I. Булим. Бухгалтерия хисоби


Majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

9. Majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan 
mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar 


126 
bo’yicha olingan asosiy vositalarni
baholash
- qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida 
bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan 
shartnomalar bo’yicha olingan asosiy vositalar boshlang’ich 
qiymatda baholanadi. Ularning boshlang’ich qiymati sifatida 
korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkazilishi lozim bo’lgan 
qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan 
o’tkazilgan mavjud boyliklarning qiymati shunga o’xshash mavjud 
boyliklar qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkaziladigan mavjud 
boyliklarning qiymatini belgilash imkoniyati bo’lmagan taqdirda
majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan 
bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha korxona olgan asosiy 
vositalarning qiymati shunga o’xshash asosiy vositalar ob’ektlarini 
taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan qiymatdan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar 
ob’ektlarining boshlang’ich qiymati mazkur summani asosiy 
vositalarning alohida ob’ektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda 
taqsimlash bilan belgilanadi. 
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-son BHMSda
belgilangan holatlardan tashqari hollarda o’zgartirilmaydi. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan 
chiqarish ularning qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan 
chiqib ketguniga qadar eskirishni (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga 
topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning 
qiymati amortizatsiya qilinmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin