20
mo‘ljallangan darslikda buxgalteriya hisobi predmetiga quyidagicha ta’rif
berilgan “...buxgalteriya hisobi predmeti kengaytirilgan
takror ishlab
chiqarish sharoitida korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo‘jalik
mablag‘lari va shu mablag‘lar
manbalari, ularning xo‘jalik faoliyati va
moliyaviy natijalaridir”
4
. Mazkur ta’rifda xo‘jalik mablag‘lari
va shu
mablag‘lar manbalariga buxgalteriya hisobining predmeti sifatida
qaralgan. Muallif xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalarini yoritib “...buxgalteriya hisobi har bir korxonada xo‘jalik
jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalarini va bu operatsiyalar
ta’sirida xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi zarur”,
shuningdek buxgalteriya hisobi obyektlari to‘g‘risida “...buxgalteriya
hisobi yuqorida ko‘rib o‘tilgan obyektlari
uning predmetining asosiy
mazmunini tashkil qiladi”
5
degan xulosaga kelgan.
Iqtisodchi olimlar A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlarning
fikricha, buxgalteriya hisobi predmeti “...korxonaning pul ifodasida aks
ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari, shu mablag‘lar manbalari, ularning
xo‘jalik faoliyatlari va moliyaviy natijalaridir”
6
. Mualliflar professor M.
Ostonaqulov tomonidan yuqorida keltirilgan ta’rifni yanada ham
soddalashtirib, buxgalteriya hisobi predmeti
doirasidan takror ishlab
chiqarish jarayonini chiqarib yuborishgan. Ularning fikricha “Asosiy va
joriy aktivlar, majburiyatlar, o‘z sarmoyasi, daromad va xarajatlar, foyda
va zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik
operatsiyalari buxgalteriya hisobi obyektlari hisoblanadi”
7
.
Professor N. Jo‘rayev va boshqalar muallifligida “Moliyaviy va
boshqaruv hisobi” darsligida buxgalteriya hisobining predmetiga
“...buxgalteriya hisobining predmeti – ishlab chiqarish jarayonidagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning
samarali boshqarilishida
mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi
axborotlarni shakllantirish hisoblanadi”
8
, - deb ta’rif berishgan. Bu
ta’rifda mualliflar,
birinchidan, buxgalteriya hisobini faqatgina ishlab
chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan;
ikkinchidan,
fanning predmeti bilan obyektlari chalkashtirib yuborilgan; uchinchidan,
buxgalteriya hisobiga faqatgina mablag‘lar
holati hamda ulardan unumli
4
Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b.
5
Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b.
6
Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi, 2004 26 b.
7
Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004
26 b.
8
Jo’raev N. va boshq. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. T.: TDIU, 2007 y. 14 b.
21
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish vositasi sifatida qaralgan;
to‘rtinchidan esa, xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini
buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib yuborishgan.
Angliyalik olim Frenk Vud buxgalteriya
hisobi fanini predmetini
“...eng avvalo, yozuvlar nima uchun belgilanganligi, ularni tahlil etish va
bayon
etishdir”
9
,
-
deb
izohlaydi.
Uning
fikricha,
Dostları ilə paylaş: