I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 BOSHQA OPERATSIYA XARAJATLARIGA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
2.3. BOSHQA OPERATSIYA XARAJATLARIGA 
QUYIDAGILAR KIRADI: 
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi 
tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar 
tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno. (O‘zR VM 15.10.2003 
y. 444-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish 
xarajatlarini qoplash, shuningdek, obyekt qoshidagi omborgacha 


317 
transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga 
qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-
uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar 
yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar 
hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish 
uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada 
amalga oshiriladi. 
2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash. 
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 
444-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.5. O‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va 
xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan zararlar. 
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish 
jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni 
tashkil etish tadbirlari. 
2.3.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va 
shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam berish 
va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari. 
2.3.8. Kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar: 
2.3.8.1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko‘ra 
kompensatsiya to‘lovlari. 
2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish 
yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun 
rag‘batlantirish va to‘lovlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi 
subyektning o‘z qaroriga ko‘ra natura bilan to‘lovlar, shuningdek yagona 
ijtimoiy to‘lov summasi, ular bo‘yicha hisoblangan haq. (O‘zR 
Prezidentining 27.12.2005 y. PQ-244-son Qarori tahriridagi band), 
(Oldingi tahririga qarang) 
2.3.8.3. Qonun hujjatlariga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning 
o‘zining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq 
to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash. 
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun 
hujjatlari bilan belgilangan haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha 
haq. 
2.3.8.5. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka 


318 
oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish haqi 
to‘lash. 
2.3.8.6. Qonun hujjatlariga muvofiq 12 yoshga to‘lmagan ikki va 
undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor bo‘lgan 
ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash. 
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul 
berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish. 
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam 
olishga, ekskursiya va sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, 
to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-ko‘ngilochar va 
jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy 
obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) 
xarajatlarini qoplash. 
2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va 
xarajatlar: 
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha 
parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar. 
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat 
faxriylariga biryo‘la to‘lanadigan nafaqalar. 
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi 
subyektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar 
sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan xodimlarga 
to‘lovlar. 
2.3.9.4. Xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam. 
2.3.10. Sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, 
bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, 
madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek, uy-
joy fondi obyektlari ta’minotiga (shu jumladan, barcha turdagi ta’mirlash 
ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham 
qo‘shgan holda) xarajatlar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori 
tahriridagi band) 
2.3.11. Vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va 
obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan 
xarajatlardan tashqari). 
2.3.12. Bank va depozitariy xizmatlariga to‘lovlar. 
2.3.13. 
Ekologiya, 
sog‘lomlashtirish 
va 
boshqa 
xayriya 
jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy 


319 
ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga badallar. 
2.3.14. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan 
va xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan byudjetga 
majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga 
ajratmalar, 
shuningdek 
Hukumat 
qarorlariga 
binoan 
xalqaro 
tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-
son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang) 
2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar: 
2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha 
yo‘qotishlar. 
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga 
tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar. (O‘zR VM 
15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zahiralarini va tayyor mahsulotni eng past 
baholash usuli yoki sotishning sof qiymati bo‘yicha qayta baholash yoki 
bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar. 
2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar bo‘yicha zararlar. 
2.3.15.5. Sud xarajatlari. 
2.3.15.6. To‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zahiraga ajratmalar. 
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan va 
undirish noreal bo‘lgan boshqa qarzlar bo‘yicha debitorlik qarzlarni 
hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qonunchilikka 
muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha 
to‘lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar. 
2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar operatsiyalari 
bo‘yicha ko‘rilgan zararlar. 
2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor 
mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo‘lishi va buzilishi, 
ishlab chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli yo‘qotishlar) tufayli 
ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan, tabiiy 
ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan 
bog‘liq xarajatlar. 
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor 
tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda 
ko‘rilgan zararlar. 
2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va 
boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan 


320 
ko‘rilgan zararlar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi 
band), (Oldingi tahririga qarang) 
2.3.15.12. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan, 
mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi 
uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida 
to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek, yetkazilgan 
zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar. 
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun 
jarima va penyalar. 
2.3.15.14. To‘langan boshqa jarimalar. 
2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar 
tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish 
korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
bo‘yicha narx tafovutlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori 
tahriridagi band) 
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini 
hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha, belgilangan tartibda. (O‘zR VM 
15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.18. 
Yangi 
texnologiyalar 
yaratish 
va 
qo‘llanilayotgan 
texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi 
turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq 
mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son 
Qarori tahriridagi band) 
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, 
tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik 
takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, 
ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik 
va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar 
haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 
444-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari. 
(O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.21. Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, 
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonun 


321 
hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq. (O‘zR VM 17.02.2010 y. 22-
son Qarori tahriridagi kichik band) (Oldingi tahririga qarang) 
2.3.22. Yangi ishlab chiqarishlarni, sexlar, agregatlarni, shuningdek 
seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va 
texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish xarajatlari. (O‘zR VM 11.03.2009 y. 
63-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.23. Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab 
ko‘rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning 
barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida 
kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko‘rish. (O‘zR VM 
11.03.2009 y. 63-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.24. Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi 
kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar. (O‘zR 
VM 11.03.2009 y. 63-son Qarori tahriridagi band) 
2.3.25. Foydalanishdagi to‘liq eskirgan uskuna uchun to‘lov. (O‘zR 
Prezidentining 30.12.2011 y. PQ-1675-son Qaroriga muvofiq kiritilgan 
band) 
O‘zR Prezidentining 30.12.2011 y. PQ-1675-son Qaroriga muvofiq 
2.3.25-band 2.3.26-band deb hisoblansin 
2.3.26. Boshqa xarajatlar.
O‘zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qaroriga muvofiq 2.4 bo‘lim 
chiqarib tashlangan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin