I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

7. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl). 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 9 - son “Pul 
oqimi to’g’risidagi hisobot” nomli milliy standartiga muvofiq xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” tuzadilar va 
aqdim etadilar. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar uchun korxonaning pul mablag‘larini va 
ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib 
xizmat qiladi. SHuningdek, Pul oqimlari harakati to’grisidagi axborot 
bo’lajak pul oqimlari prognozi to’griligini tekshirish chogida, foyda olish 
va pul oqimlarining sof harakati va narx o’zgarishi ta’siri o’rtasidagi 
aloqalarni tahlil qilish uchun zarur bo’ladi. 
Pul oqimlari to’grisidagi hisobotda pul tushumlari va to’lovlari 
uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsiya faoliyati, investitsiya faoliyati va 
moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablagiga birgalikda ta’siri 
hisobot davrida pul mablagining sof o’zgarishini belgilab beradi.
Operatsiya faoliyati - xo’jalik yurituvchi sub’ektning daromad 
keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va 
moliya faoliyatiga oid bo’lmagan o’zga xo’jalik faoliyati. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri davomida 
operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida korxona olgan 
pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunday 
ma’lumotlar bo‘lajak pul oqimlari to‘g‘risidagi bashoratini to‘griligini 
tekshirish, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi 
ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish uchun zarur bo‘ladi. 
Korxonaning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul 
oqimi hajmi korxona amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida 
olinadigan pul oqimlari harakatini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib 
hisoblanadi (ssudalarni to‘lash, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini 
saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi 
manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik 
yetarli ekanini). Operatsion faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi 
axborotdan operatsion faoliyatidan bo‘lajak pul oqimlarini bashorat qilish 
uchun ham foydalaniladi. 
Operatsion faoliyatidan pul oqimi korxonaning asosiy faoliyatidan, 
odatda, asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki 
xizmat ko‘rsatishdan kelib tushadi.
Operatsion faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi: 


232 
1.
Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul; 
2.
Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul 
mablag’lari tushumi; 
3.
Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul 
to‘lovlari; 
4.
Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar; 
5.
Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, 
yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari; 
6.
Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar; 
7.
Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul 
tushumlari va to‘lovlari; 
8.
boshqalar. 
Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq 
muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarini sotib olish va sotish. 
Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot korxona 
kelajakda oladigan daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan 
resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi. Shuning uchun 
korxona hisobotda investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi 
to‘g‘risidagi axborotni alohida pozitsiyada ko‘rsatadi. Bunday pul 
oqimlariga quyidagilar kiradi: 
1.
Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni 
xarid qilishga yo‘naltirilgan pul to‘lovlari (bu to‘lovlar tajriba - 
konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, 
shuningdek xo‘jalik yo‘li bilan amalga oshirilgan qurilishlar 
bilan bog’liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi); 
2.
Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni 
sotishdan olingan pul tushumi; 
3.
Boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda 
qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan 
pul tushumlari;
4.
Boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va kreditlar (moliyaviy 
institutlarga berilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari); 
5.
Fyuchers, forvard, opsion va svop bitimlar bo‘yicha pul 
tushumlari. 
Moliya faoliyat - xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo’lib, 
uning natijasida o’z mablagi va qarz mablaglari miqdori va tarkibida 
o’zgarishlar yuz beradi. 


233 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korxonaning moliyaviy 
faoliyatdan bo‘ladigan pul oqimlari haqidagi ma’lumotni alohida 
ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini 
taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul 
oqimlariga quyidagilar kiradi: 
1.
Aksiyalar yoki o‘z mablag’i bilan bog’liq boshqa vositalarni 
chiqarishdan keladigan pul tushumlari; 
2.
Subyektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun 
ularning egalariga to‘lovlar; 
3.
Ta’minlanmagan 
obligatsiyalar 
emissiyasidan, 
moliya 
korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan 
va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul 
tushumlari; 
4.
Zayomlarni to‘lash; 
5.
Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun 
ijarachilarning to‘lovlari va boshqalar. 
SHuningdek, hisobotda xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul 
oqimlari ham keltiriladi. 
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan 
kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish kursi bo‘yicha, O‘zbekiston 
Respublikasi valyutasida aks ettiriladi va xorijiy shu’ba jamiyatining pul 
oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan 
almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak. 
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib 
chiqadigan pul mablagi harakati hisoblanmaydi. Biroq, bunday daromad 
yoki zarar xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan 
pul mablagiga yoki ularning ekvivalentlariga almashtirish kursi stavkalari 
o‘zgarishning ta’sirini hisobot davri boshiga va oxiriga muvofiqlashtirish 
maqsadida pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda operatsion, investitsion va 
moliyaviy faoliyat natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida 
aks ettiriladi. 
Bank muassasalari uchun to‘langan va olingan foizlar hamda 
dividendlar operatsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Shuningdek 
boshqa korxonaga to‘langan va ulardan olingan foizlar hamda dividendlar 
operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi 
mumkin, chunki ular korxonaning moliyaviy natijasiga qo‘shiladi. 


234 
To‘lanadigan dividendlar, odatda, moliyaviy resurslarni olish 
uchun to‘langan haq hisoblanadi, shuning uchun ular moliyaviy pul oqimi 
sifatida tasnif qilinishi mumkin. 
Hisobotda daromad (foyda) solig’i bo‘yicha pul oqimlari alohida 
ochib berilishi lozim chunki, ular operatsion faoliyatdan tushadigan pul 
oqimlari qatoriga kiradi. 
Shu’ba korxonalarni yoki boshqa xo‘jalik birliklarini xarid qilish 
yoki sotishdan bo‘ladigan pul oqimlari yig’indisi alohida ochib 
ko‘rsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi. 
Kichik korxonalar va boshqa xo‘jalik birliklarini xarid qilish va 
sotish bo‘yicha hisobotlari quyidagilarni ochib berishi lozim:
1.
Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymatini; 
2.
Xarid qilish yoki sotishning pul mablag’i va pul ekvivalentlari 
vositasida to‘langan qismini; 
3.
Xarid qilingan yoki sotilgan shu’ba jamiyatga yoki xo‘jalik 
birligiga tegishli pul mablaglari va pul ekvivalentlari miqdorini
4.
Aktivlar va majburiyatlarning miqdorini alohida turlari bo‘yicha. 
Pul mablaglari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab 
qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimi 
to‘g‘risidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa 
moliyaviy hisobotlarda ochib beriladi. 
Korxona, shuningdek pul mablaglari va pul ekvivalentlarining 
ayrim moddalarini ko‘rsatishi hamda pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdagi 
pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim 
etish kerak. 
Korxonada mavjud bo‘lgan, lekin foydalana olmaydigan pul 
mablaglari va pul ekvivalentlari qoldigi hisobotda rahbariyatning 
tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim. 
Pul oqimlari hisobotida pul oqimlari korxonaning alohida 
bo‘linmalari bo’yicha ochib berilishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin