126
bo’yicha olingan asosiy vositalarni
baholash
- qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida
bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan
shartnomalar bo’yicha olingan asosiy vositalar boshlang’ich
qiymatda baholanadi. Ularning boshlang’ich
qiymati sifatida
korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkazilishi lozim bo’lgan
qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan
o’tkazilgan mavjud boyliklarning qiymati shunga o’xshash mavjud
boyliklar qiymatini belgilaydigan narxlardan
kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkaziladigan mavjud
boyliklarning qiymatini belgilash imkoniyati bo’lmagan
taqdirda,
majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar
bilan
bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha korxona olgan asosiy
vositalarning qiymati shunga o’xshash asosiy vositalar ob’ektlarini
taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan qiymatdan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan
asosiy vositalar
ob’ektlarining boshlang’ich qiymati mazkur summani asosiy
vositalarning alohida ob’ektining joriy qiymatiga
mutanosib ravishda
taqsimlash bilan belgilanadi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-son BHMSda
belgilangan holatlardan tashqari hollarda o’zgartirilmaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar qiymatini hisobdan
chiqarish ularning qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan
chiqib ketguniga qadar eskirishni (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga
topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Yerning
qiymati amortizatsiya qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: