yoqimli maza va rang hosil bo’ladi;
18
- suv bug’lanib o’rniga yog’ so’rilishi hisobiga mahsulotning ozuaviy
qiymati oshadi.
Qovurish uskunalari ham bir necha xildir.
BUG’LATUVCHI USKUNALAR
Bug’latish - qaynatish jarayonida masulotdan suvni bug’latish -
konservalash sanoatidagi keng taralgan jarayon bo’lib, uni tomat Pastasi, tomat
Pyuresi, quyutirilgan meva sharbatlari, Povidla va jem olishda qo’llaniladi.
Bug’latish natijasida mahsulotda xarxil o’zgarishlar yuzaga keladi:
- xom ashyoning fizik, kimyoviy xususiyatlari o’zgaradi;
- mahsulotning ozuqaviy qiymati oshadi;
- uzoq muddat saqlash imkoniyati tug’iladi;
- tashish uchun qo’llaylashadi;
- mahsulotning nisbiy og’irligi o’zgarib, qovushqoqligi oshadi;
- qaynash harorati ko’tariladi;
- issiqlik ta’sirida oqsil koagulyatsiyalanadi;
- Pektin moddasi Parchalanadi;
- qand karamellashadi
Bug’latuvchi uskunalarning ham xillari ko’P, ularni 5-sxemada keltiramiz.
STERILIZATSIYALOVCHI USKUNALAR
19
Konservalangan mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ularni turli usullar
bilan sterilizatsiyalanadi. Sterilizatsiyalovchi manb’a sifatida issiqlik, yuqori
chastotali toklar, nurli energiya, ionlanuvchi nurlar yoki ultratovushdan
foydalaniladi.
Sterilizatsiyalashdan maqsad - germetik banka ichidagi mikroorganizmlarni
o’ldirishdir.
Germetik berkitilgan bankaga issiqlik ta’sir ettirish ikki xil bo’ladi:
- Pasterizatsiyalash; sterilizatsiyalash.
Sterilizatsiya va Pasterizatsiya qilish aPParatlarning turlari bir necha xil,
ularni 6-sxemada keltiramiz.
Pasterizatsiya yoki sterilizatsiyaning olib borilishi vaqti, harorat darajasi:
- mahsulotning hajm birligidagi mikroorganizmlarning soniga;
- muhitning kislotaliligiga;
20
- konservaning kimyoviy tarkibiga;
- issiqlikni banka ichiga kira olish sharoitiga qarab tanlanadi.
Sterilizatsiya harorati va muddatini tanlash maxsus formula asosida
aniqlanadi.
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH
SO’Z VA IBORALAR
blanshirlovchi; bug’latuvchi; qovuruvchi; sterilizatsiyalovchi; isituvchi;
harorat; bug’; sterilizatsiya muddati; qaynoq suv;
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI:
1.
Konservalash sohasidagi qaysi issiqlik jarayonlarini bilasiz?
2.
Blanshirlovchi uskuna qanday vazifani bajaradi?
3.
Blanshirlashning maqsadi?
4.
Qovuruvchi uskunalar qanday vazifasini bajaradi?
5.
Bug’latuvchi uskunalarning vazifasi nimadan iborat?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.YA.
Dikis,
A.N.
Malskiy.
Texnologicheskoe
oborudovanie
konservnqx zavodov. - M: Pio’ePromizdat, 1961.
2.
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal. Oborudovanie konservnogo Proizvodstva.
- M.: AgroPromizdat, 1989.
4 - ma’ruza
Mavzu: TRANSPORT VOSITALARI
Matnlarni yoritish rejasi:
21
1.
TransPort vostilarning sinflanishi.
2.
Xom-ashyoni yetkazuvchi transPort vositalari.
3.
Xom-ashyoni texnologik uskunalarga uzatuvchi transPort vositalari.
Biz o’z ma’ruzamizni ohirgi sinfga kiruvchi qurilma va uskunalar bilan
tanishishdan boshlaymiz. Ushbu qurilmalar sinflanishda ohirgi o’rinda tursa, ham
konservalash korxonasining ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilinsa, eng
avvalo, asosiy hizmat qiluvchi qurilmalar sifatida transPort vositalari bilan
uchrashamiz.
Konserva zavodlarida ishlatiladigan transPort vositalari. Konserva
zavodlarida bir necha ming tonna o’simlik va go’sht mahsulotlari qayta ishlanadi.
Bu xomashyolarni sanoat korxonalarida qayta ishlash uchun ko’P miqdorda
yordamchi materiallarga (shakar, o’simlik yog’i, shisha idishlar, yoqilg’i va
boshqalar) ixtiyoj tug’iladi. SHuning uchun konservalash korxonalarida ularni olib
kelish va tushurish maqsadida transPort vositalarini mexanizatsiyalash katta
axamiyatga ega bo’ladi.
Konserva zavodlari xomashyo va yordamchi materiallarni keltirish va tayyor
maxsulotlarni jo’natish maqsadida temir yo’l, dengiz yo’li va avtomobil
transPortlaridan foydalanadilar.
Turli xildagi yuklarni omborxonaga va xomashyo maydonlariga, texnologik
tsexlarga olib kelish uchun, xamda tayyor mahsulotlarni tsexdan omborxonaga
jo’natish uchun turli xildagi transPortlar ishlatiladi: transPorterlar, elevatorlar,
nasoslar, ko’targichlar, vilkali ko’tarib beruvchi elektryuklamalar, avtomashinalar,
turli xildagi aravacha va vagonchalar.
Konserva korxonalarida ishlatiladigan transPort vositalari texnologik
qurilmalar bilan bevosita bog’lanib ketadi va ularni mexanizatsiyalashgan yoki
yarim mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan
uzluksiz liniyalarga aylantiriladi.
Konserva korxonalarining transPort vositalari ularni ko’rsatadigan hizmat
vazifasiga qarab qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
1.
Haqiqiy tashish vazifasini bajaruvchi transPort vositalari.
2.
Xom ashyoni texnologik uskunalarga uzatuvchi transPort vositalari.
3.
Xom ashyoni va yarimtayyor mahsulotlarni texnologik jarayonlar orasida
o’zatib beruvchi transPort vositalari.
4.
Tayyor holga keltirilgan mahsulotni bankalarga joylash uchun taralarni
yetkazib beruvchi transPort vositalari.
Tashish vazifasini o’tovchi transPort vositalari.
Bu guruhdagi transPort vositalariga yukni uzoqdan keltiruvchi, korxona
ichida tashuvchi, tsexlararo yuklarni yekazib beruvchi va umuman olganda haqiqiy
transPortlik vazifasini bajaruvchi vositalar kiradi.
SHu maqsadda qo’llaniladigan uyma holda meva-sabzavotlarni tashuvchi
D4 KTO-53-12 markali transPort vositasi ( avtomobil) bilan tanishamiz.
Sabzavot tashuvchi avtomobilning tavsifi:
1.
YUk ko’tarish qobiliyati, kg
2500
22
2.
Unga o’rnatilgan kranning massasi, kg
500
3.
Gabaritlari, mm
9575x2300x5000
4.
Mashinaning massasi, kg
6000
yuk bilan, kg
7300
Bundan tashqari, maqsadga binoan qutilarda, tsisternada ( D4 KTL) suv
bilan qo’shilgan holda sabzavotlarni (ko’k no’hot), tsisternaning o’zida tomat-
PulPasini va meva Pyurelarni tashish mumkin.
Bu avtomobillarda sabzavot va mevalar gidravlik kranlar yordamida ortiladi
va tushiriladi.
Konserva sanoatidagi transPort vositalaridan yuklash-tushirish ishlarini
bajaruvchi mashinalar, ish jarayonini mexanizatsiyalashda katta axamiyatga ega
bo’ldi, bu vositalar - avtotelejka va elektrotelejkalardir. Ushbu transPort
vositalarini «izsiz» transPortlar deb ham ataladi. Ularga g’ildiraklar o’rnatilgan
bo’lib, ular korxona maydonida istalgan yo’nalishda xarakatlanadilar.
SHu vositalardan yana biri - yukni siqib oluvchi va ko’taruvchi mexanizmlar
bo’lib, ular aniq maqsad asosidagi ishlarni bajaradilar va ularning ish
samaradorligi yuqori hisoblanadi.
Konserva korxonalarida Poddonlaridan foydalanish yuzaga kelishi bilan
ularni ko’tarish va tashish uchun qo’llaniladigan vilkali elektrlashgan
tushiruvchilar (02-04) ham yuzaga keldi va ular ish jarayonini tashkil qilishda
katta axamiyat qozondi (1-rasm).
1-rasm. Elektrokar EK-2.
Elektrlashgan tushiruvchi uskunaning harakat tezligi 4 xil bo’lib, 1,8-6,5
km/soatgacha yetib boradi. Unga balandligi 3m gacha bo’lgan yuklarni ortish
mumkin. Uning yuk ortish tezligi 4,25 m/min. YUk kutaruvchi kolonkaning egilish
burchagi:
oldinga qarab - 3
0
orqaga qarab - 10
0
Elektrlashgan ko’taruvchining kattaliklari:
Balandligi, mm
2000
Eni, mm
1000
Uzunligi, mm
2020
23
Uning tashqi aylanish
radiusi, mm
2100
Akkumulyatorli batareya asosida ishlaydi.
Xom-ashyoni texnologik uskunalarga uzatuvchi transPort vositalari.
Bu guruhga konteyner, qutilarni ag’daruvchi uskunalar kiradi. Bu guruhning
asosiy vakillaridan biri - konteynerag’daruvchi uskuna A9-KRD bilan tanishamiz.
Dostları ilə paylaş: |